O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet510/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   506   507   508   509   510   511   512   513   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

 


- 888 -
 
Silga qarshi I guruh vositalari 
(Sintetik vositalar) 
Izonikotin kislotasi gidrazidlari (GINK) guruhining asosiy namoyondasi 
bo‘lib izoniazid (tubazid, izoniozid) hisoblanadi. Sil mikobakteriyasiga qarshi u 
yuqori faollikka ega (streptomitsindan ustun keladi). Streptomitsindan farq qilib, 
hujayra ichida joylashgan sil mikobakteriyalariga ham ta'sir etadi.
Moxov qo‘zg‘atuvchisiga ham susaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Boshqa 
mikroorganizmlar 
izoniazid 
ta'siriga 
chidamlidirlar. 
Izoniazidning 
sil 
mikobakteriyasiga antimikrob ta’sir mexanizmi, hozirgacha aniqlanmagan 
bakteriostatik yoki bakteritsid ta'sir ko‘rsatadi. Sil mikobakteriyasi devorining 
juda muhim tarkibiy qismi bo‘lgan mikolev kislotasining sintezini susaytirishi 
haqida ma'lumot bor. Bu bilan izoniazidni sil mikobateriyasiga tanlab ta'sir 
etishini tuShuntirsa bo‘ladi. Chunki boshqa mikroorganizmlarda mikolev 
kislotasi yo‘q. Bunda nuklein kislotalari sintezini keskin susayishi ham 
ahamiyatli bo‘lishi mumkin. Izoniazidga sil mikobakteriyasining chidamliligi 
streptomitsin va rifampitsinga nisbatan ancha sekinroq rivojlanadi. 
Me'da-ichak traktidan izoniazid yaxshi so‘riladi. To‘qima bar'erlaridan dori 
vosita oson o‘tadi va barcha to‘qimalarga bir tekis tarqaladi. Seroz bo‘shliqlarda 
va orqa miya suyuqliklarida (likvor) bakteriostatik konsentaratsiyalarda 
aniqlanadi. Izoniazidning ko‘p qismi kimyoviy o‘zgarishlarga uchrab, 
metabolitlar hamda kon'yugatlar hosil qiladi. Izoniazidni organizmda 
inaktivatsiyasining 
(faolligini 
yo‘qotilishi) muhim yo‘llaridan bo‘lib, 
atsetillanish hisoblanadi. Bu jarayonning tezligi nasliy belgilanganligi 
isbotlangan. Ba'zi insonlarda
1
izoniazid sekin inaktivatsiyalanadi va Shu sababli 
organizmda 
uning 
konsentratsiyasining 
kamayishi 
dori 
vositani 
tez 
inaktivatsiyalanish holatiga nisbatan anchagina sekinroq kechadi.
______________________ 


- 889 -
1
yevropa aholisining tahminan yarmi
Qon zardobida izoniazid miqdorini 50 % kamayishi (t
1/2
) guruhlarda 2,5 
baravargacha farq qilishi mumkin. Tabiiyki, izoniazidni bunday o‘ziga xosligi 
dori vositani dozasini belgilashda inobatga olinishi zarur, chunki bu bilan 
nafaqat moddaning bakteriostatik konsentratsiyasi, balki noxush ta'sirotlari 
yuzaga kelishi ham bog‘liq. 
Izoniazidning asosiy miqdori va uning o‘zgarishidan hosil bo‘lgan 
mahsulotlar 1 kun davomida asosan buyrak orqali ajraladi. 
Izoniazidni silning barcha shakllarida qo‘llashadi. Dori vositani odatda 
ichishga beriladi, ba'zan to‘g‘ri ichakka kiritiladi (rektal). Zaruriyat tug‘ilganda 
uni tomir yoki mushak ichiga kiritish mumkin (u suvda yaxshi eriydi). Izoniazid 
eritmalarini seroz bo‘shliqlar va yiring yo‘llarini chayish uchun ham ishlatiladi.
Izoniazidni qo‘llash xilma-xil noxush ta'sirotlar rivojlanishi bilan kechadi. 
Izoniazidning asosiy salbiy xossasi bu uning neyrotoksikligidir. U asosan 
nevritlarda, Shu jumladan, ko‘rish nervini jarohatlanishida namoyon bo‘ladi. 
MNS tomonidan ham noxush o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin (uyqusizlik, ruhiy 
buzilishlar, xotirani buzilishi, muvozanatni buzilishi). Ba'zi bemorlarda og‘iz 
qurish, ko‘ngil aynash, qayt qilish, qabziyat, yengil anemiya yuzaga keladi. 
Allergik reaksiyalar nisbatan kam uchraydi. Ba'zi holatlarda terida o‘zgarishlar, 
istmalash, eozinofiliya bo‘ladi. 
Izoniazidning ko‘p noxush ta'sirotlari aminokislotalarning xilma-xil 
almashinuvi uchun koenzim bo‘lgan piridoksalfosfatni hosil bo‘lish 
jarayonining susayishi bilan bog‘liqdir. Shundan kelib chiqqan holda, noxush 
ta'sirotlarni oldini olish uchun (masalan nevritlarni) izoniazid bilan birgalikda 
piridoksin (vitamin V
6
) beriladi. 
Allergik reaksiyalarni allergiyaga qarshi vositalarni qo‘llash orqali 
bartaraf etiladi.


- 890 -
Izonikotin kislotasini gidrozidi unumlariga ftivazid, metazid, eruvchan salyuzid 
ham mansub. Ularning barchasi izoniazidga nisbatan faolsizroq va unga nisbatan 
hyech qanday ustunlikka ega emaslar. Ularni kamdan-kam, izoniazidni ko‘tara 
olmaslik holatlarida qo‘llashadi. 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   506   507   508   509   510   511   512   513   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish