O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti


Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi



Download 378,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/28
Sana06.01.2022
Hajmi378,9 Kb.
#320664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
boshqaruv uslublarining shaxslararo munosabatlarga tasiri va faoliyat motivatsiyasi

Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi:

 ish kirish, 2 bob, 7 

bo‗lim,  umumiy  xulosalar,  tavsiyalar  va  foydalanilgan  adabiyotlar  ro‗yhatidan 

iborat bo‗lib, jami  64 sahifani  tashkil  qiladi. 

 

 

 




 



1 BOB. SHAXSLARARO MUNOSABATLAR VA FAOLIYAT 



MOTIVATSIYASIDA  BOSHQARUV USLUBLARINING TUTGAN O„RNI 

VA AHAMIYATI 

 

1.1. Pedagogik boshqaruv uslublarining mazmuni, mohiyati va tuzilishi 

 

Boshqarish 



ijtimoiy-gumanitar 

fanlarning 

muhim 

muammolaridan 



hisoblanadi.  Uning  nazariy  asoslarini  hamda  ijtimoiy  munosabatlar  tizimidagi 

ahamiyati  va  o‘rnini  aniqlash,  ijtimoiy  muammolarni  yechishdagi  yo‘naltiruvchilik 

imkoniyatini  belgilash  mustaqillik  sharoitida  juda  dolzarb  masala  hisoblanadi. 

Chunki  mamlakatimiz  bozor  munosabatlari  hamda  u  bilan  bog‘liq  ko‘p  mulkchilik 

sharoitida  rivojlanishi  boshqarish  oldiga  yangi  muammolarni  qo‘ymoqda.  Bunday 

sharoitda  boshqarishning  ilmiy  asoslangan  yo‘naltiruvchi  ta‘siri  ijtimoiy-iqtisodiy 

taraqqiyotning  o‘ziga  xos  rivojlanish  asosi  sifatida  namoyon  bo‘lmoqda.  Ayniqsa 

ijtimoiy 

hayotning 

hamma 


sohalarini 

erkinlashtirish 

va 

liberalashtirish 



boshqarishni  ahamiyatini  pasaytirmaydi,  balki  o‘ziga  xos  mexanizmlarini  ishlab 

chiqishni  taqozo  qiladi.  Boshqarish  ijtimoiy  hodisa  sifatida  murakkab  jarayondir. 

Shuning  uchun unga har tomonlama yaxlit,  tizimli  yondashish lozim.   

Bunda  tadqiqotning  mantiqiy-gnoseologik,  tarixiy  va  sotsiologik  (ijtimoiy) 

tomonlarini  yaxlitlikda  qarash  muhimdir.  Shu  asosda  uning  amal  qilish 

mexanizmlarini  ochish,  moddiy  va  ma‘naviy,  ob‘ekt  va  sub‘ekt  munosabatlari 

tarzida tahlil  qilish  imkoniyati  ochiladi. 

Boshqarishga  gnoseologik  jihatdan  yondashish  uni  inson  bilimlarining 

tarixiy  taraqqiyotining  bosqichi,  bilishning  qonunlari  tarzida  hamda  ijtimoiy 

tajribaning  ma‘lum  shakli  ekanligini  anglab,  boshqariladigan  ob‘ektni  o‘zgartirish, 

uni  taraqqiyoti  uchun  sharoit  yaratishni  ifodalaydi.  Shu  bilan  birga  bunday 

yondashuv  boshqarishni  hozirgi  zamon  fanining  dolzab  muammosi  sifatida  fanlar 

tizimida  o‘rnini belgilash  imkoniyatini  beradi. 

Jamiyat  taraqqiyotidek,  boshqarish  ham  tarixiy  xarakterga  ega.  Shuning 

uchun  jamiyat  va  ilm-fanning  rivoji  har  bir  sohaning  boshqarishini  maqsad  va 



 

vazifalari,  shakl  va  metodlari,  tuzilishini,  prinsiplarini,  tarixiy  burilish  davrlarida 



metodologiyasini  o‘zgarishiga  olib keladi.   

Tarixiylik  boshqarishni  vujudga  kelishi,  shakllanishi  bosqichlari  va 

rivojlanishini  tarixiy  jarayon  sifatida  qarash  asosida  uning  tarixiy  tiplarini  hozirgi 

holati  bilan  solishtirb  takomillashtirishni  ta‘minlaydi.  Masalan.  Hozirgi  vaqtda 

boshqarishning 

Kibernetik 

avtomatlashtirilgan 

tizimi 


mantiqiy-matematik, 

modellashtirish,  modem,  elektron-pochta,  aloqa  vositalari,  axborot  vositalari, 

internet  va  kompyuterlardan  keng  foydalanish  kabi  shakllari  mavjud.  Ma‘lum 

ma‘noda 


bulardan 

imkoniyat 

doirasida 

ta‘lim 


tizimini 

boshqarishda 

foydalanilmoqda. 

Boshqarishning  sotsiologik  asnoda  qarash  uning  o‘rni  va  ahamiyatini 

ma‘lum  ijtimoiy  tizimda  tahlil  qilish,  amal  qiluvchi  mexanizmlari  o‘rtasidagi 

bog‘lanishlar  dialektikasini  ochish  asosida  optimal  boshqarish  usul  va  vositalari, 

metodlarining 

oshish 


imkoniyatini 

beradi. 


Shu 

asosda 


boshqarishning 

ta‘sirchanligini  oshirish,  uning  ilmiy  asoslangan  shakllaridan  o‘z-o‘zini  boshqarish, 

tartibga  solishning  ob‘ektiv  asoslarini  o‘zaro  munosabatlarini  aniqlash  uchun 

zamin  hozirlaydi.  Bu  esa  o‘z  navbatida  boshqariladigan  ob‘ektga  ilmiy  asoslangan 

ta‘sir  etib,  rivojlanish  imkoniyatlaridan  kengrok  foydalanishga  asos  bo‘ladi.  Shu 

bilan  birga  boshqarishga  sotsiologik  yondashish  uni  ijtimoiy  hodisa,  inson 

faoliyatining  ma‘lum  shakllaridan  biri  va  ayni  vaqtda  ijtimoiy  munosabatlarning 

ham o‘ziga xos (boshqarishida) shakli sifatida  qarashni taqozo qiladi. 

Boshqarish  oqibatida  ma‘lum  tizim  o‘z  yaxlitligini  saqlab  qolmasdan  balki 

faoliyatini  takomillashtiradi.  Bundan  boshqarish  xususiyati  tizimning  tabiati  bilan 

hamda  uning  mavjudligi  va  rivojlanish  qonuniyatlari,  yashash  sharoiti  bilan 

bog‘liqdir.  Boshqarish  jamiyat  va  uning  yashash  muhiti  bilan  xilma-xil 

aloqadorligini,  yaxlitligini  ta‘minlaydi.  Chunki  ijtimoiy  tizimlar  o‘z  rivojlanish 

jarayonida  doimiy  ravishda tashqi ta‘sir ostida bo‘ladi.  

Bu  ta‘sir  tizim  uchun ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Shunda boshqarish 

salbiy  ta‘sirlarini  zararlantirish,  ijobiylarini  kuchaytirib,  tizimni  o‘z  funksiyasini 

boshqarishi,  o‘z  holatini  mustahkamlab,  yaxlitligini  ta‘minlaydi.  Boshqarish 



 

mexanizmidan  foydalanib  tizimda  bo‘ladigan  o‘zgarishlarni  hisobga  olib  ma‘lum 



yaxlitlik  kiritish  mumkin.  Shu  o‘zgarishlar  asosida  tizimni  ma‘lum  muhitga  oddiy 

moslashtirish  emas,  balki  uning  rivojlanish  qonuniyatlarini  ochish  uchun 

foydalanishdir.  Boshqarish  muammolarini  tadqiq  qilish  uni  ijtimoiy  hodisalarni 

farqini  aniqlab,  inson faoliyatining  o‘ziga xos sohasi ekanligini  ko‘rsatishdir. 

U  inson  ongli  faoliyatining  shunchaki  oddiy  bir  ko‘rinishi  emas,  balki 

ma‘lum  qarorlar  ishlab  chiqish,  ma‘lum  sohani  tashkil  qilish  asosida  uni  faoliyatini 

tartibga  solib, rivojlanishi  uchun qulay  sharoit yaratishdir. 

Bundan  tashqari  inson  faoliyatining  o‘ziga  xos  shakli  sifatida  ijtimoiy  ishlab 

chiqarishda  ishtirok  etayotgan  kishilar  faoliyatini,  ularning  birgalikdagi  mehnatini 

o‘zaro muvofiqlashtirish  vositasi hamdir. 

Kishilarning  birgalikdagi  faoliyatini  tashkil  etish  oldinni  ko‘ra  bilish, 

rejalashtirish,  qaror  qabul  qilish,  uni  ijrosini  boshqarish  asosida  harakatlarni 

tartibga  solishni taqozo qiladi. 

  Bunda  boshqarish  tashkil  qiluvchi  faoliyat  sifatida  namoyon  bo‘ladi. 

Tashkil  etish  bir  qancha  vosita,  usullarni  o‘z  ichiga  olib,  ular  orqali 

boshqariladigan  tizimga  ta‘sir  ko‘rsatadi.  Boshqarish  bu  jihatdan  ijtimoiy  faoliyat 

sifatida  o‘z  ob‘ekt  va  sub‘ektiga  ega.  Bunda  sub‘ekt  boshqarish  funksiyalarini 

bajara turib, ob‘ektga ta‘sir ko‘rsatadi.  

Boshqarish  ob‘ekti  munosabatlardan  iborat  bo‘lib,  tizim  xarakteri  yoki 

turidan  kelib  chiqib  inson-tabiat,  inson-texnika,  inson-inson  tarzida  bo‘lishi 

mumkin.  Aniqroq  qilib  aytsak,  tizimlar  bo‘lishi  mumkin:  Tabiat,  texnika,  ijtimoiy. 

Har  uchalasida  ham  munosabatlar  inson  bilan  bog‘liq  bo‘lganligi  uchun  ijtimoiy 

xarakterga  ega bo‘ladi. Ijtimoiy  munosabatlar aloqa tarzida namoyon bo‘ladi. 

Jamiyatdagi  boshqariladigan  sohalar  tarixiy  tarzda  namoyon  bo‘lib, 

bosqichma-bosqich  bo‘lishi  mumkin.  Jamiyat  taraqqiyotining  har  bir  tarixiy 

davrida  boshqarish  o‘ziga  xos  bo‘lib,  o‘z  ob‘ekt  va  sub‘ektiga  ega  bo‘ladi.  Bu 

jihatdan  olganda  boshqarish  bilish  jarayoni  bilan  bog‘liqdir.  Boshqarish  uchun 

tizimning  xususiyati,  tuzilishi,  munosabat  va  shakllarini  bilish  demakdir.  Bilim  va 

boshqarish  o‘zaro  bir-birini  taqozo  qiladi.  Boshqariladigan  ob‘ektni  inson  qancha 



 

10 


chuqur  bilsa,  uni  muvoffaqiyatli  rivojlanish  ob‘ektning  turli  xususiyatlari  haqida 

axborot  to‘plash  muhimdir.  Axborot  boshqarishda  juda  muhim  vazifani  bajaradi. 

Axborot ob‘ektning mavjudlik qonuniyatlarini ochish uchun asos bo‘ladi. Axborot-

qarash,  fikr-mulohaza,  hukm  tariqasida  ob‘ektni  turli  tomondan  xarakterlaydi. 

Bunda  sub‘ekt  boshqarish  ta‘sirini  ob‘ektga  axborotning qaror tarzida ko‘rsatilishi 

mumkin.  Axborot  orqali  sub‘ekt  boshqariladigan ob‘ektga faqat tashqi ta‘sir qilish 

orqali  emas,  balki  uni  ichki  va  o‘z-o‘zini  tartibga  solish  mexanizmlarini  ham 

ochishi yoki undan foydalanish  mumkin. 

Insoniyat  tarixiy  tajribasi  shuni  ko‘rsatadiki,  har  qanday  jamiyat 

boshqarishga  muhtoj.  Jamiyatni  boshqarishga  ehtiyoj  yoki  bu  jarayonni 

jadallashtirish  uning  burilishi  davrlarida  ayniqsa  kuchayadi.  Chunonchi,  uning 

inqilobiy  davrlarida,  ya‘ni  bir  ijtimoiy  tuzum  o‘rniga  boshqasi  kelganda 

boshqarishga  ehtiyoj  har  qachongidan  ko‘ra  kuchayadi.  Buning  boisi  shuki,  yangi 

ijtimoiy  tuzum  tezlik  bilan  ijtimoiy  hayotning  hamma  sohalariga,  kishilarning  fikr 

o‘ylariga  o‘z  ta‘sirini,  yangi  talablarni  tezroq  singdirish  asosida  o‘z  hukmronligini 

iqtisodiy, siyokiy jihatdan  mustahkamlashni  istaydi. 

Bu  ehtiyoj  jamiyatning  hamma  lahzalarini  yangicha  tashkil  etish  va 

boshqarishni  taqozo  qiladi.  Bunda  boshqarishning  tub  mohiyati  va  mazmuni 

yo‘nalishini,  g‘oyaviy  asosini  yangi  mafkura-eski  aqida  va  metodlarni  butunlay 

inkor  qilib,  yangi  g‘oyaviy  asosda  jamiyatni  boshqarish  asoslarini  tashkil  etishni 

taqazo  qiladi.  Biz  mohiyat  e‘tibori  bilan  hozirgi  vaqtda  shunday vaziyatni boshdan 

kechirmoqdamiz. 

Bu  jarayonlarni  larzalarsiz,  xato  va  depinishlarsiz  amalga  oshirishda  yangi 

jamiyat  asoslanadigan  g‘oya  va  mafkura  asosiy  rol  o‘ynaydi.  Mustaqil 

Respublikamizni  yangi  yo‘ldan  rivojlanishini  g‘oyaviy-nazariy  asosini  I.Karimov 

ishlab  chiqgan  "O‘zbek  modeli"  hamda  ayniqsa,  uning  asosida  yotuvchi  5  ta 

prinsip  mamlakatimiz  iqtisodiy,  siyokiy  va  ma‘naviy  hayotini  larzalarsiz 

evalyutsion  rivojlanishini  ta‘minlamoqda.  Bu  o‘z  navbatida  butun  jamiyatni  yoki 

uning  tarkibiy  qismi pedagogik tizimga  ham daxldordir. 

Boshqarish  jamiyat  manfaati  va  ehtiyojlaridan  kelib  chiqadi  hamda  uning 




 

11 


rivojlanishini  tezlashtirishga  xizmat  qiladi.  Shuning  uchun  jamiyatning  hamma 

sohalari  boshqarishga  muhtojdir.  Boshqarish  keng  ma‘noda  butun  jamiyat, 

mamlakatni  boshqarish  bo‘lib,  ijtimoiy-siyokiy  tadbir  hisoblanadi.  Jamiyatni  yaxlit 

boshqarish  yuqorida  takidlaganimizdek,  jamiyat  mafkurasiga  asoslanadi.  Shu 

asosda  uning  turli  sohalarini  boshqarishning  nazariy-metodologik,  amaliy-tashkiliy 

tomonlari  ishlab  chiqiladi.  YA‘ni  shu  asosda  boshqarishning  umumiy  nazariyasi 

yaratiladi. 

Respublikamiz  taraqqiyoti  bozor  munosabatlariga  asoslanadi.  Shuning 

uchun  boshqarish  ijtimoiy-davlat  va  xususiy  jamoaviylikka  asoslanadi.  Ammo 

bunda  yakka,  jamoa,  xususiy  mulk  davlat  tomonidan  qonun  va  qarorlar  bilan 

umum  jamiyat  manfaatlariga  moslashtiriladi.  Demak,  boshqarish  umumjamiyat, 

mehnatkashlar  manfaatiga  xizmat  qilishi  lozim. 

Boshqarishning  bosh  maqsadi  mehnatkashlarning  moddiy  va  ma‘naviy 

ehtiyojlarini  to‘laroq  qondirish  uchun  ishlab  chiqarishni  barcha  jamiyat  a‘zolari 

o‘rtasidagi  ijtimoiy  munosabatlarni  yanada  takomillashtirishdir.  Shu  bilan  birga 

davlat  va  jamiyat  boshqaruvini  yaxlitligini  ta‘minlab,  jamiyat  rivojlanishi,  undagi 

ijtimoiy  munosabatlar  yuksalishi  asosida  davlat  boshqaradigan  sohalarni  jamoat 

tashkilotlari  zimmasiga  yuklashdir.   

Bunda  har  ikkila  boshqaruv  shakli  ham  jamiyat  a‘zolari  manfaatlarini 

ko‘zlamog‘i  lozim.  Bu  juda  qiyin,  shu  bilan  birga  ancha  vaqt,  ya‘ni  jamiyat 

taraqqiyotining  ma‘lum  bosqichida  amalga  oshiriladigan  muammoni  yechishda 

mamlakatimiz  uzluksiz  ta‘lim  tizimi  juda katta xizmat  qilmog‘i  lozim. 

Mamlakatimizda 

amalga 


oshirilayotgan 

Kadrlar 


tayyorlash 

milliy 


dasturining  tarkibiy  qismi  bo‘lgan  ta‘lim  milliy  modeli  muhim  rol  o‘ynaydi. 

Prezident  I.Karimov  "Tafakkur"  jurnali  bosh  muharriri  savollariga  bergan  javoblari 

"Jamiyatimiz  mafkurasi  xalqni-xalk  millatni-millat  qilishiga  xizmat  etsin",-deb 

nomlanuvchi  asarida  bu  masalaga  alohida  to‘xtaladi.  "Ta‘lim  to‘g‘risida"gi  Qonun 

va  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  va  ularda  ko‘zda  tutilgan"  vazifalar  to‘liq 

amalga  oshgan  taqdirda,  -deb  ko‘rsatdi  Prezident,-ular  birinchidan,  ijtimoiy-

siyokiy  iqlimga  ijobiy  ta‘sir  qiladi  va  mamlakatimizda  mavjud  muhit  butunlay 



 

12 


o‘zgaradi". 

Fikrini  davom  ettirib  I.Karimov  ta‘kidladi".....  biz  fuqarolik  jamiyati 

ko‘rishni o‘z oldimizga  maqsad qilib qo‘yganmiz.  

Bu  sohada  dastlabki,  ammo  muxim  qadamlar  qo‘yildi.  Ishonchim  komilki 

vaqt-soati  kelib,  bugungi  o‘tish  davri  uchun  zarur  bo‘lgan  kuchli  davlat 

funksiyalari  va  alomatlari  asta-sekinlik  bilan  tadrijiy  ravishda  kuchli  jamiyat 

zimmasiga  o‘tadi". 

Hozirgi  kunda  boshqarish  eng  avvalo  kishilarning  iqtisodiy  va  moddiy, 

ijtimoiy  faoliyatini  ularni  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar  ruhida  tarbiyalash 

jarayonlarini  to‘g‘ri  tashkil  etishga  qaratilmog‘i  zarurdir.  Buning  boisi  shuki, 

jamiyatimizning 

rivojlanishi 

ko‘p 

jihatdan 



kishilarning 

yuksak 


aqliy 

imkoniyatlariga,  yuksak  ongi,  ma‘naviy  dunyoki,  umummadaniyatiga  bog‘liqdir. 

Bu  esa  ta‘lim-tarbiya,  ilm-fan,  madaniy-ma‘rifiy,  maishiy  xizmat  sohalarini  ilmiy 

asosda  boshqarish  zaruriyatini  keltirib  chiqaradi.  E‘tirof  etish  lozimki,  jamiyat 

hayotini  turli  sohalarini  boshqarish  ma‘naviy  sohani  boshqarish  saviyasi  bilan 

belgilanadi.  Chunki  uning  maqsadi,  ilm-ma‘rifatli  har  tomonlama  komil  insonlarni 

tarbiyalab  yetishtirishdir.  Shu  bilan  birga  bu  sohani  boshqarish  ancha  murakkab 

hamdir. 


Boshqaruv  jamiyatning  umumiy  xususiyati  va  funksiyasidir.  U  jamiyat 

taraqqiyotining  har  bir  bosqichiga  shaklan  va  mazmunan  o‘zgarsada  umumiy 

xususiyat  sifatida  mavjud  bo‘ladi.  Chunki  jamiyat  taraqqiyotining  hamma 

bosqichlarida  ham  turli  sohalar  rivojini  tartibga  solish,  kishilar  faoliyatini 

yechilishi  lozim  bo‘lgan vazifalarga  yo‘naltirish  muhimdir. 

Jamiyat  oldida  turgan  dolzarb  masalalarni  yechishda  kishilar  oldida 

uyushqoqlik,  tartib-intizom,  o‘zaro  mehnat  taqsimoti,  mehnat  qurollari  va 

vositalaridan  unumli  foydalanish  kabi  muhim  muammolar  ko‘ndalang  turadi. 

Shuning  uchun  har  bir  kishi  o‘zining  jamiyatidagi  va  jamoadagi  o‘rnini  bilishi, 

qat‘iy  mehnat  intizomiga,  qonunlarga  rioya  qilishi  zarurdir.  jamiyat  hayotini,  uning 

rivojini  boshqaruvsiz, muayyan tartiblarsiz  amalga  oshirib bo‘lmaydi. 

Bundan  kelib  chiqadiki,  har  qanday  mehnat,  ijtimoiy  faoliyat  yakka  yoki 




 

13 


jamiyat  miqyokida  bo‘lsin  idora  qilinishi  lozim.  Bunda  boshqaruvchi  kishilar 

faoliyatini,  ishlarni  o‘zaro  muvofiqlashtirishi,  ishlab  chiqarish  jarayonlarini  izchil 

va  yaxlitligini  ta‘minlashi  muhimdir.  Shu  narsani  alohida  ta‘kidlash  lozimki, 

jamiyat  taraqqiyoti qancha tezlashsa, boshqarish shuncha zarur bo‘ladi. 

Yana  bir  sozanda  muzika  asbobini  chalganda  o‘zini-o‘zi  idora  qiladi.  Lekin 

bir  necha  muzika  asbobini  birlashtirgan  orkestr  faoliyatini  dirijer  tartibga  soladi. 

Boshqarish  uchun  eng  avvalo  g‘oya  (mafkura)  undan  keyin  esa  mohir 

boshqaruvchi rahbarning  bo‘lishi shart. 

Inson  ijtimoiy  mavjudotdir.  U  ijtimoiy  mavjudot  sifatida  boshқа  kishilar 

bilan  ma‘lum  ijtimoiy  munosabatlarda  bo‘ladi.  Bu  ijtimoiy  munosabatlar  tizimida 

inson  ma‘lum  jamoada  faoliyat  ko‘rsatadi.  Shuning  uchun  uning  yurish-turishi, 

xulq-atvorini  ham  tartibga  solish  zarurati  tug‘iladi.  Uning  xulq-atvori  ijtimoiy 

munosabatlarning  hosilasi  bo‘lib, ularni  ham boshqarish lozim.  

Mustaqil  Respublikamiz  ijtimoiy  hayotning  hamma  sohalarida  tub 

o‘zgarishlar  amalga  oshirilmokda.  Bu  jarayonlarni  amalga  oshirishda  ta‘lim-

tarbiya,  yangi  insonni  tarbiyalash  asosiy  tezlashtiruvchi  omil  sifatida  namoyon 

bo‘lmoqda.  

Yangicha 

fikrlovchi 

erkin, 


mustaqil, 

ijobiy 


insonni 

shakllantirish 

mamlakatimizdagi  uzluksiz  ta‘limning  bosh  vazifasi  sifatida  ijtimoiy-iqtisodiy 

taraqqiyotni  tezlashtiruvchi  hisoblanadi.  Ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotning  hamma 

sohalarini  harakatga  keltiruvchi  kuch  inson  hisoblanadi.  Uni  jamiyat  talablari 

asosida  tarbiyalash  uzluksiz  ta‘lim  yoki  pedagogik  tizimda  amalga  oshiriladi. 

Shuning  uchun  pedagogik  tizimni  takomillashtirish  muammosi  dolzarb  bo‘lmoqda. 

Uni  takomillashtirishning  muhim  tomonlaridan  biri-boshqarishni  to‘g‘ri  tashkil 

qilishdir. 

Pedagogik  tizim  eng  avvalo  ta‘lim-tarbiya  muassasalari  majmuini  o‘z  ichiga 

oladi. 

Madomiki 

shunday 

ekan, 


uning 

rahbari 


zimmasiga 

Mustaqil 

Respublikamizning  bo‘lajak  fuqarolarini  o‘qitish,  tarbiyalash,  ularni  mustaqillik 

ideallari  ruhida  tarbiyalash,  kasb-hunar  o‘rgatish  kabi  juda  murakkab  va 

mas‘uliyatli  vazifa  yuklanadi.  Bu  murakkab  jarayonni  boshqarish  turli-tuman 



 

14 


qonun  va  qarorlarni,  farmon  va  ko‘rsatmalarni  chuqur  bilish  hamda  ularni  amalga 

oshirishni  tashkil  etishni  talab  qiladi.  O‘z  navbatida  rahbarning  o‘zi  ham 

yuqoridagi  qarorlarni  amalga  oshirish  uchun  chora-tadbirlar  ishlab  chiqish,  ularni 

bajarilishini  tashkil  etish, nazorat qilishni  mohirona  amalga  oshirishi  lozim. 

Pedagogik  tizimni  boshqarishda  ma‘lum  andozalarga  yopishib  olish, 

shablonlashtirishga  olib  keladi.  Doimo  mahalliy  xususiyatlarni  hisobga  olgan 

holda  ishga  o‘zgartirish  kiritish,  xilma-xil  usul  va  mazmun  qo‘llash  ijobiy  ta‘sir 

qiladi.   

Boshqarishni  takomillashtirishda  faqat  yuqoridan  ko‘rsatma  kutmay, 

joylarda  tashabbus,  ilg‘or  tajribalardan  keng  foydalanish  umumiy  maqsadga 

erishish  uchun foydalidir. 

Boshqarishdagi  to‘plangan  tajriba  shuni  ko‘rsatadiki,  jamoadagi  tashabbus, 

ilg‘or tajribalarga,  uning  ijodiy  faolligiga  suyanish muvaffaqiyat  garovi  bo‘la oladi. 

Mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  ta‘lim  islohoti  ham  pedagogik 

tizimni  boshqarishni  tubdan  yaxshilashni  taqozo  qiladi.  Buning  yorqin  ifodasi 

sifatida  "Ta‘lim  to‘g‘risida"gi  Qonunning  yangi  nusxasi,  ya‘ni  mamlakatning 

bozor  munosabatlari  sharoitida  rivojlanishini  hisobga  olgan  holda  ishlab  chiqilib, 

qabul  qilinishi  ham  tasdiqlaydi.  Bu  hujjat  ta‘lim  hamma  bo‘g‘inlarining  uzviy 

bog‘liqligini  yaxlit  rivojlanishini  ta‘minlashning  huquqiy  asosini  barpo  qilishda 

ta‘lim-tarbiya,  yangi  insonni  tarbiyalashda  asosiy  tezlashtiruvchi  omil  sifatida 

namoyon bo‘lmoqda.  

Bundan  tashqari  uzluksiz  ta‘lim  tizimini  boshqarishni  takomillashtirishda 

Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  ham  juda  muhim  talablar  qo‘yadi.  Uning  4-6 

bandida  chunonchi  "Uzluksiz  ta‘lim  tizimi  va  kadrlar  tayyorlashning  davlat  va 

nodavlat  ta‘lim  muassasalari  tarkibi  jihatidan  o‘zgartirish  va  ularni  izchil 

rivojlantirish  davlat yo‘li bilan  boshqarib boriladi", -deyiladi. 

Pedagogik  tizim  faoliyatini  boshqarishda  turli  ob‘ektiv  omillar  pedagogik 

jarayonga  ta‘sir  ko‘rsatib,  ta‘lim-tarbiya  jarayoniga  ma‘lum  o‘zgartirishlar  asosida 

optimal  rivojlanish  yo‘lini  egallashni  taqozo  qiladi.  Bu  o‘zgarishlar  ta‘lim  -  islohoti 

pedagogik  tizimga  rahbarlik  qilish  uslubi,  xarakteri  va  metodlari  xususiyatlarini 




 

15 


to‘g‘ri belgilab  olishini  taqozo qiladi. 

Shuning  uchun  ta‘lim  muassasasi  rahbari  faqat  rahbar  emas.  U  eng  yaxshi 

o‘qituvchi-  murabbiy  va  bosh  tarbiyachi  hamdir.  Bu  lavozim  unga  juda  katta 

mas‘uliyat  yuklaydi.  Bu  esa  keyingi  vaqtda  pedagogik  tizimni  boshqarishga 

qiziqishni  ancha oshirdi. 

 


Download 378,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish