O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti “gumanitar fanlar” kafedrasi


TOVAR XUSUSIYATLARI VA BAXO. TOVAR VA BAXO TOʻGʻRISIDAGI XOZIRGI ZAMON TA’LIMOTLARI



Download 51,59 Kb.
bet5/9
Sana10.06.2022
Hajmi51,59 Kb.
#650361
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
24-MAVZU TOVAR VA UNING IKKIYOQLAMA XUSUSIYATI. TOVAR QIYMATI MIQDORI.

TOVAR XUSUSIYATLARI VA BAXO. TOVAR VA BAXO TOʻGʻRISIDAGI XOZIRGI ZAMON TA’LIMOTLARI.

Tovar-pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Tovarga ta`rif berishda ham iqtisodchilar tomonidan turlicha yondoshuvlar mavjud. Jumladan, E.F. Borisov ta`rifiga ko’ra «Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida ayirboshlashga mo’ljallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflikdir». Bundan ko’rinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida qaraydi.
V.I. Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda «ne`mat» va «tovar» tushunchalariga keng izoh berilgan. Unda tovar iqtisodiy ne`matning maxsus shakli bo’lib hisoblanishi ko’rsatib berilgan: «Tovar – bu ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy ne`mat». Bu va boshqa qator olimlarning fikrlari asosida ta`kidlash mumkinki, tovar - bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo’lgan ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsuli. Yoki, boshqacha aytganda, tovar biron-bir naflilikka (iste`mol qiymatga) va almashuv qiymatiga ega bo’lgan, bozor uchun ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatlardir.
Demak, tovarning ikki xususiyati bor: birinchidan, u kishilarning qandaydir ehtiyojini qondiradi: ikkinchidan, u o’zida ijtimoiy mehnat sarflarini mujassamlashtiradi. Tovar boshqa buyumga ayirboshlana oladigan buyum bo’lib, u iste`mol qiymatga va almashuv qiymatlariga ega.
Buyumning iste`mol qiymati shundan iboratki, u kishilar uchun foydali, naflidir. U shaxsiy iste`mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron–bir ehtiyojini qondiradi.
Merkantilizm va hozirgi zamon: Evropada proteksionizmning tiklanishi (Angliyada proteksionizm, Fransiyada kontinental qamal (blokada) va boshqalar) va nemis tarixiy maktabi (bu haqda quyida gap boradi) vujudga kelishi bilan merkantilizm g'oyalari yana tilga olina boshlandi. Avval Rosher va Shmoller, so'ngra ularning ingliz izdoshlari Kanningem va Eshlilar merkantilizm g'oyalarini to'la rasional va ma'lum istak-natijalariga erishuvda, masalan, milliy avtarkiya va davlat hokimiyatini kuchaytirishda yaroqli siyosat deb qaradilar.
A.Smit mashhur asarining bir joyida ohistagina «Mamlakat xavsizligi farovonlikdan muhimroq» deb yozish bilan shunday nuqtai nazarni ilgari surdiki, unga ko'ra merkantilistlar jiddiy qabul qilinishi kerak edi. Bu munosabat merkantilizm davridagi bosh masalalardan biriga oydinlik kiritishga imkon berdi: davlat qurilishining maqsadi ko'shni davlatlar iqtisodiy kuch-qudratini pasaytirish hisobiga ham erishiladi, bunda ushbu davlat qudratining oshishi ro'y beradi. Lokkning fikricha, bu shunday ro'y beradi: «boylik» oltin va kumushning oddiy ko'pliginigina anglatmaydi, balki boshqa davlatlarnikidan ortiqroq bo'ladi. Haqiqatdan ham, ko'pchilik merkantilistlar shunday nuqtai nazarni himoya qilganlarki, unga ko'ra millatlarning iqtisodiy manfaatlari antagonistik, ya'ni qarama-qarshidir, go'yoki dunyoda cheklangan miqdordagi resurslar mavjud, ularni esa bir davlat ikkinchi davlat hisobiga olishi mumkin. Bu merkantilistlarning «qo'shningni talon-toroj qil» degan siyosatini uyalmasdan himoya qilishini tushuntirib beradi. Undan tashqari bu g'oyada ichki iste'molni kamaytirish milliy siyosatning maqsadi qilib ko'rsatiladi.
Merkantilizmni qaytadan qo'llash, klassik maktabni (bu haqda quyida gapiriladi) tan olmaslik, kapitalizm yo'liga keyinroq o'tgan davlatlarda ro'y berdi. Yangi davlatlar iqtisodiyotda to'la erkinlikka qarshi edi, yoki bu erkinlik faqat kuchli Angliya uchun qulaylik va ustunlik beradi deb bejiz o'ylamaganlar. Shu sababli bu erda merkantilistlarning davlatning iqtisodiyotni boshqarish, proteksionizm, mamlakatda pul mo'l-ko'lligini ta'minlash va boshqalar hukumatlar siyosatiga aylantirildi.
XX asrda davlat monopolistik kapitalizmi rivoji bilan davlatning iqtisodiyotdagi roli tobora oshib bordi. Inqirozlar tez-tez takrorlanib turdi. Ayniqsa, 1929-1933 yillardagi iqtisodiy inqiroz butun dunyoni larzaga soldi. Shu davrda J.M.Keyns nomi bilan bog'liq ta'limot yuzaga keldi. U «Merkantilizm to'g'risidagi mulohazalar» va «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936y.) nomli asarlarida merkantilizmning ayrim g'oyalarini qo'llaydi, unda «amaliy donolik» kurtaklari borligi ta'kidlanadi. Eksportning importdan ko'pligi, oltinlarning oqib kelishi esa pulga taklifni kuchaytirib, foiz stavkalarini pasaytiradi va shu bilan investisiya va bandlikni rag'batlantiradi. Keyns shularni «merkantilizm doktrinasidagi ilmiy haqiqat urug'lari» deb ataydi.
Umuman, J.M.Keyns mavjud sharoitlarda klassik maktab aqidalari ish bermasligini ta'kidlaydi, hozirgi til bilan aytganda bozor munosabatlari avtomatik ravishda barcha ziddiyatlarni hal eta olmaydi, shu sababli davlatning iqtisodiyotga faol ishtirok etishi taklif etiladi (bular haqida to'la ma'lumot maxsus boblarda beriladi).
Keyns o'zini merkantilistlar bilan yaqinlashtiruvchi to'rt sohani berdi:
1. Merkantilistlar mamlakatdagi pul massasini oshirishga intilib, ssuda foizini pasaytirish va investisiyalarni rag'batlantirishni o'ylaganlar;
2. Merkantilistlar baholar oshuvidan qo'rqmaganlar va yuqori baholar savdo va ishlab chiqarishni kengaytirishni rag'batlantirgan. Keynsning fikricha, «mo''tadil inflyasiya» iqtisodiy faollikni qo'llab-quvvatlaydi;
3. Merkantilistlar «pulning etishmasligi ishsizlikning sababchisi ekanligi» to'g'risidagi tushunchaning asoschilari bo'lganlar.
Keynsning fikricha, bank va davlat byudjeti kamomadini kredit ekspansiyasini oshirish yo'li bilan pul miqdorini oshirish ishsizlikka qarshi kurashishda muhim qurol bo'lishi mumkin. Ishsizlik bir qancha ob'ektiv sabablarga bog'liq edi, masalan agrar sohada u ko'pincha mavsumiy edi, ya'ni qishloq xo'jaligi ishlarining tugashiga yoki kam hosilli yillarga to'g'ri keladi. Hatto sanoatda ham bu holat qayd etiladi, ya'ni daryodagi kishki muzlar yoki bahorgi toshkinlar suv tegirmonlarini to'xtatib qo'yganidek;
4. Merkantilistlar o'z siyosatlarining milliy xarakteri va uning urushlar ochish yo'nalishini ochiqdan-ochiq namoyon qiladilar. Keyns proteksionizm mazkur mamlakatda ishsizlik muammosini hal etishga yordam bera oladi, deb hisoblagan va iqtisodiy millatchilik tarafdori bo'lgan.
Bunga yana bir masalani, beshinchi moddani ham qo'shmoq kerak, chunki davlat bu holatda iqtisodiyotda muhim rol o'ynaydi. Buni Keyns o'z-o'zidan ravshan narsa deb tushungan bo'lsa ehtimol.
Ma'lumki, asrimizning 60-70 - yillari mustamlakachilik tizimining emirilishi va ko'plab yangi mustaqil davlatlarning vujudga kelish davri hisoblanadi. Bu davrda «nomerkantilizm» g'oyalari ilgari surilmoqda. sh, rivojlanayotgan davlatlarning ko'pchiligida iqtisodiyotda davlat sektorining kattaligi, xalq xo'jaligida reja va dasturlar mavjudligi, milliy sanoatni bojxona tariflari bilan himoya qilish va boshqa choralar «nomerkantilistik» hisoblanadi. Ikki tomonlama savdo shartnomalari, davlat zayomlari yo'li bilan industrializasiyani moliyalash, baholarni tartibga solish va monopoliyalar daromadini cheklash ham shu ta'limotga to'g'ri keladi.
90-yillarda boshlangan, ilgarigi sosialistik rivojlanish yo'lidan borayotgan davlatlarning bozor munosabatlariga o'tish davridagi iqtisodiy siyosati ham ko'p jihatdan yuqorida keltirilgan holatlarga juda o'xshashdir. Ayniqsa, tadrijiy (evolyusion) yo'lni tanlagan davlatlarda bu siyosat ancha kuchlidir (bu to'g'rida kerakli ma'lumotlar mazkur boblarda beriladi). Shu sababli merkantilizm ta'limotini har tomonlama o'rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etadi.



  1. Download 51,59 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish