O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

empirik
1
 
tarzda rivojlandi, xalq tabobatida ham shifokorlar dori 
moddalarining ta’sirini bemorlarda kuzatib borganlar. 
XIX asrdan boshlab eksperimental farmakologiya rivojlana boshlagan. Barcha 
qo‘llaniladigan, qo‘llanish arafasida bo‘lgan dori moddalari avval hayvonlarda 
tekshirib ko‘rilishi zarur degan xulosaga kelingan, Shu vaqtdan boshlab ilmiy 
farmakologiyaga asos solingan. 
Ilmiy 
farmakologiyaning 
rivojlanishida 
Rossiyada 
A.P.Nelyubin, 
O.V.Zabelin, E.V.Pelikan, Ovrupoda Fransua Majandi, Klod Bernar, Shmideberk 
kabi olimlar katta hissa qo‘shganlar. 
Rossiyalik akademik I.P.Pavlov mashhur fiziolog bo‘lishiga qaramasdan, 
farmakologiya sohasida ham katta tajribalar o‘tkazgan, bu sohaga oid 80 ta ilmiy 
ishini 
chop 
ettirgan. 
I.P.Pavlovdan 
keyingi 
davrda 
hozirgi 
davr 
farmakologiyasining asoschisi sifatida akademik N.P.Kravkov katta ilmiy maktab 
yaratgan bo’lib, “Farmakologiya asoslari” nomli kitobi 14 marta nashr etilgan. 
Uning S.A.Anichkov, V.V.Zakusov va M.D.Mashkovskiy kabi shogirdlarining 
ilmiy ishlari bugungi kun farmakologiyasining poydevori hisoblanadi.
Hozirgi 
kundagi 
farmakologiyaning 
rivojlanishida 
akademik 
D.A. 
Xarkevichning hissasi juda beqiyos. Uning tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari 
uchun yozilgan “Farmakologiya” darsligi Shu fanni o‘zlashtirishda katta 
ahamiyatga egadir.
1
Shaxsiy tajribalar va oddiy kuzatuvlarga asoslangan davolashni empirik usul deyilgan. 


17 
O‘zbekistonga farmakologiya fani 1920 yilda kirib kelgan.
Dastlab bu fanni 
respublikamizdagi rivoji uchun Rossiyadan professor I.I.Markelov, assistentlar 
N.N.Kompansev, K.I.Siverskaya va L.G.Merkulovlar kabi olimlar taklif qilingan.
Professorlar Markelov Ivan Ivanovich va Kompansev Nikolay Nikolaevichlar 
asosan dorivor o‘simliklar, metallar va sanoatdagi ba’zi zaharli moddalar 
farmakologiyasi va toksikologiyasini o‘rganish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib 
borishgan. 
Professor Komilov Ishoq Komilovich dorivor o‘simliklarning va ulardan 
olingan moddalarning farmakologiyasini o‘rganish bo‘yicha ko‘plab shogirdlarni 
etishtirgan va maktab yaratgan olimlardan biri sifatida tarixda iz qoldiridi. 
Farmakologiya 
fanininig 
ravnaqida 
keyingi 
yillarda 
professorlar 
O‘.B.Zokirov, Q.N.Nadjimutdinov, X.U.Aliev, S.S.Azizova, M.N.Maxsumov va 
M.M. Azimov, Z.Z.Xakimovlarning o‘rinlari juda katta.
Ushbu farmakologlar faoliyati Sobiq Ittifoq davrida yirik olimlar bo‘lgan
Zakusov, Anichkov, P.V.Sergeev va boshqalar bilan chambarchas bog‘liq holda 
olib borilgan. Ularning olib borgan ishlarining yuksak baholanishi O‘zbekistonda
bir necha marotaba farmakologiya bo‘yicha xalqaro anjumanlarning
o‘tkazilishida o‘z ifodasini topgan. 
Professsor Azizova San’at Sobirovna O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan 
arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor, rus, o’zbek tillarida va lotin a’lifbosida 
«Farmakologiya» darsligining muallifidir. «Farmakologiya» elektron darsligi 
o’zbek va rus tillarida yaratilgan. Azizova San’at Sobirovna tomonidan ilmiy 
maktab yaratilgan va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining tomonidan “Ustoz” 
jamg‘armasining 1 darajali diplomi soxibasi. Professor S.S.Azizova farmakologiya 
fanining rivojlanishida o‘z maktabiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi ilk ayol 
farmakolog hisoblanganlar. Shogirdi professor Abdusamatov A.A. tibbiyot 
amaliyotiga kobaltning metilmetioninsulfoniy xlorid va glutamin kislotasidan 
iborat bo’lgan koordinastion modda – kobavit va fitin bilan kobaltdan iborat - fitat 
kobalt birikmalarini gepatoprotektor dori moddalar sifatida tadbiq etgan.


18 
Professor Maxsumov M.N. farmakologiya fanining rivojiga o‘z xissasini 
qushgan va o‘zining ilmiy ishlari bilan yangi dori vositalarining yaratilishiga asos 
solgan xamda Farmakologiya o‘quv darsliginining muallifi sifatida alohida 
axamiyatga ega olimdir.
Professor Zokirov O‘zuv Boqievich farmakologiya soxasida ilmiy ishlarni 
rivojlantirishga va yosh kadrlaring ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirishga katta 
xissa qo‘shgan olim bo‘lib, yangi dori vositalarini o‘rganish va tibbiyot 
amaliyotiga tadbiq etish, shuningdek turli patologik holatlarda me’da-ichak yo‘li 
faoliyatiga dori vositalari ta’sirini o‘rganish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan, 
bir qancha farmakolog olimlarning ustozi sifatida o‘z maktabiga ega bo‘lgan etuk 
mutaxassisdir. 
Rrofessor Aliev X.U. rahbarligida peshob haydovchi kiyik o‘ti, Osiyo yalpizi, 
bo‘ymadaron, balg‘am ko‘chiruvchi gulhayri, limon o‘ti o‘simlik preparatlari
biostimulyator “SHarq tabibi balzami”, stimusol preparatlari, tinchlantiruvchi 
“Fitopassit” va nur kasalliklariga qarshi “Kobalt – 30”, kamqonlik kasalligiga 
qarshi “Feramid”, “Ferask” va regeneratsiyani kuchaytiruvchi “Mumiyo asil”, 
qand kasalligiga qarshi Glipil, Glikorazmulin preparatlari tibbiyot amaliyotiga 
tadbiq etildi. Professor X.U.Aliev farmakologiya fanining rivojiga katta hissa 
qo‘shgan va o‘z maktabiga ega bo‘lgan etuk olimdir.
Prof. Azimov Muzaffar Mahmudovich asosan dorivor o‘simliklardan 
olingan moddalarning va ularning yangi unumlarining farmakologiyasini o‘rganish 
bo‘yicha katta ilmiy tadqiqotlar olib borgan va glitsirizin kislota unumlarini 
tibbiyotga tadbiq etgan olimlardan biri hisoblanadi.
Prof. Hakimov Ziyaviddin Zaynutdinovich tomonidan bir kancha shogirdlar 
tayyorlangan bo‘lib, patologik holatlarda dorilar farmakodinamikasini va 
farmakokinetikasini o‘rganish va ushbu jarayonlarning buzilishini bartaraf etish 
vositalarini yaratish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. 
Prof. Shoislomov Baxtiyor Shoabdurahmonovich asosan dori vositalarining 
me’da – ichak yo‘llari faoliyatiga ta’sirini o‘rganish va turli patologik holatlarda 


19 
kuzatiladigan 
me’da-ichak 
faoliyatlarining 
buzilishlarini 
farmakologik 
korreksiyalash mavzusida axamiyatga molik ishlarni amalga oshirmoqdalar. 
Professor Allaeva Munira Jurakulovna asosan tabiiy dorivor o‘simliklar asosida 
mahalliy yangi dori vositalarini yaratish va tibbiyotga tadbiq etish bo‘yicha ilmiy 
izlanishlaor olib borib, bo‘ymadaron, makkajuxori popugi quruq ekstraktlari, 
kobalьt saqlovchi preparatlar “Kobalt – 30”, kogistin, temir saqlovchi “Feramid”, 
“Ferask” va regeneratsiyani kuchaytiruvchi “Mumiyo asil” preparatlari ustida 
ilmiy izlanishlar olib borib, qon tizimiga ta’sir etuvchi “Ferask” , “Mumiyo asil” 
dori 
vositalarini 
tibbiyot 
amaliyotiga 
tadbiq 
etgan., 
Professor Ismailov Saloy Ruzmamatovich allergik reaksiyalarda pankreatik 
fermentlar faolligida kuzatiladigan buzilishlarni antigistamin vositalar bilan 
korreksiyalash bo’yicha ilmiy izlanishlar olib brogan. 
Professor Aminov Saloxitdin Djuraevich o’simliklardan ajratib olingan 30 
dan ortik tabiiy moddalarni tajriba xayvonlarida farmakologik xususiyatlarini 
tekshirib, bu moddalarda spazmolitik, gipotenziv, antiaritmik va yallig‘lanishga 
qarshi xususiyatlar borligi va ularni faolligi kimyoviy tuzilishiga boglikligi 
aniqlandi. 4 ta preparatga biologik faol modda sifatida avtorlik guvoxnoma oldi. 
Firutas tabletkasi 0,3 g klinik sinovga tekshirish uchun ruxsat berildi. oshqozon 
ichak yara kasalligida qo’llaniluvchi Glistitrinat tabletkasi 0,1 g klinik sinovga 
tekshirish uchun ruxsat etildi. 
Professorlar Tulyaganov Rustam Tursunovich va Fayzieva Ziyoda 
Turaevnalar yangi maxalliy dori vositalarini yaratish va tibbiyot amaliyotiga 
tadbiq etish bo‘yicha faoliyat olib bormoqdalar. Ayniqsa jigar xastaliklari va 
qandli diabetda ishlatiladigan dori vositalari bilan tibbiyot amaliyotini boyishiga 
o‘z hissalarini qushmoqdalar.
Respublikamizning viloyatlarida faoliyat ko‘rsatgan farmakologlar 
to‘g‘risida 
qisqacha 
to‘xtalib 
o‘tmoqchimiz. 
Professor 
I.V.Troitski 
N.K.Klemparskiy, dotsentlar X.R. Farxadi, I.E.Akopov, S.M. Tregubov, 
D.N.Karshievlar xam farmakologiya sohasining rivojlanishiga xissa qo’shgan 
olimlar xisoblanadi.


20 
Ayniqsa gemostatik dori vositalarining farmakologik samaradorligini aniqlash 
bo‘yicha yangi usullarni tibbiyo amaliyotiga tadbiq etdi. I.E.Akopov va 
V.A.Konovalovlar gemostatik ta’sirga ega Gangituvchi bozulbang o‘simligi 
preparatlarini va xinolizidin alkaloidlari dori vositalarini xamda maxalliy 
ogriqsizlantiruvchi afillin xlorgidrat yangi dori vositalarini tibbiyot amaliyotiga 
joriy qildi.
Dotsent S.J. Yo’ldashev Diklofenak natriy vasselagrip dori vositalarining 
yallig‘lanishga qarshi ta’sirlarining yangi mexanizmlarini o‘rganish ustida 
izlanishlar olib bormoqda.
Dosent D.M.Musaeva selenit natriy va vitamin E kabi antioksidant 
xususiyatli vositalarning bolalar toksik gepatit kasalliklarini davolashdagi 
samarasini o‘rganib, yangi davo usulini tibbiyotga tadbiq etdi Bundan tashqari 
MDR 1 va CYP2S19 genlari izoformalari hamda ularning farmakoterapiyaga 
ta’sirini 
o‘rganishda 
respublikada 
yangi 
yo‘nalish 
hisoblangan 
farmakogenetikaning rivojlanishida o‘z hissasini qo‘shmoqda. 
Dotsent Z.A. Ergasheva Fargona vodiysida o‘suvchi shifobaxsh 
o‘simliklardan ishlab chikarilgan dori vositalarni urganish borasida
farmakologiyaning rivojlanishiga o‘z hissasini qushmoqda.
Ma’lumki yangi dori vositalarini yaratishda klinikagacha bo‘lgan ilmiy 
tadqiqot ishlari muxim axamiyatga ega. Respublikamizda bir qancha farmako-
toksikologik ilmiy tekshirish laboratoriyalari mavjud bo‘lib, ularda bir qancha 
etuk olimlar faoliyat ko‘rsatishmoqda. Jumladan professorlar V.N.Sirov, 
Djaxangirov F.N., Xushvaktova Z. va boshqalar tomonidan yillar davomida 
yurak 
qon-tomir, 
qandli 
diabet 
kasalliklarida 
ishlatiladigan 
xamda 
immunostimullovchi taьsirga ega yangi dori vositalarini tibbiyot amaliyotiga 
tadbiq etish bo‘yicha muhim izlanishlar olib borilgan. O’zbekiston davlat 
mukofoti laureate Professor F.N.Djaxangirov tomonidan yaratilgan “Allapinin” 
antiaritmik dori vositasi amaliy ahamiyati bo‘yicha hattoki xorijiy 
mamlakatlarda xam tadbiq etildi.


21 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish