О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi e. D. Yusupov, Z. K. Kusharov



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/312
Sana18.01.2022
Hajmi3,2 Mb.
#388324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   312
Bog'liq
menejment nazariyasi (1)

 
Taqrizchilar: 
N.M.Maxmudov- 
TDIU, “Makroiqtisodiyot” kafedrasi 
professori, i.f.d
                        
 
 
 
  
D. N. Saidova -
TDAU “Agrologistika” kafedrasi dotsenti, 
i.f.n., dotsent 


3
 
 
KIRISH 
 
Insoniyatning har  qanday  faoliyat  turi  menejment  asosida  quriladi, 
chunki    shu    faoliyatni    amalga    oshirishdan    kо‘zlangan    maqsadga  
erishish,    bajariladigan    vazifalarni    taqsimlash,    ijrosini    nazorat    qilish, 
shuningdek,  samaradorlikka  erishish  uchun  ushbu  faoliyatda  ishtirok 
yetuvchilar    manfaatlarini    himoya    qilish,    rag‘batlantirish    chora-
tadbirlari menejment  jarayonida  tashkil  etiladi  va  muvofiqlashtiriladi

«Menejment  nazariyasi»    fani    butun    jamiyatga    xizmat    qiluvchi  
zamonaviy    menejment    ilmini    о‘rganishda,  iqtisodiyotning    barcha  
tarmoqlarida  menejmentni  amalga oshira  oladigan  malakali  rahbarlarni  
tayyorlashda    muhim    о‘rin    tutadi.    Zero,    rahbar    menejmentni  amalga  
oshirishda    bosh    bо‘g‘in    hisoblanib,    uning    tashkil    etilishi, 
samaradorligi,    kо‘p    jihatdan,    u    egallagan    bilim,    malaka,    tajriba, 
qolaversa,  uning  boshqarish  uslubiga  bevosita  bog‘liq  bо‘ladi. 
Iqtisodiyotni difersifikatsiyalash sharoitida, erkin raqobat va aholining 
turmush  farovonligini  oshirish,  zamonaviy  korxonalarda  boshqaruv 
faoliyatini samarali tashkil qilishda  rahbarlik faoliyati  muhim  ahamiyatga 
ega. Mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va takomillashtirish 
iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashni taqozo etadi. Bu vazifalarni 
hal  etish  uchun  yurtimiz  о‘zining  boy  tabiiy  resurslaridan,  mineral 
manbalaridan  hamda  fan-texnika  va  inson  resurslaridan  samarali 
foydalanishi  zarur.  Chunki  jamiyatning  eng  oliy  boyligi  bо‘lgan  xalq 
qudratli  salohiyatni  о‘zida  jamlagan.  Bu  salohiyatni  yuzaga  chiqarish 
jamiyatimizni  rivojlantirish  va  taraqqiy  ettirishning  juda  kuchli  omili 
bо‘lib xizmat qiladi. Respublikada iqtisodiy islohotlarning hozirgi davrida 
ishlab  chiqarish  omillaridan  oqilona  foydalanishga  e’tibor  kuchaya 
bormoqda. 
Shunday 
omillar 
qatoriga 
insonda 
mujassamlashgan 
qobiliyatlardan  foydalanish  va  u  orqali  korxona  va  tashkilotlarda 
boshqaruv tizimlarini rivojlantirish ahamiyatlidir. 
Zero, rahbar, boshqaruvni amalga oshirishda bosh bо‘g‘in hisoblanib, 
uning  tashkil  etilishi,  samaradorligi  kо‘p  jihatdan  rahbar  egallagan  bilim 
malaka,  tajriba  qolaversa,  uning  muhim  hislatlari  va  boshqaruv  uslubiga 
bevosita  bog‘liq  bо‘ladi.  Bu  fanning  maqsad  vazifalari  ham  shularni 
о‘rganishni nazarda tutadi. Bu fan boshqaruvning qonuniyatlari, qonun va 
prinsiplari, funksiya va vazifalari, shuningdek boshqaruv tizimida menejer 
о‘rni,  madaniyati  va  uslubi,  boshqaruv  samaradorligi  va  unga  ta’sir 
qiluvchi  boshqaruv  qarorlari  mazmuni,  mohiyatini  ochib  berishga 
qaratilgan. 


4
 
 
Menejmentning    asosini    obyektiv    iqtisodiy,    ijtimoiy    va    boshqa 
qonunlarga    asoslanuvchi    huquqiy    ilmiylik    tashkil    etadi.    Xо‘jalik 
yurituvchi    subektlar    rahbarlari    mazkur    qonunlarni    о‘rganish    va 
ularning    aniq    vaziyatlarda    namoyon    bо‘lishini    hisobga    olgan    holda 
iqtisodiyotni  boshqarishning  strategiya  va  taktikasini  belgilaydilar. 
Mazkur  о‘quv  qо‘llanma  ta’lim  olishning  turli  xil  yо‘nalishlaridagi 
talabalari, hamda menejerlarni mustaqil о‘rganishlari uchun mо‘ljallangan. 
О‘quv  qо‘llanmaning  mazmuni  Oliy  ta’limning  Davlat  ta’lim  standartiga 
mos  keladi.  О‘quv  qо‘llanma  о‘z  ichiga  quyidagilarni  oladi:  kirish,  16  ta 
bob,  xar  bir  bobdan  keyin  bob  bо‘yicha  qisqacha  xulosa  va  о‘z-о‘zini 
nazorat  savollari,  glossariy  ham  foydalanilgan  adabiyotlar  rо‘yxati 
mavjud.  Asosiy  matn  mantiqan  о‘z  ichiga  menejmentning  asosiy 
tushunchalari  va  ta’riflarini  oluvchi  nazorat  asoslaridan  tortib  to  menejer 
faoliyatini tashkil qilish bо‘yicha amaliy tavsiyalargacha bо‘lgan mavzular 
ketma-ketligidan iborat. 
О‘quv  qо‘llanmani  о‘zlashtirgan  talabalarda  tarixni  chuqur  anglab 
olish,  ajdodlarimizning  uzoq  menejment  jarayonlaarini  bosib  о‘tganligini, 
kelajakdagi missiyalarini belgilab olishda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. 
О‘quv qо‘llanma matnining mazmuni “Menejment nazariyasi” kursini 
egallashga imkon beradi. Nazorat savollari yordamida ushbu fan bо‘yicha 
bilimlarni  tekshirish  imkoniyati  mavjud.  Tavsiya  etilgan  adabiyotlarni 
о‘rganish fanni chuqurroq о‘rganishga imkon beradi. 
О‘quv  qо‘llanma  birinchi  nashri  bо‘lganligi  sababli  ayrim  orfografik 
va grammatik kamchilik bо‘lsa, oldindan uzr so’raymiz. 
 
Mualliflar: E.D.Yusupov 
   
Z.K.Kusharov  
 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish