O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi f. Xo`jaev nomli Buxoro Davlat universiteti



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana25.06.2021
Hajmi0,69 Mb.
#101180
1   2   3
Bog'liq
kimyo tarixi

Ќ
адимий етти металлар
 
 Металлар 
    Планета 
    Символ 
Хафта куни 
Олтин 
Ќуёш 
             
Якшанба 
Кумуш 
Ой 
              
Душанба 
Темир 
Марс 
            ♂ 
Сешанба 
Симоб 
Меркурий 
              ♀ 
Чоршанба 
Ќалай 
Юпитер 
              ч 
Пайшанба 
Мис 
Венера 
              ♀ 
Жума 
Ќўрѓошин 
Сатурн 
              Ђ 
Шанба 
 


 

 
Temir  metali  asosida  buyumlar  yasash  mis  va  bronza  davridan  keyin 
boshlanadi,  chunki temir misdan farq qilib, sovuq  xolda bolg`alanmaydi. Dastlab  
temir  rudalardan  yoki  meteoritlar  tarkibidan    7000S  atrofida    ishlov  berib  ajratib 
olingan.  Bunday  metall  qotishmasi  700-8000S  atrofida  bolg`alanib,  xar  xil 
ashyolar  yasalgan.  Solishtirib  qarasak,  mis  metallining  suyuqlanish  xarorati  - 
10830S,  temirniki  -  15300S.  Mis  metalidan  foydalanishni  bilgan  jamoa  uchun 
temir  buyumlariga  ishlov  berish  imkoniyati  yo`q,  chunki  insoniyat  xali    bu 
xaroratga  chidaydigan  texnologik  uskunalarga  ega  emasdi.  Faqatgina  eramizdan 
500-600  yil  ilgari  Misrda  temir  buyumlar  ko`proq  ishlatilishi    aniqlangan.  Temir 
rudalarini  suyuqlantirish  va  undan  xar  xil  buyumlar  yasash  eramizdan  taxminan 
1500  ilgani  Kichik  Osiyoda  shakllangan.  Dastlab  temirdan  yasalgan  qurol-aslaxa 
soxibi  Doro  qo`shinlari  Bolqon  yarim  oroligacha  bostirib  borishgan  va    mikenlik 
yunonlar  yurtini  zabt  qilishgan.  Yaxshi  sifatli  temir  anjomlari  bilan  qurollangan 
assiriyaliklar eramizdan 900 yil ilgari o`zlariga qo`shni yurtlarni bosib olishgan va 
buyuk  davlat  tuzishga  muvaffaq  bo`lganlar.  Simob  va  uning  birikmalari  Misr, 
Mesopotamiya,    Xitoy  kabi  davlatlarda  2500-3000  yil  oldin  ishlatilgan  va  xar  xil 
arxeologik  qazishmalardan  uning  qoldiqlari  topilgan.    Kinovar  -  cimob  sul'fidini 
(HgS)  mis va sirka  kislota ta`sirida qizdirish usuli bilan sof simob ajratib olingan. 
 
Metallardan  tashqari  insoniyat  4000  yil  ilgari  xam  xar  xil  malxam,  dorilar, 
bo`yoqlar tayyorlаб bilishgan, moddalarni qayta ishlov berish, achitish, oksidlash, 
termik ishlash kabi turli-tuman jarayonlarni amalga oshirish imkoniyatlarini puxta 
bilishgan.    A.  Lukasning  aytishicha,  "Kosmetika  xam  insoniyatdek  qaridir". 
Kishilik jamiyati dastlabki sir berishda mis, kobal't, temir, qo`rg`oshin oksidlaridan  
foydalanishgan.  SHisha  ishlab  chiqarish,  qog`oz,  chinni  ishlab  chiqarish  Xitoyda 
eramizdan ilgari III-IY asrlarda xam ma`lum edi. 
 
Qadimiy  yunonliklar  falsafasi  shakllanishi  va  rivojlanishining    bosh 
omillaridan  biri  shuki,  ular  metallardan  tashqari  boshqa  kimyoviy  birikma, 
bo`yoqlardan  foydalanishgan,  mumiyolash  ishlarни  puxta  o`zlashtirganlar. 
"Khemeia  -  qadimgi  Misr  (Kham)  nomlaridan  biri".-  deb  xisoblashadi  ayrim 
nazariyotchilarimiz  va  uning  ma`nosi  "misrcha  san`at"so`zini  anglatadi.  Ammo 
xozirgi  zamonda   ximiya  so`zining  kelib chiqishini boshqacha  talqin  qiladilar: bu 
so`z  yunoncha  o`simlik  shirasi  va  Khemeia  so`zi  bu  sharbat  ajratib  olish  san`ati 
ma`nosini anglatadi, ayrim xolda metallarni suyuqlantirish san`ati tushunchasi xam 
shu  so`z  bilan  bog`lanadi.  Xar  nima  bo`lganda  xam  bu  so`zning  ma`nosi  xozirgi 
"ximiya"- bizning kimyo so`zimizni tushuntiradi. 
 
 
Tayanch iboralar 
 
Tabiiy,  texnikaviy,  ijtimoiy  fanlar.    Kimyo  tarixi  fani.  Эmpirizm.  
Ratsionalizm.    Sinflash  vа  tizimlashtirish.    Bi-ni-pet  -  samoviy  jism.    Aurum-
aurora  -  tonggi  shafaq,  quyosh  qizi.      Argec  -  yaltiroq.  Misr,  Xitoy,  Assiriya, 
Xindiston  bronzasi.  Bronzaning  tarkibi.  Kinovar.  Qadimiy    etti    metall    va  
belgilari.   
 


 

 
Nazorat savollari 
 
1. Fan tushunchasi qanday ta`riflanadi ? 
 
2. Qadimgi dunyoda yashagan odamlar kimyoviy moddalarni bilishganmi ? 
3. Sinflash va tizimlashtirish orasidagi farqni tushuntiring. 
 
4.Tabiatshunoslik  fanlari,  ayniqsa,  kimyoviy  bilimlar  qaysi  mamlakatlarda 
shakllandi ? 
 
5.  Dastlabki  metall  qotishmalaridan  insoniyat  nima  maqsadlarda  foydalana 
boshlagan ? 
 
6. Simob olishning qadimiy usullarini bilasizmi ? 
 
7. Etti samoviy metallar xaqida bilganlaringizni aytib bering. 
 
8.  Insoniyat  nega  barcha  muammolarini  osmon  va  samoviy  jismlar  bilan 
bog`lashga urinadi ? 
 
 
Adabiyotlar 
 
1. Figurovskiy  N.A. Ocherk obshey istorii ximii.-  M.: Nauka.- 1969.-  455 
s. 
 
2. Bikov G.V.  Istoriya organicheskoy ximii.- M.: Nauka.-1978.-379s. 
 
3. Solov'ev Yu.I. Istoriya  ximii.-  M.:  Prosveshenie.- 1976.- 367 s. 
 
4.  O`zbekiston  Respublikasi.  Эntsiklopediya.-  Toshkent  .-  Qomuslar  bosh 
taxririyati .- 1997 yil .-   656  b. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish