O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

 


10 
 
I. KIRISH 
1. Farmakologiya fanining maqsad va vazifalari. Uning boshqa tibbiy 
fanlar orasidagi o‘rni 
Farmakologiya tibbiyotning asosiy fanlaridan biri bo‘lib, u shifokorni 
o‘zining asosiy quroli 

dorilar bilan tanishtiradi. U shifokor bemor organizmida 
dorilar bilan nima qilayotganligini, katta yoki kichik dozalarda ulardan qanday 
samaralar kutish lozimligini ko‘rsatadi.
 
Farmakologiya 
lotincha 
so‘zlar 
birikmasidan 
olingan 
bo‘lib 
(
pharmacon

dori, 
logos

fan), dorilar to‘g‘risidagi fan degan ma’noni bildiradi. 
Famakologiya turli xil kimyoviy birikmalarning tirik organizmlar bilan (Shu 
jumladan odam va hayvon organizmlari bilan ham) o‘zaro ta’sirini o‘rganadi. 
Uning eng asosiy vazifalaridan biri – yanada samaraliroq va xavfsizroq bo‘lgan 
dori vositalarini izlab topishdan iboratdir. 
Farmakologik tekshirishlarning doirasi juda keng. U dori moddalarning turli 
murakkablikdagi biologik tizimlarga ta’sirini o‘rganishni o‘z ichiga qamrab oladi – 
butun bir organizmdan tortib, har bitta hujayragacha, va hattoki, hujayralarning 
tarkibiy qismlariga, retseptorlar va fermentlarga ta’sirini ham. Kimyoviy moddalar 
ta’sirida biologik tizimlar faoliyatining o‘zgarishlari ularning biologik samaralari 
(faolligi) yuzaga chiqishiga olib keladi. 
Tibbiy –biologik fanlar qatoridan o‘rin olgan farmakologiya eksperimental va 
amaliy tibbiyotning turli sohalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunda bir tomonda 
tibbiyotning asosiy nazariy fanlari 

fiziologiya, patologik fiziologiya, biokimyo 
tursa, ikkinchi tomonda amaliy fanlar 

klinik farmakologiya, terapiya, pediatriy, 
xirurgiya va boshqalar turadi. Shuningdek, u farmasiya fanlari 

Farmatsevtik 
kimyo, farmakognoziya, Farmatsevtik texnologiya bilan ham chambarchas bog‘liq 
bo‘lib, ular orqali esa biokimyo, botanika, texnologiya fanlari bilan ham 
bog‘lanadi. 


11 
Farmakologiyaning klinika uchun ahamiyatli fan ekanligi Shundan ham 
ko‘rinib turibdiki, undan o‘tgan asrning oxirlarida dori vositalarining inson 
organizmi bilan o‘zaro ta’sirlarini turli patologik holatlarda, bevosita bemorning 
oldida o‘rganuvchi klinik farmakologiya mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. 
Farmakologiyaning ahamiyati amaliy tibbiyot uchun o‘ta beqiyosdir. Hozirgi 
kungacha farmakologlar tomonidan juda katta zahiradagi yuqori samaradorlikka 
ega bo‘lgan dori vositalarining yaratilganligi (oxirgi ma’lumotlarga qaraganda 
butun yer shari mamlakatlaridagi jami yaratilgan va amaliyotda qo‘llanilayotgan 
dori dori vositalarning soni 300 000 dan ortiqni tashkil etadi) ko‘pchilik 
kasalliklarni davolashning universal usuliga aylantirdi. Shuning uchun ham 
farmakologiya fanini mukammal bilish istalgan sohadagi shifokorlar uchun 
mutlaqo zarur hisoblanadi. Farmakologiyani bilish zarurligining yana bir ahamiyati 
Shundaki, zamonaviy dori moddalarning ko‘pchiligi juda yuqori faollikka ega 
bo‘lganliklari uchun ularni tavsiya qilishdagi ozgina noaniqlik bemorning hayotiga 
xavf soluvchi o‘ta kuchli asoratlarga olib kelishi mumkin.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, farmakologiyaning muhim vazifasi yangi 
dori vositalarini izlab topishdan iboratdir. Buning uchun asosiy yo‘l – kimyoviy 
sintez usulidir. Bundan tashqari, o‘simliklarning tabiiy birikmalaridan
hayvonlarning to‘qimalaridan va ma’danlardan ham unumli foydalaniladi. Shu 
bilan 
birga, 
ko‘pchilik bebaho dori vositalarning zamburug‘lar va 
mikroorganizmlar hayoti davomida ajralib chiqishini ham inobatga olish lozim. 
Bulardan tashqari, keyingi yillarda yangi dori vositalar yaratishda hujayraviy va 
gen injeneriyasi ham katta ahamiyat kasb etmoqda. Farmakologlar tomonidan 
yangi dori vositalarini izlab topish, ularni sinovdan o‘tkazish va amaliyotga tadbiq 
etish ishlari kimyogarlar va klinisistlar bilan o‘zaro hamkorlikda olib boriladi. 
Zamonaviy doriShunoslik sohasidagi ulkan yutuqlar va yuksalishlar qator yangi 
ilmiy yo‘nalishlar hamda fanlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Ularga 
eksperimental va klinik farmakologiyadan tashqari farmasiya, toksikologiya, 
immunofarmakologiya, farmakogenetika, yuqumli kasalliklar kimyoviy terapiyasi, 


12 
o‘sma 
kasalliklarining 
kimyoviy 
terapiyasi, 
farmako 
epidemiologiya, 
farmakoekonomika (farmakoiqtisodiyot) va boshqalarni kiritish mumkin. 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish