O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`ona politexnika instituti “ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti «Makroiqtisodiyot»


Moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida jahon mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi



Download 268 Kb.
bet3/5
Sana18.07.2022
Hajmi268 Kb.
#819125
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kimsanov kurs ishi

Moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida jahon mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi


2008 yilning oktyabridan shiddat bilan kengayib, chuqurlashib borgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz dunyo xo’jaligi, jumladan, uning mintaqalari hamda mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy va ayni paytda turli darajada ta’sir ko’rsatdi.


Aslida rivojlanishdagi faollikning pasayishi ancha oldin, 2006-2007 yillardan asta-sekinlik bilan kuzatila boshlangan. Jumladan, AQSH YaIMning
o’sish sur’ati 2005 yildagi 2,9 foizdan, 2006 yilda 2,8 foizga, 2007 yilda 2,0 foizga, 2008 yilda 1,6 foizga pasayib borgan. O’sish sur’atining pasayishi Yevropa Ittifoqi va Yaponiyada 2007 yildan boshlanib, 2006 yilga nisbatan mos ravishda YeIda 3,3 dan 3,1 foizga, Yaponiyada 2,4 dan 2,1 foizga pasaygan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda esa iqtisodiy o’sish sur’atining pasayishi faqat 2008 yilga kelib kuzatildi.


1-jadval. 1990-2008 yillarda dunyo asosiy mintaqalari va yirik mamlakatlarida YaIM o’sish sur’atlari, foizda





Mintaqalar va mamlakatlar

1990-
2002

2002-
2008

2005

2006

2007

2008

2009

Dunyo

42,3

33,9

4,5

5,1

5,0

3,7

2,2

Rivojlangan
mamlakatlar

37,2

17,6

2,6

3,0

2,6

1,4

-0,3

Evropa Ittifoqi

29,5

17,0

2,2

3,3

3,1

1,2

-0,5

AQSH

41,7

18,3

2,9

2,8

2,0

1,4

-0,7

Yaponiya

19,3

12,1

1,9

2,4

2,1

0,6

-0,2

Rivojlanayotgan
mamlakatlar

51,3

59,7

7,1

7,9

8,0

6,6

5,1

Braziliya

24,7

30,3

3,2

3,8

5,4

5,2

3,0

Rossiya

-33,0

59,2

6,4

7,4

8,1

6,8

3,5

Hindiston

89,4

70,5

9,1

9,8

9,3

7,8

6,3

Xitoy

203,0

99,9

10,4

11,6

11,9

9,7

8,5

Dunyo sanoat eksporti

106,7

53,9

7,6

9,4

7,2

4,6

2,1

Yirik xo’jalik tizimiga ega Xitoyda YaIMning yillik o’sish sur’ati 2007 yildagi 11,9 foizdan 2008 yilda 9,7 foizga, Hindistonda mos ravishda 9,3 foizdan


7,8 foizga, Rossiyada 8,1 foizdan 6,8 foizga, Braziliyada esa 5,4 foizdan 5,2 foizga pasayishi kuzatildi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi savdo balansidagi musbat salьdo, energiya va boshqa xom ashyo resurslari narxining davomli ko’tarilishi, investitsiyalar oqimining rivojlangan mamlakatlardan rivojlanayotgan mamlakatlar sari yo’nalishi, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning izchil ta’minlanishi, ayni paytda, AQSH tashqi siyosatining bir yoqlamaligi, xalqaro siyosiy maydonda o’ziga bildirilgan ishonchni suiste’mol qilishi, Yevropa Ittifoqida keyingi 10 yillik
davrda yangi, o’tish davri iqtisodiyoti sharoitidagi davlatlar bilan integratsiyalashuvi natijasida beqarorlikka moyillikning kuzatilishi hamda AQSH iqtisodiyoti bilan chuqur integratsiyasi yuqoridagi o’ziga xos farqli holatni yuzaga keltirdi.
Moliyaviy-iqtisodiy inqirozning gorizontal va vertikal ko’lamlarda shiddatli rivojlanishi jahon bozorida talabning keskin pasayib ketishi, pirovardda talabni rag’batlantirish bilan bog’liq “bozor reaktsiyasi” tufayli narxlarning tushishi oldiniga ishlab chiqarish hajmining sekinlashuviga, keyinroq esa, izchil pasayishiga olib keldi. Buni O’zbekiston Prezidenti I.Karimov o’zining “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” nomli tarixiy asarida yaqqol ko’rsatib, “Bu inqiroz Amerika Qo’shma SHtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro’y bergan tanglik holatidan boshlandi. So’ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to’lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va aktsiyalarning bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o’z navbatida, ko’plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o’sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog’liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi”1.
Prezident I.Karimov o’zining mazkur asarida yetakchi tahlil va ekspertlik markazlarining global moliyaviy inqiroz hamda uning yuzaga kelishi mumkin bo’lgan oqibatlari yuzasidan xulosalarini tahlil qilar ekan, jahon xo’jaligida yetakchi mavqega ega mamlakatlarning inqirozni yuzaga keltiruvchi sabablar tahlili bo’yicha yagona yondoshuvga ega emasligini, bu o’z navbatida, “... global moliyaviy inqirozning jiddiy va uzoq davom etadigan oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan umumiy va samarali dastur ishlab chiqish haqida gapirishga hali erta ekani”ni ko’rsatib o’tadi2.
Ayni paytda O’zbekiston rahbari 2008 yilning noyabrь oyida AQSHning Vashington shahrida o’tkazilgan “G-20” sammitini, garchi yuqori ijobiy natijalarni bermagan bo’lsada, yuqori baholab, “... unda jahon moliya inqirozi bilan bog’liq muammolar va vujudga kelgan vaziyat muhokama qilinganining o’zi umid uyg’otadigan ijobiy hol ekani”ni ta’kidlaydi1.
“G-20” – dunyo ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida muhim rolь o’ynovchi, jahon yalpi mahsulotining 85 foizini yetkazib beruvchi 20 ta yirik mamlakatlar – Avstraliya, Argentina, AQSH, Buyuk Britaniya, Braziliya, Germaniya, JAR, Janubiy Koreya, Indoneziya, Italiya, Ispaniya, Kanada, Meksika, Polьsha, Rossiya, Turkiya, Xitoy, Frantsiya, Hindiston, Yaponiyani o’z ichiga oluvchi norasmiy xalqaro tuzilmadir.
“G-20”ning 2008 yildagi Vashington sammitiga nisbatan 2009 yil aprelь oyida London shahrida o’tkazilgan ikkinchi sammit amaliy ahamiyati jihatidan bir muncha jonliroq bo’ldi. Buni quyidagi jihatlar bilan izohlash mumkin. Birinchidan, Vashington sammiti bo’lib o’tgan 2008 yilning noyabrь oyi, jahon moliyaviy inqirozining eng “og’ir” davriga to’g’ri kelgan bo’lsa, London sammiti ko’plab mamlakatlar o’zlarining inqirozga qarshi choralar dasturini u yoki bu darajada amalga kiritayotgan hamda muayyan natijalarga erishila boshlangan davrga to’g’ri keldi. Natijada 2009 yilning birinchi choragida bir qator mamlakatlarda iqtisodiy o’sish sur’ati bashorat qilinganidan ko’ra ijobiy tomonga o’zgarish bo’lganligi, shuningdek, ayrim transmilliy korporatsiyalar va yirik kompaniyalar foyda darajasining o’sishi yetakchi fond birjalari indekslarining ko’tarilishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Masalan, yanvarь-fevralь oylarida “Google” kompaniyasi (AQSH) foydasining 9,0 foizga o’sishi, fond bozorlarida aktsiyalar kotirovkalarining 10 kundan oshiq vaqt davomida “yashil” zonada bo’lishiga turki berdi.
Ikkinchidan, Keynschilik ta’limotiga ko’ra, qisqa muddatli rivojlanish davrida davlat xaridi inqirozni tartibga solish va jilovlashning o’ziga xos “dastagi”
hisoblanadi. Bu holatni 2008 yilning dekabrida hamda 2009 yilning may oyida AQSH hukumati tomonidan strategik neftь zahiralarini to’ldirish maqsadida neftga bo’lgan davlat xaridi jahon neftь bozorida narxning sezilarli darajada ko’tarilishiga olib keldi. Ayni paytda, ugelvodorodlarning yirik iste’molchilari hisoblangan qator Yevropa mamlakatlarining yozgi mavsumda neftь va tabiiy gaz zahiralarini to’ldirish uchun kutilayotgan sa’y-harakatlari neftь bahosining barqarorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi shubhasiz.
Uchinchidan, 2008 yilning noyabrь-dekabridan boshlab inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida ko’plab mamlakatlarda moliya bozorlari, yetakchi banklar va milliy korporatsiyalarga davlat tomonidan katta miqdorda investitsiya va moliyaviy ko’mak kiritila boshlandi. Qolaversa, ayrim rivojlangan va yirik mamlakatlar xalqaro bozorga kapital kiritishni bir muncha kengaytirdi. Bu borada ayniqsa, Xitoy, Yaponiya, Rossiya, YeIning faoliyati diqqatga sazovor bo’lib, birgina Xitoy tomonidan Venesuelaga 12,0 mlrd. AQSH dollari, Argentina, Braziliya va Qozog’istonga 10,0 mlrd. dollar, Ekvadorga kamida 1,0 mlrd. dollar miqdorida kredit ajratilgan1. Rossiya esa o’zining moliyaviy ko’mak dasturini asosan MDH mamlakatlaridan – Belarusь, Ukraina, Armaniston, Moldovaga hamda bir qator SHarqiy Yevropa mamlakatlariga yo’naltirgan.
SHu bilan birga, mamlakatlarning inqirozga qarshi dasturlar doirasida milliy manfaatlarni ko’zlab amalga oshirayotgan bir yoqlama siyosatlari ayrim mintaqa va mamlakatlar o’rtasida muayyan ziddiyatlarni, qarama-qarshiliklarni keltirib chiqarmoqda. Jumladan, 2008 yil oxirida Rossiyaning milliy avtomobilь sanoatini qo’llash maqsadida amalga oshirgan protektsionistik siyosati (davlat bojining sezilarli darajada ko’tarilishi) Yaponiya hukumatining keskin noroziligini keltirib chiqargan bo’lsa, Frantsiyaning o’z milliy avtosanoatini bir yoqlama qo’llab- quvvatlashga qaratilgan hatti-harakati oldiniga CHexiya tomonidan tanqid qilinib, keyinchalik Yevropa Ittifoqining fevralь oyidagi sammitida unga a’zo bo’lgan
G’arbiy va SHarqiy Yevropa mamlakatlari o’rtasidagi kelishmovchilikka, tortishuvga sabab bo’ldi.
Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida jahon xo’jaligi va mamlakatlar rivojlanishidagi bu kabi jarayonlar O’zbekiston Prezidentining o’z kitobida bildirgan quyidagi fikrining nechog’lik asosli ekanligini ko’rsatib beradi: “... jahon moliyaviy inqirozidan imkon qadar tez chiqish, uning oqibatlarini yengillashtirish ko’p jihatdan har qaysi davlat doirasida va umuman, dunyo hamjamiyati miqyosida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning qanchalik samaradorligiga, ularning bir-biri bilan uyg’unligiga bog’liq”1.



Download 268 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish