O‘zbекisтоn rеspubliкаsi оliy vа o‘rта махsus та’liм vаzirligi


Kurs ishining maqsad va vazifalari



Download 175 Kb.
bet3/8
Sana04.02.2022
Hajmi175 Kb.
#431120
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi ozb tar

Kurs ishining maqsad va vazifalari:Mazkur kurs ishidan maqsad quyidagilar
-Sovet davlatining urushdan keyingi ijtimoiy-iqisodiy ahvolini yoritish.
-O’zbekistonda amalga oshirilgan qatag’on siyosatini yoritish
-Sovet tuzumi qatag’onlik siyosatining 50-80-yillardagi yani to’lqinini yoritib berish.
-Qatag’on oqibatlari va mustaqillik davridaa munosabatni yoritish


Kurs ishining obyekti: 1947-1952-yillarda O’zbekistonda amalga oshirilgan qatag’on siyosati.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, ikki bob, 4 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.


I bob. . Sovet hokimiyatining O'zbekistonda yuritgan qatag'on siyosati va uning oqibatlari
1.1Sovet tuzumining qatag’on siyosatining boshlanishi
Sovetlar davrida hukmron partiya va hukumat tomonidan respublikalardagibarcha ishlar mustamlakachilikka xos tarzda amalga oshirilgan bo‘lsada, o‘tkazilgan tadbirlarning ayrimlari ularning o‘zlari kutmagan holda respublikalar, shu jumladan O‘zbekiston uchun ham qisman o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. Ammo ularning qatag‘onlik siyosati, bu siyosat tufayli respublikada amalga oshirgan xunrezliklarini hech qachon oqlab bo‘lmaydi O‘tgan asrning 20-yillari oxirida sobiq ittifoq jumladan respublikada yangi jamiyatga xos xususiyatlar oshkora namoyon bo‘lib, ko‘proq ommani g‘oyaviy jihatdan bo‘ysundirishga xizmat qiladigan yo‘llardan foydalanish boshlandi. Iqtisodiyot, siyosat, madaniyat partiya va davlat nomenklaturasi iskanjasiga tushib qoldi. Hukmron partiyaning tor doirada qabul qilgan qarorlari butun mamlakat uchun majburiy edi. Qisman e’lon qilingan demokratik jarayonlar, ijodiy bahs-munozaralar, kelishuv yo‘llarini qidirishlar amalda to‘xtatilgan edi. Hukmron partiya organlarisiz bironta qaror ham qabul qilish mumkin bo’lmay qoldi. Aynan mana shunday holatlar sobiq ittifoq boshqaruvida ma’muriy buyruqbozlik tizimining paydo boiganligini anglatar edi.Aynan shu yillardan boshlab mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayoti hukmron partiya tazyiqi ostida amalga oshirila boshlandi. Sobiq Ittifoqning tarixi sahifalarida millionlab fuqarolarning qonlari bilan yozilgan. Ommaga partiya ta’sirini kuchaytirish maqsadida korxonalarda partiya tashkilotlari va sex bo‘g‘inlari, birlashmalarda partiya guruhlari, kolxozlarda boshlang‘ich partiya tashkilotlari tuzildi. Insonlaming butun hayoti, ulaming o‘y-fikrlari asta sekin hamma narsani unutishga majbur qiladigan yangi jamiyat qurish g‘oyasini amalga oshirishga qaratildi. Bu yillarda mustabid tuzumga qarshi fikr bildirgan shaxslar ta’qib qilinayotgan edi. O‘lkadagi hukmron bolsheviklar “ 18 lar guruhi”, “inog‘omovchilik”, “qosimovchilik” kabi siyosiy ishlarni to‘qib chiqardilar. 1925-yil 19-noyabrda Samarqandda bo’lib o’tgan. O‘zbekiston KP(b) MQning plenumi to‘rt kun davomida respublikada yuqori mas’uliyatli lavozimlarini egallab turgan 18 shaxsning o‘z lavozimlaridan ketishi haqidagi arizalarini muhokama qiladi. Ular xususiy mulkni yo‘qotish o‘rniga o‘tkazilgan yer-suv islohoti usullariga, rahbarlarni tanlashning sinfiy nuqtayi nazaridan amalga oshirilayotganligiga qarshi norozilik bildirib ariza bergan edi. Ular orasida I.Xidiraliyev, M.Saidjonov, R.Rafiqov kabi rahbarlar bor edi. “ 18 lar bayonoti” 0 ‘z KP(b) MQII qurultoyida ham yana muhokama etilib, bu bayonot O‘zKP(b) MQga qarshi yo‘naltirilgan fraksiya va guruhbozlik, partiya safiarini buzishga qaratilgan ariza deb baholandi. Shundan so‘ng “ 18 lar bayonoti” hamma joylarda keng muhokamaga qo‘yilib, bu bayonot yangi hayotga qarshi boigan va mayda burjuaziyaga yon beruvchi bayonot, deb soxtalashtirildi. “18 lar guruhi” ning 8 a’zosi RKP(b)MQO‘rta Osiyo byurosi (Sredazbyuro) yig‘ilishida tazyiq ostida o‘z “xato” larini tan olib, imzolaridan voz kechgan edi.Partiyaning II qurultoyidan keyin bo‘lib o‘tgan plenum partiya oldida o‘z “aybi”ga iqror bo’lmaganlarni egallab turgan lavozimlaridan chetlashtirishga qaror qildi. Xususan, R.Rafiqov ichki ishlar xalq komissarligidan, M.Saidjanov Zarafshon viloyat ijroiya qo‘mitasi kotibligidan, LXidiraliyev O ‘zbekiston yer ishlari xalq komissari vazifasidan ozod etiladilar. Yer-suv islohotini o‘tkazish davrida “ 18 lar guruhi” ushbu jarayon va MQga qarshi faoliyat yuritishda ayblanishgan boisa, oradan ikki yil o‘tgach esa, O‘rta Osiyo byurosining plenumida (1927-yil oktabr) ularga yer-suv islohoti hamda ayollaming ozodlikka chiqishiga qarshi boigan, savdogar va hunarmandlardan olinadigan soliqlarni kamaytirish, davlat apparatini milliylashtirish tarafdori boigan, degan soxta aybnomalar bilan birga boy va quloqlarning manfaatini himoya qilgan, degan soxta ayb ham qo’yildi. 1929-yilda hukmron partiya o‘z saflarida “tozalash” jarayonini o ‘tkazdi, bu jarayon tufayli minglab sodiq kommunistlar aybsiz jazoga tortildi. 1926-1931-yillarda milliy rahbar va ziyolilarni qatag‘on qilish uchun “Inog‘omovchilik” degan uydirmani ham o‘ylab topishdi. Bu uydirma o‘sha davrda O‘zSSR Maorif Xalq Komissari lavozimida ishlayotgan Rahim Inog‘omov (1902 - 1938) nomi bilan bog‘landi. R.Inog‘omov va uning tarafdorlari xalq ta’limi va madaniyatini proletarlashtirishga qarshi chiqib, VKP(b)MQ O‘rta Osiyo byurosi faoliyatini tugatish talabini ko‘tarib chiqdilar. Maxsus uyushtirilgan viloyat plenumlarida “Inog‘omovchilik” qoralanib, u bilan ayovsiz kurash olib borishga da’vat etiladi. Hatto “Inog‘omovchilik”ni partiya saflaridagi burjuaziya agenturasi deb baholashadi. Rahim Inog‘omovga shu kabi asossiz “aybnomalar” qo‘yilgandan so‘ng, uni Qashqadaryo viloyatining eng chekka qishloqlarining biriga ishga yuborishadi. Quvg‘in va ta’qiblar ta’sirida u matbuot orqali tavba-tazarru mazmunidagi “ochiq xat”i bilan chiqadi. “Inog‘omovchilik” haqida 1918-yilda “Turkiston muxtoriyati”ga rahbarlik qilgan va keyin xorijga ketishga majbur boMgan Mustafo Cho‘qayev “R.Inog‘omov boshliq guruh o‘zbeklarga o‘z-o‘zini boshqarish huquqiniberish Turkiston ustidan 0 ‘rta Osiyo byurosi nazoratini bekor qilinishini talab qilgan”, deb haqqoniy baho bergan edi. Oxir-oqibatda R.Inog‘omov qatag‘on etildi. Shuningdek, 1929-1930-yillarda milliy an’anaviy sud va huquq sohasidagi qadriyatlami saqlab qolishga harakat qilgan huquqshunos mutaxassis vatanparvarlami o‘z siyosatlariga bo‘ysundirish yoiida “Qosimovchilik” degan uydirmani ham o‘ylab topishdi. 1929-yilda 0 ‘zSSR Oliy sudining raisi Sa’dulla Qosimovning (qosimovchilik) ishini ko‘rib chiqish boshlandi. S.Qosimov, B.Sharipov, sudyalar M.Mirzokirov, I.Xo‘jayev, sud idorasi xodimi Spiridonov ustidan 1930-yilning martidan boshlangan sudjarayoni natijalari oldindan tayyorlangan yolg‘onga aylantirilgan edi. Davlat va jamoat ayblovchilari S.Qosimov va maslakdoshlarining haqiqiy jinoiy ishlarini isbot qila olmadilar1. Biroq, ulaming Munawarqori Abdurashidxonov tomonidan tashkil etilgan “Turk odami markaziyati” partiyasi bilan aloqalari, S.Qosimovning Sulton Segizboyev va advokat Ubaydulla Xo‘jayev (AsadullaXo‘jayev), Yaponiyadagi Turkiston milliy qo‘mitasining muxtor vakili (aslida bunday qo‘mita bo’lmagan) Hasanxon Qori-Karimov bilan do‘stona munosabatda boiganligi va boshqalar bir necha marotaba esga olindi. S.Qosimov va uning tarafdorlari “bosmachi”lami qoilab-quvvatlash, islom dinini himoya qilish bilan birgalikda yana “aksilinqilobchi millatchi tashkilotlar” bilan aloqa bog‘laganlikda ham ayblandilar. Haqiqatda, S.Qosimov va B.Sharipovlar o‘z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida tub millat manfaatlarini imkoniyat doirasida himoya qilgan edilar. Shu bois ham S.Qosimov tergov va sud jarayonida SSSR Oliy sudi tomonidan O‘zbekistonning suverenlik huquqi va milliy manfaatlari poymol qilinayotganligini ochib tashlashdan cho‘chimadi. Davlat ayblovchisi Katanyan o‘zining nutqida: “Spiridonov rus chorizmi tarafdori bo‘lsa, Qosimov turk chorizmi uchun kurashgan, Alimov bosmachilarning do‘sti, xususiy mulkchilik himoyachisidir. Shuning uchun ular eng oliy jazo - otuvga loyiqdirlar”, degan edi. 1930-yilning 22-iyunida hukm e’lon qilinadi. Ulaming hammasi yot sinf manfaatlarini himoya qilganliklarida, Sharipov esa bosmachilarga faol yordam berganlikda ayblanadi. Qosimov va uning 3 tarafdori otib tashlanadi. 20-yillar ikkinchi yarmi, 30-yillar boshlarida bo‘layotgan bu jarayonlarning asl mohiyati ko‘zga ko‘ringan mahalliy arboblarni tugatishga qaratilgan edi. 1932-yili 0 ‘zbekiston SSR Oliy sudi prokurori Shamsutdin Badriddinov nomi bilan bog‘liq “Badriddinovchilik” ishi ham qo‘zg‘atildi. Sh.Badriddinovni “Milliy ittihod” tashkiloti (Munavvarqori Abdurashidxonov tuzgan, 1929-yilda tashkilot a'zolari qatag‘on qilingan) va bosmachilar bilan aloqa bog‘laganlikda aybladilar. U va uning 5 tarafdori ustidan sud jarayoni 1932-yil 5-may - 15-iyunda Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Ana shu sudda fosh etuvchi nutq bilan so‘zga chiqqan Olimov ismli guvoh vatanparvar ijodkor Cho‘lpon nomini ham g‘ayrli niyatda tilga oladi va bu uning 1937-yilda qamoqqa olinishga sabab bo‘ladi. Cho‘lpon o‘z oldiga “sovet hokimiyatini qurol bilan ag‘darib tashlash va O‘zbekiston muzofotida burjua davlatini barpo etish maqsadini qo‘ygan, aksilinqilobiy millatchilik ruhidagi she’rlarni yozgan, xorijiy razvedka organlarining ayg‘oqchilari Shohid Eson Musayev, Fitrat va G‘ozi Olim Yunusov bilan doimiy aloqada bo‘lgan”, degan soxta aybnomalar asosida sovetlarning jazo organlari tomonidan 1938-yil 4-oktabrda qatl etiladi Yuqorida ta’kidlaganidek, 20-yillar oxirida qishloq xo‘jaligini zudlik bilan kollektivlashtirishga kirishildi. Sanoat va savdoda davlat sektori tobora qattiq monopolist, ya’ni yakka hokim bo‘lib bordi. O‘zbekistonda ham sanoatda umumiylashtirish jarayoni boshlandi. Mayda sanoatdagi xususiy sektorning ulushi to‘xtovsiz qisqaraverdi va 20-yillaming oxiriga kelib deyarli barham topdi. Boshqaruvning ma’muriy buyruqbozlik tizimini ta’minlashda iqtisodiyotni rivojlantirishning rejalar asosidagi usullari muhim rolni o‘ynay boshladi. Ular iqtisodiyotga rahbarlik qilishni davlat tomonidan ishlab chiqiladigan xalq xo‘jaligi rejalari asosida mumkin qadar ko‘proq markazlashtirishni mustahkamlab berdi. Bu holatlar, ayniqsa, mamlakatda besh yilliklar rejalariga o‘tilishi sovet hokimiyatining dastlabki yillarida joriy etilgan NEP siyosatining 20-yillar oxiriga kelib barham topishiga olib keldi. 30-yillarda mamlakatda amalga oshirilayotgan barcha ishlar, yutuqlar, muvaffaqiyatlar bir kishi (Stalin)ning nomi bilan bog‘lanib qoldi. Bu nomni yanada ulug‘lashda “soxta shiorlar”, “soxta tashabbuskorliklar”, “soxta qahramonliklar” ham muhim rol o‘ynadi. Buyuk orzu-niyatlar bilan “yangi jamiyat” qurmoqchi bo‘lgan oddiy xalq esa mamlakatda bo‘layotgan siyosiy jarayonlar mohiyatini anglab yeta olmas edi. Chunki yuqorida aytilgan bir kishi yasagan siyosiy apparat, g‘oyaviy yo‘nalishi, barcha qilinayotgan ishlar oddiy xalq uchun, mehnatkashlar manfaati uch un qilinayotgandek tasavvur hosil qilar edi. Hatto, odamlar u kishisiz o‘z hayotlarini tasavvur qilolmaslik darajasiga ham tushib qolgan edi. Ana shu tariqa boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik uslubi, yakka hukmronlik jamiyatda o‘zboshimchalik va g‘ayriqonuniylikka asoslangan “Shaxsga sig‘inish”ni paydo qildi. 20 - 30-yillarda respublika hayoti markazning qattiq nazorati ostida o‘tar edi. Partiyaning yo‘l-yo‘riqlaridan bir oz bo’lsada chetga chiqish siyosiy, aksilinqilobiy harakat deb baholanardi. Mamlakatda boshlangan qatag‘onchilik siyosatining bosh maqsadi - zo‘raki o‘rnatilgan tuzumga qarshi boiganlardan o‘ch olish, Stalin siyosatidan norozi bo’lganlar va undan aql-bilim jihatdan ustun turganlami yo‘q qilish hamda yangicha ko‘rinishda davom etayotgan mustamlakachilik siyosatini mustahkamlashdan iborat edi. 1930-yilning fevralidan boshlab O‘zbekiston qishloq xo‘jaligidagi “Quloq” xo‘jaliklarini tugatish kompaniyasi boshlandi. Bu kompaniya, xuddi boshqa respublikalardagidek, qonunlar va inson huquqlarini qo‘pol ravishda buzish hollari bilan birgalikda davom etib bordi. Birgina Mirzacho‘1 tumani (Toshkent okrugi)ning o‘zida 75 ta ana shunday xo‘jalik tugatildi. 1930-1933-yillarda respublikada tugatilgan bunday xo‘jaliklar soni 5,5 mingtaga yetdi. O‘zbekistondan 3871 quloq oilasi asosan Ukraina va Sibirga surgun qilindi. Bu jazolangan va ko‘chirilganlarga “Quloq” degan ayb qo‘yildi. 1934-yildan sovet hokimiyatining ommaviy qatag‘onchiligi boshlandi. 1934-yildan 1938-yilgacha 0 ‘zbekistonda 40 mingdan ziyod kishi jazoga tortilgan edi. 1937-yil dekabr- 1938-yil yanvarida O‘zSSR XKS va O‘zKP (b) MQning “O‘zSSR Xalq Maorifi Komissarligi tizimida ziyonchilik oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida maktablar, pedogogik bilim yurtlari va institutlarida o‘qituvchi kadrlar va talabalarni “tozalash” ishlari boshlanib ketdi. Xalq ta’limi tizimidagi maorifparvar ziyolilarga qarshi qo‘yilgan aybda “Xalq dushmanlari, chet el josuslari” 1- A.Ikromov, F.Xo‘jayev va boshqalar o‘zlarining Maorif komissarligidagi “odamlari” — Usmonov, Ro‘ziyev, Sorokin, Kojuxovlar orqali xalq maorifiga katta ziyon yetkizishgan... “Ular turli choralar bilan o‘zbek xalqini sotsialistik madaniyatning ilg‘or vakili – buyuk rus xalqidan ajratmoqchi bo‘ldilar, yoshlarni millatchilik bilan zaharlashga harakat qildilar. Ular bir tomondan, o‘zbek maktablarida Lenin va Stalin asarlarini o‘rganishga imkon beruvchi rus tili o‘qitilishiga qarshilik ko‘rsatib, ikkinchi tomondan “marksizm-leninizm” ta’limotga oid asarlami o‘zbek tiliga tarjima qilinishiga to‘sqinlik qildilar”, deb yozilgan edi. 1936-yili respublikaning maorif sohasiga K.Sorokin komissar (vazir) etib tayinlangan edi. U bu ishda 15 oygina ishladi. 1937-yilning 29-sentabrida uni hibsga olishdi. So‘ngra uning rafiqasi (Gulsum Abdurahmonova)ga ham hibsga olish to‘g‘risidagi ordemni ko‘rsatishdi. Biroq, uni o‘sha vaqtda homilador ekanligi qutqarib qoldi. Undan, uyni bo‘shatib qo‘yish talab etilgach, ikki yosh go‘dagi bilan qaynanasining kichik bir uyiga ko‘chib o‘tdi2. U sovet, partiya va davlat rahbarlariga erining aybsiz ekanligini bir necha bor yozdi. Eri hibsga olingandan uch oy keyin otib tashlanganidan bexabar Gulsum opa har oyda erining qamoqxonada kun kechirishi uchun NKVD kassasiga 60 so‘mdan pul to‘lab turdi. U “dohiy” adolatni tiklaydi, deb kutdi. Hatto, o‘zining 1938-yili yanvarda tug‘ilgan qiziga Stalinning qizi sharafiga Svetlana deb nom ham qo‘ygan edi. 20-30-yillarda qatag‘on qilinib, “xalq dushmani” degan soxta ayblar bilan otishga hukm qilinganlaming oila a’zolari, qarindoshlari va hatto ular bilan nimadir sabab bo‘lib uchrashganlar yoki ularning biror yaxshiligini ko‘rganlar ham jazolanganlar. Shuningdek, bir iste’dod sohibi o‘z mehnati evaziga keyinchalik “xalq dushmani” deb otishga hukm qilingan davlat arbobi F.Xo‘jayevdan fotoapparat sovg‘asini qabul qilib olgan. Ana shu sovg‘a keyinchalik uni “F.Xo‘jayevning dumi” deb, “xalq dushmani” sifatida otishga hukm qilinishiga sabab bo‘lgan. 30-yillar qatag‘on davrida respublika dindorlarining asosiy qismi konsentratsion lagerlarga jo ‘natildi. Masjidlar berkitilib, ulaming aksariyati otxonalar, omborxonalarga aylantirildi. Hatto shunday holatlarga ham duch kelindiki. respublikadagi ko‘plab xonadonlarda vaqti-vaqti bilan o‘tkazilgan tintuv paytida arab yozuvida chop etilgan biror kitob topilguday bo‘lsa, uning nomi, mazmunini surishtirib ham o‘tirmasdan, o‘sha xonadon sohibiga “jamiyatga yot unsur shaxs” degan la’nat tamg‘asi bosilib, uni qamoq yoki surgun jazosiga mahkum etilgan. Masalan, xorazmlik ilmli, yaxshi fazilatlari bilan elda hurmat qozongan, ayollarni o‘qitib, savodli qilgan mo‘tabar onaxon B.Ismoilovani 80 yoshida diniy kitob o‘qishda ayblab qamaganlar va momo qamoqda og‘ir ahvolda vafot etgan. Holbuki, o‘sha kuni momo go‘zal insoniy fazilatlar ta’rifidan hikoya qiladigan, dinga hech qanday aloqasi yo‘q bo‘lgan o‘zining sevimli “Axloq ul-Muhsinin” kitobini o‘qib turgan ekan. Qatag‘onchilik siyosati respublika, viloyatlar, tumanlar rahbarlarini birinchi navbatda o‘z girdobiga oldi. Ularning hammasi yurt, xalq manfaati uchun kurashganlar edi. Ularning orasida eski tuzumga qarshi kurashgan, yangi tuzumda chorasiz qolgan bolsheviklar uni noiloj davlat arbobi darajasiga ko‘targan Fayzulla Xo‘jayev hain bor edi. U O‘rta Osiyoni bosib olinishi, qo‘shib olinishi masalasini ham tarixchi olim sifatida birinchilardan bo‘lib to‘g‘ri tahlil etgan edi. U o‘sha davrdayoq “Chor hukumati va kapitalistlar O‘rta Osiyoda talovchilik siyosatiga amal qilib keldilar. Rus kapitalizmi mahalliy boylar va sudxo‘rlar bilan birlashib, mehnatkashlar ommasini ochiqdan-ochiq taladilar”, - deb ochiq yoza olgandi. Qatag‘onchilik siyosati tufayli istiqlol va erk kuychilari, o‘zbek xalqining mashhur shoir-yozuvchilari: Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir va boshqalar istibdodning begunoh qurboniga aylandi. 1938-yil 4-oktabrda Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriylar otib tashlangan bo‘lsa, 1944-yilda Usmon Nosir sovet tuzumining qurboni bo‘ldi. O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, respublika NKVD si “uchlik”lari tomonidan 1937-39-yillarda 41 mingdan ziyod kishi qamoqqa olinib, ulardan 6 ming 920 tasi otib tashlangan edi. Millatning ilg‘or taraqqiyparvar ziyolilari qatag‘on qilinishi oqibatida xalq ularning noyob asarlarini o‘qishdan uzoq vaqt mahmm bo‘ldi. Qatag‘onchilik siyosati hatto ikkinchi jahon urushi yillarida ham davom etdi. Bu davrdagi siyosat tufayli aholisidan “bosqinchilar yordam olishi mumkin” degan gumon bilan Volgabo‘yi nemislar avtonom respublikasi tugatildi.



Download 175 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish