O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi «Ijtimoiy fanlar» kafedrasi



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana18.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#383852
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ozbekistonni jaxon xamjamiyati davlatlari orasida tutgan orni

.      Bozor haqida umumiy ma’lumot. 

       ,,Bozor”  haqida  so’z  yuritganda,  avvalo,  uning  lug’aviy  ma’nosiga 

e’tibor berish kerak bo’ladi.  

         Bozor  –  bu  aloxida  savdo-sotiq  qiladigan  maxsus  joy.  Dexqon 

bozori.  Mol  bozori.  Demak,  lo’nda  qilib  aytganda,  bozor  –  bu  oluvchi 

bilan  sotuvchi  uchrashadigan  joydir.  Bozor  so’zidan  quyidagi 

tushunchalar shakllanadi: 

         Bozorbop  –  bu  bozor  suyadigan,  xaridor  yoqtiradigan,  bozorgir 

mol. 

         Bozorchi – bu bozorga savdo – sotiq extiyoji bilan kelgan kishi. 



         Bozori – bu bozorda sotish uchun mo’ljallab tayyorlangan bozorgir 

mol. 


         Bozor-o’char – bu bozor, savdo-sotiq va ular bilan bog’liq bo’lgan 

ikir-chikirlar. 

         Bozorchilik – bu bozorga xos muammolar qoidalari, rasm-rusm va 

shu kabilar. 

Jumladan: 

         Birinchidan,  bozorda  manfaatsiz  shaxslar  bo’lmaydi.  Sotuvchi 

qimmatroq sotish payida bo’lsa, oluvchi arzonroq xarid qilish xarakatida 

bo’ladi. 

         Ikkinchidan, bozorda imtiyozli xaridor bo’lmaydi, xamma u yerda 

teng xuquqli. 

         Uchinchidan,  bozorda  narx-navoni  zo’rlab  belgilash  va  nazorat 

qilish mutlaqo mumkin emas. Bu bozorning o’z qonunidir. 

         To’rtinchidan,  bozor  –  bu  raqobat  maydoni.  Raqobat  faqat 

sotuvchilar  o’rtasida  emas,  shuningdek  xaridorlar  o’rtasida  ham  yuz 

beradi.  Kurash  yo’lini  tanlash  jihatidan  raqobat  xalol  va  g’irrom 

raqobatga bo’linadi. Xalol  raqobat  bozordagi kurashda qabul qilingan, 

xammaga ma’qul usullar bilan, bozor me’yorlariga asoslanadi. 

        G’irrom  raqobatda  taqiqlangan  va  qoralangan  usullar,  ya’ni 

raqobatda  qalloblik,  ko’zbo’yamachilik,  so’zida  turmaslik,  aldash, 

iqtisodiy  josuslik,  qo’paruvchilik  va  xatto  jismoniy  zo’ravonlik  kabi 

jinoyatkorona usullar qo’llaniladi. 

        Bozor faqat xalol raqobatni tan oladi. 




        Beshinchidan,  bozordagi  eng  ustun  narsa  –  bu  sifat  bilan  narx-

navodir. 

Agar xaridorlar biron-bir  mahsulotni sotib olmasalar  yoki kamroq sotib 

olsalar,  demak,  ushbu  mahsulotning  baxosi  sifatiga  nisbatan  balandroq 

qo’yilgan.  Bunday  xolda  sotuvchining  bozori  kasodga  uchraydi  va 

aksincha. 

       Oltinchidan,  bozorda  birov-birovdan  hafa  bo’lishi,  gina-qudurat 

ko’tarib  yurishi  yaramaydi,  chunki  bozor  xarorati  taklif  va  talabga 

bog’liq.  Taklifning  talabdan  orqada  qolishi  natijasida  baxo  ko’tariladi, 

bu esa o’z navbatida xaridor va sotuvchi o’rtasidagi noroziliklarga olib 

keladi. 

       Shunday qilib, bozor – bu tovar va xizmatlar ayirboshlanadigan joy. 

U  bo’lmasa,  tovar  va  xizmatlarning  oldi-sotdisi  yuz  bermaydi,  takror 

ishlab  chiqarish  sodir  bo’lmaydi.  Bozor  tovar  va  xizmatlarni  taklif 

etuvchilar  taqdirini  belgilovchi  toshu  tarozi,  oliy  hakam  bo’lib 

xisoblanadi. 

       Tovar  o’tsa,  unga  ketgan  sarf  ijtimoiy  tan  olinadi,  o’tmasa,  ya’ni 

tovar kasodga uchrasa, unga ketgan sarf tan olinmaydi. 

       Bozor  ijtimoiy    extiyojlarni  aniqlash  vositasi  bo’lib,  u  bamisoli 

o’lchash  asbobi  –  termometr  kabi  ishlab  chiqarish  xaroratini,  uning 

naqadar iste’molga mosligini o’lchaydi. 

       Bozorning  vujudga  kelishi  uzoq  tarixga  ega.  U  tovar  xo’jaligi 

vujudga  kelishi  bilan  paydo  bo’la  boshlagan.  Tovar  xo’jaligigacha 

natural  xo’jalik  xukmron  bo’lgan.  Uning  eng  sof  ko’rinishi  ibtidoiy 

jamoa  tuzumi  davrida  bo’lgan,  chunki  o’sha  davrda  odamlar  mehnat 

taqsimoti,  ayirboshlash  va  xususiy  mulk  nimaligini  bilmas  edilar. 

Natural xo’jalik bozor iqtisodiyotiga qadar  ijtimoiy ishlab chiqarishning 

asosiy shakli bo’lib kelgan. U asosan iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lgan 

Sharq davlatlarida hukmronlik qilgan. 

        Natural xo’jalikka xos belgi – bu iqtisodiy avtarkizm, ya’ni asosan 

o’zini-o’zi  ta’minlab,  tashqi    muhit  bilan  kamdan-kam  aloqaga 

kirishishdir.  Shu  sababli  u  iqtisodiy  ravnaqni  ta’minlashga  qodir  emas 

edi.  Ijtimoiy  mehnat  taqsimotining  vujudga  kelishi  natural  xo’jalikning 

o’rniga  tovar  ishlab  chiqarishning  va  mahsulotning    natural  shaklining 

tovar shakli o’rin almashishga olib keldi. 



        Urug’chilik  jamoalari  o’rtasida  bevosita  tovar  ayirboshlash 

bozorning  dastlabki  shakli  bo’lgan.  Bunda  kishilar  ortiqcha 

mahsulotlarni  bir-birlari  o’rtasida  almashtiradilar.  Tovar  xo’jaligi 

bozorda  sotish  uchun  mahsulot  ishlab  chiqarishni  bildiradi.  Tovar 

xo’jaligi  bozorda  sotish  uchun  mahsulot  ishlab  chiqarishni  bildiradi. 

Tovar  xo’jaligi  natural  xo’jalikdan  farqli  o’laroq,  mahsulot  ishlab 

chiqaruvchilar  bilan  iste’mol  qiluvchilarning  bozor  orqali,  ya’ni 

tovarlarni olish-sotish orqali aloqa qilishini taqozo etadi.  

       Shunday qilib, bozorning paydo bo’lishi tasodif emas, balki qonuniy 

zaruratdir.  Uni  kishilar  bekorchilikdan  o’ylab  chiqmaganlar.  U 

kishilarning  xoxish-irodasidan  tashqarida,  tovar  ishlab  chiqarishning 

paydo  bo’lishi  bilan  ob’yektiv  tashqarida,  tovar  ishlab  chiqarishning 

paydo  bo’lishi  bilan  ob’yektiv  tarzda  paydo  bo’ladi.  Uni  iqtisodiy 

zarurat  yuzaga  keltirgan,  chunki  mahsulotlarni  faqat  bozor  orqali 

ayirboshlash mumkin. 

       Bozorga  tovar  egasi  uni  sotish  uchun,  xaridor  esa  uni  olish  uchun 

chiqadi.  Sotuvchilar  –  bu  tovar  ishlab  chiqaruvchi  firmalar,  fermer 

xo’jaliklari,  yakka  tarzda  ishlab  chiqaruvchi    kishilardir.  Xaridor  esa 

jamiki  iste’molchilar,  ya’ni  xonadonlar,  resurslarni  olib  ishlatuvchi 

firmalar, davlat idoralari va yakka tartibda ishlab chiqaruvchilar bo’ladi. 

Agar  aholi  bozordan  iste’mol  buyumlari  va  xizmatlarni  sotib  olsa, 

firmalar  va  yakka  tartibda  ishlovchilar  asbob-uxkuna,  mashinalar, 

yoqilg’i,  elektr  energiya,  xomashyo  va  ishchi  kuchini  sotib  oladilar. 

Bozorda  tovarlarni  pul  vozsitasida  ayirboshlash,  ya’ni  oldi-sotdi 

munosabatlari paydo bo’ladi.            

      Bozor quyidagi vazifalarni bajaradi: 

      


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish