O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent



Download 278,5 Kb.
bet1/19
Sana13.06.2022
Hajmi278,5 Kb.
#664919
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Тажриба СКЭТ (3)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
SANOAT KORXONALARINING ELEKTR TA’MINOTI

fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun


USLUBIY KO‘RSATMA


Toshkent 2020

UDK 621.311.1


Tuzuvchilar: Raxmonov I.U., Meliqo„ziyev M.V. «Sanoat korxonalarining elektr ta‟minoti» fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy ko„rsatma. – Toshkent, ToshDTU, 2020. 51.
«Sanoat korxonalarining elektr ta‟minoti» fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy ko„rsatma elektr energetikasi va kasb ta‟limi yo„nalishida tahsil oladigan talabalarning fanni o„zlashtirish jarayonida olgan nazariy bilimlarini kengaytirish va mustahkamlashni o„ziga maqsad qiladi.
Toshkent davlat texnika universiteti ilmiy-uslubiy kengashining qaroriga asosan chop etildi.


Taqrizchilar:


Berdishev A.S. – t.f.n., dots. (TIQXMI) Abduraimov E.X. – t.f.n., dots. (TDTU)

©Toshkent davlat texnika universiteti, 2020


1 - LABORATORIYA ISHI


SANOAT KORXONALARINING ELEKTR YUKLAMALARI GRAFIKLARINI TADQIQ QILISH
Ishdan maqsad: Tajriba yo‟li bilan elektr yuklamalari grafiklarini olish, grafiklarni harakterlovchi va sanoat korxonalari hamda shahar elektr yuklamalarini hisoblashda ishlatiladigan koeffitsientlar va boshqa kattaliklarni hisoblash.

Nazariy qism


Zamonaviy shahar va sanoat korxonalari elektr ta‟minotini loyihalashda hamma murakkab kompleks texnik-iqtisodiy savollarining asosiy ratsional echimi elektr yuklamalarini to‟g‟ri hisoblash bilan bog‟liq. Elektr yuklamalarini aniqlash istalgan elektr ta‟minoti sistemasini loyihalashning birinchi bosqichidir. Elektr yuklamasini aniqlash vaqtidagi xatolik sanoat korxonalari texnik-iqtisodiy ko‟rsatkichlarini pasayishiga olib keladi.
Elektr yuklamalarini bilish o‟tkazgich va transformatorlarni tanlash va o‟tkazuvchanlik qobiliyati hamda tokni iqtisodiy zichligi bo‟yicha tekshirishda, kuchlanish yo‟qotilishi, og‟ishi va kuchlanish tebranishini hisoblashda, himoya va kompensatsiyalovchi qurilmalarni tanlashda zarurdir.
Sanoat korxonalari elektr ta‟minot sistemasini loyihalash va uni ekspluatatsiya qilishda yuklamalarning 3 turi bo‟ladi:
Aktiv quvvat R, reaktiv kuvvat Q va tok I mavjud. Elektr yuklama o‟lchov asboblari orqali nazorat qilinishi mumkin. Elektr yuklamaning vaqt bo‟yicha o‟zgarishini avtomatik asbob orqali yozib olish mumkin.
Aktiv quvvat, reaktiv quvvat va tokning vaqt bo‟yicha o‟zgarish egri chiziqlarini mos ravishda aktiv quvvat, reaktiv quvvat va tok bo‟yicha yuklamalar grafiklari deyiladi.
Yuklama grafiklarini individual - alohida elektr energiya iste‟molchilar uchun va guruh elektr energiya iste‟molchilari uchun qurish mumkin.
Individual grafiklar katta quvvatli elektr energiya iste‟molchi yuklamasini aniqlash uchun zarur. Sanoat korxonalari va shaharlarni elektr ta‟minoti sistemasini loyihalashtirishda asosan guruh yuklama grafiklaridan foydalaniladi.
Davomiylik bo‟yicha sanoat korxonalarining yuklama grafiklari kunlik va yillik grafiklarga bo‟linadi.
Kunlik va yillik elektr yuklama grafiklaridan quyidagilar aniqlanadi: o‟rtacha, o‟rtacha kvadratik va maksimal quvvat; smena, kunda va yilda iste‟mol kilinayotgan elektr energiyasini miqdori; hisobiy aktiv, reaktiv va to‟la quvvatlar, elektr ta‟minotida rejim o‟zgartirishlari (yuklama grafiklarini tekislashtirish, elektr tarmog‟i elementlarini ta‟mirlashga chiqarish muddati, aktiv va reaktiv quvvat balanslarini optimallashtirish, yuklamalar tugunlaridagi kuchlanishni rostlash, reaktiv quvvat manbalarining ishlash rejimlari).
Kunli yuklama grafiklaridan yillik grafikni tuzish mumkin va u orqali yil davomida iste‟mol qilingan elektr energiya miqdori va maksimal yuklamada ishlash soatlar sonini aniqlanadi.

olish.


Download 278,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish