O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Download 480,5 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi480,5 Kb.
#253146
1   2
Bog'liq
2 5269590513282977243

Tuzuvchi : Sh. Aliyeva - Uychi tuman Maktabgacha ta’lim bo’limi tassarrufidagi 31 - sonli maktabgacha ta`lim tashkiloti Metadisti

Taqrizchi : M.Soliyeva - Uychi tuman Maktabgacha ta’lim bo`limi

DNMTTFO`MSHTE sho`ba mudiri



O.Xudayberdiev - Uychi tuman maktabgacha ta`lim bo`limi ta’lim-tarbiya sifatini ta’minlash va metodik xizmatni tashkil etish sho`ba mudiri.


Ushbu metodik tavsiya Uychi tuman maktabgacha ta`lim bo`limining 2020 yil 30 maydagi 6-sonli o`quv-metodik kengashida muxokama etilgan.

Bolalarda ijtimoiy - hissiy rivojlanish va unga ta’sir etuvchi omillar

SO‘Z BOSHI

Maktabgacha ta’lim tashkiloti - bu uch yoshdan yetti yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalash , o’qitish , nazorat qilish , parvarish qilish va sog’lomlashtirishni ta’minlaydigan tashkilot turi.

O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini uzliksiz ta’lim tizimining muhim bo’g’ini sifatida yanada takomillashtirish , maktabgacha ta’lim tizimini tarmog’ini kengaytirish hamda moddiy - texnika bazasini mustaxkamlash , ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash , bolalarni har tomonlama intellektual , ma’naviy estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta’lim dasturlari texnalogiyalarini ta’lim - tarbiya jarayoniga joriy etish , ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish maqsadida , ta’lim o’quv jarayonini maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha bir qancha dastur va qarorlar qabul qilindi.

Bolaning har tomonlama rivojlanishi uchun ijtimoiy - hissiy rivojlanish muhim ahamiyatga ega . Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy rivojlanishda dolzarb muommolarga duch kelmoqdamiz. Har bir ota - ona farzandini bahtli , quvonchli ko’rish uchun , u uchun mehribon ota - ona bo’lish uchun yaxshi muhit yaratishga harakat qilishadi va bundan tashvishlanishadi. Bugungi kunda ota - onalar farzandlarini ijtimoiylashtirish uchun eng to’gri yo’l deb , maktabgacha ta’lim tizimini tanlashmoqda. Chunki , maktabgacha muhitga kirib , bolaning hayotiy tajribasi shakllanadi , u o’ziga xos , yoshga xos xulq - atvor me’yorlarini , qiyin vaziyatlardan chiqishning muayyan usullarini o’rganadi , boshqalarga ta’sir o’tkazishni o’rganadi , dunyoni , o’zini va boshqalarni o’rganadi , o’ziga va boshqalarga ishonish ko’nikmalariga ega bo’ladi. Bolaning ijtimoiy - hissiy rivojlanishi uchun uning atrofidagi muhit ijobiy bo’lishi muhim ahamiyatga ega , shuning uchun kattalar maxsus pedagogik xushmuomilalik , bolani hurmat qilish va qabul qilish, qulay muhit yaratish kerak. Maktabgacha yoshdagi bolada ijtimoiy rivojlanish go’dakligidan boshlanadi va bosqichma - bosqich rivojlanib bola yuksalib boradi. Uch yoshidan esa , “men”ini anglay boshlaydi.






Ijtimoiy omillar :



Bolaning ijtimoiylashishiga nima ta’sir qiladi ?

  • Oila

  • Bolalar bogchasi

  • Bolaning muhiti

  • Bolalar muassasalari ( rivojlanish markazlari , to’garakalar , bo’limlar , studiyalar )

  • Televizor , bolalar matbuoti

  • Adabiyot , musiqa

  • Tabiat

Bularning barchasi bolaning ijtimoiy muhitini shakllantiradi. Bola shu omillar bilan boglanib siz yaratgan muhitda yashar ekan ,

  • O’ziga do’st tanlaydi




  • O’z ehtiyojlarini bildiradi

  • O’z his - tuyg’ulari va kechinmalarini ifodalaydi

  • Omadsizlik , mag’lubiyatdan qayguga tushadi

  • Turli hissiyot va kayfiyatni namoyon etadi






  • Ertak , hikoya va multfilmlar qahramonlariga qayg’udosh bo’ladi

  • Boshqalarga nisbatan xamdardlik ko’rsatadi

  • Syujetli - rolli o’yinlarda ishtirok etadi





  • Sovg’alar , bayramlardan shodlanadi

  • O’z oila a’zolariga samimiy munosabat ko’rsatadi va uyga bog’liq muayyan qoidalarni bajaradi

  • Kattalarning xatti - xarakatlari va yurish - turishlarini o’xshatgan holda , ularga taqlid qiladi va hakazo…



Bolaning hissiy rivojlanishini eng muhim omili bu - oiladir. Soglom muhitga ega oilada yashagan bolalarda gazablanish , qo’rquv , tushkunlik , zo’ravonlik , stress kabi noxush holatlar bo’lmaydi.

Har bir bola noyob va o’ziga xoslik bilan rivojlanadi , lekin turli yoshda o’zlashib , mashq qilishlari kerak bo’lgan ba’zi bir asosiy bosqichlar va ko’nikmalar bor. Bola uch yoshidan boshqa bolalar bilan do’stlashishni boshladimi , bilinki , har bir bola o’z vaqtida ketmoqda. Uch yoshli bolalarda quyidagi ijtimoiy - hissiy rivojlanish holatlari yuz beradi :

  • O’zining va boshqalarning his - tuygularini tushunishni boshlaydi. Insonning o’zi yoki televizorda biror narsaga qanday munosabatda bo’lishni biladi.

  • Biror kishi xafa bo’lsa hatto unga tasalli berishga urinishi mumkin

  • Parallel o’yinni 2 - 3 ta bolani bir - biri bilan emas , yonma - yon , hamkorlikda o’ynaydi

  • O’ziga tegishli narsalarni tanlashni boshlaydi va unga tegishli bo’lgan narsalarni tushunadi.

  • Boshqalarning , ayniqsa , bolalarning xatti - harakatlarini nusxalashtiradi.

  • Bu yoshda bola kamida 300 ta so’zni tushinishi kerak. Yaqin o’tmishda sodir bo’lgan voqealarni , avvalo , kecha va kunduzni eslab qoladi , hatto o’tgan hafta ham bo’lishi mumkin .

  • Hazil hissi paydo bo’ladi va oddiy hazilda kuladi .

5 - 6 yoshli bolalarning ijtimoiy - hissiy rivojlanishi esa quyidagicha namoyon bo’ladi :



  • O’zining istaklari , manfaatlarini aniq ifodalaydi

  • Mustaqil ravishda o’zi uchun mashg’ulot turini tanlaydi

  • Goyalar taklif etadi , tashabbuskorlik ko’rsatadi

  • Mustaqillikka intiladi , o’z millati , tili va madaniyatini biladi

  • Boshqalar uchun namuna bo’lishga intiladi

  • Agar kimnidir xafa qilsa , aybdorlik hissini ko’rsatadi , qo’rquv va xavf nimaligini tushunadi

  • Yaxshi - yomon hatti - harakatiga baho berishga qodir va boshqa hissiyotlarni o’zida rivojlanadi .


Har bir ota - ona farzandiga o’z davrida “ Bahtli bolalik” davrini taqdim etishi lozim. Bolada ijtomoiy - hissiy rivojlanishlarning boshlanishi davrida ota - onalar hamda pedagog tarbiyachilar ijtimoiy muhitni ijobiy yaratishda quydagilarga e’tibor berishlari kerak :



      • Xaddan tashqari ko’p cheklovlar - bu bolada mustaqil fikrlay olmaslikni , mustaqil qaror qabul qila olmaslikni , xoxishlarini o’z - o’zidan so’nishiga va natijada qiziqishlarini so’nishiga , tushkunlik holatlariga olib keladi . Shuni ham aytib o’tish kerakki , xaddan tashqari erkinlik ham bolani tajovuzkor qilib qo’yadi . Bugunki kun talabi shuki, bolalar bogchasida shunday erkin vaziyatlarni yaratish kerakki , bola xoxlagan vaqtida o’yin o’ynashini , rivojlantiruvchi markazlarida esa o’zi qiziqqan markazida ishlashini ta’minlanishini talab qilmoqda.






      • Majburlash yoki tazyiq - bu bola rivojlanishida eng xato qo’llash mumkin bo’lmagan usul. Bolani qiziqishiga , ixtiyoriga e’tibor berish kerak , shunda ularda zerikish , toliqish holatlari bo’lmaydi.








      • Savollarga javob bermaslik - juda ko’p savol berish bolalarga xos odat , ularning savollariga erinmasdan javob bering , chunki olgan javoblari orqali ijtimoiy tajribalarini shakllantirib boradi.




Bolalarni hissiy sohalarini rivojlantirishda o’yinning ahamiyati katta. O’yinda turli his - tuyg’ular namoyon bo’ladi , ijobiy tuyg’ularni shakllantirish uchun pedagog o’yinlarni tanlay bilishi kerak , masalan , “Yaxshi so’z “ o’yini - bunda bolalar doira bo’lib o’tiradilar va tarbiyachi ularga yonidagi sherigiga ko’zlariga qarab yaxshi so’z aytishni taklif qiladi. Bu o’yinni o’rta yoshdagi guruhlarda qo’llash mumkin. Katta yoshdagi guruhlarda esa , “ Biz bir jamoa” o’yinini qo’llash mumkin , bunda bolalar bolalar qo’llarini bir - birlarini yelkasiga qo’yishadi va o’tirishadi. Shu holatda bolalar xona parametri bo’ylab harakatlanishlari kerak va bu harakatda uzilish bo’lmasligi kerak .

Tayyorlov guruhlarda esa , syujetli - rolli o'yinlar orqali masalan , biror bir ochkozlik , qizganchiqlik , urushqoqlik , chaqimchilik mavzusidagi ertaklarni sahnalashtirish orqali bu yomon xislatlar ekanligini ko’rsatib , bunday xislatlarga odatlanmaslikni tushuntirish kerak . Va aksincha ijobiy his - tuygularni quvonish , hamdard bo’lish , mehribon bo’lish , do’st bo’lish tuyg’ularini singdirish lozim .

Pedagog tarbiyachi o’yinda maqsadni tog’ri yo’naltira bilishi kerak , ya’ni , maqsad bolalardagi kechayotgan salbiy hislatlarni bartaraf etishga , ijobiy his - tuyg’ularni rivojlantirishga qaratilishi kerak .

Xulosa


Bugungi kunda Maktabgacha ta’lim tizimiga Prezidentimiz tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda , zarur shart - sharoitlar yaratib berilmoqda albatta biz pedagoglar bundan oqilona foydalangan holda kelajak avlodni ma’nan yetuk , jismonan soglom , rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalab , uzluksiz ta’lim tizimiga har tomonlama tayyorlab berish ham burchimiz ham vazifamizdir.

Bola har tomonlama rivojlanishida ijtimoiy - hissiy rivojlanishi muhim rol kasb etadi . O’sib kelayotgan bolaning his - tuyg’ularini ijobiy baholashimiz uchun pedagog tarbiyachilar hamda ota - onalar bola uchun sog’lom muhitni yaratib berishlari , uning har qanday hatti - harakatlariga va hissiy kechinmalariga e’tibor berishlari va ular ustida ishlashlari lozim . Har bir pedagog o’z ustida ishlashni , ota - onalar bilan hamkorlikda ishlashni va yakka tartibda ishlashni samaralin tashkil qilsa , uning faoliyati davimida bolalarda yuz beradigan muommoli vaziyatlarga duch kelmaydi.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI


  1. ‘’Ilk qadam ‘’ maktabgacha ta’lim muassasining Davlat o’quv dasturi Toshkent - 2018 yil


  1. ‘’ Ilk qadam’’ 7 - yoshgacha bolalar haqida 3 - raqam / may 2019


  1. Shirikova G . A . “ Maktabgacha psixologning qo’llanmasi “ 2008 yil


  1. Votinova E , Karneeva I . V . “ Maktabgacha yoshdagi bolalarda hissiy barqarorlikni shakllantirish “ 2009 yil



  1. Bojovich L . I “ Shaxs va uning bolalikda shakllanishi “



  1. M . Gaybullayeva “ Bir yoshdan uch yoshgcha bo’lgan bolalar tarbiyasi “ Toshkent 2006 yil

  1. “ Maktabgacha ta’lim “ jurnali 2018 yil



  1. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga doir metodik qo’llanmalar


Download 480,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish