O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. A. Ikramov, G. N. Davranova, A. A. Ikramova


Xitoy ta’lim tizimining asosiy jihatlari



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet68/109
Sana22.05.2023
Hajmi5,01 Kb.
#942424
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   109
Bog'liq
QIYOSIY PEDAGOGIKA O\'QUV QO\'LLANMA yangi

Xitoy ta’lim tizimining asosiy jihatlari. 


87 
Hozirgi kunda universitetda “Zamonaviy kommunikatsion va axborot 
texnologiyalari”, “Raqamli tizimlar xavfsizligi”, “Kompyuter grafikasi va WEB 
dizayn” kabi fanlar o‘qitilmoqda. Oliy ta‘lim tizimida o‘qitishning kredit tizimi joriy 
etilgan. Bu omil talabalarning mashg‘ulotlarga qatnashishi, mustaqil ishlashi va 
ilmiy izlanishga jalb etilishiga ijobiy ta‘sir etgan. o‘qitishning kredit tizimida 
bakalavr diplomiga ega bo‘lish uchun jami 311 kredit yig‘ishi kerak. Har bir kredit 
10 soat ma‘ruza darslari davomida to‘planadi. Amaliy darslardan 20 soat 
mashg‘ulotda 1 kredit to‘planadi. Talabalar o‘qishni 4 yilda tugatishi shart emas. 
Lekin 8 yildan ortiq o‘qish ham mumkin emas. Agar talabalar kreditlarning 80 % ini 
to‘plasa, bakalavr diplomiga ega bo‘ladi. Davomatga alohida e‘tibor beriladi, agar 
talaba 1 fan bo‘yicha mashg‘ulotlarning 3/1 qismini qoldirsa (agar kasallik varaqasi 
bo‘lsa ham), o‘z- o‘zidan imtihonga kiritilmaydi va shu fan bo‘yicha kreditni bajara 
olmaydi. Natijada talaba oliy o‘quv yurtidan ketadi va kelgusi o‘quv yilida shu fanni 
o‘qishga va kredit to‘plashga majbur bo‘ladi. 
Talabalarga fanlarni tanlab o‘rganish uchun katta imtiyozlar berilgan. 
Masalan: fizika fakultetining talabasi matematika va mexanika fakultetlaridan o‘zini 
qiziqtirgan fanlarini tanlab o‘qishi mumkin. Universitetlar ilmiy tekshirish 
muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari bilan mustahkam aloqaga ega. 


88 
Universitetlarga ixtisosliklar bo‘yicha kichik ishlab chiqarish korxonalari mavjud. 
Amaliy mashg‘ulotlar bevosita ana shu korxonalarda olib boriladi. Talaba bironta 
sxema, loyiha yoki detalni o‘z quli bilan yasab ko‘rsatishi kerak. Laboratoriya 
mashg‘ulotida tayyorlangan mahsulot umumiy texnikaviy nazoratdan o‘tgach, 
o‘quv topshirig‘i bajarilgan hisoblanadi. Oxirgi kurslarda ishlab chiqarish 
korxonalaridan, muassasalardan vakillar kelib, suhbat asosida bo‘lajak mutaxassis – 
talabani tanlab oladi va oliy ta‘lim muassasasiga shartnoma asosida pul o‘tkazadi. 
Bunday omil imkon qadar talabalarning o‘zi egallayotgan ixtisoslikning malakali 
sohibi bo‘lishiga undaydi.
Xitoyda maktabgacha ta’lim bolalar bog‘chalari va maktabgacha ta’lim 
muassasalari hisoblanadi va 3-6 yoshli bolalar qabul qilinadi. Maktabgacha 
ta’limining maqsadi bolani maktabga o‘qishiga tayyorlashdan iborat.
Mamlakatda 
150 mingdan ziyod bolalar bog‘chasi mavjud bo‘lib, ular davlat va xususiy 
muassasalarga bo‘lingan. Hozirgi kunda xususiy bog‘chalar soni jami bolalar 
bog‘chalarining 30 %ini tashkil etadi.
Maktabgacha ta’lim Xitoyda jamiyatning birgalikdagi say-harakatlari 
natijasida amalga oshiriladi. Davlat mavjud qonunlar asosida bolalar bog‘chalarini 
ochishga xohishi bo‘lgan tashkilotlar, nodavlat-notijorat muassasalar, hamda 
alohida shaxslarni qo‘llab-quvvatlaydi. Xitoy maktabgacha ta’lim tizimi rivojlanish 
bosqichlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ikkinchi jahon urushiga qadar Xitoyda 
bolalar bog‘chasi juda kam edi. Bori ham xususiy muassasalar bo‘lib, unga boy 
oilalarning bolalari enagalari bilan kelishardi. Urushdan keyingi yillarda XXRning 
maktabgacha ta’lim tarixi davlatlarining asosiy rivojlanishiga mos holda 4 
bosqichda amalga oshiriladi. 
Birinchisi: 1949 – 1957 yillarni o‘z ichiga oladi. Bu davlat tizimining sobiq 
Ittifoq tizimiga oriyentatsiyalangan davri edi. Bu davrda sobiq Ittifoq mutaxassislari 
Xitoy mamlakatida bir necha tajriba bolalar bog‘chalarini tashkil qildilar. Shundan 
keyin bolalar bog‘chalari soni keskin ortdi. Bu bog‘chalarning asosiy tamoyili 
“Pavlov yondashuvi” deb nomlanib, refleksiologiya asoslarini ishlab chiqqan rus 
olimi I.P.Pavlov nomiga qo‘yilgan edi. Pedagogikada “Pavlov yondashuvi” 
quyidagicha talqin qilinardi: “Bolani rag‘batlantirib, tergab to‘g‘ri tarbiyalasa, unda 
barcha yaxshi xislatlar va qobiliyatlarini shakllantirish mumkin”
Ikkinchisi: 1958-1965 yillarni o‘z ichiga oladi. Bu yillarda bolalar bog‘chalari 
soni keskin ortdi, lekin ular uchun joy, moddiy ta’minot va mutaxassislar yetishmas 
edi. Natijada maktabgacha ta’lim sifati nisbatan pasayib ketdi.
Uchinchisi: 1966-1976 yillarni o‘z ichiga oladi. Bu yillar “Xitoy” madaniy 
revolyutsiyasi yillari deb ataldi, ziyolilar, beklarni ommaviy qatag‘on qilinishi ham 
shu yillarga to‘g‘ri keladi. Xitoy ta’lim tizimida ilmsiz, kasbiy noloyiq kimsalar 
ko‘paydi, natijada maktabgacha ta’lim tizimi juda nochor holga kelib qoldi. Bolalar 
bog‘chasida hayot qattiq g‘oyaviy ko‘rsatmalar asosida tashkil qilinardi: bolalarga 
revolyutsion va militaristik g‘oyalar singdirilardi, Maoning asarlari va she’rlaridan 
parchalar yodlatishardi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish