O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov


Amebiazni davolashda qo‘llaniladigan vositalar



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet530/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   526   527   528   529   530   531   532   533   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

Amebiazni davolashda qo‘llaniladigan vositalar 
Issiq o‘lka davlatlarida keng tarqalgan amebiazni qo‘zg‘atuvchi 
Entamoeba hystolytica hisoblanadi. Amebiaz ko‘proq yo‘g‘on ichakni 
jarohatlaydi (amyobali dizenteriya). Bunda amyobalar ham ichak ichida, ham 
ichak devorida joylashgan bo‘ladilar. Ammo ichakdan tashqarida joylashgan 
jarohat o‘choqlariga ega bo‘lgan sistemali amebiaz ham bo‘lishi mumkin. 
Ichakdan darvoza venasi (v.portae) orqali tarqalib amyobalar gepatit va jigarda 
absesslar rivojlantirishlari mumkin. Ba'zida o‘pka va boshqa a'zolarda absesslar 
kuzatiladi. 
Amebiaz qo‘zg‘atuvchisini joylashgan joyiga bog‘liq holda u yoki bu 
amebiazga qarshi vositalar zarur bo‘ladi. Ular quyidagi asosiy guruhlar
1
dan 
iborat bo‘lishlari mumkin: 


- 932 -
1. Patologik jarayonni har qanday joylashishida ham samarador bo‘lgan 
amebitsidlar Metronidazol 
2. Asosan ichak ichida joylashgan amyobalarga bevochita ta'sir ko‘rsatuvchi 
samarador amebitsidlar Xiniofon 
3. Ichak ichida va uning devorida joylashgan amyobalarga bilvosita ta'sir 
etuvchi amebitsidlar Tetratsiklinlar 
4. Ichak devori va jigarda o‘rnashgan amyobalarga ta'sir etuvchi to‘qima 
amebitsidlari Emetin gidroxlorid 
5. Asosan jigarda joylashgan amyobalarga samarador ta'sir ko‘rsatuvchi to‘qima 
amebitsidlari Xingamin 
__________________________ 
1
Tasnifga asos qilib JSST (VOZ) taklif qilgan tasnif olingan. 
Tasnifda ko‘rsatilganidek ichak va ichakdan tashqarida joylashgan 
amebiazlarni davolashda universal vosita bu metronidazol hisoblanadi. Ichak 
ichida joylashgan amebiazlarga nisbatan uning samaradorligi pastroq.
Shu sababli uni amyobali dizenteriyada xiniofon yoki yodoxinolin bilan 
birga qo‘llashadi. Metronidazol sistalarga ta'sir etmaydi. 
Amebiazdan batamom sog‘ayish, uni retsidivlarini va reinfeksiyasini 
oldini olishda ichak ichida joylashgan amyobalarga faol ta'sir etuvchi 
amebitsidlar katta ahamiyatga ega. Ana Shunday yo‘nalish ta'siriga 8-
oksixinolin hosilasi xiniofon egadir
Amyobalarga qarshi vositalar ta'sirini asosiy yo‘nalishlari. 
Dori vosita 
Ichak 
amebiazida 
qo‘llaniladigan 
vositalar 
Ichakdan 
tashqaridagi 
amebiazda 
qo‘llaniladi-
gan 
amebitsidlar 
Ichak 
ichida ta'sir 
etuvchi 
amebitsid-
lar 
Ichak shilliq 
qavatida 
ta'sir 
etuvchi 
amebitsidlar 
Ichak 
bakterial 
florasini 
daf 
etuvchi 
vositalar 
Metronidazol 



Emetin 




- 933 -
gidroxlorid 
Xiniofon 

Xingamin 

Tetratsiklinlar 

Xiniofon (yatren)ni bor yo‘g‘i 10-15% me'da-ichakdan so‘riladi. Shu 
sababli ichakda moddani amebitsid ta'siri yuzaga chiqishi uchun zarur bo‘lgan 
katta konsentratsiyasi hosil bo‘ladi. Dori vosita kam zahar. Noxush ta'siriga 
diareya xos. Ko‘z nervini nevriti bo‘lishi mumkin. 
Xiniofonga tuzilish va ta'sir yo‘nalishi o‘xshash bo‘lgan dori vosita 
biyodoxinol hisoblanadi. 
Amebiazni davolashda ipekakuana (
Cephaelis ipecacuanha
) ildizidan 
ajratilgan alkaloid emetinni qo‘llash anchagina keng tarqalgan. Dori prearati 
sifatida emetin gidroxloridni qo‘llashadi. Uni mushak ichiga kiritishadi, chunki 
ichilganda u me'da-ichak traktining shilliq qavatini kuchli qo‘zg‘atadi 
(ko‘pincha reflektor kayt qilish kuzatiladi). 
Emetin ichakdan tashqarida (masalan, jigarda katta konsentratsiyada 
to‘planadi) va ichak devorida o‘rnashgan amyobalarga ta'sir ko‘rsatadi. Ichak 
ichida o‘rnashgan amyobalarga dori vosita ta'sir ko‘rsatmaydi. 
Emetin buyrak orqali davomli vaqt oralig‘ida (1 oydan ko‘p) ajraladi. Shu 
sababli u kumulyatsiyalanadi va bu xossasi dozasini haddan oshib ketishi tufayli 
zaharlanishga sabab bo‘ladi. 
Noxush ta'siri yurak-tomir sistemasi (taxikardiya, aritmiya, yurak sohasida 
og‘riq, gipotoniya), me'da-ichak trakti (ko‘ngil aynishi, diareya, qayt qilish), 
asab-mushak sistemasi (mushaklar holsizligi, tremor, nevralgiya) tomonidan 
yuzaga chiqadi. Buyrak va jigar tomonidan ham buzilishlar bo‘lishi mumkin. 
Shuning uchun emetin bilan davolash vaqtida, yurak, buyrak va jigar 
funksiyalarini nazorat qilish shart. Yurak va buyrakning organik hastaliklarida 
dori vositani qo‘llash man etilgan. 


- 934 -
Jigarda o‘rnashgan amyobalarga ta'sir ko‘rsatish maqsadida jigar 
to‘qimasida katta konsentratsiyada to‘planuvchi xingamin muvaffaqiyat bilan 
qo‘llaniladi. 
Yuqorida qayd etilgan dori vositalar amebiaz qo‘zg‘atuvchisiga bevosita 
ta'sir etuvchi amebitsidlarga mansubdirlar. Shu bilan bir qatorda ichak 
amebiazini amaliy jihatdan amyobalarga bevosita ta'sir ko‘rsatmaydigan 
tetratsiklinlar bilan davolash mumkin. Ma'lumki, 
Entamoeba hystolytica
anaerobdir. Uni ichakda yashashi uchun zarur bo‘lgan sharoitni kislorodni 
yutuvchi bakteriyalar yaratadilar. 
Tetratsiklinlarni qo‘llaganda ichak florasi nobud bo‘ladi va bu holat ichak 
ichida va uning devorida o‘rnashgan amyobalarni rivojlanishi va ko‘payishiga 
bilvosita salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Bunday dori vositani bilvosita ta'sir 
ko‘rsatuvchi amyobalarga qarshi vositalar deb atash mumkin.
Amebiazni davolashdagi samaradorligi bo‘yicha tetratsiklinlar bevosita 
ta'sir ko‘rsatuvchi amebitsidlardan kuchsizdirlar. O‘tkir ichak amebiazini 
davolashda ba'zan monomitsin qo‘llaniladi (ichiladi). 
Amebiazni davolashda, ko‘pgina holatlarda, metronidazolni qo‘llash bilan 
cheklansa bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda tez-tez dori moddalarini birga 
(kombinatsiya) qo‘llashadi. Jumladan, amyobali dizenteriyada ichak ichida, uni 
devorida joylashgan amyobalarga ta'sir ko‘rsatuvchi hamda ularni jigarga kirib 
joylashishini oldini oluvchi dori vositalarni birgalikda qo‘llash maqsadga 
muvofiqdir (masalan, metronidazol + xiniofon, emetin gidroxlorid + tetratsiklin 
+ xiniofon). 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   526   527   528   529   530   531   532   533   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish