O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Faol investitsiya siyosati sharoitida sanoatga investitsiyalarni jalb etish va ulardan foydalanishning nazariy va uslubiy asoslari



Download 348,72 Kb.
bet4/5
Sana05.02.2023
Hajmi348,72 Kb.
#908062
1   2   3   4   5
Bog'liq
Haqqulova

3. Faol investitsiya siyosati sharoitida sanoatga investitsiyalarni jalb etish va ulardan foydalanishning nazariy va uslubiy asoslari

Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ularning iqtisodiy yuksalishida faol investitsiya siyosati markaziy o`rinni egallashini tasdiqlaydi. SHu bois O`zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlari uning investitsiya siyosatida to`liq aks ettirilishini taqozo etmoqda.


O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2014 yilning asosiy yakunlari va 2015 yilda O`zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga baq’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi «2015-yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish – ustuvor vazifamizdir- “Uzoq muddatli istiqbolga mo`ljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan navbatdagi muhim ustuvor yo`nalish – bu asosiy etakchi sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat”,-deb ta`kidlagan edi.
Mustaqillikka erishilgandan boshlab, mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o`tishning o`ziga xos yo`lidan bormoqda. Bu yo`lda investitsiya siyosatining ahamiyati juda katta. CHunki investitsiyalar iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlar, texnik va texnologik yangilanishlar, korxonalarni qayta ta`mirlash ishlarini amalga oshirishni raq’batlantiradi, mamlakat eksport va import salohiyatini oshirishga imkon yaratadi. Shu jihatdan O`zbekiston o`z tuzilmaviy investitsiya siyosatini olib bormoqda (1 – rasm.

1-rasm.O`zbekiston Respublikasining tuzilmaviy investitsiya siyosati


Hududlar investitsiya siyosati - investitsiyani sarflashda aholi, hudud va investor manfaatlarini hisobga olgan holda samarali ishlatishga imkon beruvchi hududda olib boriladigan chora-tadbirlar majmui.
Tarmoq investitsiya siyosati esa bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini ta`minlovchi tarmoqlar, sanoat mahsulotlarini eksport qilish, import o`rnini bosuvchi ishlab chiqarishni rivojlantirish, ilmiy-texnika taraqqiyotini investitsiya yo`li bilan qo`llab-quvvatlash hisoblanadi. Davlat tuzilmaviy investitsiya siyosatida yangi tarmoqlarni tashkil etish va rivojlantirish, aholining iste`mol tovarlari, ish joylarga bo`lgan talabini qisqa vaqt ichida yuqori darajada ta`minlashga erishish yo`lida quyidagi vazifalarga amal qilmoqda:
-eskirgan ishlab chiqarishlarni sekin-asta muomaladan chiqarib tashlash; -mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo`llab-quvvatlash;
-to`lov qobiliyatiga ega bo`lgan va talabga mos holda ishlab chiqarish tuzilmalarini yaratish. -ishlab chiqarish resurslaridan va ilmiy-texnika salohiyatidan imkon qadar yuqori darajada foydalanishni ta`minlash;
-mamlakatning ekologik va iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash va uni kuchaytirish;
-samarali, raqobatga asoslangan ishlab chiqarishlar, bozor infratuzilmasi, xizmat ko`rsatish soxasi va intellektual faoliyatlar rivojlanishini uyq’unlashtirish;

-iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish va yangi tarmoqlarni barpo etish;


-aholining ish bilan bandligini va hamda iqtisodiy faolligini oshirish; -hududlar ijtimoiy infratuzilmasini to`liq shakllantirish.
Tuzilmaviy investitsiya siyosatini olib borishda muhim strategiyalar ishlab chiqarilgan bo`lib, ularning mohiyati kichik iqtisodiy sub`ektlar rivojlanishini qo`llab-quvvatlashdan iborat. Mazkur ishlarni amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda siyosiy barqarorlik, investitsiya muhitini juda qulayligi xorijiy investorlar uzoq muddatli investitsiya loyihalarini tuzishda asos bo`lmoqda. Bundan tashqari, jalb etilgan chet el investitsiyalar va kreditlar uchun kafolatlar taqdim etish, soliq va bojxona ta`riflari bo`yicha imtiyozlar, zayom va foiz stavkalarini subsidiyalash kabi shart-sharoitlar yaratilmoqda, o`nlab qonuniy hujjatlar amal qilmoqda.
O`zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatining asosiy yunalishlari orasida kuyidagilarni alohida ta`kidlab ko`rsatish mumkin:
-investitsiya jalb qilish uchun xalqaro me`yorlar va konventsiyalarga mos keladigan, sanoati rivojlangan mamlakatlar investorlari tomonidan tan olinadigan huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga intilish;
-respublikaga jahon darajasidagi texnologiyalarni etkazib beradigan va iqtisodiyotning zamonaviy tuzilishini vujudga keltirishga yordam beradigan investorlar uchun ochiq eshiklar siyosatini izchillik bilan amalga oshirish;
-ishlab chiqarish bilan boq’liq investitsiyalarni kiritishga ko`maklashish
-mamlakatning kredit qobiliyatini qo`llab-quvvatlash;
-mamlakatning ayrim mintaqalarida ijtimoiy va ekologiya muammolarini hal qilishga qaratilgan investitsiyalarni kiritishga yordam berish.
O`zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tartibga solishda O`zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa me`yoriy-huquqiy hujjatlar uning huquqiy asosi bo`lib xizmat qiladi.
O`zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasidagi asosiy me`yoriy-huquqiy hujjatlar quyidagilardir:
-O`zbekiston Respublikasining «Investitsiya faoliyati to`q’risida»gi Qonuni,4.12.1998 y.;
-O`zbekiston Respublikasining«Chet el investitsiyalari to`q’risida»gi Qonuni, 30.04.1998 y.;
-O`zbekiston Respublikasining «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va himoya choralari to`q’risida»gi Qonuni, 30.04.1998 y.;
-O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «O`zbekiston Respublikasining 2010 yilgi Investitsiya dasturi to`q’risida»gi Qarori, 28.10.2009 y.;
-O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «To`q’ridan-to`q’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni raq’batlantirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`q’risida»gi Farmoni, 11.04.2005 y.
O`zbekiston Respublikasining "Chet el investitsiyalari to`q’risida", "CHet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to`grisida", "Investitsiya faoliyati to`q’risida"gi Qonunlari xorijiy investitsiyalarni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizdagi siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy barqarorlik chet el investitsiyasi uchun har tomonlama qulay sharoit yaratmoqda. Davlatimiz rahbarining oqilona siyosati natijasida qabul qilinayotgan imtiyozli muhitni yaratuvchi qonunlar chet ellik investorlarda tobora katta qiziqish uyq’otmoqda.
Ma`lumki, chet el investorlari mamlakatimiz hududida o`z ishlab chiqarish faoliyatini, qoidaga ko`ra, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etish yo`li bilan amalga oshiradilar. O`z ehtiyojlari uchun yurtimiz hududiga zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalar, ularga butlovchi buyumlar, shuningdek, xomashyo va materiallar olib kirayotgan xorijiy investorlar uchun amaldagi qonun hujjatlarida muayyan imtiyozlar nazarda tutilgan. Jumladan, “Boj tarifi to`q’risida”gi Qonunning 33-moddasi va “Chet el investitsiyalari to`q’risida”gi Qonunning 12-moddasiga muvofiq, xorijiy investorlar tomonidan o`z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O`zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulkka bojxona boji solinmas edi. YAngi qonun asosida - chet ellik investorlar uchun yanada qulay muhit yaratish maqsadida yuqorida qayd etilgan har ikki qonunga o`zgartishlar kiritildi. endilikda nafaqat chet ellik investorlar, ayni choq’da, ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi kamida o`ttiz uch foiz bo`lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ham o`z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O`zbekiston Respublikasiga olib kiradigan mol-mulk bo`yicha boj undirilishidan ozod qilindilar. Mazkur qonunning qabul qilinishi natijasida "Boj tarifi to`q’risida"gi Qonunning 33-moddasida va "Chet el investitsiyalari to`q’risida"gi Qonunning 12-moddasida belgilangan imtiyozlar ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi kamida o`ttiz uch foiz bo`lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi qo`shma korxonalarga ham tatbiq etiladigan bo`ldi. Yangi qonunda ko`zda tutilgan imtiyozlar ana shu xayrli maqsadlarga erishishimizda muhim raq’batlantiruvchi omil bo`lib xizmat qiladi. Ushbu qonun xalqimiz farovonligini oshirishda ham ulkan ijobiy o`zgarishlarga sabab bo`ladi. Xususan, aholini ish bilan ta`minlash, yangi ish o`rinlari ochish, eng zamonaviy texnologiya va jihozlarni keltirish hisobiga ish unumi va samaradorligi oshishi muqarrar. O`zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatiga doir huquqiy hujjatlar tizimida xorijiy investitsiyalar masalasiga bevosita taalluqli bo`lgan qonunlar muhim o`rin tutadi. Vaqt o`tishi bilan iqgisodiy o`sishning jadal borishini ta`minlash, respublika iqtisodiyotiga xorijiy mamlakatlarning ilq’or texnologiyalarini jalb qilish va umuman jahon andozalariga erishish uchun xorijiy investitsiyalar sohasidagi mavjud qonunchilik bazasini qayta ko`rib chiqish zarurati ob`ektiv ravishda paydobo`ldi. Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb etish strategiyasi bo`lajak chet ellik investorlarning manfaatlarini hamda milliy iqtisodiyotga zarar keltirmagan holda ularni qondirish imkoniyatlarini o`rganishga asoslanadi. Buning uchun, bir tomondan, iqtisodiyotni tarkiban qayta qurishga qaratilgan bir qator aniq loyihalarni amalga oshirish zarur bo`ladi; ikkinchi tomondan, ichki investitsiya resurslari cheklangan bir sharoitda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati juda yuqori baholanadi. Investitsiya muhitini yanada yaxshilash shartlaridan biri bank tizimini takomillashtirish, moliya bozorida raqobatni vujudga keltirish, naqd puldagi va naqd bo`lmagan puldagi operatsiyalarni amalga oshirishni yaxshilash, shuningdek xorijiy investorlarni axborot bilan ta`minlashni yaxshilashdan iboratdir.
O`zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarning boshlanish davridan chet el investitsiyalarini jalb qilishga tuzilmaviy qayta qurishning hamda umumjahon iqtisodiy hamjamiyatiga kirib borishini tezlashtiruvchi omil sifatida asosiy ustuvorlik berildi. Hozirda, Respublikada xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo`yicha huquqiy baza yaratildi, investitsiyalarni jalb qilish va xorijiy investorlarga xizmat ko`rsatuvchi infratuzilma barpo qilindi va bu jarayon takomillashib bormoqda. Bu borada «Valyutani tartibga solish» to`q’risidagi qonun qabul qilindi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining vazifalari qayta ko`rib chiqildi, va uning milliy valyutani konvertatsiyasi hamda import kontraktlarini ro`yxatdai o`tkazish bilan boq’liq bo`lgan vazifalari bekor qilindi. Jumladan, 2003 yil 15 oktyabrdan milliy valyuta joriy xalqaro operatsiyalar bo`yicha erkin konvertatsiyasining ochilishi mamlakatdagi investitsiya iqlimini yaxshilashga va xorijiy investitsiyalar oqimining ko`payishiga katta imkoniyatlar yaratdi. 1998 yil 30 aprelda Oliy Majlis tomonidan yangi hujjat- “Chet el investitsiyalari to`q’risida” O`zbekiston Respublikasi Qonuni va “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish chora-tadbirlari to`q’risida” gi Qonun qabul qilindi.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmlarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.


O’zbekiston respublikasi investitsiya siyosati xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmibi barpo etish, mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilashda MDH mamlakatlati orasida yetakchi hisoblanadi.
O’zbekiston bozoriga to’g’ridan – to’g’ri chet el investitsiyalarni yanada jalb etish uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
- xorijiy investorlar faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarni chuqur va tanqidiy o’rganib chiqish;

  • to’g’ridan – to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag’batlantirishga doir qo’shimcha chora – tadbirlarni amalga oshirish;

  • qimmatli qog’ozlar bozori infratuzilmasining ishonchliligini oshirish;

  • yirik ishlab chiqarish korxonalari qimmabaho qog’ozlarini birlashmalar,

investitsion fondlar, kompaniyalar, banklar ishtirokida xalqaro fond bozorlarida joylashtirish va hokazo.
Ta’kidlash joizki, O’zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar haqidagi xabar keng islohotlar dasturi doirasida qulay investitsiyaviy muhitni shakllantirish mamlakatimizning investitsiya yo’nalishida ishonchli mamlakat ekanining asosiy kafolati hisoblangan xalqaro ekspertlar hamjamiyati tomonidan qabul qilindi.


Download 348,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish