O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi universiteti


Jahon ilmida ma’naviyat masalalari



Download 0,73 Mb.
bet5/10
Sana16.12.2022
Hajmi0,73 Mb.
#888533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Inson hayotining ma’nosi. Inson hayotida ma’naviyatning o‘rni va ahamiyati.

Jahon ilmida ma’naviyat masalalari


Jahon ilmida ma’naviyat masalalari ilgari aslo ko‘tarilmagan desak, to‘g‘ri bo‘lmaydi. Masalan, 1989 yilda Moskvada “Nauka” nashriyotida “Proisxojdenie duxovnosti” degan qalingina kitob bosilib chiqqan. Uning so‘z boshisida shunday jumla keltiriladi: “Sredi mnogoobraznыx vidov chelovecheskoy deyatelnosti V.G.Afanasev, sleduya K.Marksu, vыdelyaet tri osnovnыe gruppы: materialnuyu (proizvodstvennuyu), sotsialno- politicheskuyu i duxovnuyu.”14 Taniqli marksist-faylasuflardan hisoblangan V.G.Afanasevning 1977 yilda Moskvadagi “Politizdat” nashriyoti chiqargan “Chelovek v upravlenii obщestvom” kitobida shunday jumla bor ekan. Aslida “ma’naviyat” so‘zi Sho‘rolar davri lug‘atlarida ko‘p uchramaydi. Ko‘proq madaniyatshunoslik fanida “moddiy madaniyat” va “ma’naviy madaniyat” (“materialnaya” i “duxovnaya” kultura) degan tushunchalar qabul qilingan edi. Yuqorida nomi tilga olingan kitobda “duxovnost” tushunchasi “dusha” so‘zi bilan bog‘liqlikda olinib, uning materialistik talqiniga urg‘u berilgan.


Kitobda insonning asosiy (tayanch) ehtiyojlari (“bazisnыe potrebnosti”) uch qismga (sohaga) ajratiladi: 1.Insonning moddiy hayotini ta’minlash (saqlab qolish va davom ettirish) uchun zarur bo‘lgan (“vitalnыe” – hayotiy, biologik) ehtiyojlar, ya’ni uning taomga, suvga, uyquga, issiq-sovuqdan, turli xavf-xatarlardan saqlanishga bo‘lgan ehtiyojlari. 2. Insonning tor ma’nodagi ijtimoiy ehtiyojlari, ya’ni muayyan bir ijtimoiy guruhga taalluqli bo‘lish, ushbu guruhda muayyan o‘rin egallash, o‘zgalar nazdida qadrlanish, hurmat-e’tiborga sazovor bo‘lish kabilar. 3. Ideal (ma’rifiy) ehtiyojlar (idealnыe (poznavatelnыe) potrebnosti) – hayotning ma’nosi va maqsadini, borliqda o‘z o‘rnini anglab yetish ehtiyoji15.
Kitobning asosiy mualliflaridan biri akademik P.V.Simonov asl mutaxassisligi tibbiyot olimi bo‘lib, ma’naviyatning kelib chiqishini aniqlash maqsadida kalamushlar, itlar va maymunlar ustida turli tajribalar o‘tkazib, ular faoliyatida atrof-muhitni tushunishga intilish va altruizm unsurlari mavjudligini isbotlashga urinadi. 16 Yana bir muallif – tarix fanlari nomzodi Yu.P.Vyazemskiy esa o‘z yozuvchilik mahoratini ishga solib, ma’naviyatning tarixiy rivojini kuzatmoqchi bo‘ladi, ammo qadim Misr va Yunonda ma’naviyatning shakllanishi haqidagi yengil-yelpi mulohazalar, ayniqsa, ularni badiiylashtirib tasvirlashga


14 «Ma’naviyatning paydo bulishi» M., “Nauka”, 1989. b. 3.
15 «Ma’naviyatning paydo bulishi» b. 10-12
16 «Ma’naviyatning paydo bulishi»
urinish ishonarli xulosalarga olib kelgan, deyish qiyin.17 Nazarimizda, uchinchi muallif – P.M.Ershovning “San’atdagi ma’naviyat”ga bag‘ishlangan tadqiqoti jiddiyroq va e’tiborga sazovorroq chiqqan, chunki san’at hayotni yaxlit aks ettirishi bilan inson ma’naviyatini ham mukammalroq ifodalash imkoniga ega.
Agar ilgari ma’naviyatga oid masalalar ko‘proq axloqshunoslik (etika), ilohiyot (teologiya), madaniyatshunoslik (kulturologiya), falsafa (filosofiya), ruhshunoslik (psixologiya) fanlari doirasida olib qaralgan bo‘lsa, endilikda (XX asr oxiri – XXI asr boshlariga kelib) bevosita ma’naviyatning nazariy masalalari jahon afkor ommasi diqqatini borgan sari ko‘proq o‘ziga jalb qilmoqda. Masalan, internetda "spirituality" mavzusiga oid kitoblar ro‘yxati 552 sahifada 5517 nomda berilganligi qayd etilgan.18 Agar faqat rus tilidagi materiallarga e’tibor beradigan bo‘lsak, misol sifatida I.I. Leщukning “Labirintы duxovnosti” asari, A.Gudzenkoning 2006 yilda Moskvada nashr etilgan 504 sahifalik “Russkaya duxovnost” kitobini, 2007 yilda «Dilya» nashriyoti tomonidan Moskva - Sankt-Peterburgda chop etilgan “Osnovы duxovnosti” kitoblarini tilga olib o‘tish mumkin. I.I. Leщukning “Labirintы duxovnosti” kitobi xristian dini nuqtai nazaridan ma’naviyatga oid turli diniy-mistik qarashlarning tanqidiy tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, unda, jumladan, xristian dini doirasidagi turli xurofiy oqim va firqalar ham keskin tanqid ostiga olingan. A.Gudzenkoning asari19 rus millati uchun o‘ta dolzab mavzuga bag‘ishlangan bo‘lib, bu kitob rus ma’naviyati, uning o‘ziga xos jihatlari, rus milliy g‘oyasi haqida badiiy-publitsistik ruhda yaratilgan. Kitob annotatsiyasida aytilishicha, unda “muallif rus millatidan bo‘lgan va rus millatidan bo‘lmagan, taniqli va yo unchalik taniqli bo‘lmagan insonlarning o‘zlari yashagan davrlarida yuz bergan voqea-hodisalar yoki ular o‘zlarini mutaxassis deb hisoblaydigan sohalariga oid muayyan hodisa va tushunchalar haqidagi mulohazalarini qisqacha matniy tahlil qilish orqali yer kurrasida shakllanayotgan yangicha umumplanetar insoniyat jamoasi sharoitida Rossiya davlati va rus xalqi erishgan madaniy, ilmiy, ijtimoiy yutuqlarning dunyo tamadduniga ta’sirini saqlab qolish va mustahkamlashda rus ma’naviyatining voqeiy imkoniyatlari qanday ekanligini aniqlash maqsadini o‘z oldiga qo‘ygan”. Tilga olingan uchinchi kitob asosan Rossiya musulmonlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, muqovada kitob mavzusi “Imom al-G‘azzoliy darslari. Ma’naviyat asoslari: O‘zlikni anglash. Allohni anglash.
17 «Ma’naviyatning paydo bulishi» b. 23-38.
18 Kitob matni internetda to‘liq keltirilgan bo‘lib (150 sahifa) nashr ko‘rsatkichlari keltirilmagan.
19 A.Gudzenko.Rus ma’naviyati. M., AIF-Print, 206, 504 b.
Bu dunyoni anglash. Oxiratni anglash”20 deb keltirilgan. Kitob mazmunidan ma’lum bo‘ladiki, bu qo‘llanma Imom al-G‘azzoliyning “Kimiyoi saodat” asarining muqaddima qismidan olingan iqtiboslar asosida tuzilgan. Bulardan tashqari jahon miqyosidagi ma’naviyatga oid yana bir yirik yo‘nalish ulug‘ rus rassomi va faylasufi Nikolay Konstantinovich Rerix va uning oila a’zolari (xotini Yelena Rerix, o‘g‘illari Yuriy va Svyatoslav Rerixlar) tomonidan XX asr birinchi yarmida shakllantirilgan va targ‘ib etilgan “Jivaya etika” (Agni yoga) deb nomlanuvchi ta’limot bo‘lib, bugungi kunda bu ta’limot muxlislari jahonning ko‘plab mamlakatlari, jumladan, Rossiya, AQSh, Hindiston, Germaniya va boshqa joylarda faol harakat olib bormoqdalar. “Rerixlarning dunyoviy ma’naviyati” (Svetskaya duxovnost Rerixov) deb nom olgan ushbu harakat Rossiyada xristian pravoslav cherkovining ba’zi namoyandalari tomonidan qattiq qoralangani tufayli hozirda ma’naviyatning diniy va dunyoviy talqini namoyandalari orasida keskin bahslar va o‘zaro ayblovlar avj olib ketgan. Rerixchilar tashabbusi bilan bu sohada Rossiyada amalga oshirilgan ko‘zga ko‘rinarli ishlardan biri 2003 yilda “Kayhoniy21 dunyoqarash – XXI asrning yangicha tafakkuri” (Kosmicheskoe mirovozzrenie – novoe mыshlenie XXI veka) mavzuida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-ijtimoiy anjuman bo‘lib, unda Rossiya va jahonning ko‘zga ko‘ringan qator olimlari ishtirok etdilar va bu anjuman materiallari 2004 yilda Moskvada “Rerixlar xalqaro markazi” (Mejdunarodnыy Sentr Rerixov) tomonidan 3 jildda nashr etildi. Ushbu anjuman doirasida XIX asr oxiri – XX asr birinchi yarmida Rossiyada yashab ijod etgan buyuk allomalar - K.E.Siolkovskiy, V.I.Vernadskiy, A.L.Chijev- skiy, P.A.Florenskiy, V.S.Solovev, N.A.Berdyaev, S.N.Bulgakov, N. F. Fedorov kabilarning ma’naviyat masalalarini nazariy o‘rganishga doir faoliyatlari xususida ma’ruzalar qilingani diqqatga sazovordir.



    1. Download 0,73 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish