O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti jismoniy tarbiya fakulteti


III.MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASALARIDA O`ZBEK



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/38
Sana14.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#364031
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b

III.MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASALARIDA O`ZBEK 

XALQ VA HARAKATLI O`YINLARI. 

 

O`zbekiston  mustaqilligi  davrida  aholining  sihat-salomatligini  yaxshilash, 



ayniqsa  sog`lom  ona-sog`lom  bola  shioriga  amal  qilish  yo`lida  beqiyos  ko`p  va 

ulkan  tadbirlar  olib  borilayotganligi  e`tibor  hamda  olqishlarga  sazovordir.  Bu 

yo`lda  Respublika  Prezidenti  I.A.Karimovning  chuqur  ma`noli  va  keng  qamrovli 

mulohazalari eng yuksak darajadagi omildir. 

O`zbekiston  Prezidentining  qator  farmonlari  va  Respublika  xukumatining 

ko`pgina qarorlari sog`lom oila, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, ta`lim-

tarbiya hamda ular bilan bevosita bog`liq bo`lgan faoliyatlarni yanada yaxshilashga 

qaratilganligi  muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Ayniqsa    "Ta`lim  to`g`risida" 

(1997y), "Jismoniy tarbiya va sport to`g`risida"gi (2000 yil yangi tahrir) qonunlar 

mazmunida  maktabgacha  bolalar  tarbiya  muassasalarining  ish  faoliya-tini 

yaxshilash  va  mehnat  samaralarini  yanada  oshirish  kabi  muhim  jarayonlar  o`z 

ifodasini topgan. 

E`tirof  etish  lozimki,  faqat  shahar  joylaridagina  emas,  hatto  uzoq 

qishloqlarda ham bolalar bog`chalari talab darajasida sharoit-lariga ega bo`lmoqda. 

Bunda bolalar yoshiga (guruh) qarab jismoniy mashqlar, harakatli o`yinlar va sport 

turlarining qismlari (elementlar) maqsadli tashkil etilmoqda. Bunda maxsus ishlab 

chiqilgan "Jismoniy tarbiya" dasturlaridan unumli foydalanilmoqda. Maktabgacha 

yoshdagi  bolalar  tarbiya  muassasalari  uchun  "Jismoniy  tarbiya"  dasturlari  va 

uslubiy qo`llanmalar hamda tavsiyanomalarni ishlab chiqish, nashrdan chiqarishda 

atoqli olimlar K.M.Maxkamjonov, X.A.Meliev, X.Tulenova kabilarning xizmatlari 

kattadir. 

Xar bir millat xalqning o`ziga xos o`yinlari, uning qoidalari mavjud. O`zbek 

xalqining  milliy  o`yinlari  xalq  madaniyatining  ish  faoliyati  va  atrof-muhiti  bilan 

bog`liq.  Pedagogik  yondashishda  ular  yosh  bolalarning  jismoniy  va  aqliy 

faoliyatini  oshirib  boradi.  O`zbek  xalq  o`yinlarida  o`zbek  xalqining  xarakteri, 

samimiyligi,  to`g`ri  so`zligi,  jasurligi  yaqqol  namoyon  bo`ladi.  Ijodiy  izlanish 




faollik  va  do`stlik  munosabatlarini  qatnashuvchidan  talab  qiladi.  O`z  mazmun 

jihatidan  o`zbek  xalq  o`yinlari  sodda  va  tushunarlidir.  Harakatli  o`yinlar  bolaga 

xursandchilik bag`ishlaydi, hayot tonusini oshiradi, o`yin syujetiga zamin yaratadi. 

O`zbek  xalq  o`yinlarining  yana  bir  asosiy  tomoni  shundaki  u  bolalarda 

axloqiy  his-tuyg`uni  tarbiyalaydi.  Masalan:  "Qoch  bolam  qush  keldi"  o`yinida 

bolaning  harakat  koordinatsiyasi  yaxshilanadi,  bir-biriga  yordam  berish,  diqqatli 

bo`lish,  birdamlik  sifatlarini  tarbiyalaydi.  Xalq  va  harakatli  o`yinlar  jismoniy 

rivojlanishiga  hamda  jismoniy  sifatlarni  tarbiyalashga  imkoniyat    yaratadi. 

O`quvchilar turli o`yinlar jarayonida o`z harakatidan quvonibgina qolmay, hayotni 

sevishga,  uning  go`zalligini  bilish,  salomatlikni  nazorat  qilishga,  Vatan  uchun 

mehnat  qilishga  ham  o`rganadi.  Bu  o`yinlar  ochiq  havoda  yakkama-yakka  va 

guruh  bo`lib  o`tkaziladigan  o`yinlar  hamda  quyidagi  jismoniy  mashqlardir. 

Arqondan  yakkama-yakka  va  guruh  bo`lib  sakrash,  kim  o`zarga  yugurish,   to`pni 

otish va ilish, koptokni nishonga va uzoqqa irg`itish, otga minish va shu kabilar. 

Xalq  milliy  harakatli  o`yinlarning  o`ziga  xos  xususiyati  shundaki,  ularda 

dasturga kiritilgan hamma asosiy harakatlar o`rin topadi: yurish, yugurish, sakrash, 

tirmashib  chiqish,  otish  va  boshqalar.  Shu  boisdan  o`tkazilayotgan  ilmiy-tadqiqot 

ishlarining  bolalar  salomatligini  asrash  va  yanada  yaxshilash,  ularning  jismoniy 

tayyorgarligini oshirish, jismoniy sifatlarini tarbiyalashda ahamiyati kattа. 

Shular  qatori  harakatli  o`yinlarning  bolalar  hayotida,  bog`cha  kun  tartibida 

o`rin egallashini aniqlash hamda ularni musobaqa tarzida tashkil qilish va o`tkazish 

usul, uslublarini tanlash xam katta ahamiyat kasb etadi. Buning uchun sog`likning 

poydevorini  eng  kichik  yoshdan  boshlash  kerak.  Hamma  o`yinlar  harakat  turiga 

qarab  turkumlarga  taqsimlangan,  ular  yugurish  elementlari,  sakrash  elementlari 

irg`itish elementlari, olib otish, emaklab o`tish elementlarini o`z ichiga olgan. Shu 

o`yinlar  qatori  bolalarga  o`yin  qoidalari,  o`yinlarni  tashkil  qilish  va  o`yinlar 

to`g`risida  bilim  berib  borish  lozim.  Yuqorida  aytganimizdek,  xalq  va  milliy 

harakatli  o`yinlarning  asosiy  xususiyatlaridan  biri  bolalarda  ahloqiy  hissiyotni 

tarbiyalashdir.  Unda  bolalarning  o`yin  qatnashchilari  bilan  ko`proq  o`zaro 

munosabda bo`lishlari, tashkilotchilik va intizom namoyon bo`ladi. 




 


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish