O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati faoliyatining tashkiliy shakllari



Download 59,5 Kb.
bet1/4
Sana29.12.2021
Hajmi59,5 Kb.
#76548
  1   2   3   4
Bog'liq
1404141240 51573


O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati faoliyatining tashkiliy shakllari va Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining sessiyalari va doimiy komissiyalari.

Reja:

1-. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatining tashkiliy shakllari.

2-. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati faoliyatining tashkiliy shakllari

3-. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining sessiyalari va doimiy komissiyalari.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyatining asosiy shakli:

- sessiyalar davridagi yalpi majlislari;


  • Qonunchilik palatasi Kengashi faoliyati;

  • Qonunchilik palatasi qo`mitaa va komissiyalari faoliyati;

  • Qonunchilik palatasi fraksiyalari va deputatlar guruhlarida;

  • Palatalar qo`shma majlislari;

  • Kelishuv komissiyasi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birinchi majlislari tegishincha Qonunchilik palatasiga saylovdan keyin ikki oydan kechiktirmay va Senat tarkib topganidan keyin bir oydan kechiktirmay Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chaqiriladi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi majlislari sessiyalar davrida o`tkaziladi. Sessiyalar, qoida tariqasida, sentabrning birinchi ish kunidan boshlab kelgusi yilning iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar o`tkaziladi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislari, agar ular ishida barcha deputatlar umumiy sonining kamida yarmi ishtirok etayotgan bo`lsa, vakolatli hisoblanadi.

Konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilishda barcha deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etishi shart.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi majlislarida, shuningdek ularning organlari majlislarida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining a'zolari, Respublika Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo`jalik sudi raislari, Bosh prokurori, Markaziy bank boshqaruvining raisi ishtirok etishlari mumkin. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va uning organlari majlislarida Senat Raisi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va uning organlari majlislarida Qonunchilik palatasi Spikeri ishtirok etishi mumkin.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarorlari Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senat a'zolari umumiy sonining ko`pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Shuning uchun deputatlarni majlislarda muntazam va samarali ishtirokini ta'milash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Zero, Qonunchilik palatasi kollegial organ bo`lib, uning vakolatlariga doir masalalar albatta deputatlarning birgalikdagi muhokamasi uning faoliyati asosiy prinsiplaridan biri hisoblanadi.

Qonunchilik palatasi majlislarida ko`rib chiqiladigan masalalarni, ya'ni uning kun tartibini belgilash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamenti to`g`risida”gi Qonunning 10-moddasiga ko`ra, Qonunchilik palatasi majlisida ko`rib chiqilishi lozim bo`lgan masalalar ularni ko`rib chiqish navbati, palataning har bir masalani ko`rib chiqishga tayyorlash uchun mas'ul bo`lgan qo`mitalari, ma'ruzachilar (qo`shimcha ma'ruzachilar), shuningdek boshqa ma'lumotlar ko`rsatilgan holda majlis kun tartibi loyihasiga kiritiladi. Mazkur moddaning ikkinchi qismida esa Qonunchilik palatasi majlisi kun tartibining loyihasi Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan tuziladi deb e'tirof etilgan. Qonunchilik palatasining deputatlari Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga kiritilgan masalalar to`g`risida oldindan xabardor qilinishini ta'minlash dolzarb masalalardan biridir. Chunki har bir deputat muhokama qilinadigan masala yuzasidan amaldagi ahvol, uning saylovchilari va partiya manfaatlarini o`rganib chiqishi lozim.

Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi palata qarori bilan tasdiqlanishi demokratik normalardan biridir. Bu yerda masalani deputatlar o`rganilganligi, uning muhokamasiga tayyorliklari va boshqa vajlarni inobatga olgan holda kun tartibiga o`zgartishlar kiritish imkoni bo`ladi.

Qonunchilik palatasi majlislaridagi masalalar bo`yicha ovoz berish shakl va uslublarini belgilash katta ahamiyatga ega. “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamenti to`g`risida”gi qonunning 11-moddasiga ko`ra Qonunchilik palatasining qarorlari uning majlislarida ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali qabul qilinadi. Ochiq ovoz berish nomma-nom, ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalangan holda yoki yashirin ovoz berish bulletenlaridan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.

O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hamda konstitutsiyaviy qonunlarda belgilangan hollardan mustasno ovoz berish shakli va usuli to`g`risidagi qaror Qonunchilik palatasi tomonidan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinishi ijobiy hol.

Qonunchilik palatasining deputati o`zining ovoz berish huquqini shaxsan amalga oshirishining mustahkamlanishi ham demokratiyaning talabidir. Aynan deputat o`z saylovchilari va partiya manfaatlarini himoya qilishi lozim. Bu masalani ro`yobga chiqarishda ovozlarni hisobga olish shaklini belgilash hal qiluvchi rolni o`ynaydi. Qoida tariqasida, Qonunchilik palatasi majlisida ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanilishi ustidan nazoratni Qonunchilik palatasi deputatlari jumlasidan bo`lgan guruh amalga oshiradi. Bu guruh ovozlarni to`g`ri tashkil etish uchun javob beradi. Agarda deputatlarda elektron tizimni to`g`ri ishlashi haqida shubha paydo bo`lsa, ular bulletenlardan foydalangan holda ovoz berishni tanlashlari mumkin.

Parlament faoliyatida jamoatchilik fikrini hisobga olish, avvalo uni shakllantirishni taqazo etadi. Shu jihatdan deputatlarning dahlsizligi (immuniteti) ularga parlament faoliyatining barcha masalalari yuzasidan ochiq va tanqidiy fikr bildirish imkoniyatini ta'minlaydi. Parlamentdagi o`z chiqishlari uchun deputat javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

Parlament majlislari odatda ochiq bo`lib, har bir saylovchi muhokama qilinayotgan masalalar va ularni hal qilish yo`llari to`g`risida xabardor bo`lish hamda o`z fikrini bildirish huquqiga ega. Horijiy davlatlar, parlamentlarning internet va boshqa ommaviy axborot vositalardagi maxsus sahifalari, nashrlari, ko`rsatuvlari bunga qulay sharoit yaratadi. Fransiyada esa, ochiq muhokamalar 1995 yildan keng qo`llanila boshladi. Misol uchun 2 oktabr 1995 yildan 30 sentabr 1996 yilgacha Milliy Majlis komissiyalari tomonidan 21 ta majlis «ochiq» o`tkazilgan1. 1994 yildan esa komissiyalarning audio-vizual hisobotlarini tarqatish amaliyoti joriy etildi. Ushbu tadbirlar fuqarolarning faolligining oshishi va Qonunchilik palatasida ko`rilayotgan masalalar yuzasidan ularning obyektiv fikrini yig`ish uchun xizmat qiladi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlislari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan nutq so`zlaganda, chet davlatlarning rahbarlari nutq so`zlaganda o`tkaziladi. Palatalarning kelishuviga binoan qo`shma majlislar boshqa masalalar yuzasidan ham o`tkazilishi mumkin.

Qonunchilik palatasi faoliyatini samarali tashkil etish, qo`mitalar ishini muvofiqlashtirib borish, qonun loyihalarini tayyorlash ishini rejalashtirish masalasini dastlabki tarzda ko`rib chiqishni tashkil etish maqsadida Qonunchilik palatasi Kengashi tuziladi. Qonunchilik palatasi Kengashining tarkibiga Qonunchilik palatasi Spikeri, uning o`rinbosarlari, fraksiyalar va deputatlar guruhlarining rahbarlari, Qonunchilik palatasi qo`mitalarining raislari kiradi.Qonunchilik palatasi Kengashiga Qonunchilik palatasi Spikeri rahbarlik qiladi, u Kengashning majlislarini olib boradi va uning qarorlarini imzolaydi.

Qonunchilik palatasi siyosiy partiya fraksiyalari ham tuziladi. Fraksiya siyosiy partiyadan ko`rsatiladigan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan deputatlar birlashmasidir. Deputatlar guruhlarini Qonunchilik palatasi tarkibiga saylangan, siyosiy partiyalardan ko`rsatilmagan deputatlar tuzishga haqlidir. Qonunchilik palatasining kamida to`qqiz nafar deputati fraksiya yoki deputatlar guruhini tuzish huquqiga ega. Qonunchilik palatasining deputati faqat bir fraksiya yoki deputatlar guruhining a'zosi bo`lishi mumkin. Siyosiy partiyadan ko`rsatilgan va Qonunchilik palatasiga saylangan deputat faqat shu partiya fraksiyasining a'zosi bo`lishi mumkin yoki hech bir fraksiya yoxud deputatlar guruhiga kirmaslikka haqli.




Download 59,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish