Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа'lim vаzirligi mirzo ulug’bek nomidаgi sаmаrqаnd dаvlаt аrxitekturа qurilish instituti



Download 468,57 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana08.04.2022
Hajmi468,57 Kb.
#537889
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Amaliyot XISOBOT maqsud

 
 
 


Uzluksiz taʼlim tizimi quyidagi taʼlim turlarini oʼz ichiga oladi:
- Maktabgacha taʼlim; - umumiy oʼrta taʼlim; - oʼrta maxsus, kasb hunar taʼlimi; 
- oliy taʼlim; - oliy oʼquv yurtidan keyingi taʼlim; - kadrlar malakasini oshirish va 
qayta tayyorlash; - maktabdan tashqari taʼlim; Ushbu taʼlim turlarining bajarilish 
mehanizmlari mukammal tarzda ishlab chiqilgan. Boʼlgʼusi kadrlar har tomonlama 
rivojlangan mamlakatlarda tayyorlanayotgan kadrlar bilan bemalol raqobatlasha 
oladigan darajada puxta va yetuk boʼlishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi 
moʼljallangan. Milliy modelning fandagi roli iqtisodi rivojlangan, demokratik 
jamiyat qurishning yangi strategiyasi fanning ham muzkur tizimda tutgan oʼrni va 
rolini tubdan qayta koʼrishni, uning vazifalarini aniq belgilab berish zaruriyatini 
ilgari suradi.
Fan - bu taʼlimning mazmuni va sifatini taʼlim standartlari, oʼquv dasturlari, 
darsliklar va oʼquv-uslubiy qoʼllanmalar tayyorlashda, ilmiy-uslubiy taʼminotni 
amalga oshirishda bevosita va bilvosita ishtirok yetadi. Fan vatanning yeng kichik 
qiyofasi boʼlmogi zarur, zotan barcha xalqlar ichida fikir va aqliy faoliyat soxasida 
boshqalardan uzib ketgan halqgina birinchi oʼrinni oladi. Ishlab chiqarish milliy 
modelda malakali kadrlar tayyorlash tizimini huquqiy meyorlarini tartibga soldi. 
Ishlab chiqarish bilan kadrlar tayyorlash tizimi oʼrtasida aniq va lo’nda 
aloqalar mavjud, ishlab chiqarish kadrlar tayyorlash tizimida buyurtmachi va 
isteʼmolchi vazifalarini bajaradi, tegishli sohalar uchun yuksak malakali kadrlar 
tayyorlab beradi. Xulosa qilib shuni taʼkidlash joizki, mustaqil Uzbekiston davlat 
hokimiyati ishlab chiqqan va xozirgi kunda hayotga tadbiq etilayotgan kadrlar 
siyosatida erkinlik, ijodkorlik, tashabbuskorlik, yaratuvchanlik muhitini vujudga 
keltirish koʼzda tutilgan boʼlib, unda barcha mutaxassis kadrlarni ijtimoiy, iqtisodiy-
siyosiy, madaniy, maʼnaviy- axloqiy muammolarning samarador yechimini izlab 
topishga, roʼyi-rost fikrlashuvga undaydigan demokratik shart-sharoitlar yaratib 
berish moʼljallanganligi muhim axamiyat kasb etadi. Har bir tarixini oʼtish, 
oʼrganish taʼlim nazariyasidagi, tamoyillaridagi va jamiyat mafkurasida talab 
etiladigan mantiqiy talablardan kelib chiqiladi. Bo’lajak oliy maʼlumotli 


mutaxassisda ilmiy, obʼyektiv tasavvur va dunyoqarashning shakllanishida tarixiy 
materiallar shubhasiz alohida oʼrin tutadi. Taʼlim va tarbiyaning moxiyatini ochib 
beruvchi, pedagogika fani ham bundan istisno emas. Turfa olam, turli davlatlar va 
turli millatlardagi taʼlim-tarbiyaga oid qimmatbaxo tarixiy materiallarni qiyosiy 
tarzda oʼrganish jarayonida boʼlajak mutahassislarda nisbiylik tushunchasining 
shakllanishiga hamda tabiat va jamiyatdagi barcha narsalarni qiyosiy tarzda 
oʼrganish zarurligini talabalar oʼzlariga amaliy koʼnikma va malakalar tarzida 
singdiradilar. 
Kasbiy faoliyat boʼyicha barcha turdagi koʼnikma va malakalarni oʼrganish, 
didaktik va amaliyotga bogʼliq sharoitlarda tadbiq qilish. 
O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi xalq taʼlimi 
muassasalarining oldiga yangi demokratik davlatning fuqarolarini shakllantirishdek 
muhim vazifani qoʼydi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bosqichida turgan jamiyatimiz hozirgi kunda 
oʼrta taʼlim maktablarining faoliyatini takomillashtirish yoʼlida pedagogik oliy 
oʼquv yurtlari akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, maktablarga malakali kadrlarni 
tayyorlashni yanada yaxshilash muammosini qoʼymoqda. 
Bu esa hozirgi vaqtda oliy oʼquv yurtlarida davr talabiga javob beradigan 
yosh mutaxassislarni faqat nazariy bilimlarni chuqur oʼrgangan holda emas balki 
ayni vaqtda buyuk insoniy fazilatlarga ega boʼlgan, muommolarga kirisha oladigan, 
oʼz ishini puxta egalangan mohir mutaxassislar etib tayyorlashga katta eʼtibor 
qilishni talab etadi. Аyniqsa, hozirgi davrning bu talabi boʼlajak oʼqituvchilarni 
yuksak pedagogik texnalogiyalar va pedagogik mahorat koʼnikmalari bilan 
qurollangan, madaniyatli shaxs sifatida tayyorlash kerakligini yana bir bor takidlab 
bermoqda. 
"Pedagogik texnalogiyalar va pedagogik mahorat" oʼquv fanini oʼrganish 
jarayonida bakalavr va magistr oʼrtasidagi muloqot, muloqot uslubi, pedagogik 
madaniyat, dasturlashgan taʼlim texnologiyalari, axbarot taʼlim jarayonida 


muvofavqqiyatli vaziyatlarni yaratish usullari kabilarni puxta oʼzlashtirish zarur, 
shuningdek, talabalar pedagog kasbning oʼziga xos xususiyatlari; 
- pedagog shaxsi, uning jamiyatda tutgan oʼrni; 
- pedagog faoliyatining asosiy yoʼnalishlari; 
- kasbiy mahorat tushunchasi; 
- pedagog va taʼlim sohasidagi axborot texnalogiyalari; 
-XXI asr pedagogiga qoʼyiladigan asosiy talablar toʼgʼrisida tasavvurga 
ega boʼlish; 
- dasturlashtirilgan taʼlim texnalogiyalari; 
- pedagogik fikr tarixida mahorat massalalari; 
- axbarot taʼlim texnalogiyalari; 
- pedagogikning muloqot madaniyati va psixalogiyasi; 
- pedagogik texnalogiyalar 
-pedagog va taʼlim oluvchi oʼrtasidagi muloqotning oʼziga xos 
xususiyatlari; 
- pedagogik nazorat va odob-axloq me’yorlari; 
-pedagogik texnika va uni shakllantirish usullari; 
-taʼlim jarayonida pedagok mahorati; 
-pedagok mahoratini shakllantirish shart-sharoitlarini bilishi, malaka 
hosil qilishi va amalda qoʼllay olishi; 
-tanlangan metod va texnalogiyalarni joriy qilishda muhitni, vaziyatni 
baholay olish; 
- taʼlim va tarbiya jarayonida talab qilingan irodani namoyish qilish
sabr-toqat, qatiyat, kayfiyatni oʼzgartira olish, javobgarlikni his qilish; 


- yuz bergan noxush vaziyatdan chiqib keta olish; 
- pedagogik jarayonda har qanday nizolarning oldini olish; 
- oʼz xatti-harakatlarini boshqara olish va bunda ratsionallikka erishish; 
-oʼz mehnatini rasmiy va ijodiy tashkil yeta olish: vaqtdan unimli 
foydalanish; 
- oʼz mahoratini tinmay oshira borish; 
-ilgʼor takribalarni oʼz faoliyati ijodiy qoʼllash koʼnikmalariga ega 
boʼlishi lozim. 
Oʼquv jarayoni bilan bogʼliq taʼlim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: 
yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli maʼruzalar oʼqish, 
darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilgʼor pedagogik 
texnologiyalardan va multimedia vositalaridan foydalanish, talabalarni undaydigan, 
oʼylantiradigan muammolarni ular oldiga qoʼyish, talabchanlik, talabalar bilan 
individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish. 
“Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” kursini loyihalashtirishda 
quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi: 
Shaxsga yoʼnaltirilgan taʼlim. Bu taʼlim oʼz mohiyatiga koʼra taʼlim 
jarayonining barcha ishtirokchilarining toʼlaqonli rivojlanishini koʼzda tutadi. Bu 
esa taʼlimni loyihalashtirayotganda, albatta, maʼlum bir taʼlim oluvchining shaxsini 
emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bogʼliq oʼqish maqsadlaridan 
kelib chiqqan holda yondashishni nazarda tutadi. 
Tizimli yondashuv. Taʼlim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini oʼzida 
mujassam etmogʼi lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha boʼgʼinlarini 
oʼzaro bogʼlanganligi, yaxlitligi. 
Faoliyatga yoʼnaltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini 
shakllantirishga, taʼlim oluvchining faoliyatini aktivlashtirish va intensivlashtirish, 


oʼquv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini 
ochishga yoʼnaltirilgan taʼlimni ifodalaydi. 
Dialogik yondashuv. Bu yondashuv oʼquv munosabatlarini yaratish zaruratini 
bildiradi. Uning natijasida shaxsning oʼz-oʼzini faollashtirishi va oʼz-oʼzini koʼrsata 
olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. 
Hamkorlikdagi taʼlimni tashkil etish. Demokratik, tenglik, taʼlim beruvchi va 
taʼlim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni 
baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga eʼtibor qaratish zarurligini bildiradi. 
Muammoli taʼlim. Taʼlim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali 
taʼlim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimning 
obʼektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani 
shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qoʼllashni 
mustaqil ijodiy faoliyati taʼminlanadi. 
Аxborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qoʼllash - 
yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini oʼquv jarayoniga qoʼllash. 
Oʼqitishning usullari va texnikasi. Maʼruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), 
muammoli taʼlim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy 
ishlar. 
Oʼqitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va 
oʼzaro oʼrganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh. 
Oʼqitish vositalari: oʼqitishning anʼanaviy shakllari (darslik, maʼruza matni, 
oʼquv-uslubiy majmua) bilan bir qatorda - kompyuter va axborot texnologiyalari. 
Kommunikatsiya usullari: talabalar bilan tezkor teskari aloqaga asoslangan 
bevosita oʼzaro munosabatlar. 
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-soʼrov, oraliq va joriy va 
yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida oʼqitish diagnostikasi. 


Boshqarish usullari va vositalari: oʼquv mashgʼuloti bosqichlarini belgilab 
beruvchi texnologik karta koʼrinishidagi oʼquv mashgʼulotlarini rejalashtirish, 
qoʼyilgan maqsadga erishishda oʼqituvchi va talabaning birgalikdagi harakati, 
nafaqat auditoriya mashgʼulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning 
nazorati. 
Monitoring va baholash: oʼquv mashgʼulotida ham butun kurs davomida ham 
oʼqitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari 
yoki yozma ish variantlari yordamida talabalarning bilimlari baholanadi.
Oʼqituvchining talabalarni bilish (anglash faoliyatini boshqarishdagi 
mahorati. Dars mazmunini talabalar tomonidan oʼzlashtirib olinishiga yordam 
beruvchi jihatlar ularning qiziqish va faolliklarini oshirish koʼnikmasini hosil 
qilish.Oʼqituvchi faoliyatida koʼtarinki ruh, yaxshi kayfiyat, ishga boʼlgan 
xohishning yetakchi oʼrin tutishi va ularni hosil qilish yoʼllari. Talabalarning 
mustaqil ishlashlarni tashkil etishda oʼqituvchining ahamiyati mahorati. 
Talabalarning yakka, guruhli va jamoaviy faoliyatlarini boshqarish. Pedagogik 
texnologiyalarni qoʼllay olish mahorati.Oʼqituvchining dars jarayonidagi mehnati va 
uni tashkil etishning asosiy yoʼnalishlari. Darsning maqsadi va vazifalarini 
belgilash. Pedagogik vazifalarning xilma-xilligi va ularni amalga oshirish yoʼllari. 
Texnika vositalarini tanlash va ishlatish. Ishni rejalashtirish. Ilmiylik. 
Oʼqituvchining ijodkorligi. Ijodiy holati haqida tushuncha. Oʼqituvchining oʼz 
faoliyati, xatti-harakati muomala hamda xulq-odobini tahlil eta olish koʼnikmasiga 
ega boʼlishi. 
Oʼqituvchining dars davomidagi ijodiy holatini tashkil etish: dars vaqtidagi 
pedagogik ijodkorlik, saranjomlik, sinfni faollikka undash, qiyinchiliklarni 
yengishga boʼlgan xohishni uygʼotish. Dars davomida mimika, pantomimikadan 
mohirona foydalanish. Pedagogik mahoratni shakllantirishning asosiy tamoyillari: 
yaxlit holda yondashuv; faol muloqot; pedagogik harakatning xilma-xilligi; 
pedagogik taʼsirining koʼp qirraliligi; nazariy bilim va amaliy malakalarning oʼzaro 


bogʼliqligi.Oʼqituvchi mehnatini nazariy va amaliy jihatdan tashkil etish va uning 
oʼqituvchi mahoratini shakllantirishdagi ahamiyati. 
Maqsadning qoʼyilishi-pedagogik faoliyatni tashkil etishning tayanch unsuri: 
maqsadning izchilligi. Pedagogik faoliyatni tashkil etishda usullarni maqsadga 
muvofiq tarzda tanlash. Pedagogik mehnatni tashkil etishda turli usullarning oʼrni 
va ahamiyati. Pedagogik faoliyatni rejalashtirishning asosiy konuniyatlari. Rejani 
ishlab chiqish bosqichlari. Rejalashtirish shakllari. Pedagogik faoliyatda 
qoʼllaniladigan tamoyilarning istiqbolga yoʼnaltirilganligi, umumiyligi va 
amaliyligi. Vaqtdan unumli foydalanish, ish kunini toʼgʼri tashkil qilish. Pedagog 
mehnati va ish joyi uchun kerakli sharoitni yaratish.Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
oʼqituvchi mehnatini tashkil etishning oʼziga xos xususiyatlari
Oʼqituvchining kasbga oid mahoratini shakllantirishda psixologik va 
pedagogik nazariyalarning ahamiyati. Jahon mamlakatlarida toʼplangan pedagogik 
maʼlumotlarning umumiy mazmuni. Pedagogik maʼlumotlarni maqsadga muvofiq 
ajratish koʼnikmasi va uni toʼgʼri tanlay bilish mezoni. Ilmiy-pedagogik 
maʼlumotlarni toʼplashda hisoblash texnikasi va kompyuter xizmatidan foydalanish. 
Ilgʼor pedagogik tajribani oʼrganishga oid materiallarni toʼplash. Ilgʼor pedagogik 
tajribani oʼrganish va ularni umumlashtirish usullari.Pedagogik mahoratni 
takomillashtirish jarayonida pedagogik ijodkorlik va shaxsiy ilmiy-pedagogik 
izlanishni tashkil etish. 
Talabalarni mustaqil ishlashga oʼrgatish va ularning kundalik hayoti va 
amaliy f oliyatida qoʼllash. Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda diqqat, xotira, 
nutq va taqqoslash koʼnikmalarining muhimligi. Talabalar mustaqil taʼlimida 
uslubiy tayyorgarlikning xususiyatlari. Talabalar mustaqil ishlarida yoʼl qoʼyilgan 
xatoliklar mohiyatini aniqlash, tushuntirish va muhim taʼlimiy vazifalarni hal etish. 
Talabalarni mustaqil ishlash orqali mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish, 
rivojlantirish va mustaqil egallagan bilimlarini ijtimoiy faoliyatlarida qoʼllashga 
erishish. 


Oʼz-oʼzini tarbiyalash va oʼz ustida ishlash pedagogik mahoratni 
shakllantirishning asosiy sharti sifatida. Oʼqituvchi faoliyatida oʼz ustida ishlashning 
oʼz-oʼzini anglash va tarbiyalash faoliyati bilan oʼzaro bogʼliqligi. Oʼz ustida ishlash 
va 
oʼz-oʼzini 
tarbiyalashning 
psixologik-pedagogik 
asoslari.Oʼz-oʼzini 
tarbiyalashga yoʼnaltirilgan faoliyat tavsifi (ijobiy va salbiy). Oʼqituvchining 
shaxsiy sifatlari va oʼzaro shartlangan harakatlariga berilgan psixologik baho. Oʼz-
oʼzini tarbiyalash borasidagi faoliyat dasturini ishlab chiqish shartidir.Tashhis 
usullarida shaxsning oʼz-oʼzini anglash darajasini belgilashi. Oʼz-oʼzini 
tarbiyalashning usul va vositalari.Pedagogik faoliyat jarayonida tarbiyaviy 
usullarning oʼrni va ahamiyati.Oʼz-oʼzini tarbiyalash jarayonida psixologik 
toʼsiqlarni yengib oʼtish yoʼllari. 

Download 468,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish