O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet528/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   524   525   526   527   528   529   530   531   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

Gematoshizotrop vositalar 
Xingamin (xloroxin, delagil, rezoxin) eng ko‘p qo‘llaniladi. U 4-
aminoxinolin hosilasidir. Plazmodiylarni eritrotsitar shakllariga yo‘naltirilgan 
gematoshizotrop ta'sir ko‘rsatishi uning bezgakka qarshi ta'sirida asosiydir. Bu 
asnoda u boshqa bezgakka qarshi dori vositalardan ustun keladi. P. vivax ni 
jinsiy hujayralariga kuchsiz darajada ta'sir ko‘rsatadi. Plazmodiylarni 
xingaminga chidamlilik orttirishi nisbatan sekin
1
kechadi. Xingamin amebitsid 
ta'sir ham ko‘rsatadi. Bundan tashqari unda immunodepressiv va antiaritmik 
ta'sir ko‘rsatish xossalari mavjud. Me'da-ichak traktidan xingamin tez va deyarli 
to‘liq so‘riladi. Ushbu yo‘l bilan kiritilganda qon zardobida dori vosita 
maksimal konsentratsiyada 1-2 soatdan so‘ng to‘planadi.
_______________________ 
1
Ushbu guruhga bezgak plazmodiylarining digidrofolitreduktaza fermenti 
faolligini susaytiruvchi trimetoprin ham mansub. 
Moddaning yarmiga yaqini zardob oqsillari bilan bog‘lanadi. Xingamin 
to‘qimalarda ham katta konsentratsiyada aniqlanadi. Organizmdan sekin 


- 927 -
ajraladi. Uni qon zardobidagi konsentratsiyasini 50% ga kamayishi uchun 3 
kunga vaqt kerak bo‘ladi. Xingamin va uni metabolitlarini ajralishining asosiy 
yo‘li bu buyrak orqalidir. Dori vositani 70% ga yaqini o‘zgarmagan holda 
ajraladi. Eliminatsiya tezligi peshobni kislotali muhitida ortadi va ishqoriy 
muhitida kamayadi. Xingaminni bezgakning hamma turida, hamda ichakdan 
tashqari amebiazda qo‘llaniladi. Bundan tashqari kollagenozlar (masalan, 
revmatizm 
va 
revmatoidli 
artritlar)da 
ham 
samarador 
(ehtimol, 
immunodepressiv xossasi hisobiga). Uni yurak ritmini buzilishlarini oldini 
olishda va amiloidozda ham tavsiya etishadi. Xingamin odatda ichishga 
buyuriladi, ba'zan parenteral kiritiladi. Bezgakni davolashda xingamin yaxshi 
o‘zlashtiriladi. Noxush ta'sirlar asosan uni katta dozalarda davomli qo‘llaganda 
yuzaga chiqadi (kollagenozlarni davolaganda). Ular dermatit, dispepsik 
o‘zgarishlar, bosh aylanishi kabilarda namoyon bo‘ladi. Eng og‘ir asorati bu 
ko‘rishni buzilishi (retinopatiyani ham qo‘shganda). Kamdan-kam hollarda 
leykopeniya, jigar funksiyasini buzilishi qayd qilinadi. Xingaminni davomli 
qo‘llaganda ko‘rish, jigar funksiyalari va qon hosil bo‘lish jarayonini nazoratga 
olish zarur.
Farmakologik xossalari va qo‘llashga ko‘rsatmalar bo‘yicha galoxin 
(sikloxin), gidroksixloroxin (plakvenil), amodiaxin (kamoxin) dori vositalari 
xingaminga juda o‘xshashdir. Xloridin (pirimetamin) ham gematoshizotrop 
vositalarga mansub. U digidrofolatreduktazaning ingibitori bo‘lganligidan 
digidrofoliev kislotasi

almashinuvini buzuvchi modalarga mansub. 
______________________ 
1
Janubi-sharqiy Osiyo, Janubiy va Markaziy Amerika, Afrika kabi bir qator 
davlatlarda xingaminga chidamlilik orttirgan P.falciparumning shtammlari 
topilgan. 
2
Bunday ta'sir mexanizmiga bigumal (proguanil) ham ega. Uni ba'zan 
plazmodiylarni xingaminga rezistentlik orttirgan holatlarda qo‘llaniladi. 


- 928 -
To‘qimalarda kuchli darajada ammo xingamindan kamroq to‘planib qolish 
(depolanish) va davomli ta'sir ko‘rsatish xossasiga ega. Ta'siri sekin 
rivojlanganligidan xloridinni asosan bezgakni shaxsiy profilaktikasi uchun 
qo‘llashadi.
Bezgak plazmodiylari ushbu dori vositaga juda tez chidamlilik orttiradilar. 
Xingaminga chidamlilik orttirgan tropik bezgakda xloridinni sulfanilamidlar 
bilan birga (kombinatsiya) qo‘llashadi. Xloridinni sulfanilamidlar bilan 
birgalikda nafaqat bezgakni, balki toksoplazmozni davolashda ham qo‘llashadi. 
Eritrotsitar shizontlarga halokatli ta'sirni xinn daraxti po‘stlog‘idan olinadigan 
alkaloid bo‘lmish xinin ham ko‘rsatadi. U bezgakka qarshi nisbatan kuchsiz 
ta'sir etadi. Xininning katta ustunligi uning ta'sirini tez rivojlanishidadir. Xinin 
ancha katta zaharlilikka ega ekanligi bilan ajralib turadi. Uni qo‘llaganda turli 
xil noxush ta'sirotlar (bosh aylanishi, ko‘rish va eshitishni buzilishi, buyrak 
funksiyasini susayishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, diareya, allergik reaksiyalar) 
tez-tez kuzatiladi.
Xingaminga va ko‘pgina dori vositalariga chidamlilik orttirgan tropik 
bezgak xurujlarini bartaraf etish va uni davolashda xinin katta ahamiyatga ega. 
Dori dori vositalari sifatida xininni sulfati, gidroxloridi va digidroxloridini 
qo‘llashadi. 
4-xinolinmetanol hosilasi guruhiga sintetik dori vosita mefloxin mansub. 
Xininga o‘xshab u gematoshizotrop ta'sir ko‘rsatadi. Ta'sirining davomliligi 
bilan ajralib turadi. t
½
>6 kun (xininniki t
½
~10 soat) faqat ichiladi. Mahalliy 
ta'sirlovchi xossaga ega. Xininga nisbatan kam zahar. Dispepsik buzilishlar, 
terida toshmalar, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi kuzatilishi mumkin. Dori vositani 
katta dozalarda qo‘llaganda nevrologik buzilishlar, tirishish rivojlanishi 
mumkin. 
Sulfanilamidlar va sulfonlar ham gematoshizotrop faolligiga egadirlar. 
Ularning samaradorligi bezgak plazmodiylarining para-aminobenzoy kislotasini 
o‘zlashtirishlarini buzilishi bilan bog‘liq. 


- 929 -
Sulfanilamidlardan sulfazin, sulfapiridazin, sulfadimetoksin, sulfalen, 
sulfadoksinlarni qo‘llashadi. Sulfonlar guruhidan moxovga qarshi vositalar 
sifatida topilgan diafenilsulfon (dapson) bezgakni davolash va oldini olishda 
qo‘llaniladi. 
Sulfanilamidlar va sulfonlarni gematoshizotrop faolligi nisbatan katta 
emas. Ularning ta'siri sekin rivojlanadi. Ushbu dori vositani yakka o‘zini 
qo‘llashmaydi. Ularni odatda boshqa bezgakka qarshi vositalar bilan birga, 
masalan, xinin, digidrofolatreduktazaning ingibitori (xloridin, trimetoprim) bilan 
qo‘llashadi. 
Tez-tez kombinatsiyalangan dori vositalarni, masalan, fansidor (xloridin + 
sulfadoksin) qo‘llashadi. 
Xingaminga chidamlilik orttirilgan hollarda, ba'zan tetratsiklin qatoridagi 
antibiotik doksitsiklin qo‘llaniladi. 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   524   525   526   527   528   529   530   531   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish