O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti jismoniy tarbiya fakulteti



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/38
Sana14.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#364031
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b

BOB BO`YICHA XULOSA 

 



Maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiyaning tashkiliy shakllari 

quyidagilardan  iborat:  1)  mashg`ulotlar,  2)  jismoniy  tarbiya-sog`lomlashtirish 

tadbirlari  (ertalabki  gimnastika, harakatli  o`yinlar, sayr  vaqtidagi  sport  mashqlari, 

fizkultdaqiqa,  bog`cha  atrofiga  saylga  chiqish,  jismoniy  tarbiya  bayramlari, 

shaxsiy  ishlar)  ni  bolalar  bog`chasi  kun  tartibiga  binoan  o`tkazish,  3)  bolalarning 

mustaqil ravishda bajaradigan harakatli   faoliyati. 

Mashg`ulotlar  jismoniy  tarbiyaning  ta`lim-tarbiya  hamda  sog`lomlashtirish 

vazifalarini  hal  etishga  qaratilgandir.  Ta`lim  vazifalari  bolalarga  jismoniy 

mashqlarni  o`rgatishdan,  hosil  qilingan  malakalarni  o`zgarib  turgan  sharoitlarga 

mos ravishda qo`llay   olishga   o`rgatishdan   iboratdir. 

Bolalar  jismoniy  tarbiya  to`g`risida,  uning  sog`lomlashtiruvchi  ahamiyati 

haqida,  chiniqish  usullari,  to`g`ri  nafas  olishning  ahamiyati,  mashqlarni  bajarish 

uslublari  va  shu  singari  boshqa  mashqlar  to`g`risida  tasavvur  hamda  bilimga  ega 

bo`lishlari  kerak.  Jismoniy  tarbiya  yuzasidan  o`tkaziladigan  mashg`ulotlarda 

majburiy  mashqlarning  bajarilishi  tarbiyalash  hamda  sog`lomlashtirish  vazifalari 

bilan, jismoniy fazilatlarning shakllanishi bilan hamohang holda birga qo`shib olib 

boriladi. 

Tarbiyachining  mashg`ulotga  tayyorlanishida  asosiy  ishlardan  hisoblanadi. 

Reja tuzishda aniq, yosh gruppalari uchun dastur talablari, oldingi mashg`ulotning 

yakuni,  mashg`ulot  o`tkaziladigan  joy  hamda  kerakli  o`quv  qurollarining   

mavjudligi  hisobga  olinadi. 

Bola organizmida fiziologik faoliyatni kuchaytirish bilan bog`liq bo`lgan har 

qanday  jismoniy  mashqlar  o`z  ta`sirini  o`tkazadi.  Bu  ta`sirning  qay  darajada 

bo`lishi  yuklamaning  hajmi  va  jadalligiga  bog`liqdir.  Organizm  muayyan 

yuklamaga  o`rganib  qolgandan  keyin  uni  kam  kuch  bilan,  ko`proq  tejamkorlik 

bilan  uddalay  oladi.  O`rganib  qolingan  yuklama  organizmdagi  faollik 

imkoniyatlarning  oshirilishiga  olib  kelmaydi.  Shuning  uchun  yuklama  hajmi  va 

jadalligini  mashg`ulotdan  mashg`ulotga,    yildan-yilga  muntazam  ravishda  oshirib 

borish lozim. 



Jismoniy yuklama ko`pgina sabablarga bog`liq bo`ladi: u  mashq va o`yinlar 

xususiyatiga,  har  xil  harakat  turlarining  mushtarakligiga,  ularning  jadalligiga,  

davomiyligiga,  takrorlanish  miqdoriga,  sur`ati  va  harakat  yo`liga,  mashqning 

qanday  sharoitda  o`tkazilishiga,  o`zlashtirilishi  saviyasiga,  bolaning    harakat 

aktivligi darajasiga va boshqa omillarga bog`liqdir.  Jismoniy yuklama shuniigdek, 

bolaning mashg`ulot paytidagi  asab-psixikasiga hamda uning emotsional holatiga 

ham bog`liqdir. 

Bolalarning harakatli faoliyati ularda asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish 

bilan bog`liqdir. Bunga chaqqonlik, epchillik, kuchlilik, matonat singari    sifatlar   

kiradi.  Amalda  mazkur  sifatlarning  hech  birini      alohida        olib  rivojlantirishni  

tasavvur qilish ham mumkin emas. Turli   jismoniy    sifatlarni    tarbiyalash aslida 

bolaning jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlanishidek yagona jarayonning turli 

tomonlaridir.  Chunki  bunday  rivojlanish      natijasida  organizmning  miqdoriy 

imkoniyatlarida umumiy yuksalish sodir bo`ladi. 

Chaqqonlik-bu  faoliyat  davomida  paydo  bo`ladigan  kutilmagan  shart-

sharoitlarga  binoan  harakat  faoliyatini  tezlik  bilan qayta  qura bilash  hamda  yangi 

harakatlarni egallay olish qobiliyatidir 

Epchillik-bu harakatni   eng kam    vaqt ichida   bajara olish qobiliyatidir. 

Kuchlilik-bu  muskullarni  ma`lum  darajada  zo`riqtira  olish  qobiliyati 

bo`lib,chaqqonlik va epchillikni tarbiyalashning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. 

Matonat-bu  jismoniy  ishni  imkoni  boricha  uzoq  vaqt  davomida  yetarli 

darajadagi jadallikni saqlagan xolda bajara olish qobiliyatidir. 

 

 

 



 

 

 



 

 




Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish