O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati faoliyatining tashkiliy shakllari


-§. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining sessiyalari va doimiy komissiyalari



Download 59,5 Kb.
bet3/4
Sana29.12.2021
Hajmi59,5 Kb.
#76548
1   2   3   4
Bog'liq
1404141240 51573

3-§. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining sessiyalari va doimiy komissiyalari.

Xalq deputatlari Kengashlari faoliyatining tashkiliy shakllari deyilganda Xalq deputatlari Kengashlari funksiya va vakolatlarini amalga oshirishda qatnashish vositalari tushuniladi.

Xalq deputatlari Kengashlari faoliyatining tashkiliy shakllari o`zlarining yo`nalishlariga ko`ra har tomonlama xarakterga ega. Ular yordamida xalq deputatlari Kengashlari va hokimliklardagi ichki tashkiliy munosabatlar ham, ular tomonidan davlat, xo`jalik va ijtimoiy-madaniy qurilishga rahbarlik qilish bo`yicha o`z funksiyalarini bajarishga ham erishiladi.

Xalq deputatlari Kengashlari va o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy shakllari O`zbekistonda mavjud bo`lgan vakillik organlarining tarixiy rivojlanishi jarayonida vujudga kelgan bo`lib, ularning asosiylari mustaqil O`zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi mazmunidan kelib chiqadi.

Xalq deputatlari Kengashlari faoliyatining asosiy tashkiliy shakllariga quyidagilar kiradi:

1) Xalq deputatlari Kengashlarinig sessiyalari.

2) Hokimlarning ijroiya apparati.

3) Xalq deputatlari Kengashlarining doimiy komissiyalari.

4) Davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining saylov okrugidagi faoliyati.

Davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati tashkiliy shakllarining asosiysi davlat hokimiyati vakillik organlari uchun ularning sessiyalaridir. O`zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati asoslari to`g`risida»gi Qonunining 17-moddasida «Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining asosiy ish shakli sessiyadir», deyilgan. Tegishli xalq deputatlari Kengashlariga berilgan vakolatlar Oliy Majlis yig`ilishlarida va xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida ko`rib chiqiladi va hal etiladi.

Yuqorida sanab ko`rsatilgan vakillik organlari faoliyatining shakllarini asosiy deyish qabul qilingan. Vakillik organlari to`g`risidagi qonunchilikka ko`ra vakillik organlari o`z vakolatlarini amalga oshirganda, albatta, ulardan foydalanishlari shart.

Vakillik organlari vakolatlarini amalga oshirganda ular faoliyatining asosiy shakllari bilan bir qatorda turli xil yordamchi shakllardan ham foydalaniladi. Ular qatoriga tayyorlov komissiyalari, yig`ilishlar, seksiyalar, postlar va hokazolar kiradi. Bular yordamida xalq deputatlari Kengashlari har xil tayyorgarlik va nazorat faoliyatini amalga oshiradilar.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari - xalq deputatlari Kengashlari o`z vakolatiga taalluqli bo`lgan muhim masalalarni muntazam ravishda sessiyalarda hal qiladilar. O`zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida»gi Qonuniga ko`ra xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining asosiy ish shakli sessiyadir. Mahalliy Kengashlarning navbatdagi sessiyalari tegishli hokim, hokim yo`qligida esa uning o`rinbosarlaridan biri tomonidan, zaruratga qarab, lekin yiliga kamida ikki marta chaqiriladi. Deputatlar uchun sessiyalar davlat ishida qatnashish maktabidir. Bu bilan har bir deputat Kengash sessiyasida masalalarni hal qilishda faol ishtirok etish, mavjud kamchiliklarni ochib tashlash, Kengash, hokimlik va ularga bo`ysungan organlar faoliyatini yaxshilashga qaratilgan takliflar kiritish imkoniyatiga ega bo`ladi.

Sessiya, shuningdek, hokimning tashabbusiga ko`ra va tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlarining kamida uchdan bir qismi tashabbusiga binoan ham chaqirilishi mumkin. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi ish tartibiga muvofiq, shahar tumanlarida tuziladigan deputatlik guruhlarining tashabbusi bilan ham navbatdan tashqari sessiya chaqirilishi mumkin. Buning uchta tumandagi deputatlik guruhining talabi lozim bo`ladi. Bu sessiyalar navbatdan tashqari sessiyalar deyiladi. Tegishli Kengashning navbatdan tashqari sessiyasini chaqirish to`g`risidagi asoslantirilgan taklif sessiyada ko`riladigan masalalarni ko`rsatgan holda yozma ravishda hokimga beriladi. Hokim Kengashning navbatdan tashqari sessiyasining ochilishidan uch kun oldin o`z qarorini e'lon qilib, sessiyani chaqirishi mumkin. Kengash sessiyasini chaqirish to`g`risidagi qarordan deputatlar sessiya ochilishidan kamida ikki hafta oldin xabardor qilinadi.


Download 59,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish