O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi universiteti


Inson hayotida ma’naviyatning o‘rni va ahamiyati



Download 0,73 Mb.
bet8/10
Sana16.12.2022
Hajmi0,73 Mb.
#888533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Inson hayotining ma’nosi. Inson hayotida ma’naviyatning o‘rni va ahamiyati.

Inson hayotida ma’naviyatning o‘rni va ahamiyati.


Ma’naviyat insonning ruhiyati bilan bog‘liq. Inson ruhiyati, albatta, tashqi ta’sirlar natijasida o‘zgarib turadi. Insonning iqtisodiy ahvoli, jamiyatda tutgan o‘rni va mavqei uning ma’naviyatiga ta’sir qilmay qolmaydi. Ammo, baribir, ma’naviyat o‘z mustaqil yo‘nalishiga ega. Masalan, inson qanchalik boy, o‘ziga to‘q bo‘lsa, shunchalik uning ma’naviy kamoloti yuqori yoki, aksincha, past bo‘ladi, desak, har ikki hukmda ham yanglishib qolamiz. Alisher Navoiy, Xoja Ahrori Valiy, Maxdumi A’zam, Xoja Sa’d Jo‘yboriy kabi allomalar ham ma’naviy barkamol, ham nihoyatda badavlat bo‘lishgan. Shu bilan birga, dunyo molidan yuz o‘girgan, umrini zohidlikda o‘tkazgan buyuk allomalarimiz ham kam emas. Aksincha, nihoyatda ziyod mol- davlat sohibi bo‘lgan holda ma’naviy kamolotdan uzoq kimsalar, yoki na dunyo molini, na ma’naviy kamolotni qo‘lga kirita olmagan bechoralar ham hayotda uchrab turishini hamma biladi.40


Ma’naviyat insonni inson darajasiga kutaradigan asoslarning asosidir. Ma’naviyat insonga insoniylik mazmun-moxiyatini beradi, uni akli raso, tafakkuri kuchli, akl-idroki utkir, xar bir ishni oldindan uylab, rejalashtirib, okibatini oldindan bilib, sezib amalga oshiradiganmavjudotga, Alloxning eng kudratli bandasiga aylanishiga, chuksiz olkishlaru ofarinlarga sazovor bulishiga sabab buladi. Ma’naviyat- bu insonga xos fazilatdir.
Inson ma’naviyat bilan tirik. Insщn suvsiz, xavosiz yashay olmaganidek, ma’naviyatsiz, madaniy-ma’naviy bщyliklarsiz xam kun kura


39 Islom Karimov Bizdan ozod va obod Vatan qolsinToshkent - 1996
40 M.Imomnazarov, M.Lapasov, M.Sobirova «Ma’naviyatshunoslik» (Teoriya i istoriya natsionalnoy duxovnosti) Toshkent – 2012
olmaydi.
Ma’naviyat insonga mщxiyatgina emas, balki muayyan maksad, kelajakka ishonch bilan borish uchun katta umid, kuch-kudrat xam baxsh etadi. Inson akli, goya, kobiliyat, iste’dod sifatida shakllangan ma’naviyat yotadi.41
Siyosat va iqtisodning manbasi ham, maqsadi ham ushbu foniy dunyodan tashqarida emas. Inson zoti bu sinov dunyosiga kirib kelar ekan, undagi moddiy vujud iqtisodiy ehtiyojni tug‘diradi, har bir tirik zot tug‘ilgandan keyin kun kechirish tashvishiga tushadi. Siyosat jamiyatga oid tushuncha, insonlar jamiyati shakllangan ekan, unda turli shaxslar, toifalar manfaatlarini qaysidir bir usulda muvofiqlashtirib turish ehtiyoji mavjud. Ushbu ehtiyoj siyosatni paydo qiladi.
Ma’naviyat ham shu moddiy olamda mavjud, undan tashqarida emas. Ammo uning o‘ziga xosligi shundaki, kelib chiqish manbasi ham, oldiga qo‘ygan maqsadi ham bu foniy dunyo bilan cheklanmaydi, boqiylik, abadiyat bilan tutashadi. Shu ma’noda ma’naviyat asli baqoning fanoda zuhur etishidir. Ma’naviyat inson uchun moddiy ehtiyoj ham, siyosiy zarurat ham emas, lekin moddiy ehtiyojlarni ham, siyosiy munosabatlarni ham mo‘tadil bir meyorda ushlab turadigan buyuk qudrat. Jamiyat hayotida ma’naviyatga e’tibor susaysa, iqtisod sohasida ham, siyosat sohasida ham o‘pirilishlar yuz berishi, hayotiy mezonlarga putur yetishi mumkin. Ma’naviyat, avvalo, insonning o‘z mohiyati oldidagi mas’ulligidir. Uning mohiyati esa Borliq abadiyatiga daxldor.
O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov o‘zining yuqorida tilga olingan yangi kitobida ma’naviyatga shunday ta’rif beradi: “Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir” .42 Bunday beqiyos botiniy qudrat egasi uchun hayotda hal qilib bo‘lmaydigan muammo yo‘q. Shu sababli yurtimiz rahbari yosh avlodni yuksak ma’naviyatli qilib tarbiyalashga doimiy ravishda va g‘oyat jiddiy ahamiyat qaratmoqda.
Oldin odamlarga moddiy boylik berish kerak, keyin ma’naviyat tugrisida uylash kerak, deydiganlar xak bulmasa kerak. Ma’naviyat – insonning, xalkning, jamiyatning, davlatning kuch-kudratidir. U yuk joyda xech kachon baxt-saodat bulmaydi. U nafakat kuxna tarix, balki yangi tarix xam buning kuplab misollarini beradi .
41 Z. Gofurov «ma’naviy yuksalish va xukukiy barkamollik» II kism Toshkent-2007. 116.b.
42 Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch T-2008

    1. Download 0,73 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish