O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi «Ijtimoiy fanlar» kafedrasi


Bozorning turli asnolarda tuzilishi



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana18.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#383852
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ozbekistonni jaxon xamjamiyati davlatlari orasida tutgan orni

Bozorning turli asnolarda tuzilishi. 

         Hozirgi  davrdagi  bozor  murakkab  tuzilishga  egadir.  Bozorning 

ichki  tuzilishi  murakkab  bo’lganligi  sababli  uni  turkumlashga  har  xil 

me’zonlar  asos  qilib  olinadi.  Bular  bozorning  yetuklik  darajasi, 

sotiladigan  va  sotib  olinadigan  mahsulot  turi,  bozor  subyektlari 

xususiyatlari,  bozor  miqyosi,  iqtisodiy  aloqalar  tavsifi  va  boshqalar. 

Bozorning  yetuklik  darajasiga  qarab  rivojlanmagan  bozor,  klassik 

(erkin)  bozor,  hozirgi  zamon  rivojlangan  bozorlariga  bo’linadi. 

Rivojlanmagan,  shakllanmagan  bozor  ko’proq,  tasodifiy  tavsifga  ega 

bo’lib,  unda  tovarni  tovarga  ayirboshlash  usuli  (barter)  ko’proq 

qo’llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali haqiqiy pul kelib chiqmagan 

davrga  to’g’ri  keladi.  Lekin  hozirgi  davrda  ham  ayrim  mamlakatlarda 

pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo’qotgan, bozor iqtisodiyotiga 

o’tayotgan davrlarda ham bu bozor amal qilishi mumkin. 

   

 

resurslar 



 

 

xarajatlar 



 

 

 



 

 

 



 

Iste’molchilik sarflari 

 

 

Tovarlar va xizmatlar 



 

 

 



Firma koraxona 

Resurslar bozori 

Iste’mol tovarlar bozori 

Uy xo’jaliklari 

Davlat 



                                                            

(Iqtisodiyot nazariyasidan chizma) 

     


   Erkin(klassik) bozor-tovar va xizmatlarning har biri turi bo’yicha juda 

ko’p  ishlab  chiqaruvchilar  va  iste’molchilar,  ya’ni  sotuvchilar  va  sotib 

oluvchilardan  iborat  bo’lib,  pul  orqali  ayirboshlash  jarayonida  ular 

o’rtasida  erkin  raqobat  kelib  chiqadi,  narxlar  talab  va  taklif  o’rtasidagi 

nisbatga  qarab  erkin  shakllanadi,  raqobatning  turli  usullari  qo’llaniladi, 

aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanadi.   

      Hozirgi  zamon  rivojlangan  bozori  –  bunda  davlat  ham  bozor 

ishtirokchisi  bo’lib,  bozor  ancha  tartiblashtiriladi  va  boshqariladi,  turli 

xil  birjalar  va  boshqa  oldi-sotdi  jarayoniga  xizmat  qiluvchi  sohalar 

rivojlangan  bo’ladi,  raqobat  kurashlari  aholining  tabaqalashuvi 

yumshatilib, ularning daromadlari darajasi o’rtasidagi farqlar kamayadi. 

       Iste’mol  tovarlari  bozori  va  resurslar  bozori  hamda  bozor 

subyektlari o’rtasida resurslar, mahsulot va daromadlar harakati. 

       Bozor  hududiy  jihatdan  ham  turlicha  bo’lishi  mumkin.  Bular 

mahalliy  bozorlar  (Toshkent  bozori,  Samarqand  bozori,  Urgut  bozori, 

London  bozori,  Nyu-York  bozori,  Pekin  bozori  va  boshqalar);  milliy 

bozorlar  (O’zbekiston  bozori,  Rossiya  bozori,  Ukraina  bozori,  Angliya 

bozori,  Amerika  bozori,  Xitoy  bozori  va  boshqalar);  hududiy  bozorlar 

(Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, G’arbiy Yevropa bozori) va nihoyat 

jahon bozori.  

         Bozorning  barcha  subyektlari  o’rtasidagi  iqtisodiy  aloqalar 

iste’mol  tovarlari  va  resurslar  bozori  orqali  ancha  to’liq  va  yorqin 

nomoyon  bo’ladi.  Shu  sababli  bozorning  ikki  turi  va  uning  subyektlari 

o’rtasida  amalga  oshiriladigan  oldi-sotdi  bitimlarining  ko’rgazmali 

tavsifini keltiramiz. 

      Rasmda  ko’rib  turganingizdek  bozorning  turli  asnolarda  bog’liqligi 

keltirilgan.  

      Bozor iqtisodiyoti va uning umumiy tasnifi.  

      Kishilik  jamiyati  taraqqiyoti  bozor  iqtisodiyotini  umuminsoniy 

iqtisodiyot ekanligini ko’rsatdi.  




      Bozor 

iqtisodiyoti  ko’p  asrlardan  buyon  mavjud  bo’lib, 

taraqqiyotning  xozirgi  bosqichidagina  umuminsoniy  qadtiyat  darajasiga 

ko’tarildi. 

     Bozor  iqtisodiyoti  o’z  rivojlanishida  quyidagi  bosqichlarni  bosib 

o’tdi. 


Dastlabki, 

<>, 

erkin, 


tartibga 

solinuvchi, 

deformatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti. 

1.

 



Dastlabki,  <>  bozor  iqtisodiyoti.  Bu  bosqichda  bozor 

iqtisodiyoti  endigina  shakllana  boshlaydi.  Bozor  munosabatlari, 

aloqalari  tasodifiy  yuz  berib,  bir  tovarni  ikkinchi  tovarga  ayirboshlash 

tarzida  yuz  beradi.  Lekin  shu  paytdanoq  bozor  katta  ro’l  o’ynay 

boshlagan. Jamiyat a’zolarining tabaqalanishiga, u yoki bu tovarni ishlab 

chiqarishni rivojlantirishga axamiyat berish boshlangan.  

2.

 

Erkin,  stixiyali  rivojlanuvchi  bozor  iqtisodiyoti.  U  tarmoq,  bir-



biridan  ajralgan,  ishlab  chiqaruvchilar  va  iste’molchilar  maqsadi  va 

xarakati  bir-biri  bilan  oldindan  mutlaqo  kelishilmagan  faoliyatdan 

iborat.  Albatta,  erkin-stixiyali  bozor  iqtisodiyotining  xam  dastlabki 

bosqichi  bilan  keyingi  klassik  bosqichi  o’rtasida  farq  bor.  Lekin, 

umuman  olganda,  klassik  bozor  iqtisodiyoti  qator  xususiyatlari  bilan 

ajralib turadi: 

1.

 

Bozor  munosabatlari  qatnashchilarining  miqdori  cheklanmagan, 



ular o’rtasida erkin raqobat kurashi mavjud.  

2.

 



Jamiyatning  barcha  a’zolari  xoxlagan  xo’jalik  faoliyati  bilan 

shug’ullanishlari mumkin.  

3.

 

Ishlab  chiqarish 



omillarining  yuqori  darajada  safarbarlik 

imkoniyati mavjudligi : kapitalning ko’chib yurishiga to’sqinliklar yo’q. 

4.

 

Bozordagi 



o’zgarishlar 

to’g’risidagi 

axborotlarni 

olish 


imkoniyatining kattaligi. 

5.

 



Bir  turdagi  tovarlarning  absalyut  darajada  o’xshashligi  (savdo 

markasi yo’q). 

6.

 

Monopoliyalar  yo’q,  bozorga,  uning  faoliyatiga  davlat 



aralashmaydi. 

7.

 



Noma’lum  bozor  uchun  ko’r-ko’rona  ravishda  tovar  ishlab 

chiqarish, ularning sotilish-sotilmasligi noma’lumligi. 

8.

 

U o’z navbatida iqtisodiyotni qiyinchiliklarga, iqtisodiy tanglik va 



buxronlar, iqtisodiy talafotlar orqali rivojlanishiga olib keladi.  


9.

 

Yakka,  individual  xususiy  mulkning  xukmron  bo’lishi,  mulkning 



ozchilik qo’lida to’lanishi, natijasida: 

a)

 



Odamlarni o’ta boy va o’ta kambag’al tabaqalarga ajralishiga olib 

keladi; 


b)

 

G’irrom raqobat olib borish uchun muxit yaratadi. 



      Erkin,  stixiyali  rivojlanuvchi  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  ishlab 

chiqarilgan  tovarlar  miqdori,  sifati  jihatidan  talabga  mos  kelishi  yoki 

kelmasligi, ularga sarflangan xarajatlar bergilangan narx bilan qoplanib, 

foyda ko’riladimi yoki yo’qmi bozorda aniqlanadi.  

      Bozor  iqtisodiyoti  rivojlanishi  bilan  ishlab  chiqaruvchilar  xaridor 

talabiga moslashish yo’llarini qidiradilar.  

      Lekin,  umuman  olganda,  erkin  bozor  bu  abstraksiya.  Xaqiqatda 

to’liq  erkinlik  yo’q,  bo’lishi  mumkin  xam  emas.  Faqat  iqtisodiyot 

yutuqlarini  anglash,  mavjud  yuridik  qonunlarni  bilish  asosidagina  o’z 

faoliyatini eng ko’p foyda oladigan tarzda yo’lga qo’yish mumkin. 

      To’liq iqtisodiy erkinlikning bo’lishi mumkin emas, lekin iqtisodiyot 

rivojlanishini ta’minlaydigan darajada yetarli erkinlik mavjud. 

3.

 

Kishilik  jamiyati  uzoq  tarixiy  taraqqiyot  natijasida  erishgan 



iqtisodiyot – bu sivilizatsiyalashgan iqtisodiyotdir. 

      Tartibga  solinadigan  bozor  iqtisodiyotida  davlat  kutilmaganda  yuz 

beradigan tangliklarni yumshatish uchun chora-tadbirlar belgilash orqali 

ta’sir  ko’rsatadi.  Albatta,  bu  chora-tadbirlar  xo’jalik  yurituvchi 

subyektlar  faoliyat  erkinligini,  ijodiy  mehnat  va  tashabbuskorlikni 

cheklashga olib kelmasligi kerak. 

     Sivilizatsiyalashgan  bozor  iqtisodiyotining  ham  o’ziga  xos  belgilari 

bor: 


1.

 

Xususiy mulk bilan bir qatorda boshqa mulk shakllari xam mavjud 



bo’ladi. 

2.

 



Ishlab  chiqarish  bozor  talabini  xisobga  olgan  xolda  olib  boriladi. 

Marketing muhim ro’l o’ynaydi. Noma’lumlik kamayadi. 

3.

 

Xalol  raqobat  asosiy  o’ringa  chiqadi,  uning  madaniy  usullari 



qo’llaniladi. 

4.

 



Iqtisodiyot subyektlari o’rtasida uzoq davrga mo’ljallangan doimiy 

a’loqalar, o’zaro manfaatli sherikchilik munosabatlari qaror topadi.  




5.

 

Davlat  iqtisodiy  xayotga  aralashib,  iqtisodiyotni  tartiblashda 



qatnashishi tufayli chuqur iqtisodiy tangliklar yuz bermaydi. Agarda ular 

yuz bersa xam undan tezda chiqib ketish chora-tadbirlari belgilanadi. 

6.

 

 Iqtisodiyot  yuksak  darajaga  erishganda  jamiyat  boy  bo’ladi, 



shuning  uchun  tadbirkorlar  faqat  boy  bo’lish  uchun  emas,  balki  obro’-

e’tibor qozonish, xurmatga sazovar bo’lish uchun xam xarakat qiladilar.  

7.

 

Iqtisodiyot  ijtimoiy  yo’naltirilgan,  kambag’allarga  yordam  berish, 



ommaviy farovonlikni ta’minlashga qaratilgan bo’ladi. 

8.

 



Odamlarning  iqtisodiy  tabaqalanishi  cheklanadi.  Jamiyatda  o’ziga 

to’q o’rta xol axoli asosiy qatlamni tashkil qiladi. 

      Sivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti sharoitida tartibga solish faqat 

bozorning  salbiy  oqibatlarini  cheklashga  qaratiladi.  Bundan  shunday 

xulosa  chiqarish  mumkin,  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  bozor,  avvalo, 

o’zini-o’zi  tartibga  soladi,  undan  tashqari,  davlat  xam  iqtisodiyotni 

tartibga solishga ta’sir ko’rsatadi. 

      Bozorni  boshqarishda  iqtisodiy,  tashkiliy-ma’muriy  va  nihoyat, 

ijtimoiy-psiholik  usullar qo’llaniladi. 

      Faqat,  iqtisodchi  V.Leontev  ko’rsatganidek,  eng  muximi  bozorni 

o’zini-o’zi  boshqarish  bilan  davlat  tomonidan  tartibga  solishning 

optimal darajasini topishdir. Xozirgacha bu talabga ideal darajada javob 

beradigan davlat yo’q.  

      Bozor  iqtosodiyotini  tartibga  solishda  davlatning  xaddan  tashqari 

aralashuvi bozor iqtisodiyotining deformatsiyalashuviga olib keladi.  

4.

 



Deformatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti. Ma’muriy-buyruqbozlikka 

asoslangan 

totalitar, 

markaziy 

rejalashtiriladigan 

tizim 


deformatsiyalashgan  bozor  iqtisodiyotiga  eng  yorqin  misol  bo’la  oladi. 

U o’zining quyidagi jihatlari: 

1.

 

Turli mulk shakllariga asoslangan bozor subyektlarining yo’qligi.  



2.

 

Resurslarni  taqsimlash  xaddan  tashqari  markazlashtirilib,  tijorat 



faoliyatida mustaqillikning yo’qligi.  

3.

 



Ishlab chiqarishda monopoliyalarning xukmronligi. 

4.

 



Talab  va  taklif  muvozanatining  buzilishi,  uning  borgan  sari 

kuchayib borishi. 

5.

 

Milliy ishchi kuchi bozorining yo’qligi. 



6.

 

Tovar-pul 



munosabatlarining 

deformatsiyalashuvi, 

nobozor 

munosabatlarining ustunligi. 




7.

 

Samarali xo’jalik  faoliyati yurutishga intilishning yo’qligi, barcha 



subyektlar  iqtisodiy  manfaatlarining  deformatsiyalashuvi  va  boshqalar 

bilan xarakterlanadi. 

Natijada: 

a)

 



Tovar taqchilligi kuchayadi

b)

 



Iste’molchilarning tanlab olish imkoniyati tobora cheklanib boradi. 

c)

 



<
>,  chayqov  bozori  tobora  gullab-yashnab 

boradi. 


      Bozor  iqtisodiyoti  deformatsiyalashuvini  tugatish  orqaligina, 

bozorning  rivojlanishi  uchun  normal  sharoit  yaratilgan  taqdirdagina 

uning salbiy oqibatlarini tugatish mumkin. 

      Bozor  iqtisodiyotining  ibtidoiy  hamda  madaniylashgan  bosqichlari 

o’rtasida katta farq mavjud. Bozor iqtisodiyoti yetuklik bosqichiga ko’ra 

o’zining sifat belgilari bilan farq qiladi. 

      Bozor  iqtisodiyotining  moxiyati  uning  asosiy  belgilarida  namoyon 

bo’ladi. Ular quyidagilar: 

1.

 

Bozor  iqtisodiyoti  mulkchilikning  turli-tumanligiga  asoslanadi. 



Xar  qanday  jamiyatning  iqtisodiy  asosi,  iqtisodiy  tizimi  mulkchilikdan 

boshlanadi.  Mulk  egasi  bo’lish  yoki  bo’lmaslikka  qarab,  jamiyatda  xar 

bir kishining mavqei, ya’ni sotsial maqomi yuzaga keladi.  

      Barcha  mulk  shakllari  tengligini  ta’minlash  asosida  mulk 

monopoliyasi  (yakka  hokimligi)ga  yo’l  qo’yilmaydi.  Mulk  shakllari 

cheklanmagan  xolda  rivojlanadi.  Mulk  shakllariga  xos  tarzda  xo’jalik 

yuritish  usullari  xam  turli-tuman  bo’lib,  bu  o’z  navbatida  birinchidan, 

xar  bir  insonning  tabiat  in’om  etgan  aql-zakovati,  farosati  va  boshqa 

xislatlariga  ko’ra  faoliyat  turini  erkin  tanlash  imkonini  beradi. 

Mulkchilik  turli  shakllarning  mavjudligi  va  ularning  tengligi  iqtisodiy 

plyuralizmning  asosidir.  Ikkinchidan,  mulkchilikning  turli-tumanligi 

jamiyatda raqobat kurashi bo’lishi uchun zarur muhit yaratadi. 

2.

 

Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyot. Iqtisodiy faoliyat erkinligining 



asosi  ishlab  chiqarish  omillari  va  yaratilgan  tovarlarning  mulk  obyekti, 

mulk egalarining esa mustaqil bo’lishidir.  

       Xar  bir  kishi  mavjud  qonunlarni  buzmay  xoxlagan  iqtisodiy 

faoliyati 

bilan  shug’ullanishi  mumkin.  Buning  uchun  asos 

mulkchilikning  turli-tumanligi  va  teng  xuquqligi  qonuniy  ravishda 

ta’minlangan.  



3.

 

Bozor  iqtisodiyoti  yakka  xokimlik  (monopolizm)ni  inkor  etuvchi 



iqtisod.  Iqtisodiy  monopolizm  –  korporatsiya,  firma,  tashkilot  yoki 

davlatning iqtisodiyotda yoki biror soxada tanxo xukmronlik qilinishidir. 

Monopolizmning  asosi  iqtisodiyotda  muayyan  mulk  shaklining  tanxo 

xukmronligidir.  Monopoliya  o’z  tabiatiga  ko’ra  turg’unlikni  paydo 

qiladi,  tashabbusni  chegaralaydi  va  xokazo.  Shuning  uchun  xam  bozor 

iqtisodiyoti  monopolizm  bilan  chiqisha  olmaydi.  U  antimonopol 

yo’nalishga ega.  

4.

 



Bozor  iqtisodiyotida  raqobat  asosiy  o’rin  tutadi.  Raqobat  bozor 

iqtisodiyotini  xarakatga  keltiruvchi,  tartibga  soluvchi,  nazorat  qiluvchi 

kuch  xisoblanadi.  Raqobat  kurashi  mehnat  unumini  oshirishga,  ish 

sifatini  yaxshilashga,  yangi  texnika,  texnologiyani  joriy  qilishga, 

iqtisodiy  resurslarni  kam  sarflagan  xolda  ularni  samarali  ishlatishga  

undaydi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

 

 



 

 

 



 

                2.3




Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish