O’zbekiston Respublikasi Navoiy davlat konchilik Instutiti



Download 16,62 Kb.
Sana03.02.2022
Hajmi16,62 Kb.
#428165
Bog'liq
yangi uzbekiston nazorat ishi


O’zbekiston Respublikasi
Navoiy davlat konchilik Instutiti
Fakulteti : texnologig jarayonlar va ishlab chiqorishni avtomatlashtirish va boshqarish
Kafedrasi:O’zbekistonning yangi tarixi
Guruh:39sB-21TJa
Bajardi: Muxtorov shoxrux
Tekshirdi:Hilolova .O.S
Navoiy 03.02.2022
Yozma ish
«O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanidan oraliq nazorat varianti
Variant №12
1. Farg‘ona voqealari. 1989 yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar.
2. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholini uy-joylar bilan ta'minlash, yo‘l-transport muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishga oid davlat siyosatini takomillashtirish.
3. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar.
1 Milliy manfaatlar ustuvorligining o'sib borishi Farg'ona fojiasi 1989 yilning may-iyun oylarida Farg'onada fojiali voqealar sodir bo'ldi. 45 yil muqqadam Stalin bedodligi natijasida o'z yeridan badarg'a qilingan mesxeti turklarini o'zbek xalqi o'z bag'riga olgan, ularga mehribonlik qilgan yedi. Tub yerli aholi bilanzmesxeti turklari qardoshlik aloqalarini bog'lab, inoqlashib yashardilar. Biroq 1989 yil 20 mayda Quvasoyda tub yerli aholi bilan mesxeti turklari guruhlari o'rtasida mushtlashish sodir bo'ldi. Respublika rahbariyatining voqeani to'g'ri baholay olmaganligi va tezkorlik bilan zarur choralar ko'rmaganligi oqibatida vaziyat murakkablashdi va yetnik mojaroga aylanib, qon to'kilishiga olib keldi. 3 iyun kuni kechqurun Toshloqda, so'ng Marg'ilonning mesxeti turklari zich yashaydigan «Komsomol» suv xo'jaligi quruvchilari posyolkasida ur-yiqit, uylarga o't qo'yish, qotillik, vaxshiylik sodir bo'ldiFarg'onaga shoshilinch ravishda SSSR ichki ishlar vazirligi ichki qo'shinlarining 13 ming kishilik bo'linmasi keltirildi. Ur-yiqit 7 iyun kuni yana takrorlandi va tez orada Qo'qon shahriga, Rishton, O'zbekiston va Kirov (hozirgi Beshariq) tumanlariga tarqaldi. 8 iyunda Qo'qonda aholining tinch namoyishi SSSR ichki ishlar vazirligi qo'shinlari tomonidan o'qqa tutildi, 50 dan ortiq kishi halok bo'ldi, 200 dan ortig'i yarador qilindi. Ommaviy tus olgan tartibsizlik, ur-yiqitlar natijasida jami 103 kishi xalok bo'ldi. 1011 kishi jarohatlandi va mayib bo'ldi.
SSSR ichki ishlar vazirligi ichki qo'shinlarining 137 xizmatchisi, 110 militsiya xodimi yarador bo'ldi, militsiya xodimlaridan biri vafot yetdi. 757 uy, 27 davlat binosi, 275 avtotransport vositasi yondirildi va talon-taroj qilindi. Voqealarning keng miqyos va fojiali tus olganligi sababli sovet va ma'muriy organlar mesxeti turklarini Farg'onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda Tojikistonning Leninobod viloyati Asht tumanidagi Novgarzon posyolkasiga shoshilinch ko'chiriladi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda uzoq saqlab bo'lmas yedi. Shuning uchun 16.282 kishi Farg'ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko'chirib olib borib joylashtirildi.1990 yil fevral, mart oylarida Bo'ka va Parkent, 1990 yil iyunda O'sh va O'zganda ham shunday urinishlar bo'ldi. Yovuz kuchlar o'z maqsadiga erisha olmadilar. O'zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida keskinlik bartaraf qilindi.
2.Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish:

- yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining, eng avvalo, o‘rta maxsus va oliy o‘quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, mehnat bozori infratuzilmasining mutanosib rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish;

So`nggi yillarda hukumatimiz tomonidan aholi daromadlari va turmush darajasini yanada oshirish, fuqarolarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholi jon boshiga to`g`ri keladigan daromadlar, ish haqi va pensiyalar izchil ravishda o`sib borgani yaqqol namoyon bo`lmoqda.

Quyida keltirilgan ma`lumotlarga ko`ra, 2000-2017 yillarda aholi jon boshiga daromadlar, ish haqi va pensiyalarning yildan yilga o`sib boorish tendensiyalarini kuzatish mumkin. Ammo so`nggi yillarda daromadlarning

O`tgan davr mobaynida aholi jon boshiga daromadlar muntazam ravishda oshib borgan va 2017 yil ma`lumotlari bo`yicha daromadlar 2000 yildagi darajasiga nisbatan 13,2 marta real oshgan. Shuningdek, ushbu davr oralig`ida o`rtacha ish haqi hamda pensiyalar miqdori mos ravishda 24,3 va 18,6 marta ortgani kuzatildi tarkibidagi asosiy manbalaridan hisoblangan ish haqi hamda pensiyalarning o`sish sur`atlari pasaygan bo`lib, bu holat aholining umumiy daromadlariga ham o`z ta`sirini ko`rsatgan.

O`z navbatida, daromadlar tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning ulushi 68,5% ni (2010 yilda 71,6 %), transfert shaklida olingan daromadlarning ulushi 25,2 % ni (2017 yilda 24,3 %), mol-mulkdan olingan daromadlarning ulushi 4,1 % ni (2010 yilda 2,3 %), shaxsiy iste`mol uchun o`zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlarning ulushi esa 2,2 % ni (2017 yilda 1,8 %) tashkil etgan. Mehnat faoliyatidan olingan daromadlar ulushi ko`payishining asosiy omili bo`lib yangi ish o`rinlarini yaratish orqali aholi bandligini oshirishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida yuzaga kelganligidir.



2021 yil 10 dekabrdan boshlab bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta'minlash tartibi doirasidaIqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan har yili bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori va dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya miqdori tasdiqlanadi;subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan shaxslar ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning uy-joy qiymatining kamida 5 foiziga teng bo‘lgan qismini o‘z mablag‘lari hisobidan shakllantiradi;sotib olinadigan kvartira joylashuvi, qiymati va maydonidan qat'i nazar, dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – qat'iy belgilangan 32 million so‘m miqdorida, foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – birinchi besh yil davomida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi;fuqarolarga ipoteka kreditini olishda, birgalikda qarz oluvchi sifatida ular bilan birga yashamayotgan va yaqin qarindoshi bo‘lmagan boshqa shaxslarni ham jalb qilish huquqi beriladi;Moliya vazirligining resurslari tijorat banklariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ orqali joylashtiriladi;tijorat banklariga qarz oluvchi tomonidan to‘langan dastlabki badal miqdori, uning qarz yuki ko‘rsatkichi, imtiyozli davr muddati va boshqa ko‘rsatkichlardan kelib chiqib, subsidiyasiz ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan foiz stavkalarini o‘rnatish huquqi beriladi.ko‘p qavatli uy-joylar qurish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha o‘tkazilgan elektron onlayn-auksion g‘oliblariga lot qiymatining 30 foizini auksion yakunlangan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmay, qolgan qismini 12 oy davomida teng miqdorda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi;
O'zbekistonda yo'l-transport kommunikatsiyalari ishlab chiqarishning hamda ijtimoiy infratuzilmaning muhim tarkibiy qismi bo'lib, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim o'rin tutadi.
Bugungi kunda Respublikamizdagi temir yo'llari uzunligi 8,0 ming kilometrni, avtomobil yo'llari – 184 ming, magistral truba o'tkazgichlari esa – 13,9 ming kilometrni tashkil etadi.
Shundan avtomobil yo'llari orqali tashuvlar eng yuqori o'rinlarda turib, yuklarning 91 foizi, yo'lovchilarning esa 98 foiz hissasi aynan mazkur yo'llarga to'g'ri keladi.
O'zbekiston Respublikasi avtomobil transporti va yo'llariga daxldor bo'lgan 30 dan ortiq xalqaro konventsiyalar, kelishuvlar va shartnomalarning teng huquqli a'zosi hisoblanadi. Shuningdek, xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan, milliy transport kommunikatsiyalarni rivojlantirish, milliy tizimlarni xalqaro transport tizimlari bilan uyg'unlashtirishga qaratilgan qator dasturlar ishtirokchisi sanaladi.
Respublika hududi orqali 20 dan ortiq xalqaro transport marshrutlari va yo'nalishlari o'tadiMuhim tranzit arteriyalari bo'lmish – Qamchiq dovonidan o'tgan, ikkita tunnel qurilishini o'z ichiga olgan "Toshkent-O'sh", "Toshkent-Termiz", "Samarqand-Buxoro-Olot", "Qo'ng'irot-Beynov", "G'uzor-Buxoro-Nukus-Beynov" kabi avtomobil yo'llari, bundan tashqari shu yo'llardagi yirik aholi punktlari bo'lmish – Jizzax, Guliston, Qo'qon, Kattaqo'rg'on, Bo'ka, Olot va Sayrob shaharlarini aylanib o'tish yo'llari yangidan qurildi.
3 Turli mamlakatlarda partiyalarning rivojlanishi har xil kechadi. Bu rivojlanish har bir davlat, millat tarixi, siyosiy faolligi, ijtimoiy-siyosiy tajribasidan kelib chiqib, milliy xususiyatlari asosida turlicha bo‘ladi. Albatta, qonunlarda belgilab qo‘yilgani bilan ko‘ppartiyaviylik tizimi o‘z-o‘zidan shakllanib qolmaydi. Buning uchun muayyan vaqt, fuqarolarning siyosiy-huquqiy dunyoqarashi yuksalishi talab etiladi. Ya’ni, ko‘ppartiyaviylik qonuniy asoslarga ko‘ra, tabiiy sharoitda yuzaga keladi.Shu ma’noda, mamlakatimizda ko‘ppartiyaviylik tizimi o‘ziga xos tadrijiy tarzda shakllandi. Avvalo, shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston mustaqillikka erishgan, yakka hokimlikni surib kelgan kommunistik partiyadan voz kechilgan bir sharoitda xalqning boshini qovushtiradigan, bir g‘oya atrofida birlashtirishni o‘z zimmasiga oladigan siyosiy kuch kerak edi. Ana shunday murakkab vaziyatda, 1991 yil noyabr oyida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil etildi. Bu yangi partiya yangi tuzum sharoitida ko‘p sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi, tajriba orttirdi.Parlamentarizm prinsiplari asosida faoliyat ko‘rsatuvchi davlat institutlari bilan bog‘liq masalalar O‘zbekistonda huquqiy davlatchilikning qaror topishiga taalluqli muammolar silsilasida muhim o‘rin tutadi. Chunki XXI asrning boshlariga kelib oddiy bir haqiqat - to‘la vakolatga ega bo‘lgan parlamentsiz mamlakatda to‘laqonli demokratiya bo‘lishi mumkin emasligi yaqqol ko‘zga tashlanib qoldi. Binobarin, fuqarolar demokratiya to‘g‘risidagi tasavvurlarini avvalo davlatni idora etishda o‘zlari ishtirok etishlarining real imkoniyati bilan, qolaversa parlament orqali qonun ijodkorligi jarayoniga ta’sir ko‘rsata olish imkoniyatlari bilan bog‘laydilar.Parlament tarixi asrlar bilan o‘lchanadi. Zamonlar o‘zgarishi bilan parlamentlarning roli ham izchil o‘zgarib, uning mohiyati yangi g‘oyalar, tamoyillar bilan, shakllanish va faoliyat ko‘rsatish tajribasi bilan boyib bormoqda. Parlamentarizm g‘oyasi birinchi ming yillik bo‘sag‘asida Rimda, Angliya va Ispaniyada xalq majlislari shaklida yuzaga kelgan bo‘lib, shundan so‘ng davlat anjumani darajasiga ko‘tarilgunga qadar yana bir necha taraqqiyot bosqichlaridan o‘tdi.lib, usiz siyosiy voqelikka haqqoniy baho berib bo‘lmaydi.

O‘zbekiston 1991 yil 1 sentyabrda davlat mustaqilligiga erishgach, davlat hokimiyatining eng muhim institutlaridan biri sifatida milliy parlamentni rivojlantirishning sifat jihatidan yangi bosqichi boshlandi. Milliy parlamentarizmning eng yangi tarixi umum e’tirof etilgan uchta asosiy davrga bo‘linadi.

Birinchi davr: 1991-1994 yillar

ikkinchisi: 1995-2004 yillar

uchinchi davr: 2005 yildan hozirgi paytgacha

Uch bosqichda (1994 yil 25 dekabrda, 1995 yil 8 va 22 yanvarda) bo‘lib o‘tgan saylov yakunlariga binoan 245 nafar deputatdan iborat tarkibdagi parlament shakllantirildi. Saylov ko‘p partiyaviylik asosida o‘tkazildi.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi o‘zining shakllanishi, o‘z faoliyatini tashkil etish tartibotlari, ish yuritish mazmun-mohiyati bilan yangi, zamonaviy parlament bo‘lib, avvalgi Oliy Kengashdan butunlay farq qiladiOliy Majlis vakili huzurida 1995- yilda tuzilgan Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha maxsus komissiyasi faoliyat yuritdi.

Parlamentning sakkizinchi sessiyasida 1997- yil 24- aprelda qabul qilingan „Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida“ gi Qonun muhim hujjatlardan biri. U respublikada insonning shaxsiy huquq va erkinliklari, fuqarolarning ijtimoiy huquqlari himoya qilinishini huquqiy jihatdan ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar


S Urolov-uzbekistonning yangi tarixi
Q Usmonov,M.sodiqov uzbekiytonning tarixi(1917-1991)
Download 16,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish