O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi O‘zbekiston Respublikasi xalqlari tarixiy-madaniy



Download 180,05 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana03.01.2022
Hajmi180,05 Kb.
#313266
1   2
Bog'liq
Milliy arxiv fondi

ASOSIY TUSHUNCHALAR

 


  

Arxiv - arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi 

davlat yoki nodavlat muassasasi, idoraviy arxiv; 

Arxiv ko'chirmasi 

– arxiv hujjati matnining muayyan bir fakt, voqea, shaxsga tegishli qismi so'zma-so'z 

bayon etilgan, arxiv shifri va saqlov birligi varaqlarining raqamlari ko'rsatilgan, arxiv blankida tuzilgan 

arxiv hujjati; 

Arxiv  hujjatlari  -  fuqarolar,  jamiyat  va  davlat  uchun  ahamiyatliligi  sababli  saqlanishi  lozim  bo'lgan 

matnli,  qo’lyozma  va  mashinada  o’qiladigan  hujjatlar,  ovozli  yozuvlar,  videoyozuvlar,  kinotasmalar, 

fotosuratlar,  fotografiya  plyonkalari,  chizmalar,  sxemalar,  haritalar,  shuningdek  boshqa  moddiy 

manbalardagi yozuvlar; 

Arxiv kollektsiyasi - bir yoki bir nechta belgilari (mavzusi, qimmatliligi, ob'ekti, muallifligi, davriyligi va 

boshqalar)ga ko'ra birlashtirilgan, kelib chiqishi turlicha bo'lgan alohida hujjatlar yig’indisi; 

Arxiv  nusxasi 

–  tegishli  tartibda  tasdiqlangan,  arxiv  shifri  va  saqlov  birligi  varaqlarining  raqamlari 

ko'rsatilgan arxiv hujjatining so'zma-so'z bayon etilgan nusxasi; 

Arxiv ma'lumotnomasi - 

yuridik kuchga ega bo'lgan va so’rovnoma asosidagi hujjatli ma'lumotga ega 

bo'lgan,  berilayotgan  hujjatlarning  shifri,  saqlov  birligi  varaqlarining  raqamlari  ko'rsatilgan,  arxiv 

blankida tuzilgan  arxiv hujjati; 

Arxiv fondi - yuridik yoki jismoniy shaxslar faoliyati natijasida yaratilgan, tarixiy yoki mantiqiy jihatdan 

o'zaro aloqador arxiv hujjatlari majmui; 

Kelib chiqishi shaxsiy (oila, urug’) arxiv fondi - ayrim shaxs, oila, urug’ hayoti va faoliyati jarayonida 

shakllangan hujjatlardan tarkib topgan arxiv fondi

Saqlov birligi/hisob birligi 

– jismoniy ixtisoslashgan arxiv hujjati; 

Arxivni jamlash manbai 

– arxiv hujjatlari bilan fondga tegishligigiga ko'ra jamlanib boruvchi arxivning 

fond tashkil etuvchisi; 

Arxiv hujjatlaridan foydalanish 

– arxiv hujjatlarini xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy, madaniy, ma'rifiy, ta'lim 

maqsadida  va  qonun  hujjatlarida  taqiqlanmagan  boshqa  maqsadlarda  arxivlar  tomonidan 

foydalanuvchilarga taqdim etish; 

Kataloglar 

– arxiv fondlari, saqlov birligi/hisob birligi, arxiv hujjatlari (yoki ularning qismlari) mazmuni 

to'g’risidagi  ma'lumotlar  mavzu  yoki  soha  bo'yicha  belgilangan  tasniflash  sxemasi  asosida 

joylashtirilgan arxivning fondlararo arxiv ma'lumotnomasi; 

Jamlash 


– arxivni arxiv hujjatlari bilan muntazam to'ldirib borish maqsadida amalga oshiriluvchi arxiv 

fondi  doirasida  arxiv  hujjatlarini  fondlashtirish  hamda  tashkil  etish  va  jamlash  manbalaridan  ularni 

qabul qilib olish maqsadida yo'nalishi va darajasi bo'yicha zaruriy arxiv hujjatlari bilan to'ldirib borishga 

doir ishlar majmui; 

Ilmiy-ma'lumotnoma apparati (IMA) 

– arxiv hujjatlarining tarkibi va mazmuni to'g’risidagi yagona ilmiy-

uslubiy  asosda  tuzilgan,  bir-

biri  bilan  bog’liq,  o'zaro  to'ldiruvchi  arxiv  ma'lumotnomalari  majmui 

(arxivning ilmiy-ma'lumotnoma tizimi); 

Sharhlar 

–  arxiv  hujjatlarining  alohida  komplekslari  tarkibi  va  mazmuni  to'g’risidagi  tizimlashtirilgan 

ma'lumotlardan 

iborat 

bo'lgan, 

ularning 

manbashunoslik 

tahlili 

bilan 


to'ldirilgan 

arxiv 


ma'lumotnomalari; 


Birlashtirilgan arxiv fondi 

– bir-biri bilan tarixiy va/yoki mantiqiy aloqalarga ega bo'lgan ikki yoki undan 

ortiq  tashki

lotlar,  shuningdek  o'zaro  tarixiy  va/yoki  mantiqiy  bog’liq  aloqalarga  ega  bo'lgan 

fuqarolarning faoliyati jarayonida paydo bo'lgan arxiv hujjatlaridan iborat arxiv fondi; 

Yig’majild (hujjat)lar ro'yxati – saqlov birliklari/hisob birliklari tarkibi va mazmunini ochib berish, ularning 

fondlar ichida tizimlashtirilishi va hisobini mustahkamlash uchun mo'ljallangan arxiv ma'lumotnomasi; 

Foydalanuvchi 

– arxiv  hujjatlaridan  zarur ma'lumotlarni  olish  va  ulardan foydalanish  uchun arxivga 

murojaat etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; 

Arxiv hujjatlarning mavjudligi va holatini (mavjudligini) tekshirish 

– saqlanayotgan arxiv hujjatlarining 

xaqiqatda mavjudligini aniqlash va  yo'qolgan hujjatlarni topishni tashkil etish uchun ularni aniqlash, 

konservatsion-profilaktik  va  texnik    ishlash  lozim  bo'lgan  arxiv  hujjatlarini  hisobga  olishdagi 

kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar majmui; 

Yo'l ko'rsatkich 

– muayyan tartibda foydalanuvchining arxiv fondlari tarkibi va mazmuni bilan umumiy 

tanishtirishga  mo'ljallangan  arxiv  fondlari  to'g’risidagi  ma'lumotlar  mavjud  bo'lgan  arxiv 

ma'lumotnomasi; 

Sug’urta  nusxa  -  alohida  qimmatli  yoki  noyob  hujjatning  boshqa  moddiy  manbadagi,  asl  nusxada 

mavjud bo'lgan axborotni o’qish yoki ko'rish (eshitish) imkonini beruvchi ko'chirma nusxasi; 

Arxiv  hujjatlarining  mavzuli  sharhi 

–  foydalanuvchining  so'rovi  yoki  arxivning  tashabbusiga  ko'ra 

ma'lum  mavzu  bo'yicha  arxiv  hujjatlari,  saqlov  birliklari/hisob  birliklarining  sanasi  va  arxiv  shifrlari 

ko'rsatilgan holda tuzilgan qisqa yoki izohlangan sarlavhalari ro'yxati; 

Topografik  ko'rsatkichlar 

–  arxiv  saqlovxonasida  hujjatli  materiallarning  joylashtirilishi  to'g’risidagi 

ma'lumotlar ro'yxati; 

ko'rsatkichlar 

– arxiv hujjatlarida keltirilgan predmet nomlarining ular haqidagi ma'lumotlar arxiv shifrini 

ko'rsatgan holda, alifboli, tizimli yoki boshqa biron-bir belgisiga ko'ra tuzilgan arxiv ma'lumotnomalari; 

Tartibga  keltirish 

–  arxiv  ro'yxatlarini  tuzish,  yig’mjildlarni  shakllantirish  va  rasmiylashtirish, 

hujjatlarning  qimmatliligini  aniqlash  ekspertizasini  o'tkazishni  o'z  ichiga  olgan  hujjatlarni  ilmiy-

texnikaviy  ishlash  va  arxivlarda  saqlash  uchun  tayyorlash,  shuningdek  arxiv  ro'yxatlarini 

tuzish  bo'yicha ishlar majmui; 

Arxiv hujjatlarining hisobi 

– arxivlar tomonidan arxiv hujjatlari va arxiv fondlarining muntazam ravishda 

kelib  tushishi,  mavjudligi  va  holatini    belgilangan  birliklar  asosida  aniqlash  hamda  ularni  hisob 

hujjatlarida aks ettirish bo'yicha tizimli monitoring olib borish; 

Fondlashtirish 

–  arxiv  hujjatlarining  fondlarga  tegishliligini  va  arxiv  fondlarining  davriy  chegaralarini 

aniqlash bo'yicha ishlar majmui; 

Ekspert  komissiyasi  (EK) 

–  korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlar  hujjatlarining,  shu  jumladan 

boshqaruv  (ish  yuritish),  ilmiy-texnika  va  boshqa  maxsus  hujjatlarning  qimmatliligi  ekspertizasini 

tashkil etish va ularni arxivda saqlash uchun topshirishga tayyorlash bo'yicha ishlarni tashkil etish va 

amalga oshirish uchun tashkil etiladigan doimiy faoliyat yurituvchi komissiya; 

Ekspert-tekshiruv komissiyasi (ETK) 

– davlat arxivlari, hududiy arxiv ishi boshqarmalarida boshqaruv 

(ish  yuritish),  ilmiy-texnika  va  boshqa  maxsus  hujjatlar  qimmatliligi  ekspertizasini  tashkil  etish  va 

hujjatlarni  arxivlarga  saqlash  uchun  topshirishga  tayyorlash  bo'yicha  uslubiy  va  amaliy  ishlarni 

o'tkazish  hamda  davlat  arxivlarining  jamlash  manbai  bo'lgan  tashkilot,  muassasa,  korxonalarning 

Markaziy ekspert komissiyalari (MEK) va ekspert komissiyalari (EK) faoliyatiga rahbarlik qilish va uni 

muvofiqlashtirish uchun tuziladigan doimiy faoliyat yurituvchi komissiya; 



Arxiv  hujjatlarini  saqlash 

–  arxivlarda  arxiv  hujjatlarining  but  saqlanishini  ta'minlashga  doir  chora-



tadbirlar majmui. 

 

Download 180,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish