O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi маktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxasislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Download 58,09 Kb.
bet1/6
Sana03.04.2022
Hajmi58,09 Kb.
#525785
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi ìàktabgach


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI
Маktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxasislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Himoyaga ruhsat etaman ”


O’quv va uslubiy ishlar bo’yicha prorektori
N F Abdunazarova ______________
_____” ________2022 yil

Maktabgacha ta’lim tashkiloti defektologi ”


(kasbiy qayta tayyorlash yo’nalishi)_
Ibragimova Gulhayo _Abduqodirjon qizining
(tinglovchining F I SH)
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim turini tashkil etish
Маvzusidagi
KURSNI TUGATISH ISHI

Каfedra mudiri:_________
(imzo ) (F I SH )

Ilmiy raxbar: _________Omarova Zebo
Kasimovna
(imzo) (F I Sh)
Toshkent 2022 yil

Mavzu:Ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim turini


tashkil etish.
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB Inklyuziv ta’lim va uning o’ziga xos xususiyatlari

    1. Inklyuziv ta’lim va uning mohiyati.

    2. Inklyuziv ta’limni joriy qilish davr talabi sifatida

II BOB O’zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’lim tizimining joriy etilishi
2.1 O’zbekistonda inklyuziv ta’limning huquqiy asoslari
2.2 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim turini tashkil etish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.


ANNOTATSIYA
Ushbu kurs ishida mamlakatimizda joriy qilinayotgan yangi ta’lim tizimi ya’ni inklyuziv ta’lim tizimini takomillashuvi,va bu ta’lim tizimi maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadida yangi qaror va farmonlar qabul qilinib,vazifalar yuklatilganligi va ularni ijrosi ta’minlanganligi, hamma shaxar va tumanlarda ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida,maktab tashkilotlarida olib borilayotgan ishlar haqida so’z boradi
KIRISH
O’zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng mamalakatimizda iqtisodiy, ijtimoiy ,ma’naviy-ma’rifiy rivojlanish jarayonida keskin o’zgarishlar sodir bo’ldi. Ta’lim tizimi va mazmunini rivojlantirish davlatimizning ustivor siyosati XXI- asr yoshlarini xar tomonlama yetuk,dunyoviy fikr yuritadigan,bilimli barkamol shaxs qilib voyaga yetkazishdan iborat

Prizidentimiz ta’kidlaganidek <>.”Ta’lim-tarbiya ong mahsuli,lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir.Binobarin ta’lim tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad ozod va obod jamiyat barpo etib bo’lmaydi.Ko’rib turganimizdek ,bularning barchasi bir- biriga chambarchas bog’liq masaladir”


Ona vatanimizning kelajagi bugungi yoshlarning uquvi,salohiyati,iste’dodi,mustaqil fikrlashiga bevosita bog’liqdir.Shuning uchun ham bilimdon, keng dunyoqarashga ega shaxslarni tarbiyalab yetishtirish vazifasi davlatimiz siyosatining ustivor vazifasiga ko’tarildi. “Kelajak avlod haqida qayg’urish, sog’lombarkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir.”
Talim mazmunini xalqimizning milliy qadriyatlari,tarixiy obidalari xususidagi ma’lumotlar bilan boyitish, ilg’or pedagogik texnologiyalar va axborotlarni kiritish kabi bir qator chora tadbirlarni bosqichma bosqich amalga oshirishni davr talabi ekanligi davlatimiz tomonidan aniq belgilandi.O’tgan qisqa vaqt mobaynida mamlakatimiznig barcha jabxalarida ta’lim islohatlarini izchil va tezlik bilan amalga oshirilib,ko’plab ijobiy natijalarga erishildi.
Xozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalar va o’smirlar ta’limi,ularning nuqson turlari va uning darajalarini inobatga olgan xolda maxsus ta’limning 8 yo’nalishi (aqli zaif,ruhiy rivojlanishi sustlashgan,nutqida, ko’rishida va eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar)bo’yicha korreksion ta’lim tashli etilgan.Xalqaro miqyosida ta’lim islohatini rivojlantirish lozimva xar xil toifadagi kishilar orasida yangicha yondashuv o’zaro hurmat,ijobiy munosabat shakllanadi.Maxsus ta’lim siyosatini qayta ko’rib chiqish siyosati amalga oshirila boshlandi.Ko’pchilik mamlakatlar “Segregasiya “ta’limidan vos kechib imkoniyati cheklangan bolalarni integratsiya jamiyatiga mansub bo’lgan integratsion ta’limni tadbiq qilishni lozim. “Bola huquqlarini kafolatlash to’g’risida”gi qonunning 29-moddasi ruhiy va jismoniy rivojlanishidan orqada qolgan bolalarga umumta’lim muassasalarida ular uchun maxsus ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari bo’yicha o’qish va tarbiya olish xamda ularni jismoniy ,aqliy qobiliyatlarini va xoxishlariga qarab ta’lim olish xuqularini kafolatlaydi.Qonunchilik tomonidan ma’lum toifadagi bolalar uchun o’rta maxsusu,kasb –hunar va oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirishga imtiyozlar belgilangan.
Bu o’rinda Vigotskiyning fikricha: “Maxsus maktablarimizning afzallik jihatlari bilan bir qatorda ayrim kamchiliklari bilan ajralib turadi,u o’z tarbiyachisini
tor doiradi maktab jamoasi bilan chegaralab:kar,ko’r, yoki aqli zaif bolaning asosiy e’tiborini o’zida mavjud bo’lgan kamchiliklarga qaratib barcha sharoitini shu nuqsoniga moslashtirib qo’yadi.Bularning barcha bolaning haqiqiy xayotga kirib kelishiga to’sqinlik qiladi.Maxsus maktab bolani chegaralangan dunyodan chiqarish o’rniga odatda shunday ko’nikmalarini rivojlantiradiki,oqibatda uning separatizmligi kuchayib o’z dunyosiga yanada chuqurroq sho’ng’ib ketadi. Xozirgi davrda inklyuziv ta’lim jarayoni jahon mamlakatlarida ham rivojlanib bormoqda. Inklyuziv ta’lim o’quv jarayoniga yigirmachi asrning ikkinchi yarmida qo’llanila boshladi. Inklyuziv ta’lim g’oyalarini rivojlantirish va uni o’quv jarayoni amaliyotiga tadbiq etish uchun kuchli rag’batlantiruvchi bir qator xalqaro huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ulardan eng muhimi:Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, (BMT,1948); Bola huquqlari deklaratsiyasi (BMT,1959); Ta’limda kamsitishlariga qarshi konvensiya( YUNESKO,1960); Ijtimoiy taraqqiyot va taraqqiyot deklaratsiyasi ( BMT,1971);Nogironlar huquqlari to’g’risida deklaratsiya ( BMT,1971) Nogironlar uchun Butun jahon Harakat Dasturi (BMT 1982); Bola huquqlari to’g’risida konvensiya ( BMT 1989); Butun jahon deklaratsiyasi asosiy ta’lim extiyotlarini qondirish (Jomtein 1990); Nogironlar uchun imkoniyatlarini tenglashtirish to’g’risidagi BMTning standart qoidalari (1993); Salamanka deklaratsiyasi,maxsus ehtiyojlilar uchun ta’lim ta’lim prinsiplari,siyosati v amaliyoti, Dakar harakatlar doirasi, hamma uchun ta’lim:bizning umumiy hayotimizni amalga oshirish majburiyatlar Jahon ta’limi forumi Dakar 2000, Nogironlar huquqlari to’g’risida konvensiya ( BMT 2006)
Ushbu huquqiy hujjatlar barcha fuqarolarning irqi, terisi, jinsi, tili,dini,siyosiy va boshqa e’tiqodlaridan qat’iy nazar, ta’lim olish huquqini tan olishning umumiy asoslarini yaratdi.
O’zbekistonda inklyuziv ta’limning dolzarbligi shundaki,imkoniyati cheklangan bolalar sonining ko’payishi va maxsus korreksion ta’lim muassasalarining yetarlicha emasligi xamda jamiyatdagi o’zgarishlar demokratik tizimga o’tilishi.Shuni takidlash joizki inklyuziv ta’lim sharoitida bola sog’lom tengdoshlari orasida bo’lib oiladan ajralmagan holda ta’limtrbiya olishga muyassar bo’ladilar.Shuningdek imkoniyati cheklangan bolalarning umuta’lim tiizmida ta’lim olishning afzalligi shundaki ta’limga sarflangan sarf xarajat maxsus ta’limga nisbatan kamayadi.Xozirgi kunda jahon miqyosida keng targ’ibot qilinayotgan inklyuziv ta’lim strategiyasi,yani rivojlanishida muammolari bo’lgan bolalarni o’qitish ,tarbiyalash masalasi ham o’zbekistonda xam dolzarb muammolar sirasiga kiradi.
Inklyuziv ta’lim bu -davlat siyosati bo’lib, nogiron va sog’lom
bolalar o’rtasidagi to’siqlarni bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar,
(ayrim sabablarga ko’ra nogiron bo’lgan) o’smirlar rivojlanishda uchraydigan
nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga
moslashtirishga yo’naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo’shishni ifodalovchi
ta’lim tizimidir. Inklyuziv ta’lim alohida yordamga muhtoj bolalarni normal
rivojlanishdagi bolalar bilan teng xuquqlilik asosida ta’lim tarbiya olishlarini
taminlaydi. Shuning uchun ham ahamiyatlidir.
Tavsiyalarda barcha bolalarning ta’lim olish muhitini o’rganib maxsus
ehtiyojli bolalarning ta’limiy ehtiyojlariga umumiy baho beriladi. Asosiy
ma’no shundaki, sog’ligining yomonlashuvi yoki rivojlanishining orqada
qolishi sababli alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalarni ham mumiy ta’lim
jarayoniga kushish mumkin. Inklyuziv ta’limda, ta’lim berishning diqqat
markazida bola turadi (o’quv rejasi emas) deb bu jarayonga yondashadi.
Ushbu yondashuvlar bolalar xar xil sharoitda o’qiydi , rivojlanadi,
ma’lumotni xar xil tezlikda qabul qiladi degan e’tirofga asoslanadi. Ular xar
bir bolaning shu qatorda maxsus ehtiyojli bolalarning ham ehtiyojlarini
qondiradigan ta’lim muxitini yaratib berishga qaratilgan. «Inklyuziv ta’lim‖ o’z maqsadidan kelib chiqqan holda bir qator
quyidagi vazifalarni hal etadi:
- inklyuziv va integrasiyalashgan ta’lim tizimi haqida ma’lumot berish;
-inklyuziv ta’limning huquqiy asoslarini ochib berish;
-inklyuziv ta’limni joriy etish oldida turgan muammolarni o’rganish va
muammolarni xal etish yo’llarini izlab topish;
-inklyuziv ta’limni qo’llab-quvvatlashnig asoslarini o’rganish;
-inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish tamoyillarini taxlil qilish;
ish tajribalarini taxlil qilish kabilardan iborat.



  • Kurs ishining maqsadi: jamiyatda nogiron va sog’lom bolalar o’rtasidagi to’siqlarni bartaraf etish,maxsus ta’limga muhtoj bolalar,(ayrim sabablarga ko’ra nogiron bolgan)o’smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo’naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo’shishni ifodalovchi ta’lim tizimini yo’lga qo’yish va ularga yordam berishdan iborat.

  • Kurs ishining vazifasi:

  • Inkyuziv ta’lim nogiron bolalarni ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim muassasalariga maktab va internatlarga moslashtirishni ko’zda tutadigan,ijtimoiy adolat va tenglikni bosh maqsad qilib olgan jarayon belgilandi.

  • Inkyuziv ta’limni joriy etish oldida turgan muammolarni o’rganish va bu muammolarni xal etish yo’llarini izlab topish,tadbiq etish texnologiyalari ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etilsa ko’zlangan natijaga erishish mumkin.

Ishning tarkibiy tuzilishi: 2 bob, 4 ta mavzu,xulosa ilova foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


Download 58,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish