О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universitetining jizzax filiali


Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar



Download 101,14 Kb.
bet3/6
Sana03.06.2023
Hajmi101,14 Kb.
#948480
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi m

II bob.Pandemiya sharoitida aholining moddiy,ijtimoiy himoyasi.

2.1. Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar.


2020-yilning mart — iyunь oylarida to‘lash muddati tugaydigan bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordamlar to‘lash ularni to‘lashni yangi muddatda davom ettirish to‘g‘risidagi ariza hamda boshqa hujjatlarni talab qilmagan holda 6 oy muddatga (biroq bola tegishlicha 2 yoshga va 14 yoshga to‘lgunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda) tanaffussiz davom ettiriladi.
Ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam to‘lashni uzaytirish bilan bog‘liq xarajatlar Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni bepul ta’minlash uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlarining ro‘yxati karantin tadbirlari amal qilishi davrida bir martalik niqoblar, antiseptik vositalar va baktyeriyaga qarshi sovunlar jamlanmasi bilan to‘ldiriladi.
2020-yil 31 dekabrga qadar tovarlarni olib kirishda bojxona boji va aksiz solig‘ining nol stavkalari belgilandi.
2020-yil 1 apreldan 31 dekabrga qadar quyidagilar belgilandi:

  • turopyeratorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) ko‘rsatuvchi subyektlar, «Uzbekistan Airways» AJ va uning tarkibiy bo‘linmalari, «Uzbekistan Airports» AJ va «O‘zaeronavigatsiya markazi» DUK:

yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilinadi;
ijtimoiy soliqni kamaytirilgan stavkada 1 foiz miqdorida to‘laydi;

  • tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi oyiga 1 mlrd so‘mdan oshmaydigan va elektron hisob-fakturalarni qo‘llaydigan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar ushbu soliqni har choraklik asosda hisoblash va to‘lash huquqiga ega;

  • foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlarga, shu jumladan 2020-yil 1 aprelga qadar aniqlanganlarga nisbatan mol-mulk solig‘i va yer solig‘ining oshirilgan stavkalarini qo‘llash, shuningdek, ko‘rsatilgan soliqlar bo‘yicha oshirilgan stavkalarni qo‘llash natijasida yuzaga kelgan qarzdorlikka nisbatan penya hisoblash va majburiy undirish choralarini ko‘rish tartibi to‘xtatiladi;

  • karantin tadbirlari davrida o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i qat’iy belgilangan summasini va ijtimoiy soliqni hisoblash to‘xtatiladi;

Mikrofirma, kichik korxona va YaTTlarga soliq organlarini xabardor qilib 2020-yil 1 oktyabrga qadar quyidagi soliqlarni foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) huquqi byerildi:

  • mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza byermasdan turib aylanmadan olinadigan soliq, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha — ularni keyinchalik 12 oy davomida teng ulushlarda to‘lash sharti bilan;

  • ijtimoiy soliq bo‘yicha — uni keyinchalik 6 oy davomida teng ulushlarda to‘lash sharti bilan.

2020-yilning oxiriga qadar spirt, alkogolь mahsulotlari, shu jumladan vino va pivo uchun aksiz solig‘i, shuningdek, benzin, dizelь yoqilg‘isi va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘ining amaldagi stavkalari saqlanib qoladi.
2020-yil 1 apreldan boshlab yuridik shaxslar tomonidan gaz va elektr enyergiyasi bo‘yicha oldindan haq to‘lash to‘g‘risidagi majburiy talab 30 foizgacha pasaytiriladi.

Aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish uchun quyidagilar belgilandi:



  • koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish uchun kiritilgan cheklov choralari tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan korxonalarga nisbatan bankrotlik tartib-taomillarini qo‘llash va ularni bankrot deb e’lon qilishga 2020-yil 1 oktyabrgacha bo‘lgan muddatda moratoriy joriy etiladi;


  • majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni 2019-yil yakunlari bo‘yicha auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish muddati 2020-yil 1 oktyabrgacha uzaytiriladi;


  • aksionyerlarning 2019-yil yakunlari bo‘yicha yillik umumiy yig‘ilishlarini 2020-yil 1 oktyabrgacha muddatda, shuningdek, videokonfyerensaloqa rejimida o‘tkazishga ruxsat beriladi;


  • aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 100 ming baravaridan ortiq bo‘lgan mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlarni har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish bo‘yicha talab 2020-yil yakunlari bo‘yicha kiritiladi;


  • karantinga olingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilgan ma’muriy jarimalarni (karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik bundan mustasno) to‘lash muddatlari karantin muddati tugagunga qadar uzaytiriladi;


  • 2020-yil 1 oktyabrgacha dorixonalarda tayyorlanadigan dori vositalari, tibbiy buyumlar va boshqa mahsulotlarni ulgurji sotishga ruxsat beriladi;


  • karantin tadbirlari davrida o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlarini hisoblash va undirish to‘xtatiladi;


  • foyda solig‘ini avvalgi chorak yakunlari asosida hisoblash bo‘yicha o‘rnatilgan talablarni bekor qilgan holda, ushbu soliqni to‘lovchilar 2020-yilning ikkinchi choragidan boshlab, kutilayotgan hajmlardan kelib chiqib foyda solig‘i bo‘yicha avans to‘lovlar summasi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etishi mumkin;


  • 2020-yil 1 apreldan boshlab soliq to‘lovchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni soliq solishdan bo‘shagan mablag‘larni muayyan maqsadlarga yo‘naltirish shartlarisiz qo‘llaydi;


  • koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha tibbiyot va karantin muassasalari qurilishi uchun zarur bo‘lgan qurilish materiallari, shuningdek, ular faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur tovarlar 2020-yil 31 dekabrgacha muddatga bojxona to‘lovlaridan, shu jumladan qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi;


  • koronavirus infeksiyasini aniqlash bo‘yicha ekspress-testlarni olib kirishda ular uchun bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imi undirilmaydi.

Jahon miqyosida, shu jumladan O‘zbekistonda ham qat’iy karantin choralarining kiritilishi, eng avvalo, iqtisodiy faollikning va aholi daromadlarining pasayishiga olib kelmoqda.
Ayniqsa, joriy yilning ikkinchi choragida iqtisodiy vaziyat dunyoning barcha mamlakatlarida keskin yomonlashdi. Rivojlangan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning pasayishi 10-20 foizni, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa 7-15 foizni tashkil etdi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlariga faol kirib borayotgan O‘zbekiston iqtisodiyoti ham global iqtisodiy muammolardan zarar ko‘rmoqda. Inqirozga qarshi ko‘rilgan qat’iy va amaliy chora-tadbirlar evaziga 6 oy yakunlari bilan O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 0,2 foizga o‘sdi. Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan shaxslar ish joylarini vaqtincha yo‘qotdilar, xorijdan 200 mingdan ortiq vatandoshlarimizning olib kelinishi ishsizlar sonini ko‘paytirdi. Bunday murakkab sharoitda aholini, ayniqsa uning ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash masalasi davlatning birinchi darajali e’tiborida turibdi.Shu maqsadda, bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon qabul qilindi.
Farmonga binoan:
Birinchidan, pandemiya sharoitida moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlariga (“temir daftar”ga) kiritilgan va a’zolari 1,7 million nafardan ortiq bo‘lgan 400 mingdan ko‘proq oilalarga respublika byudjetidan bir martalik moddiy yordam puli beriladi.
Ikkinchidan, muqaddas Qurbon hayiti bayrami arafasida xalqimizning tarixiy va ma’naviy qadriyatlarini namoyon etadigan ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish an’anasini davom ettirgan holda joylardagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari orqali 220-250 ming oilaga respublika byudjetidan jami 200 milliard so‘m ajratiladi. Buning natijasida 1 milliondan ortiq aholi naqd pul, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon bilan ta’minlanadi.
Shuningdek, ushbu ulug‘ ayyom kunlari “Vaqf” xayriya jamoat fondini qo‘llab-quvvatlash maqsadida respublika byudjetidan 150 milliard so‘m ajratiladi hamda ushbu mablag‘ xayru saxovat, muruvvat borasida joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish hamda jamiyatimizda tinchlik, do‘stlik, mehr-oqibat va hamjihatlik g‘oyalarini keng targ‘ib etib kelayotgan diniy sohada xizmat qilayotgan vakillarni moddiy rag‘batlantirish uchun yo‘naltiriladi.Uchinchidan, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda faol ishtirok etib, hayotini xavf ostiga qo‘yib jonbozlik ko‘rsatayotgan tez tibbiy yordam brigadalarining shifokorlari, hamshiralari, kichik tibbiy xodimlari va haydovchilarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish uchun 100 milliard so‘m ajratiladi. Buning evaziga 26 ming oilaning moddiy ahvoli yaxshilanadi. Yuqoridagi choralar hisobiga 652 ming oilaga yoki O‘zbekistondagi jami oilalarning 7,7 foiziga moddiy yordam ko‘rsatiladi.Bundan tashqari, qabul qilingan Farmonda pandemiya davrida ijtimoiy nafaqa oluvchilar sonini keskin oshirish ko‘zda tutilmoqda. Jumladan:
bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa oluvchi ehtiyojmand onalar sonini har oyda 14-15 mingtaga oshirib, dekabr oyida 400 mingtagacha yetkaziladi yoki yil boshiga nisbatan qariyb 1,5 barobarga ko‘paytiriladi;
14 yoshgacha bolalari bo‘lgan ehtiyojmand oilalarga to‘lanadigan nafaqa oluvchi oilalar sonini yil boshiga nisbatan 2,5 barobardan ortiqqa oshirib, ularning soni dekabr oyida 700 minggacha yetkaziladi;
kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordamni oluvchilar soni yil boshiga nisbatan 1,5 barobarga oshirilib,100 mingtaga yetkaziladi.
Umuman olganda, ijtimoiy nafaqa oluvchilarning umumiy soni 600 mingga ko‘payib, joriy yilning dekabr oyida 1,2 millionga (mamlakatdagi jami oilalarning qariyb 14,1 foizi) yetkazilishi ko‘zda tutilmoqda va bunga byudjetdan qo‘shimcha 426 milliard so‘m ajratiladi.O‘zbekistonda kambag‘al oilalarning umumiy soni respublikadagi jami oilalarning 12-15 foizini tashkil etishini inobatga olsak, ijtimoiy nafaqa mexanizmi bilan yil oxiriga borib mamlakatdagi barcha kambag‘al oilalarning har bir qatlami to‘liq qamrab olinadi.
Buning ustiga yuqorida aytib o‘tilgan bir martalik moddiy yordam oluvchi oilalar sonini qo‘shsak, davlatdan moliyaviy ko‘mak oladigan oilalarning soni sezilarli darajada ko‘payadi. Farmonda shuningdek keksa yoshdagi hamda nogironligi bor shaxslarni moddiy qo‘llab quvvatlash maqsadida 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab pensiyalar, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 10 foizga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.Bu esa, joriy yil yanvar-iyul oylaridagi inflyatsiya ko‘rsatkichlaridan (4,3 foiz) yuqoridir.Bu 2,8 million keksa yoshdagi fuqarolarni, 687 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarni, 210 mingdan ortiq boquvchisini yo‘qotgan shaxslarni pandemiya davrida moddiy qo‘llab quvvatlash imkonini beradi.
Bunda, o‘rtacha pensiya miqdori 764 ming so‘mdan 841 ming so‘mgacha oshadi.
Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori amaldagi 466 680 so‘mdan 513 350 so‘mgacha ko‘payadi. Shuningdek, pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga (7 yil) ega bo‘lmagan, hayoti davomida Pensiya jamg‘armasiga umuman badal to‘lamagan 37,5 ming nafar keksa fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 315 030 so‘mgacha oshiriladi.Farmonda ko‘zda tutilgan aholini ijtimoiy qo‘llab- quvvatlash chora-tadbirlariga 2020 yilning oxirigacha byudjetdan jami qo‘shimcha 2,5 trillion so‘m yo‘naltirilishi ko‘zda tutilmoqda. Aholini ijtimoiy himoya qilishning yangi tartiblarini joriy qilish va mustahkamlashga qaratilgan Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa va dafn marosimi uchun nafaqa Davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirilishi belgilandi.
Pandemiya sharoitida aholining zayf qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuzilgan Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari joriy yil 2 apreldan 20 mayga qadar 9139 ta mahallada istiqomat qiluvchi 413 072 ta ehtiyojmand oilaga 49 mlrd. 910 mln. so‘m miqdorida homiylik xayriyalari yetkazib berildi.
Shuningdek, ijtimoiy sharoiti og‘ir 14 ming nafardan ortiq xotin-qiz doimiy daromad olinadigan, 22 299 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlari bilan taʼminlandi. Qolaversa, nogironligi bor xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilda 5579 nafar nogironligi bor xotin-qizga 2250 ta nogironlik aravachasi, 1357 ta eshitish moslamasi, 1972 ta reabilitatsiya vositalari yetkazib berish ko‘zda tutilgan bo‘lib, Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 7 mlrd. so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.
Xususiy tibbiyotni yana-da rivojlantirish va ushbu jarayonga chet el investitsiyalarini keng jalb qilish bo‘yicha joriy yil birinchi yarim yilligida davlat tibbiyot muassasalarida 173 xil autsorsing xizmatlari bo‘yicha faoliyat joriy qilinib (rejaga nisbatan 86,5 %), ularning 126 tasini taom tayyorlash; 47 tasini kir yuvish kabi xizmatlar tashkil etadi.Joriy yilning 1 may holatiga ko‘ra tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha tibbiyot obyektlarida 209,3 mlrd. so‘mlik (14%) ishlar bajarilgan, 195,0 mlrd. so‘m (13%) moliyalashtirilgan. Respublika bo‘ylab 21 ta obyektlarda qurilish taʼmirlash ishlari yakunlandi.

Download 101,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish