O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti


Gazlashtirilgan spirtsiz ichimliklar



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/373
Sana06.02.2022
Hajmi2,02 Mb.
#434061
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   373
Bog'liq
oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi

Gazlashtirilgan spirtsiz ichimliklar.
Gazlashtirilgan ichimliklar karbonat angidrid 
gazi bilan 0,3-0,6% miqdorida to’yintirilishi bilan xarakterlanadi. Bu ichimliklar asosan 
gazlangan ichimlik suviga meva-rezavor meva sharbatlari, ekstraktlar, siroplar, qand, morslar, 
uzum vinolari, xushbo’y moddalar, kislotalar, bo’yoq moddalari (koler) va boshqalar qo’shib 
tayyorlanadi. 
Gazlashtirilgan spirtsiz ichimliklar xom ashyosi va ishlab chiqarish texnologiyasiga qarab 
3 guruhga bo’linadi: gazli suvlar, butilkali gazlashtirilgan ichimliklar va quruq holdagi 
ichimliklar. 
Gazli suvlar. Bu - ichimlik suvi bo’lib, uning tarkibida karbonat angidirid gazining 
miqdori 0,4%ni tashkil etadi. 
Gazli suv olish uchun saturatorga bir vaqtining o’zida 4
0
S haroratga ega bo’lgan ichimlik 
suvi va bosim ostida ballondan karbonat angidrid gazi yuboriladi. 
Butilkali gazlashtirilgan ichimliklar. Bu ichimliklar qand siropi, meva-rezavor meva 
sharbatlari, ekstraktlar, damlamalar, essenstiyalarning suvli eritmasini karbonat angidrid gazi 
bilan to’yintirish natijasida olinadigan ichimlikdir. Bu xil ichimliklarni ishlab chiqarish uchun 
hamma xom ashyolardan tayyorlangan kupaj siropi katta idishlarga solinib, sovuq ichimlik suvi 
bilan aralashtiriladi va karbonat angidrid gazi bilan to’yintiriladi. Keyin ichimlik butilkalarga 
qadoqlanib, darhol germetik bekitiladi. 
Gazlashtirilgan spirtsiz ichimliklar 5 guruhga bo’linadi: tabiiy xom ashyodan 
tayyorlangan, sintetik essenstiyali, tetiklantiruvchi, vitaminlashtirilgan va diabetik ichimliklar. 
Tabiiy xom ashyolardan (sharbatlar, ekstraktlar, siroplar, damlamalar) tayyorlangan 
ichimliklar tarkibida ko’p miqdorda qand (10-12%) borligi bilan ajralib turadi. Bu xil 
ichimliklarning assortimenti xilma-xildir: Limonniy, Abrikosoviy, Slivoviy, Vishneviy, 
Granatoviy, Klubnichniy, Limonad, Malinoviy, Sitro va boshqalar. 
Sintetik essenstiyali ichimliklar sintetik essenstiyalarga qand, limon kislotasi, buyoqlar 
qo’shib tayyorlanadi. Bularga Yablochniy, Apelsinoviy, Limonniy ichimliklari kiradi. Bu 


144 
ichimliklarning yorliqlarida albatta “sintetik essenstiyadan” tayyorlangan degan yozuv bo’lishi 
kerak. 
Tetiklantiruvchi ichimliklar kishi asab sistemasiga qo’zg’atuvchi ta’sir ko’rsatadigan xom 
ashyolarning damlamasi, ekstraktlaridan olinadi. Bu ichimliklar ichilganda kishining charchog’i 
ko’tariladi va chanqog’i bosiladi. 
So’nggi yillarda bu ichimliklarning assortimenti tez sur’atlar bilan kengayib bormoqda. 
Shunday ichimliklar jumlasiga dunyo miqyosida keng tarqalgan “Kola” ichimliklarini kiritish 
mumkin. “Kola” seriyasidagi ichimliklar tarkibida kola yong’og’ining ekstrakti mavjud bo’ladi. 
Kola yong’og’i kofein va teobrominga boy hisoblanadi. Bu ichimliklarning o’ziga xos ta’mi va 
xushbo’yligini ta’minlashda stitrus efir moylari ham muhim ahamiyatga egadir. 
Shuningdek, tetiklantiruvchi spirtsiz ichimliklar qatoriga Baykal, Sayani, Bodrost, Utro, 
Fanta, Kosmos kabi ichimliklarini ham kiritish mumkin. 
Vitaminlashtirilgan ichimliklar tarkibida ko’p miqdorda askorbat kislotasi (S vitamini) 
borligi bilan ajralib turadi. Bu ichimliklarni olish uchun askorbat kislotasi yoki askorbat 
kislotasiga boy bo’lgan xom ashyo damlamalari, sharbatlari ishlatiladi. Shunday xom ashyolar 
sifatida limon, apelsin, qora smorodina mevalaridan foydalaniladi. 
Diabetik ichimliklar tayyorlashda qand o’rniga sorbit qo’shiladi. Ularga xushbo’ylik 
uchun aromatik essenstiyalardan foydalaniladi. 
Quruq holdagi gazlashtirilgan ichimliklar. Bu xil ichimliklar 2 xil bo’ladi: vijillaydigan 
va vijillamaydigan. 
Quruq vijillaydigan ichimliklar shakar, ovqatga ishlatiladigan kislotalar, essenstiyalar, 
natriy karbonat va kolerning aralashmasidir. Ular sotishga talqon va tabletkalar holida 
chiqariladi. 
Quruq vijillamaydigan ichimliklar esa quritilib, maydalangan shakar, ekstraktlar, 
essenstiyalar, ovqatga ishlatiladigan kislotalar va ozuqaviy bo’yoq moddalarining 
aralashmasidir. Ular massasi 20 g bo’lgan tabletkalar va kukun hollarida savdoga chiqariladi. 
Ichimlik olish uchun bitta tabletka 200 ml sovuq suvda eritiladi. Quruq vijillamaydigan 
ichimliklar qatoriga Yablochniy, Vishneviy, Klyukvenniy ichimliklarini kiritishi mumkin. 
Gazlashtirilgan 
spirtsiz 
ichimliklarning 
sifati 
organoleptik 
va 
fizik-kimyoviy 
ko’rsatkichlari asosida baholanadi. Bu ichimliklar tiniq, cho’kindisiz va quyqasiz bo’lishi, aynan 
shu tur ichimlikka xos bo’lishi kerak. Ta’mi va hidi yoqimli, ho’l mevalar va rezavor mevalar 
ta’mi va hidiga mos bo’lishi, begon ta’m va hidlarsiz bo’lishi kerak. 
Bu ichimliklarning asosiy fizik-kimyoviy ko’rsatkichlariga esa tarkibidagi quruq modda 
miqdori, nordonligi, erigan karbonat angidirid gazining miqdori kabilar kiradi. 
Gazlashtirilgan spirtsiz ichimliklar sig’imi 0,33 va 0,5 l bo’lgan butilkalarga qadoqlanadi 
va germetik bekitilgan holda sotuvga chiqariladi. 
Gazlashtirilgan ichimliklarning yorliqlarida standart bo’yicha talab etiladigan 
hamma ko’rsatkichlar, xususan tayyorlangan vaqti va saqlash muddati albatta ko’rsatilgan 
bo’lishi kerak. Bu ichimliklarni 2
0
S dan 12
0
S gacha haroratda 7 kungacha, diabetik ichimliklarni 
esa 15 kungacha gorizontal holatda saqlash tavsiya etiladi. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   373




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish