O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti biotexnologiya kafedrasi Dorivor o’simliklarni standartlash metrologiya va sertifikatlash


-modda. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik



Download 1,89 Mb.
bet88/170
Sana09.07.2022
Hajmi1,89 Mb.
#764084
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   170
Bog'liq
sta

18-modda. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
5-amaliy mashg’ulot
Xalqaro standartlar asosida standartlashtrish ishlarini tashkil qilish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
“O‘ZSTANDART” AGENTLIGI HUZURIDAGI STANDARTLASHTIRISH, SERTIFIKATLASHTIRISH VA TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek, “O‘zstandart” agentligi huzuridagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati samarali tashkil etilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“O‘zstandart” agentligi huzuridagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti to‘g‘risidagi ustav 1-ilovaga muvofiq;
“O‘zstandart” agentligi huzuridagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlarni va xorijiy mamlakatlarning standartlarini qabul qilish va qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarning faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Institut Toshkent shahri, Cho‘ponota ko‘chasi, 9-V uy manzili bo‘yicha operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.
3. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi:
Standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ikki oy muddatda tasdiqlasin;
yangidan tashkil etilayotgan Institutni zarur moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash, yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish orqali uning samarali ishlashini tashkil etsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyati va “O‘zstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-mart,
220-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-martdagi 220-son qaroriga
1-ILOVA
“O‘zstandart” Agentligi huzuridagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti to‘g‘risidagi
USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Ustav “O‘zstandart” Agentligi huzuridagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot institutining (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlarini, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Institut o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, “O‘zstandart” Agentligining buyruqlari, qarorlariga, boshqa qonun hujjatlariga va ushbu Ustavga amal qiladi.
3. Institut faoliyatini moliyalashtirish Institutga ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlarida man qilinmagan boshqa manbalar va mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
4. Institut yuridik shaxs hisoblanadi, o‘zining alohida mulkiga, mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va davlat tilidagi o‘z nomi yozilgan muhrga, milliy va xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
5. Institut standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasida davlat ilmiy muassasa hisoblanadi.
6. Institutning rasmiy nomlanishi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasi;
qisqartirilgan nomi — Standartlar instituti;
b) ingliz tilida:
to‘liq nomi — State institution “Scientific-research institute for standardization, certification and technical regulation”;
qisqartirilgan nomi — Institute of Standards;
v) rus tilida:
to‘liq nomi — Gosudarstvennoye uchrejdeniye “Nauchno-issledovatelskiy institut standartizatsii, sertifikatsii i texnicheskogo regulirovaniya”;
qisqartirilgan nomi — Institut standartov.
7. Institut joylashgan joy (pochta manzili): O‘zbekiston Respublikasi, Tashkent shahri, Cho‘ponota ko‘chasi, 9-V uy.

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish