O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach donli ekinlar ekiladigan maydonlar kengaytirildi


Xom - ashyo mahsulotlarining tavsifi



Download 475,32 Kb.
bet2/7
Sana18.02.2022
Hajmi475,32 Kb.
#450864
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 Хом ашё маҳсулотларининг тавсифи

2. Xom - ashyo mahsulotlarining tavsifi
O’zbekistonda toluol ishlab chiqarish uchun asosan donli xom-ashyolardan bug‘doy doni ishlatiladi. Bundan tashqari arpa, javdar, makkajo‘xori, tariq, suli kabi boshoqli ekinlar ishlatilishi mumkin.
Javdar, bug‘doy, arpa, suli O’zbekiston Respublikasining hamma viloyatlarida yetishtiriladi.
Boshoqdoshlar oilasi o‘simliklarining doni deyarli bir xil tuzilishga ega. Ular uchta asosiy qismdan: murtak, endosperm va qobiqdan iborat. Qobiq o‘z navbatida gul qavati va urug‘ qavatidan iborat. Gul qavati urug‘ qavatining ustida joylashgan bo‘ladi.

Rasmda arpa donining tuzilishi keltirilgan. Donning ichki qismi – endospermasi unli bo‘lib, u aleyron qavat bilan tutashgan bo‘ladi. Aleyron qavat oqsil bilan boy bo‘ladi. Qavat bir (masalan, javdar, bug‘doy, suli, makkajo‘xori, tariq) yoki bir necha qator qalin devordan iborat bo‘ladi. Endosperma qalin devorli qurigan protoplazmadan iborat bo‘lib, ichi kraxmal donlari bilan to‘lgan bo‘ladi. Donning pastki qismida murtak joylashgan. Murtak urug‘lanish navdasi va urug‘lanish qavatidan iborat. Murtak endosperm dan qobiq bilan ajratilgan. Donning pastki qismida murtak joylashgan. Turli botanik guruhga kiruvchi makkajo‘xori donlarini endospermaning shishasimon qismi hajmi bilan farqlanadi. Ushbu qismda kraxmal granulalari oqsillar bilan mustahkam «sementlangan» bo‘ladi. Shuning uchun ushbu granulalar ko‘p qirrali shaklga ega. Endospermaning kraxmalli qismidagi oqsildan iborat bo‘lgan to‘r yupqa va nozik, kraxmal granulalari esa yumaloq shaklda bo‘ladi.



Donli ekinlar turli qismlarining o‘zaro nisbati (% mas. da) quyidagi jadvalda keltirilgan:

Donli ekinlar

Gul

Meva

va

Aleyron

Murtak

Endos-




qobig‘i

urug‘ qavati

qavat




perma






















Javdar

0

11-15




11-12

2,5-3,3

70-75






















Bug‘doy

0

4-7




7-10

1,5-3,0

83-85






















Arpa

7-18

5-7




11-13

2,5-5,0

65-68






















Suli

23-45

2,5-4,0




4-6

3-4

61-68






















Makkajo‘xori

0

7-14




7-9

8-15

61-77






















Makkajo‘xori. Donli xom ashyolar ichida makkajo‘xori doni toluol ishlab chiqarish uchun eng qulay hisoblanadi. Chunki unda nisbatan ko‘p kraxmal, kam kletchatka va ko‘p lipidlar bo‘ladi. Makkajo‘xori boshqa donli ekinlarga nisbatan 2-3 marta yuqori hosildorlikka ega.
Makkajo‘xori O’zbekiston Respublikasining hamma viloyatlarida yetishtiriladi.

Donning kimyoviy tarkibi uning turi, navi, yer-iqlim sharoitlari, agrotexnika usullari, saqlash sharoitlari va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. O’rtacha hisobda, don 14 % namlik va 86 % quruq moddalardan iboratdir.


Donda suv miqdori nisbatan kam bo‘lgani uchun ular mustahkam strukturaga ega. Namlik miqdori nafaqat donning gigroskopik xususiyatlariga, balki yetilganlik darajasi va boshqa sharoitlarga ham bog‘liq bo‘ladi.


Amaliyotda donning namlik bo‘yicha to‘rt holatini farqlanadi: quruq, o‘rtacha quruq, nam va ho‘l. Masalan, javdar, bug‘doy va arpada bu holat namlik bo‘yicha quyidagicha tasniflanadi: quruq – 14 % gacha, o‘rtacha quruq – 14 dan 15,5 % gacha, nam – 15,5 dan 17 % gacha, ho‘l 17 % dan ortiq. Defektli yoki namlangan donning namligi 30 % va undan ortiq bo‘ladi. Quruq holatga to‘g‘ri keluvchi namlik kolloid bog‘langan bo‘ladi. Donda hayotiy jarayonlar minimumgacha kamaygan bo‘ladi. O’rtacha quruqlikdagi donda oz miqdorda erkin suv bo‘ladi va unda hayot faoliyat tiklanishi mumkin. Donning ushbu holatiga to‘g‘ri keluvchi namlik kritik namlik deyiladi.
Donda o‘rtacha miqdorda 84 % organik va 2 % mineral moddalar, shu jumladan: kraxmal – 52 %, qandlar – 3 %, kletchatka – 6 %, pentoza va pektin moddalari – 9 %, azotli moddalar – 11 %, yog‘lar – 3 % bo‘ladi.
Kraxmal miqdori sog‘lom to‘liq yetilgan donda quyidagicha o‘zgaradi: bug‘doyda 48-57 %, javdarda – 46-53 %, arpada – 43-55 %, sulida – 34-40 %, tariqda – 42-60 %, makkajo‘xorida – 61-70.
Sog‘lom donda, odatda, 0,6 dan 7 % gacha qandlar bo‘ladi. Ushbu qandlar, asosan, saxarozadan iborat bo‘lib, oz miqdorda bo‘lsada tri- va tetrasaxaridlar bo‘ladi. Arpa va javdarda sezilarli darajada raffinoza qandi ham uchraydi.
Yetilmagan, sovuq urgan va ungan donda qand miqdori ko‘p bo‘lib, asosan, invertlangan saxaroza va maltozadan iborat.
Donlarda geksozalar (mannan, galaktan, glyukozalar) va pentozanlardan (ksilan, araban) tuzilgan gemisellyuloza (polukletchatka) uchraydi. Gemisellyuloza kletchatka bilan birgalikda hujayra devorini shakllantirishda ishtirok etadi. Petozanlar gummi (shilim)larning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi.
Pentozanlarning dondagi umumiy qismi 7-15 % ni tashkil qiladi. Sulida pentozanlar miqdori nisbatan yuqori bo‘lib 12-15 % ni tashkil qiladi. Arpada 9-13 %, javdarda esa taxminan 10 % pentozanlar bo‘ladi. Donlarda pektin moddalarining miqdori nisbatan kam bo‘ladi.
Makkajo‘xori donida suvda eruvchi azotli moddalarning miqdori kam bo‘lishi va aminokislotalar tarkibi bo‘yicha to‘laqonli emasligi sababli ushbu dondan achitqilarni ko‘paytirish uchun mo‘ljallangan sharbatga qo‘shimcha azotli ozuqa qo‘shishni talab qiladi.


Download 475,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish