O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sog’liqni saqlash va sport tarmoqlarida byudjet siyosati


 Departamentning asosiy funksiya va vazifalari



Download 30,09 Kb.
bet2/5
Sana09.07.2022
Hajmi30,09 Kb.
#766561
1   2   3   4   5
Bog'liq
nizom 1

7. Departamentning asosiy funksiya va vazifalari:
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturining sog’liqni saqlash va sport sohalari bo’yicha belgilangan chora-tadbirlarni o’z vaqtida amalga oshirish bo’yicha tegishli choralar ko’rish;
O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va tashrif bayonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlarida sog’liqni saqlash va sport sohalari bo’yicha berilgan tegishli topshiriqlar ijrosini o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
Sog’liqni saqlash va sport sohalarini yanada rivojlantirish yo’nalishidagi O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va tashrif bayonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari loyihalari, tegishli vazirlik va idoralarning idoraviy me’yoriy-huquqiy hujjatlarini moliyaviy espertizasini amalga oshirish;
birinchi darajali byudjet mablag’larini taqsimlovchilarga o’z vaqtida byudjet so’rovlarini yuborish bo’yicha ishni tashkil qilish;
vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya bosh boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan byudjet so’rovlarni ularning O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan moliyalashtirilishi barqarorligini, ushbu hisob-kitoblarning amaldagi narxlar asosida, ish haqi hamda moddiy va pul xarajatlari normalari to’g’ri qo’llanilishini ko’rib chiqish;
sog’liqni saqlash va sport sohasidagi davlat muassasalarini saqlash
va tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablag’lar miqdorini prognoz qilish va belgilash;
ko’rib chiqilayotgan byudjet so’rovlari asosida sog’liqni saqlash va sport sohalariga tegishli tadbirlarni moliyalashtirish va tashkilotlarni saqlash bo’yicha xarajatlarni kelgusi moliya yili uchun byudjet mablag’larini taqsimlash bo’yicha byudjet so’rovlarni o’z vaqtida va belgilangan tartibda Davlat byudjeti Departamentiga taqdim etish;
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksida belgilangan muddatlarga amal qilgan holda O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlari tasdiqlanganidan so’ng, birinchi darajali byudjet mablag’larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag’lar hajmlarini yetkazilishini tashkil qilish;
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksida belgilangan muddatlarga amal qilgan holda jamlanma xarajatlar smetalari va jamlanma shtatlar jadvallarini ro’yxatdan o’tkazish ishlarini amalga oshiradi;
tegishli vazirliklar, idoralar (tashkilotlar) va hududiy moliya organlarida sohalar uchun ajratilgan byudjet mablag’larining yillik, choraklik hisobotlarini yig’ishi, ko’rib chiqish va hisobotlarning to’g’ri shakllantirilganligi, asosliligi va mablag’larning maqsadli sarflanishi yuzasidan tahlil o’tkazish va tahlili natijalari bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
hududiy sog’liqni saqlash va sport sohalariga tegishli byudjet tashkilotlarini saqlash va tadbirlarni moliyaviy rejalashtirish va ehtiyojini aniqlash yuzasidan hududiy moliya organlari tegishli bo’limlarining ish faoliyatini muvofiqlashtirish;
sog’liqni saqlash va sport sohalariga tegishli byudjet tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish, byudjet mablag’laridan oqilona foydalanishga yo’naltirilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
namunaviy shtatlar me’yorlari loyihalarini, mebel, inventar va uskunalar bilan jihozlash standartlarini, dori-darmon, oziq-ovqat ta’minoti normalarini va boshqa idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
sog’liqni saqlash va sport sohasini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish yuzasidan Hukumatning qarori, farmoyishi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish, tegishli hulosalarni tayyorlashni amalga oshirish;
sog’liqni saqlash va sport tarmoqlarida byudjet siyosati sohasini moliyalashtirishda fuqarolar tomonidan tez-tez uchraydigan savollar va muammolarni tahlil qilish, ularni bartaraf etish bo’yicha rahbariyatga takliflar kiritish va takliflar natijalari bo’yicha amaliy choralar ko’rish;
O’zbekiston Respublikasining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risidagi Qonuniga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslarning yozma, og’zaki va elektron murojaatlarini, byudjet tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan savollarni departamentga tegishli qismi bo’yicha ko’rib chiqish va tegishli xulosalarni tayyorlash;
Vazirlikning rasmiy internet sayti va ommaviy axborot vositalarida yoritib borish maqsadida sog’liqni saqlash va sport tarmoqlaridagi dolzarb masalalar bo’yicha tahliliy materiallarni tayyorlash;
departament vakolatiga tegishli masalalar bo’yicha matbuot anjumanlari va brifinglarda ishtirok etish;
departament xodimlarining o’zlariga biriktirilgan masalalari bo’yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish, yuritish va yangilash va boshqalar.
8. Departament huquqlari:
Departamentga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni sifatli va o’z vaqtida bajarish uchun vazirliklar, idoralar (tashkilotlar)dan, vazirlikning boshqa departamentlaridan, shuningdek hududiy moliya va g’aznachilik, moliyaviy nazorat organlaridan zaruriy axborotlarni so’rash, shu jumladan o’zaro elektron hamkorlik qilish yo’li bilan ma’lumotlar almashish;
byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilardan rejalashtirish, moliyalashtirish (to’lash), tegishli tashkilot tomonidan byudjet va smeta-shtat intizomiga rioya etilishini nazorat qilish uchun zarur bo’lgan hisobot ma’lumotlarini so’rash;
vazirliklar, idoralar (tashkilotlar) hamda hududiy moliya organlariga ajratilayotgan byudjet mablag’larining maqsadli sarflanishi masalalari bo’yicha tahlillar o’tkazish, tegishli tekshirish va o’rganishlarda ishtirok etish;
vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan mablag’lar g’ayriqonuniy sarflanishi, byudjet va smeta-shtat intizomi buzilishi hollari aniqlangan taqdirda, shuningdek moliyaviy hisobotlar va boshqa belgilangan hisobotlar taqdim etilmaganda ularni moliyalashtirishni cheklash va zarur hollarda to’xtatib qo’yish bo’yicha rahbariyatga taklif kiritish;
byudjet tashkilotlarining moliyaviy faoliyati bo’yicha vazirlikning davlat moliyaviy nazorati departameniga nazorat tadbirlarini o’tkazish bo’yicha taklif kiritish;
sog’liqni saqlash va sport tarmoqlaridagi byudjet muassasalarining tuzilmasini, uning pullik tushumlari va xarajatlari ijrosini tahlil qilish, faoliyatini takomillashtirish, o’zini-o’zi moliyalashtirishga o’tkazish bo’yicha taklif kiritish;
Mustaqillik kuni, Konstitusiya kuni va boshqa bayramlar, shuningdek mehnat sohasida davlat va jamiyat oldidagi alohida xizmatlari uchun departament xodimlari nomzodini davlat mukofotlariga taqdim etish;
departament xodimlarini ijtimoiy himoyalash, xususan uy-joy sharoitlarini yaxshilash, salomatligini muhofaza qilish, xodimlar mehnatini rag’batlantirish, munosib ish sharoitini yaratish, mehnat qonunchiligida ko’zda tutilgan ish me’yorlariga amal qilinishini ta’minlash bo’yicha rahbariyatga takliflar kiritish;
xorijiy mamlakatlardagi xalqaro seminar, o’quv kurslari va konferensiyalarda ishtirok etish uchun departament xodimlari ichidan vazirlik rahbariyatiga nomzodlar taklifini kiritish;
xodimlar malakasini yanada oshirish, bilim va ko’nikmalarini mustahkamlash maqsadida vazirlik tomonidan o’quv seminarlar, amaliy mashg’ulotlar va treninglar tashkil etilishi yuzasidan takliflar berish;
O’zbekiston Respublikasining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risidagi Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning yozma, og’zaki va elektron murojaatlarni boshqa mutasaddi vazirlik va idoralarga ko’rib chiqish uchun yuborish;
departament qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa huquqlarga ham ega bo’ladi.
9. Departament javobgarligi:
Mazkur Nizom va boshqa meyoriy-huquqiy xujjatlarga asosan Departamentga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish;
ijro intizomi va mehnat intizomiga qat’iy amal qilish;
Moliya vazirligining tegishli departament, bosh departament, departament va bo’limlar bilan qonun hujjatlariga muvofiq Moliya vazirligining ochiqligini ta’minlashga tegishli masalalar bo’yicha muntazam ravishda o’zaro hamkorlikni ta’minlash;
Departamentga yuklatilgan vazifalarning o’z vaqtida, aniq va to’liq hajmda bajarilishini ta’minlash;
o’z lavozim vazifalarini bajarishga yuzaki munosabatda bo’lishga yo’l qo’ymaslik;
Departament xodimlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo’lishi mumkin.

IV BOB. DEPARTAMENT RAHBARINING ASOSIY
FUNKSIONAL VAZIFALARI



  1. Download 30,09 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish