O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Korxonaning investitsion faoliyatini rag`batlantirish chora tadbirlari



Download 348,72 Kb.
bet2/5
Sana05.02.2023
Hajmi348,72 Kb.
#908062
1   2   3   4   5
Bog'liq
Haqqulova

1. Korxonaning investitsion faoliyatini rag`batlantirish chora tadbirlari

Korxonalar xo‘jalik yuritish va ishlab chiqarish faoliyatining muhim jihatlaridan biri ishlab chiqarish va iqtisodiy salohiyatni rivojlantirish va saqlab qolishdir. Korxonalarning bu yo‘nalishdagi faoliyati investitsion faoliyat deb ataladi hamda “Investitsion faoliyat to‘g‘risida” gi Qonun va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.


Investitsiyalar- korxonalar va xalq xo‘jaligi miqyosida yangi ishlab chiqarish korxonalari yaratish yoki mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, ilg‘or texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish, mahsulot ishlab chiqarish va foyda (daromad) olishni ko‘paytirish maqsadida uzoq muddatli mablag‘lar kiritilishidir. Investitsiyalar ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi nomutanosibliklarini bartaraf qilish va iste’mol bozorini ta’minlashda alohida e’tiborga ega. Kapital qo‘yilmalar asosiy fondlarni qayta tiklash va o‘stirish uchun sarflanuvchi moddiy, mehnat va pul resurslaridir. Moliyaviy investitsiyalar qimmatbaho qog‘ozlar, aksiya va obligatsiyalar sotib olish, pul mablag‘larini banklarga foiz olish maqsadida depozit hisob raqamlariga qo‘yish bilan ifodalanadi. Real investitsiyalar pul mablag‘larini kapital qurilish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga kiritishni ifodalaydi. Real investitsiyalar korxona, tarmoq va butun xalq xo‘jaligining kuch-quvvatini belgilab beradi. Investitsiya loyihasi kapitalni korxonani uning ishlab chiqarish quvvati va boshqa sifat ko‘rsatkichlarini kuchaytirish maqsadida rivojlantirish va kengaytirishga kiritishni rejalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasidir.


Rejalashtirish va boshqaruv tizimida shuningdek, investitsiya manbalarini aniqlashning ichki va tashqi turlaridan ham foydalaniladi. Investitsiyalarning ichki manabalari quyidagilar:



  • ishlab turgan asosiy kapitalga hisoblanuvchi amortizatsiya ajratmalari

natijasida shakllanuvchi, korxonaning o‘z moliyaviy vositalari;

  • foydaning investitsiya ehtiyojlariga ajratiluvchi qismi;

  • sug‘urta kompaniyalari va muassasalari tomonidan tabiiy ofat va boshqa hodisalarda to‘lanuvchi mablag‘lar;

  • korxonaning aksiyalar chiqarishi va sotishi natijasida olinuvchi mablag‘lar;

  • yuqori turuvchi va boshqa organlar tomonidan qaytarib bermaslik asosida

ajratiluvchi mablag‘lar;

  • xayriya va shu kabi boshqa mablag‘lar. Investitsiyalarning tashqi manbalari

quyidagilar:

xil fondlar tomonidan ajratiluvchi qaytarib bermaslik asosidagi mablag‘lar;

  • korxonalar Nizom jamg‘armasida moliyaviy yoki boshqa moddiy va

nomoddiy ishtirok shaklida, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va alohida shaxslarning to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘yilmalari shaklida kiritiluvchi xorijiy investitsiyalar;

  • davlat va turli xil fondlar tomonidan qaytarib berish sharti bilan beriluvchi kreditlar, jumladan imtiyozli kreditlar. Lizing - moliyaviy-kredit munosabatlarining shakllaridan biri bo‘lib, korxonalarning qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki maxsus tashkil qilingan lizing kompaniyalaridan uzoq muddatga ijaraga olishini anglatadi. Investitsiyalardan (kapital qo‘yilmalardan) foydalanishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:

  • yangi qurilish;

  • korxonani kengaytirish va qayta tiklash;

  • ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish;

  • harakatdagi quvvatlarni takomillashtirish.

Yangi qurilishga yangi maydonlarda maxsus ishlab chiqilgan loyihalar asosida quriluvchi korxona, bino, inshoot va qurilmalar mansubdir. Faoliyat yuritayotgan korxonani kengaytirish qo‘shimcha ishlab chiqarish majmualarining navbatdagi qismlarini yangi loyiha asosida qurish yoki asosiy, qo‘shimcha, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishning amaldagi sexlarini kengaytirish yoki qurishni anglatadi. U asosan, faoliyat yuritayotgan korxona hududida yoki unga tutash maydonlarda amalga oshiriladi. Qayta tiklash- bu, faoliyat yuritayotgan korxonani ma’naviy va jismoniy eskirgan qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, texnologik bo‘g‘inlar va yordamchi xizmatdagi nomutanosibliklarni yo‘qotish yo‘li bilan almashtirish yordamida to‘liq yoki qisman o‘zgartirishni anglatadi. Qayta tiklashda eski sexlar o‘rniga yangi sexlarni qurishga ruxsat beriladi. Texnik qayta qurollantirish alohida ishlab chiqarish turlarini zamonaviy talablarga asosan yangi texnika va texnologiyalarni kiritish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, eskirgan qurilma va uskunlarni yangilash va almashtirish, ishlab chiqarish tuzilmasi va tashkil etilishini yaxshilash yo‘li bilan, korxonaning texnik darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasidir. U ishlab chiqarish intensivligini kuchaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan. YAngi qurilish hamda mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta tiklashga yo‘naltiriluvchi kapital qo‘yilmalar asosan quyidagi elementlardan iborat bo‘ladi:

  • qurilish-montaj ishlari xarajatlari;

  • mashina va uskunalar sotib olishga sarflanuvchi xarajatlar;

  • loyiha−qidiruv va boshqa ilmiy ishlanmalarga sarflanuvchi xarajatlar.

Kapital qo‘yilmalarning yuqoridagi turlari investitsiyalarning texnologik tuzilmasini tavsiflaydi.
Mamlakat iqtisodiyotidagi investitsiya faoliyatining rivojlanish darajasi shu mamlakatda olib borilayotgan investitsiya siyosati va uning natijasi qanday samara berayotganligi bilan belgilanadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, investitsiya siyosatining maqsadi mavjud investitsiya faoliyatining rivojlanish istiqboliga qaratilishi tabiiydir. Bu maqsad o`zida davlatning investitsiya faoliyatini muntazam ravishda tartibga solishdan iborat bo`lgan vazifasini xam mujassam etadi.
Mamlakatimizda istiqlol yillarida qulay investitsiya faoliyati yo`lga qo’yildi. Bu Prezidentimiz tashabbusi va rahbarligida sohada olib borilayotgan oqilona siyosat natijasidir. Shu o`rinda yurtboshimiz tomonidan ta‘kidlangan quyidagi fikrlarni keltirib o`tish joiz: “Iqtisodiyotni tarkibiy jixatdan qayta qurish, eksport imkoniyatini kengaytirish soxasida belgilangan yo`nalishlar kuchli investitsiya siyosatini o`tkazish bilangina ro`yobga chiqadi. Uzoq muddatli istiqbolga mo`ljallangan, mamlakatimizning saloxiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishda xal qiluvchi axamiyat kasb etadigan navbatdagi muxim ustuvor yo `nalish bu asosiy yetakchi soxalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratgan strategik axamiyatga molik loyixalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat”.
Agar tarixga nazar tashlasak, sobiq sho`rolar davridagi markazlashgan rejali tizimda "kapital qo`yilma" tushunchasi qo`llanilgan. Ayni paytda ishlatilayotgan "investitsiya" so`zi ilgarigi "kapital qo`yilma" iborasiga qaraganda ancha keng tushunchadir. Zero, “investitsiya” o`zida aniq va shu bilan birga portfel investitsiyalarini hamda boshqa korxona va tashkilotlarga tegishli bo`lgan qimmatli qog`ozlar va aktivlar (pay, ulush, xissa kabilar)ni qamrab oladi.
Demak, “investitsiya” tushunchasining mohiyati haqida so`zlaganda, uni jamg’arish, qo`yish va daromad olishdan iborat tadrijiy jarayon sifatida qarash lozim. Zero, O`zbekiston Respublikasining "Investitsiya faoliyati to`grisida"gi qonuniga ko`ra "Investitsiya faoliyati — investitsiya faoliyati sub‘ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog`liq xarakatlar majmui" sifatida tushuniladi. Darhaqiqat, investitsiya faoliyati yuridik shaxslar, davlat va fuqarolarning investitsiyalarni amalga oshirish buyicha jami amaliy xarakatlar yig`indisidir.
Ushbu qonun me‘yorlaridan kelib chiqadigan bo’lsak, investitsiya faoliyatini resurslarni jamg’arish jarayoni bilan birga olib qaramoq lozim. Bu uning mohiyatini to`liqroq namoyon etadi. Chunki zahiralarni investitsiya qilishdan oldin ularni jamg`arish zarur. Shuningdek, bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan xo`jalik sub‘ektlari o`rtasidagi kapitalning oqimi tezlashadi va bu jarayonda bir xo`jalik sub‘ektining resurslarni jamgarishi boshqalari uchun investitsiya qo`yishdan iborat bo`ladi. Masalan, xo`jaliklar ko`p xollarda investitsiya qo`yish uchun o`z mablag`lari yetmaganda qimmat baho qog`ozlar chiqaradilar. Bu jarayon ular uchun resurslarni jamg’arishdir, ammo qimmat baho qog`ozlarni sotib oluvchilar uchun esa investitsiya qo`yishdir. Bu holat investitsiya faoliyatiga investorlarning resurslarni jamg’arish va ularni qo`yish bilan bog`liq harakatlari majmuasi deb qarashga asos bo’ladi.
Ma‘lumki, investitsiya faoliyati kapital, tadbirkorlik, moliya, innovatsiya, ijtimoiy, iste‘mol va boshqa investitsiyalarning xamma turlari bilan bog`liq bulib, odatda, soliqlarning fiskal va tartibga solish funksiyalaridan foydalanish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Mamlakat eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o`rinlarini yaratish, davlat byudjetining daromad qismini soliqlar bilan ta‘minlashda investitsiyalar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni keng ko`lamda jalb qilish va investitsiya faoliyatini rag`batlantirish orqali qo`shma korxonalarni barpo etish xamda ular faoliyatini rivojlantirishga iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omili sifatida qaralishi kerak.
Investitsiyalarning jalb etilishi milliy iqtisodiyotdagi bir qator iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni xal qilishda o`z samarasini beradi.
Jumladan:

  • ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, yangi ilgor texnologiyalar bilan jizohlash asosida ishlab chiqarish darajasini oshirish;

  • ishlab chiqarilgan maxsulot (bajarilgan ish, ko`rsatilgan xizmat)larning

sifatini takomillashtirish va ularning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini ta‘minlash;
• aholining mehnatga layoqatli qismini ish bilan ta‘minlash, ularning kasbiy mahoratlarini oshirish hamda iqtisodiy daromadlarini ko`paytirish;

  • eksport hajmini oshirish orqali valyuta tushumlarini ko`paytirish;

  • byudjetga to`laydigan soliqlar, ijara majburiyatlari va boshqa to`lovlar hisobiga byudjet daromadlarini shakllantirish va hokazolar.

Respublikamizning barcha hududlarida zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruksiya qilishda, albatta, ichki investitsiyalar bilan bir qatorda xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishi ham muhim o`rin tutadi.
Shu boisdan ham bunday faoliyatni va tashkil etiladigan korxonalarni rag`batlantirish asosan soliq imtiyozlari orqali amalga oshiriladi. Chunki xar bir investor o`z sarmoyasini biror hududga kiritar ekan, uni befarq qoldirmaydigan va e‘tiborini tortadigan asosiy masala u yerda amal qilayotgan soliq qonunchiligi xamda soliqlardan berilayotgan imtiyozlar masalasidir.
Bu tadbirlarni to`laqonli amalga oshirish uchun xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga soliq imtiyozlarini joriy etishda quyidagi masalalarga aloxida e‘tibor qaratilganligini ta‘kidlash lozim:
• soliq imtiyozlari samarali qo`llanilishiga aks ta‘sir etuvchi omillarni hisobga olish;

  • investitsiya faolligini kuchaytirish maqsadida berilayotgan barcha imtiyozlarni bir paytda taqdim etish;

  • qo`shma korxonalarni rag`batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchi

korxonalar faoliyatini cheklab qo`yishning va raqobat muhiti buzilishining oldini olish;

  • qo`shma korxonalar ishlab chiqargan tayyor mahsulot tarkibida mahalliy xomashyo resurslaridan foydalanganlik darajasiga qarab ularga soliqlardan ma‘lum yengilliklar berish;

  • soliq imtiyozlarining joriy etilishi byudjet daromadlariga va shaxsiy iqtisodiy manfaatlarga zarar yetkazmasligi lozim.

Qo`shma korxonalarga berilayotgan imtiyozlar davlat byudjetining daromadlar xajmiga sezilarli ta‘sir qilishi tabiiy. Ammo bunday imtiyozlar evaziga korxonalar ixtiyorida qolgan mablaglardan samarali foydalanish, qayta investitsiya qilish va faoliyatni rivojlantirish orqali kelajakda byudjet daromadlarining barqarorligini ta‘minlash ko`zda tutiladi.



Download 348,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish