О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universitetining jizzax filiali



Download 101,14 Kb.
bet1/6
Sana03.06.2023
Hajmi101,14 Kb.
#948480
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi m


О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON
MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI


“SIRTQI” fakulteti


“IQTISODIYOT” kafedrasi
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan
KURS ISHI
Mavzu:Pandemiya sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining amal qilishi

BAJARDI: 925-21 guruh talabasi Umarqosimov Azizbek


QABUL QILDI: Saitov Sirojiddin

Mundarija


Kirish
I bob.Pandemiyaning iqtisodiyotimizga ta’siri…………………………6-14
1.1.Pandemiya sharoitida mamlakatimiz iqtisodiyotining o’zgarishi…………….6-11
1.2.Koronavirus pandemiyasining kichik biznesga ta’siri……………………….12-14
II bob.Pandemiya sharoitida aholining moddiy,ijtimoiy himoyasi...15-34

2.1. Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar…….15-21


2.2O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Pandemiya sharoiti uchun imzolagan farmonlar va loyihalar……………………………………………………………22-28

2.3. Karantin sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilish va tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash to’grisida videoselektr yig’ilishi va amalga oshirilgan ishlar…………29-34



Xulosa va takliflar……………………………………………………..34-37
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati…………………………………….38
Kirish.
2019 yilning noyabr-dekabr oylarida Xitoy Xalq Respublikasining Uxan shahrida paydo bo‘lgan koronavirus pandemiyasining jahon miqyosida keng tarqalishi global inqirozni vujudga keltirdi. Bu jahon inqirozlaridan turli jihatlari bilan farq qilib, iqtisodiyotga salbiy ta’siri juda kuchliligini ko‘rsatmoqda. Iqtisodiy tilda aytadigan bo‘lsak, bu pandemiya yalpi talab va yalpi taklifga, makroiqtisodiy barqarorlikka tashqi “zarba” bo‘lib, oldingi iqtisodiy inqirozlardan ko‘lami va zarari jihatidan katta farq qiladi. Qisqa vaqt ichida COVID-19’ning global miqyosda keng tarqalishi deyarli barcha davlatlardagi iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, virusning ta’sir ko‘lami kengayishda davom etmoqda.
Pandemiya davrida ushbu jarayon maktablardagi va maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi sharoitlar bolalar va o‘smirlar uchun xavfsiz bo‘lishiga qanday erishish mumkin? Bugungi kunda ushbu masala dunyoning ko‘pgina mamlakatlari uchun ustuvor bo‘lib turibdi, va O’zbekiston ham bolalar maktablarga va bolalar bog‘chalariga o‘z salomatliklari uchun xatarsiz qaytishlarini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda. Maktablarda va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar va o‘smirlar xavfsizligini ta'minlash maqsadida O’zbekiston hukumati tomonidan maktablar va maktabgacha tashkilotlar xavfsiz ochilishi va faoliyat yuritishi bo‘yicha qo‘llanmalar ishlab chiqildi. Ushbu qo‘llanmalarni tadbiq etish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta'lim vazirligi va Xalq ta'limi vazirligi UNICEF bilan birgalikda bolalar va ota-onalar, barcha ta'lim tashkilotlari xodimlari hamda ma'muriy tuzilmalar uchun bir qator axborot-ta'lim materiallarini ham ishlab chiqdilar.Ushbu materiallar COVID -19 to’grisida bilimlarni oshirish, pandemiya sharoitida ta'lim muassasalarida bolalar jam bo‘lgan vaqtda qo‘llar va nafas olish gigienasi, ijtimoiy masofa saqlash qoidalariga rioya qilishning ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarni oshirishga qaratilgan. Shu bilan birga, mazkur materiallarga bolalar bog‘chalarida xavfsiz muhitni tashkil qilish, kichik yoshdagi bolalarni o‘qitish va ular bilan muloqot qilishga oid batafsil yo‘riqnomalar kiritilgan.
Ma'lumot uchun: Bunga qadar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan:
- 19 martda "Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmon;
- 26 martda "O'zbekiston Respublikasida koronavirus infektsiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi:
- "Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo'llab-quvvatlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi;
- 27 martda "Aholining dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika va eng zarur tovarlarga bo'lgan ehtiyojini ta'minlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorlar imzolangan.
Bundan tashqari, 26 mart kuni “O'zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga va Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi qonun qabul qilingan.
Shuningdek, 23 martda Vazirlar Mahkamasining "Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori tasdiqlangan.
O’zbekiston Respublikasi va boshqa xorijiy mamlakatlar matbuotida Covid-19 pandemiyasining turli davlatlar o’rtasidagi iqtisodiy-siyosiy, diplomatik aloqalarga, global iqtisodiyot, turizm va boshqa sohalarga ta’siri to’g’risida turli ilmiy maqolalar va tadqiqotlar bo’yicha ma’lumotlar berib borilmoqda. Bundan tashqari juda ko’plab internet saytlari, axborot agentliklari O’zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasi va Koreya Rspublikasi bilan turli sohalardagi aloqalari haqidagi yangiliklarni muntazam yoritib bormoqda. Ammo shu paytgacha Pandemiya davrida O’zbekiston va ushbu hamkor mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlarga bag’ishlangan umumlashtiruvchi tadqiqotlar e’lon qilingani yo’q. Shunga qaramasdan mavzu bo’yicha ekspertlar tomonidan bir qancha tadqiqotlar e’lon qilinganligini ta’kidlash joiz. Xususan ekspert Oleg Limanovning “Uzbekistan –China Relations During the Covid-19 Pandemic” analitik maqolasida asosan Pandemiyagacha bo’lgan umumiy sohalardagi hamkorlik tahlil etilgan hamda Pandemiyaning O’zbekiston va Xitoy o’rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarga ta’siri yoritilgan. Bundan tashqari i.f.d., prof. Raximova Dilfuzaning “Koronavirus pandemiyasining global iqtisodiyotga va O’zbekistonning iqtisodiy hamkor mamlakatlariga ta’siri” maqolasida koronavirus pandemiyasigacha bo’lgan davrdagi iqtisodiy rivojlanish va Pandemiyaning O’zbekiston va asosiy hamkor mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy ta’siri tahlil etilgan. Lekin shuni aytish kerakki ushbu maqola ko’proq iqtisodiy ahamiyatga egadir.

Download 101,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish