O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet403/676
Sana01.01.2022
Hajmi2,87 Mb.
#292666
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   676
Bog'liq
pluginfile(7).php

Tushunchalar 
 
Tafakkur tushunchalar shaklida ifodalanadi. 
Tushuncha
 deganda biz narsa va 
hodisalarning  eng  muhim  va  eng  asosiy  xususiyatlarini  aks  ettirishni  tushunamiz. 
Tushunchalar  hukmlardan  tarkib  topadi.  Shu  sababli  tushunchaning  mazmunini 
ochib  berish  uchun  bir  qancha  hukm  yurtishga  to’g’ri  keladi.  Masalan,  odam  ongli 
mavjudotdir  degan  tushunchani  oladigan  bo’lsak,  bu  yerda  odamning  eng  muhim 
xususiyati uning ongliligi ekani qayd qilinyapti. 
 
Tushunchalar  odamning  turmush  tajribasi  va  bilimlarining  ortishi  jarayonida 
tarkib  topa  boradi.  Ana  shu  jihatdan  olganda  maktabdagi  o’qish  jarayonida  bolada 


 
197 
asosan tabiat va jamiyat hodisalari haqida tushunchalar tarkib toptirishdan iboratdir. 
Demak, katta odamlarga nisbatan bolalarda hali tushunchalar juda oz bo’ladi. 
 
Odatda  tushunchalar  mohiyati  jihatidan  konkret  va  abstrakt  tushunchalarga 
ajratiladi. Alohida olingan bir butun narsaga aloqador tushuncha konkret tushuncha 
deb ataladi. Masalan, stol, divan, qayrag’och, traktor va hokazo. Moddiy borliqdagi 
narsalardan  fikran  ajratib  olingan  ba'zi  xususiyat,  sifat,  holatlarga,  shuningdek 
narsalar  o’rtasidagi  ichki  munosabatlarga,  qonuniyatlarga  qaratilgan  tushunchalar 
abstrakt tushuncha deb ataladi. Masalan, og’lik, uzunlik, balandlik, kenglik, harakat, 
yorug’lik, qiymati haqidagi tushunchalar va hokazo. 
 
Tushunchalar  ko’lami  jihatidan  3  turga:  yakka  tushunchalar,  umumiy 
tushunchalar  va  to’planma  tushunchalarga  bo’linadi.  Yakka  tushunchalar  yakka 
narsa  va  hodisalar  haqidagi  tushunchadir.  Bunday  tushunchalarga  sohibqiron  Amir 
Temur,  Mirzo  Ulug’bek,  Sirdaryo  tushunchalarini  misol  qilib  keltirsa  bo’ladi. 
Yakka  tushunchalarning  xususiyati  shuki,  bu  tushunchalarda  hamisha  aniq  obraz 
mavjud bo’ladi. Umumiy tushunchalarda bir jinsda bo’lgan ko’p narsa va hodisalar 
gavdalantiriladi. Masalan, kitob, maktab, yulduz, talaba va boshqalar. 
 
To’planma tushunchalar bir jinsda bo’lgan narsa va hodisalar to’plami haqida 
yaxlit  fikr  yuritiladigan  tushunchadir.  Masalan,  paxtazor,  kutubxona,  yig’ilish  va 
hokazolar.  To’planma  tushunchalarning  bir  qanchasi  birdaniga  tatbiq  qilinganda 
umumiy to’planma tushunchalar bo’ladi. Masalan, Alisher Navoiy nomidagi Davlat 
Muzeyi tushunchasi, yakka to’planma tushunchaga oiddir. Guruh,  
jamoa,  xalq,  millat  va  boshqalar,  umumiy  to’planma  tushunchasiga  misol  bo’la 
oladi.  Yetti  og’ayni  yulduzlar  to’plami,  Hamza  teatri  jamoasi,  Paxtakor  futbol 
jamoasi kabilar yakka to’planma tushunchalar jumlasiga kiradi.  
 
Fikr yuritishda tushuncha bilan so’z o’zaro bog’liq ravishda namoyon bo’ladi. 
Bir tomondan so’z yordamisiz tushuncha vujudga kelmaydi, ikkinchi tomondan so’z 
tushunchaning  moddiy asosi  va funksiyasini bajaradi. Tushunchalar bir  yoki undan 
ortiq so’zlardan tashkil topishi mumkin. Masalan, xalq degan tushuncha bir so’zdan, 
o’zbek  xalqi  ikki  so’zdan  qahramon  o’zbek  xalqi  uch  so’zdan,  ozodlik  uchun 
kurashayotgan xalqlar, degan tushuncha to’rt so’zdan tashkil topgan. 
 
Tushunchalar  fikr  yuritishning  asosiy  jarayonlari,  ya'ni  klassifikasiyalash, 
umumlashtirish  va  abstraksiyalash  yordami  bilan  vujudga  keladi.  So’zlar,  belgilar, 
simvollar,  atamalar  tafakkur  jarayonida  tushunchalarning  mazmunini  aks  ettiradi. 

Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   676




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish