Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi faegona politexnika isntituti energetika fakulteti e va a kafedrasi “elektronika va elektrotexnika” fanidan
OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI FAEGONA POLITEXNIKA ISNTITUTI ENERGETIKA FAKULTETI E VA A KAFEDRASI “ELEKTRONIKA VA ELEKTROTEXNIKA” FANIDAN
Vari (vary – o’zgarish), kap (capacitance – sig’im ma’nosini anglatadi). Varikap – o’zgaruvchan sig’imli dioddir. p-n o’tish (yoki metal-yarimo’tkazgich kontakti) elektr sig’imi qo’yiladigan tashqi kuchlanishga bog’liq ekanligi ma’lum. Varikap diodlar ana shu xossaga asoslanib va muayyan maqsadlarga mo’ljallanib tayyorlanadi. Uning bir turi tuzilishi 1-rasmda ko’rsatilgan. Uning asosiy parametrlari: varikap sig’imi Sv, sig’im bo’yicha ustma-ust tushish koefitsenti Ks varikap asilligi Qv.
p-n o’tish kuchlanish o’zgarganda sig’im o’zgarishi va bu sig’imning qayta zaryadlanishi p-n o’tish yaqinidagi sohalarda asosiy tashuvchilarning ko’chishi bilan bog’liq. Bu jarayonning vaqtiy davomiysi .
Diodlarning ishonchliligi
Diodlarning ishonchliligi radioelektron tuzilmalarning boshqa qismlari ishonchliligidan ancha yuqori bo’ladi.
Ishonchlilikning miqdoriy bahosini asboblarning muayyan muddatda ishlash qobiliyatining buzilishi, ya’ni ishdan chiqishlar soni bilan aniqlanadi.
Ishdan chiqishlarning ikki ko’rinishi bor:
Halokatli, ya’ni to’satdan bir yoki bir necha asbobning keskin ishdan chiqib qolishi;
Shartli, yoki asta-sekin asbobning asosiy parametrlarining o’zgarishi oqibatida ishdan chiqib qolishi.
Varikaplarning asosiy parametrlari:
Nominal sig`im - varikapning chiqishlari o`rtasida berilgan teskari kuchlanish ostida o`lchangan sig`im;
Varikapning aslligi - varikapning berilgan takrorlikdagi reaktiv qarshiligining berilgan sig`im yoki teskari kuchlanishdagi yo`qotishlar qarshiligiga nisbati;
Sig`im bo`yicha qaytayopish koeffisienti - teskari kuchlanishning berilgan ikkita qiymatidagi varikap maksimal sig`imi ning minimal sig`im ga nisbati;
Sig`imning harorat koeffisienti - varikap sig`imining atrof-muhit haroratining bir gradus o`zgarishiga to`g`ri keladigan nisbiy o`zgarishi: .
VARIKAPLAR
Foydalanilgan adabiyotlar
1.KARIMOV А.С. va boshqalar “Elektrotexnika va Elektronika asoslari” Oliy o`quv yurti talabalari uchun – Тoshkent “O`qituvchi 1995 y”.