O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 300,02 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.01.2020
Hajmi300,02 Kb.
#32240
Bog'liq
ozbek tili leksikasida oz qatlam va ozlashma qatlam


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA  

O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 

 

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 

 

FILOLOGIYA FAKULTETI 



O`ZBEK TILI YO`NALISHI 

4-KURS 401-GURUH TALABASI 

 

TURG’UNBOYEVA GULHAYOning 

“O’ZBEK TILIDAN MAXSUS SEMINAR” FANIDAN 

 

“Ozbek tili leksikasida  



o‟z qatlam  va 

o‟zlashma qatlam ” 

 

 

Mavzusidagi 



 

 

 



REFERATI 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Ilmiy rahbar:                                     o`qit. N. Qozoqova 

 


 

 

O’zbek tili leksikasida o’z qatlam va o’zlashma 



qatlam

 

 

I.  O’zbek tili leksikasi o’z qatlamining shakllanishi va taraqqiyoti 

 

1. Tub turkiy so’zlar 

 

2. Umumturkiy so’zlar 

 

3. O’zbekcha so’zlar 

 

II.  O’zbek tili lug’atida o’zlashma so’zlarning yuzaga kelishi va 

taraqqiyoti. 

 

1. Fors-tojik tilidan so’zlarning o’zlashishi 

 

2. Arabcha o’zlashmalar 

 

3. Rus va Yevropa tillaridan o’zlashgan so’zlar 

 

 

  

 

Hozirgi  o‟zbek  tilining  lug‟at  tarkibi  bu  tilning  leksik-semantik 



sistemasi  sifatida  shakllangan.  O‟zbek  tilida  mavjud  bo‟lgan  barcha  so‟zlar, 

grammatik  vositalar  bu  tilning  o‟ziniki,  uning  o‟z  boyligidir.  Ammo  bu 

lug‟aviy  boylik  o‟zbek  tilida  birdan  yuzaga  kelgan  emas.  O‟zbek  tili  lug‟at 

tarkibi murakkab rivojlanish bosqichlarini boshidan kechirgan. 

 

Til  lug‟at  tarkibini  tarixiy-etimologik  nuqtai  nazardan  tekshirganda, 



avvalo  o‟zbek  tilining  genetik  jihatdan  o‟ziniki  bo‟lgan  so‟zlari  belgilab 

olinadi.  Bunday  so‟zlar  o‟zbek  tilida  qadimdan  mavjud  bo‟lgan  turkiy  til 

so‟zlaridir.  Bunday  so‟zlar  o‟zbek  tili  leksikasining  asosiy  negizini  tashkil 

etuvchi  qadimiy  qatlamdir.  So‟ngra  o‟zbek  tili  tarixan  qaysi  tillar  bilan 

aloqada  bo‟lganligiga  qarab  lug‟at  tarkibidan  o‟zga,  yahni  chet  tillarning 

elementlari axtariladi. Mana shu nuqtai nazardan  o‟zbek tili lug‟at tarkibidan 

qadimiy  uyg‟ur  tili,  so‟g‟d  tili,  xitoy  tili,  arab  tili,  mo‟g‟ul  fors-tojik  tili  va 

boshqa tillarning elementlarini axtarish qonuniydir. Bu tillar o‟zbek tili lug‟at 

tarkibiga turli davrlarda, turli darajada, turli yo‟llar bilan tahsir etgan. SHunga 

ko‟ra, o‟zbek tiliga o‟tgan so‟zlarning miqdori ham turli darajadadir. 

 

Demak,  leksikani  tarixiy-etimologik  nuqtai  nazardan  tekshirish  ikki 



masalaga  qaratiladi:  a)  ozbek  tili  leksikasidagi  o‟z  so‟zlarni  belgilash;  b) 

o‟zbek  tili  leksikasidagi  o‟zlashgan  so‟zlarni  belgilash.  Mana  shu  asosga 

ko‟ra,  o‟zbek  tili  leksikasidagi  so‟zlarni  tarixiy-etimologik  nuqtai  nazardan 

ikki katta qatlamga bo‟lish mumkin: 

1.  O‟zbek tili leksikasidagi o‟z qatlam. 

2.  O‟zbek tili leksikasidagi o‟zlashgan qatlam. 

Biror  so‟zning  o‟z  qatlam  yoki  o‟zlashma  qatlamga  mansub  bo‟lishi 

doimo  konkret  hodisadir.  Masalan,  qo’y,  qo’y(  moq),  bosh,  bosh  (  lamoq  ) 

so‟zlari  o‟z  qatlamga  mansub,  chunki  bu  so‟zlar  genetik  nuqtai  nazardan 

turkiy til so‟zlari, demak o‟zbek tilining o‟z so‟zi. SHuning uchun bu so‟zlar 

o‟z  qatlamga  mansub.  Ammo  qalam,  adabiyot,  qalha  so‟zlari  o‟zbek  tiliga 

arab tilidan kirgan, shu tufayli bu so‟zlar o‟zlashma qatlamga mansub. Lekin 



o‟zbuk  tili  leksikasida  shunday  so‟zlar  ham  borki,  ular  ikki  tilda  ishlatiladi. 

CHunonchi, siyreg ( siyrak), taylag ( toyloq), tang ( tanglay), temuu ( tumov), 



elchin  (  elchi),  ert  (  erta),  xox  (  ko‟k),  xunjit  (  kunjut)  so‟zlari  o‟zbek  tilida 

ham,  mo‟g‟ul  tilida  ham  bor  va  bu  tillarda  bir  xil  yoki  yaqin  mahnolarda 

ishlatiladi.  Agarda  mo‟g‟ul  tili  turkiy  til,  qardosh  til  deb  tushunilganida 

keltirilgan  so‟zlar  umumturkiy  leksik  qatlamga  mansub  bo‟lar  edi.  Lekin 

hozirda o‟zbek va mo‟g‟ul tillari ko‟‟ holda boshqa-boshqa sistemaga mansub 

tillar  deb  ham  qaraladi.  Bu  so‟zlarni  mo‟g‟ul  tilidan  o‟zbek  tiliga  qabul 

qilingan yoki, aksincha, turkiy tillardan mo‟g‟ul tiliga o‟tgan, qabul qilingan 

deb  bo‟lmaydi.  SHu  sababli  bunday  so‟zlar  tilshunoslikda  “  o‟rtoq  so‟zlar”,    

“ turk-mo‟g‟ul leksik „arallellari” deb atalmoqda. Demak, mana shu mahnoda 

o‟zbek tili leksikasida “ o‟rtoq so‟zlar” qatlami ham mavjuddir. 

 SHunday  qilib,  o‟zbek  tili  leksikasida  quyidagi  qatlamlar  borligi  aniq 

bo‟ladi: 

1.  O‟z qatlam. 

2.  O‟zlashma, yahni o‟zlashgan qatlam. 

3.  Turk-mo‟g‟ul leksik „arallellari, yahni “ o‟rtoq so‟zlar” qatlami. 

O‟z  qatlam  leksikasi  o‟zlashma  qatlam  leksikasiga  nisbatan  ajratiladi. 

Tub  turkiy  so‟zlar  yoki  asl  turkiycha  so‟zlar  aslida  turkiy  bo‟lmagan 

leksemalar, yahni o‟zlashma so‟zlarga nisbatan olingandir. Demak, tub turkiy 

so‟zlar  va  o‟zlashgan  so‟z;  o‟z  qatlam  yoki  o‟zlashgan  qatlam  kabi 

o‟‟ozitsiyalar  lug‟aviy  birliklarni  genetik  manbalariga  ko‟ra  sistemalashning 

usullaridan biridir. 

O‟zbek tili lug‟at tarkibida tarixan qadim davrlardan beri mavjud bo‟lib 

kelgan ko‟‟gina turkiy so‟zlar bor. Genetik jihatdan qadimiy turkiy urug‟ va 

qabila  tillarining  leksik  boyligi  hisoblangan  bunday  so‟zlar  hozirgi  turkiy 

tillarning  ko‟‟chiligida  bor  bo‟lib,  ular  bu  tillarning  umumiy  lug‟aviy 

boyligini tashkil etadi. 

O‟zbek tilidagi  turkiy  so‟zlar  struktura  jihatdan quyidagi so‟zlarni o‟z 

ichiga oladi: 1) tub so‟zlarni ( o’t, o’ch, besh, o’n , o’q, qiz, qosh, bosh, esh, 



qush kabi ); 2) aslida tarixan yasama bo‟lsa-da, hozirda bir so‟z, bir o‟zak deb 

qaraluvchi sodda so‟zlarni ( o’’qon, qalin, burun, qarin, o’qlov, yalov, cho’tir, 



chuchuk, to’qson, to’ng’iz, to’ng’ich, to’’iq kabi); 3) yasama, qo‟shma va juft 

so‟zlarni  (  ayirma,  ayg’oqchi,  bezak,  belgilamoq,  betkay,  beshov,  botqoq, 



bog’lamoq, bog’lam,  bog’ich, bog’lag’ich,  bog’loqli;  bo’yo’sar,  bo’yinbog’, 

dovyurak,  itqovun,  kunchiqar,  ko’ktosh,  ochko’z;  atak-chechak,  achchiq-

chuchuk, bola-chaqa  kabi). Demak, o‟z  qatlamga  mansub  so‟zlarning  asosiy 

negizini  tub  o‟zak  xarakteridagi  turkiy  so‟zlar,  bu  so‟zlar  negizida  yasalgan 

sodda  so‟zlar,  shuningdek,  turkiy  sodda  so‟zlardan  yasalgan  qo‟shma,  juft 

leksemalar tashkil etadi. 

Umumturkiy  leksika  genetik  jihatdan  barcha  turkiy  tillar  uchun 

umumiy  bo‟lsa-da,  ushbu  so‟zlar  negizida  har  bir  turkiy  tilda  keyinchalik 

hosil qilingan ko‟‟gina original so‟zlar yuzaga kelgani aniq. Masalan, o‟zbek 

tilida boshlang’ich, belgili, yollanma ( mehnat), to’shiriq, yutuqli ( omonat ), 



yonilg’i, yoqilg’i, ishxona singari o‟zbek tilining o‟ziga xos so‟zlari mavjud. 

Mana shu ti‟ so‟zlar ham o‟z qatlamga mansubdir. 

O‟z  qatlam  leksikasi  genetik  jihatdan  turkiy  bo‟lgan  so‟zlardangina 

iborat  emas.  O‟zbek  tilining  so‟z  yasash  sistemasida  o‟zbek  tiliga  boshqa 

tillardan kirgan so‟z materialidan keng foydalanish hollari mavjud. O‟zbek tili 

leksikasining  uzoq  dqvr  tarixiy  taraqqiyoti  davomida  chet  tildan  kirgan 

negizlarga  o‟zbekcha  affikslarni  qo‟shish  orqali  ko‟‟gina  so‟zlar  hosil 

qilingan:  abgorlik,  avjli,  adllik,  dushmanlik,  zaharli,  shafqatsiz,  qalamcha 

kabi, Mana shu usulda so‟z yasash hozirgi o‟zbek tilida ancha sermahsuldir: 

traktorchi, ‘ochtachi, ‘lanli, ‘lanlashtirish, nikellamoq, neftchi, kislotali kabi. 

Yangi  so‟z  hosil  qilish  uchun  o‟zlashgan  so‟zdan  emas,  o‟zlashgan 

elementlardan foydalaniladi: beish, beishlik, bebosh, bekuch, beo’rin, noo’rin, 

noto’g’ri, g’adqiliq, notayin, notanish, notekis, notinch, o’gitgo’y, yag’rindor, 

yarog’siz,  o’yinboz,  o’ymakor,  o’lkashunos,  o’rikzor,  olmazor,  o’tzor, 

o’tinfurush, qal’oqdo’z, qamoqxona kabi. 


O‟zbek tilinig grammatik qurilishi negizida, o‟zbek tilining o‟zida turli 

davrlarda  yuqoridagi  usullarda  hosil  qilingan  so‟zlar  o‟z  qatlamga  kiradi. 

CHunki  bunday  leksemalar  garchi  chet  tildan  kirgan  so‟zlar  bazasida 

yaratilsa-da,  o‟zbek  tilining  o‟zida  yasalgan,  bu  tilning  o‟z  qonuniy 

rivojlanishi mahsulidir. 

SHunday qilib, o‟zbek tilining o‟z qatlami: 1) tub turkiy so‟zlardan; 2) 

tub  turkiy  so‟zlardan  yasalgan  o‟zbekcha  so‟zlardan;  3)  chet  til  elementi 

negizida  o‟zbek  tilining  o‟zida,  o‟zbekcha  affikslar  qo‟shib  yasalgan 

so‟zlardan;  4)  o‟zbekcha  so‟zlarga  chet  tillardan  o‟zlashgan  qo‟shimchalar 

qo‟shish  orqali  hosil  qilingan  o‟zbekcha  so‟zlardan;  5)  tub  turkiy  so‟zlarni 

qo‟shish orqali yasalgan qo‟shma so‟zlardan; 6) tub turkiy so‟z va o‟zlashgan 

so‟zni qo‟shish usulida yasalgan qo‟shma so‟zlardan; 7) ikki o‟zlashma so‟zni 

qo‟shish orqali o‟zbek tilida yasalgan qo‟shma so‟zlardan iboratdir. 

O‟zbek xalqi va o‟zbek tilinig yuzaga kelishi va shakllanishida hozirgi 

O‟zbekiston  hududida  qadimdan  yashab  kelgan  etnik  guruhlar,  shuningdek, 

ushbu  hududga  keyinchalik  kirib  kelgan  qadimiy  turkiy  urug‟  va  qabilalar, 

O‟rta  Osiyo  hududida  yashovchi  qo‟shni  xalqlar  muhim  rolg‟  o‟ynagan. 

Shuningdek,  o‟zbek  tilining  qadimiy  negiziga  turli  davrlarda  hukmronlik 

qilgan  bosqinchilarning  tili  ham  tahsir  etgan  va  bu  tilda  ayrim  sezilarli 

o‟zgarishlar  yuzaga  kelgan.  Turkiy  urug‟  va  qabilalar  O‟rta  Osiyoda  juda 

qadimdan yashaganlar. Oltoy oilasining turkiy tillar guruhiga kiruvchi tillarda 

ga‟lashgan  xunlar  miloddan  avvalgi  II  asrda  O‟rta  Osiyo  chegaralarida 

yashaganlar.  Xunlar  Yettisuv  va  Sirdaryo  bo‟yidagi  yerlarga  miloddan 

avvalgi II-I asrlardayoq kirib kelgan va o‟sha yerda yashovchi mahalliy sinf – 

massagetlar  qabilalariga  qo‟shilib  keta  boshlaganlar.  SHunday  qilib,  O‟rta 

Osiyo,  xususan  O‟zbekiston  hududiga  turkiy  tillarda  so‟zlovchi  markaziy 

osiyolik  etnik  elementlarning  kirib  kelish  jarayoni  miloddan  avvlgi  II-I 

asrlarning o‟zida boshlangan deyish mumkin. Bu jarayon ko‟‟ asrlardan keyin 

turkiy  qabila  tillari  o‟zbek  va  boshqa  turkiy  tillarning  asosi  bo‟ldi

1

.  Mana 



                                                 

1

  Ўзбекистон тарихи. 1-том. Тошкент, 1970, 132-133-бетлар. 



shunday  asoslarga  ko‟ra  ham  Movarounnahrda  qadimda  faqat  so‟g‟dlar 

yashagan, ko‟chmanchi turklar esa faqat Yettisuvdagina yashagan deb aytish 

o‟rinli emas: “ Movarounnahrda turkiy tilda so‟zlashuvchi qabilalar qadimdan 

yashagan. Turkiy  qabilalarning ko‟‟roq qismi  SHosh va  Farg‟onada,  kamroq 

qismi Zarafshon va Qashqadaryoda yashagan. Ular VIII-IX asrlarda Farg‟ona 

va SHoshga juda tez tarqalganlar”. 

O‟zbek xalqi va o‟zbek tilining yuzaga kelishi va shakllanishida O‟rta 

Osiyoda  qadimdan  yashagan  etnik  guruhlarning  roli  kuchli  bo‟ldi.  Turkiy 

qabilalardan, ayniqsa, turli mayda etnik guruhlarni o‟zida birlashtirgan qarluq, 

qi‟choq, shuningdek, o‟g‟uz kom‟onentining o‟rni sezilarlidir

2



Qarluqlar haqida ilk mahlumotlar eramizdan oldin yozilgan manbalarda 



uchraydi. Qarluqlarning eng qadimiy makonlari G‟arbiy Oltoy, Irtishning har 

ikkala  qirg‟og‟i  bo‟ylab  janubiy-g‟arbiy  chegaralar  bo‟lgan.  Qarluqlar 

keyinchalik  VIII  asrlarda  qisman  Yettisuvga,  Tyang‟shanning  janubiy  va 

janubi-sharqiy  qismlariga,  shuningdek,  Farg‟onaga  kirib  kelgan  bo‟lsa-da, 

ularning asosiy qismi  

VIII asrda hali ham  Oltoy tog‟larida yashar edi. Qarluqlarning  VIII asr oxiri 

va  IX  asrning  birinchi  yarmida  Farg‟ona  vodiysida,  X  asrlarga  kelib  hozirgi 

O‟zbekistonning keng hududida, jumladan Samarqand, Buxoro viloyatlarida, 

Sirdaryo bo‟ylarida yashaganligi aniq. 

 

VIII  asr  oxiridan  to  XI  asr  oxirigacha  O‟rta  Osiyo  va  SHarqiy 



Turkistondagi  katta  hudud  qarluqlar  hukmronligi  ostida  bo‟ladi. 

Qarluqlarning asosiy qismi XI asrning birinchi yarmida Toshkent, Zarafshon, 

Farg‟ona va Qashqadaryo vodiylarida, Mirzacho‟l, Malik, Qarshi cho‟llarida, 

bir  qismi  Yettisuv  va  Qashqadaryoda  yashagan:  “Qarluqlarning  ko‟‟  qismi 

VIII  ning  oxiri  va  IX  asr  boshlaridan  o‟troqlasha  boshlaydilar.  VIII  asrda 

qarluqlarning  katta  bir  guruhi  Zarafshon  bo‟yida  yashab,  keyinchalik  shu 

yerda  o‟troqlashib  qoldilar.  VI  asrdan  buyon  Farg‟onada  yashab  kelayotgan 

                                                                                                                                                    

 

2

  



Шаниязов К. К. Этнический истории узбекского народа. Ташкент, 1974, с. 10. 

 


qarluqlarning  ko‟‟chiligi  o‟troqlasha  boshlaydi”

3

.  Qarluq  qabilasi  va  uning 



tiliga xos xususiyatlar hozirda ham saqlanib qolgan bo‟lib, bu o‟zbek tilining 

qarluq shevalarida ravshan ko‟rinadi. 

 

Bu davrlarda turk qabilalari orasida muhim o‟rin tutuvchi turkiy etnik 



guruhlardan  chigil  va  yag‟molar  ham  yashar  edi.  CHigil  qabilasi          IX-  X 

asrlarda  Ili  daryosidan  janubroqda,  Issiqko‟l  atroflarida  yashagan.  CHigil, 

yag‟mo qabilalari bir guruh turkiy qabilalarning birlashmasi bo‟lgan

32

. Ushbu 



etnik guruhlar keyinchalik o‟zbek xalqi va ular tilining shakllanishida sezilarli 

o‟rin tutgan. SHunday qilib,     “ Ko‟rib chiqilayotgan davrda turkiy tillarda 

ga‟lashuvchi  qabilalar  O‟rta  Osiyoga  jiddiy  etnik  kom‟onent  sifatida  kirib 

keldilar. O‟rta Osiyoning shimoliy viloyatlari etnik jihatdan sezilarli darajada  

rang-barang  bo‟lib  qoldi.  Turklar  bu  yerga  goh  harbiy  ittifoqchilar  sifatida, 

goh aslzoda dehqonlar, cho‟arlarni yoki „odsho gvardiyasini to‟ldirish uchun 

yollangan  kishilar  sifatida  kelib  turdilar.  O‟rta  Osiyo  xalqlarining  turkiy 

tillarda ga‟lashuvchi qabilalar bilan aralash nikohlar qilishi ham o‟z tahsirini 

ko‟rsatdi.  SHu  tariqa  O‟rta  Osiyo  hududining  mahlum  qismida  o‟zbek  xalq 

tilining shakllanishi uchun shart-sharoitlar asta-sekin jamlanib bordi”. 

 

Hozirgi  o‟zbek  tilida  tub  turkiy  so‟zlarning  boy  va  xarakterli 



materiallari  mavjud.  Bu  so‟zlarning  tub  turkiyligi  va  qadimiy  turkiy 

leksemalar 

ekanligini 

maxsus 


tekshirishlar 

olib 


borish 

orqaligina 

oydinlashtirish mumkin. Bunda o‟zbek tilida mavjud bo‟lgan turkiy so‟zlarni 

qadimiy  turkiy  yozma  manbalarda  uchrovchi  leksikaga  solishtirish  muhim 

natijalar beradi. 

 

O‟zbek tili leksikasidagi tub turkiy so‟zlarni belgilashda qadimiy turkiy 



yodnomalar leksikasi bo‟yicha tuzilgan lug‟atlar, glossariylardan, shuningdek, 

bahzi ilova-lug‟atlardan foydalanildi

4

 

                                                 



3

  Шониѐзов  К.  Қарлуқ  қабиласи  ва  унинг  тили  ҳақида  айрим  мулоҳазалар.  – 

Адабиѐтшунослик ва тилшунослик масалалари. 4-китоб. Тошкент, 1962, 485-бет. 

 


 

Qadimiy  turkiy  yozma  yodgorliklar  tili  leksikasiga  doir  lug‟at  va 

glossariylardagi  materiallar  avtor  tomonidan  maxsus  kartotekaga  olindi  va 

sistemaga solindi. So‟ngra bu materiallar hozirgi o‟zbek ada 

biy tili leksikasida uchrovchi turkiy so‟zlar bilan birma bir solishtirildi. O‟sha 

asosda o‟zbek tilidagi tub turkiy so‟zlar belgilandi. Tekshirish qadimiy turkiy 

tillarda  qo‟llangan  ko‟pgina  so‟zlarning  hozirgi  o‟zbek  tilida  saqlanganini 

ko‟rsatdi.  

 

Mavjud  adabiyotlarda  umumturkiy  so‟zlarning  real  hodisa  ekani qayd 



etilib,  bu  haqda  bir  qator  mulohazalar  bildirilgan  bo‟lsa-da,  biroq  umumiy 

leksik  fondning  yuzaga  kelishidagi  tarixiy-lingvistik  asoslar,  konkret 

xususiyatlar tadqiq etilgan emas. SHuningdek, umumturkiy leksikaningbarcha 

turkiy  tillar  uchun  mushtarak  bo‟lgan  asosiy  va  umumiy  belgilari, 

shuningdek, bu umumiy fondning har bir turkiy til leksik sistemasidagi holati 

(  miqdori,    funktsiyasi,  semantikasi  va  bundagi  umumiylik,  farqlar)  konkret 

turkiy  tillar  materiali  asosida  o‟rganilmagan.  Mazkur  ishda  imkoniyat 

doirasida  umumturkiy  so‟zlarning  bahzi  tomonlarini  tahlil  qilishga  harakat 

qilamiz. 

 

Turkiy  tillardagi  umumturkiy  lug‟aviy  fondning  yuzaga  kelishi  uzoq 



o‟tmish  bilan  bog‟liq  tarixiy  jarayon  bo‟lib,  u  umumturkiy  til,  umumturkiy 

asos  deb  yuritiluvchi  murakkab  sotsial-lingvistik  muammolarni  o‟rganish  va 

hal etish bilan bog‟liqdir. Bu masala qadimiy davrlarga daxldor bo‟lib, uning 

ham  konkret  hal  etilmagan  va  hali  ilmiy  farazlar  holida  bo‟lgan  ko‟‟gina 

tomonlari  mavjud.  Mazkur  muammo  umumturkologik as‟ektda,  shuningdek, 

har  bir  konkret  turkiy  tilning  „aydo  bo‟lishi  bilan  bog‟liq  tarixiy  as‟ektda 

o‟rganilishi mumkin. SHuningdek, bu  muammo diaxronik as‟ektda, tarixiy-

qiyosiy metod asosida maxsus tadqiqotlarni talab qilishi aniq. 

 

Turkiy  leksika,  turkiy  leksik  qatlamning  mohiyati  haqida  ga‟  borar 



ekan, umumturkiy til ( umumturkiy asos til) masalasini tamoman chetlab o‟tib 

                                                                                                                                                    

4

  Древнетюркский словарь. М. – Л., 1969; Малов С. Е. Памятники древнетюркский письменности. 



Тексты и исследования. М. – Л., 1951; Он же. Памятники древнетюркский письменности Монголии и 

Киргизии. М. – Л., 1969; Он же. Енисейская писмунность тюрков. Тексты и переводы. М. – Л., 1952. 



bo‟lmaydi.  SHu  sababli  ham  biz  quyidagi  keyingi  „aytlarda  ehlon  qilingan 

bahzi adabiyotlar tahlili asosida bu masalaga qisqacha to‟xtashni lozim to‟dik. 

 

Umumturkiy  til,  umumturkiy  asos  til  kabi  tushunchalar  keyingi 



„aytlarda E. V. Sevortyan, E. R. Tenishev, A. M. SHcherbak, N. A. Baskakov, 

T. M. Gari‟ovlarning ishlarida tilga olindi. 

 

„rof.  E.  V.  Sevortyan  “  umumturkiy  ”  tushunchasiniing  mohiyatini 



quyidagicha  tahlil  qiladi:  “  Umumturkiy  tushunchasi  turkologiyada  hali 

maxsus  aniqlangan  emas.  Har  holda,  bu  terminning  o‟zi  ham  turkiy 

tilshunoslik  tarixida  keng  qo‟llanilganicha  yo‟q...  “  „ratyurkskiy”,    “ 

„rototyurkskiy”,  keyinchalik  yuzaga  kelgan  “  turkiygacha  bo‟lgan  til”  (“ 

dotyurkskiy”) terminlari mavjud. “ „ratyurkskiy” termini rus va 

g‟arbiy Yevro‟a turkologiyasida keng qo‟llanadi”

5



 



Bir  qator  adabiyotlarda  qadimda  umumturkiy  til  (  turkiy  tillarning 

qadimiy davrlardagi umumturkiy holati) mavjud bo‟lgani qayd etiladi. Mana 

shu 

tushunchaga 



asoslanilgani 

holda 


umumturkiy 

leksik 


asos 

obo‟etyurkskaya  leksicheskaya  osnova)  haqida  ga‟irish  mumkin  bo‟ladi. 



Hozirgi tilshunoslikda umumturkiy leksika, umumturkiy qatlam, umumturkiy 

so‟zlar  deb  nomlanuvchi  lug‟aviy  hodisalarning  mavjudligi  aslida  bu 

tillarning  tarixan  mana  shu  bitta  asosdan  yuzaga  kelganligi  tufaylidir. 

Turkologiyada  umumturkiy  leksik  asos,  shuningdek,  morfemalar  haqida 

aytilgan  fikrlar  mavjud,  hatto  bahzi  ishlarda  so‟z  va  morfemalarning 

xarakterli  fonetik,  morfologik  xususiyatlari  yuzasidan  ham  mulohazalar 

bildirilgan

6. 


Umumturkiy  so‟zlarga  xos  bahzi  fonetik  belgilarni  E.  V. 

                                                 

5

 

 



Севортян  Э.  В.  О  содержании  термина  “  общетюркский”.  –  “  Советская 

тюркология”, 1971, № 2, с. 3. 

 

6

    Дульзон  А.  П.  Некоторые  вопросы  методики  реконструкции  общетюркской 



системы  звуков.  –  “  Советская  тюркология  ”,  1971,  №  2,  с.  17-20;  Макаев  Э.  А. 

Вопросы  построения  сравнительной  грамматики  тюркских  языков.  -  “  Советская 

тюркология  ”,  1971,  №  2,  с.  21-25;  Асланов  В.  И.  К  проблеме  реконструкции 

корневых морфем. - “ Советская тюркология ”, 1971, № 2, с. 67-75 ва б. 



Sevortyan ham ko‟rsatgan. Ammo umumturkiy tilga xos so‟zlar va ularning 

qadimiy tovush shaklini doimo ham aniq tiklash mumkin bo‟lavermaydi. 

 

Hozirgi turkiy tillardagi umumturkiy  leksikani tadqiq qilganda bu so‟z 



va so‟z formalarining holatini faqatgina umumturkiy til davridan, umumturkiy 

leksik  asosdan  kelib  chiqqan  holdagina  belgilab  bo‟lmaydi.  “  Umumturkiy 

lug‟aviy  negizlar  va  formalarning  anchagina  qatlami  keyingi,  yahni  tarixiy 

davrda  yaratildi.  Bu  davrda  umumturkiy  negiz  til  (“  yazqk-  osnova”) 

allaqachon  o‟tmishga  chekingan,  keng  territoriyada  qabila  tillari,  ularning 

mayda  tarmoqchalari,  aksincha,  tillar  uyushmalari  vujudga  kelgan  edi. 

Bunday sharoitda lug‟a- 

viy  negiz  va  formalarning  bir  manbadan  tarqalishi  jarayoni  ham  yuz  bergan 

bo‟lishi  mumkin.  SHu  bilan  birga  biror  bir  lug‟aviy  negiz  yoki  formaning 

„arallel ravishda va mustaqil holda yuzaga kelgan bo‟lishi ehtimolligini inkor 

etib bo‟lmaydi”

7

.  



 

Demak,  umumturkiy  so‟zlar:  uch  tarixiy  holatning,  yahni  davrlarning 

mahsulidir:  a)  turkiy  tilning  umumturkiy  til  holati  davri  mahsuli;  b) 

umumturkiy  til  holatidan  keyingi  davrlar  mahsuli;  v)  turkiy  qabila  tillari  va 

ularning  mayda  shoxobchalari  bo‟lmish  tillarda  „arallel  holda  yasalish 

mahsuli. 

 

E. V. Sevortyanning qayd etishicha, materialiga ko‟ra turkiy bo‟lgan va 



turkiy  tillar  uchun  mushtarak  barcha  so‟zlarni  umumturkiy  asos  til  davri 

uchun  tegishli  deb  bilish  munozaralidir.  Masalan:  avul    (  qishloq  ),  aqcha  ( 

kumush tanga), arg’ach, ag’//a’g’ak

8

 kabi. 


 

Yuqoridagi  fikrlar  asosida  qardosh  turkiy  tillar  uchun  mushtarak 

bo‟lgan,  jumladan  o‟zbek  tilida  ham  uchrovchi  ko‟‟gina  yasama  turkiy 

so‟zlarni  umumturkiy  leksika  deb  atashga  to‟g‟ri  keladi.  To‟g‟ri,  hozirgi 

                                                                                                                                                    

 

7



 

 

Севортян Э. В. Ўша мақола, 9 бет. 



 

8

 Севортян Э. В. Ўша мақола, 4 бет. 



 

lingvistik  adabiyotlarda  uchrovchi  umumturkiy  o’zlar  termini  ikki  mahnoda 

qo‟llanadi:  a)  turkiy  tilning  umumturkiy  holatdagi  davri  uchun    mansub 

leksikani  anglatadi;  b)  hozirgi  qardosh  turkiy  tillar  leksikasida  „aralllel 

uchrovchi  umumiy  lug‟aviy  fond  (  o‟xshash-lik)ni  anglatadi.  Bu  o‟rinda  bir 

narsani  aniqlamoq  kerak:  umumturkiy  so‟zlar  deyilganda  bu  so‟zlarning 

aslida  turkiy  tilning  umumturkiy  holati  davriga  tegishli  ekanligi  nazarda 

tutiladimi yoki bu so‟zlarning hozirda bir qator qardosh tillarda mavjudligimi. 

Albatta, ikkinchi holat birinchi jarayonning mahsulidir. So‟zning umumturkiy 

bo‟lishi  so‟zning  birdan  ortiq  turkiy  tilda  uchrashida  emas,  balki  bu 

leksikaning aslida bitta (yagona) turkiy manbaga tegishli ekanidadir.  

Bu  o‟rinda  turkiy  va  mo‟g‟ul  tillari  uchun  umumiy  bo‟lgan  bir  qator 

so‟zlarning  tilshunoslikda  “  umum”  termini  bilan  emas,  balki  ‘arallellar, 

o’rtoq  so’zlar  terminlari  bilan  yuritilishini  eslash  ham  o‟rinlidir.  O’rtoq 

so’zlar  turkiy  va  mo‟g‟ul  tillarida  umumoltoy  tili  davrida  yuzaga  kelgandir. 

Turkiy tillar bilan oltoy tillarining qardoshligi va ularning aslida bir manbaga 

mansub  bo‟lganligi  tamoman  hal  etilmagan,  munozarali  masala.  Bu  hol 

mo‟g‟ul  va  turkiy  tillarda  baravar  uchraydigan  so‟zlar  guruhini  qadimgi  bir 

manba  (  asos  til)  materiali  deb  uzil-kesil  hukm  chiqarishga  yo‟l  qo‟ymaydi. 

SHu  sababli  ham  turkiy  va  mo‟g‟ul  tillari  uchun  umumiy  bo‟lgan  so‟zlar 

guruhi  lug’aviy  ‘arallel  yoki  o’rtoq  so’zlar  deb  yuritiladi.  Umumturkiy 

so‟zlar bo‟lsa, qadimdagi bir manba til – umumturkiy til davri mahsulidir. 

  

SHunday  qilib,  umumturkiy  so‟zlar  turkiy  tilning  umumturkiy  asos  til 



davri mahsulidir. 

 

Turkiy  tillarda  mana  shu  umumturkiy  lug‟aviy  qatlamning  yuzaga 



kelishi  o‟tmishda  bir  qator  murakkab  tarixiy  jarayonlarni  o‟z  boshidan 

kechirgani aniq. Ammo bu masalaning ko‟‟ tomoni hali fan uchun qorong‟i va 

munozaralidir.  Ayniqsa,  “umumturkiy  til”,  “umumturkiy  asos  til”, 

“umumturkiy  holat”  deb  yuritiluvchi  hodisani  konkretlashtirish  juda 



muhimdir.  SHu  nuqtai  nazardan  „rof  E.  R.  Tenishevning  bu  masalaga  oid 

maqolasi


9

 qimmatlidir. 

 

 

Umumturkiy  so‟zlar  turkiy  tillar  leksikasida  ko‟p  asrlar 



davomida  shakllangan  o‟ziga  xos  lug‟aviy  o‟odisadir.  Umumturkiy  so‟zlar 

qardosh turkiy tillar lug‟at tarkibini xarakterlovchi muhim belgilardan biridir. 

Maxsus  lug‟aviy  hodisa  sifatida  umumturkiy  so‟zlar  mahlum  o‟ziga  xos 

xususiyatlarga ega va u quyidagilardan iborat: 

 

Umumturkiy  so‟zlarning  aksariyati  hozirgi  davr  turkiy  tillarning 



barchasida  uchraydi.  Bu  hol  bu  so‟zlarning  bir  turkiy  tildan  ikkinchi  turkiy 

tilga  o‟tganligini  ko‟rsatmaydi,  balki  ularning  bu  tillarda  juda  qadimdan 

turkiy  asos  til  tufayli  mavjudligini  ko‟rsatadi.  Umumturkiy  so‟zlarning 

barchasi  turkiy  tillar  lug‟at  tarkibida  borligi  va  ular  bu  tillar  leksik 

sistemasining  negizini  tashkil  etishi,  turkiy  tillarda  mushtarak  lug‟aviy 

fondning yuzaga kelishi uchun sabab bo‟lganligi bilan xarakterlanadi. 

 

Turkiy  tillardagi  o‟xshash,  umumiy  leksik  fond  bu  tillarning  har 



qaysisining  o‟z  so‟zi,  yahni  o‟z  so‟z  boyligidir.  Qayd  etilganidek,  biror 

so‟zning ikki yoki undan ortiq turkiy tilda uchrashi bu leksemaning bir tildan 

ikkinchisiga  qabul  qilinganini  ko‟rsatmaydi.  Bunday  umumiylikning  sababi 

turkiy  tillarning  aslida  bir  manbaga,  bir  genetik  asosga  aloqador  ekanini, 

ularning lug‟at fondi qadimda yagona manbaga taalluqli bo‟lganini ko‟rsatadi. 

Demak, 


umumturkiy 

leksikaning 

mushtarakligi 

–  tarixiy-genetik 

umumiylikdir.  Turkiy  tillardagi  umumturkiy  so‟zlar  biror  bir  turkum  tilning 

o‟zinikigina  emas,  balki  barcha  turkiy  tillarning  mushtarak  boyligidir. 

SHunisi ham borki, so‟zning umumiy mulklik belgisi umumturkiy so‟zlarning 

asosiy belgisidir. Lekin u belgi absolyut va birdan-bir o‟lchov emas. CHunki 

hozirgi  turkiy  tillarda  bu  tillar  leksikasi  uchun  umumiy  bo‟lgan  boshqa  ti‟ 

so‟z guruhlari ham mavjud. Masalan, arabcha o‟zlashma so‟zlar, fors-tojikcha 

                                                 

9

 



 

Тенишев Э. Р. К понятию “ общетюркское состояние”. - “ Советская тюркология ”, 

1971, № 2, с.11 -16. 

 


o‟zlashma  so‟zlar,  mo‟g‟ulcha  o‟zlashma  so‟zlar  va  nihoyat  ruscha-

internatsional so‟zlar. Bu so‟zlar bir qator turkiy tillarda „arallel uchraydi va 

ularning  lug‟at  tarkibi  uchun  mushtarakdir.  Demak,  umumiylik  o‟zlashma 

so‟zlar qatlami uchun ham tegishlidir. Lekin keltirilgan ti‟ so‟zlarning turkiy 

tillar uchun umumiyligi funktsional umumiylikdir, yahni bu so‟zlar bir qator 

turkiy  tillarda  baravar  qo‟llanadi.  Umumturkiy  so‟zlarning  umumiyligi  esa, 

genetik umumiylik, qarindoshlik umumiyligidir. 

 

Konkret  til  leksikasining  o‟ziga  xos  so‟zlari  har  qanday  tilda  ham 



mavjud bo‟lib, har bir turkiy tilning o‟z ( individual) ijodidir. SHuning uchun 

bunday  so‟zlarni  adabiyotlarda  o‟zbekcha  so‟zlar,  qozoqcha  so‟zlar  yoki 

uyg‟urcha so‟zlar deb yuritilayotgani qonuniydir. 

 

Mana  shu  ma‟noda  o‟zbekcha  deb  yuritiluvchi  leksemalarning  borligi 



munozarasiz bir holdir. Umumturkiy leksikaga nisbatan olinganda o‟zbekcha 

so‟zlar  o‟zbek  tilining  o‟ziga  xos  bo‟lgan  individual  ijod  mahsulidir. 

O‟zbekcha  so‟z  yoki  qozoqcha  so‟z  deb  nomlash  mumkin  bo‟lgan 

leksemalarning „aydo bo‟lishi, albatta, o‟zbek tili yoki qozoq tili deb ataluvchi 

mustaqil  xalq  tillarining  yuzaga  kelishi  bilan  bog‟liqdir.  Turkiy  til 

umumturkiy holatda bo‟lgan davrda uning leksikasi ham umumturkiy holatda 

edi.  Bu  tildan  keyinchalik  mustaqil  turkiy  tillarning  ajralib  chiqishi  va  bu 

tillarda har bir turkiy xalqning obhektiv ehtiyoji tufayli yangi so‟zlarning ijod 

etilishi  o‟sha  tillarning  har  qaysisi  uchchun  original  bo‟lgan  bir  qator 

leksemalarni  yuzaga  keltirilgan.  Bu  masalaga  yanada  konkretroq  yondashish 

maqsadida “ o‟z so‟z”, “ o‟ziniki bo‟lgan so‟zlar” yuzasidan rus tilshunoslari 

bildirgan bahzi mulohazalarni keltiramiz. 

 

N. M. SHanskiy rus tili leksikasining o‟z qatlamini bu tilda turli tarixiy 



davrlarda  yuzaga  kelgan  qatlamlar:  a)  umumslavyan  so‟zlari;  b)  sharqiy 

slavyan yoki qadimiy rus so‟zlari; v) rus tilining o‟z so‟zlari

10

 tashkil etishini 



tahkidlaydi. 

                                                 

10

 

 



Шанский Н. М. Лексикология современного русского языка, с. 73. 

 


 

N.  M.  SHanskiy  “  rus  tilining  o‟z  so‟zlari”ni  “  tub  rus  so‟zlari”ning 

tarmog‟idan biri sifatida tahriflaydi. Ammo u bu ikki hodisani yetarli darajada 

chegaralamaydi. N. M. SHanskiy “ rus tilining o‟z so‟zlarini”, ularning „aydo 

bo‟lish  asoslarini  rus,  ukrain,  belorus  tillarining  mustaqil  elat  tili  sifatida 

yashay boshlagan davr  

bilan bog‟lagan holda izohlaydi. 

 

Demak, 



tilning 

o‟ziniki 

bo‟lgan 

so‟zlarga 

xalq 

tilining 



umumqardoshlik,  umumtillik  holatidan  ajrab  mustaqil  rivojlanish  davriga 

o‟tgandan keyingi davrlarda bu tilda yaratilgan so‟zlar kiradi. N. M. SHanskiy 

bu tushunchani rus tili misolida yanada konkret izohlaydi: “ Rus tilining o‟z 

so‟zlari  deyilganda  bu  tilda  XIV  asrdan  hozirgi  kunga  qadar  „aydo  bo‟lgan 

so‟zlar  tushuniladi.  Bu  so‟zlar  rus  nutqining  s‟etsifik  mulki  bo‟lib,  ularning 

boshqa  tillarda  ham  uchrashi  o‟sha  leksikaning  bizning  tilimizga  tegishli 

ekanini inkor etmaydi”. 

 

Keltirilgan satrlar avtori rus tilining o‟z so‟zlari qatoriga rus tilida ( rus 



nutqiga) tub ruscha so‟zlar negizida yasalgan so‟zlarni va o‟zlashgan so‟zlar 

negizida  rus  tilida  hosil  qilingan  yasalmalarni  kiritadi.  Masalan:  shnurok, 

deneshnqy, negrityanskiy, kassirsha kabi. 

 

Mana shunga o‟xshash fikrlar boshqa avtorlar tomonidan ham aytilgan. 



CHunonchi,  M.  I.  Fominaning  rus  tilining  o‟z  so‟zlariga  (  “  sobstvenno 

russkie”) bergan tahrifi N. M. SHanskiyning qarashlariga yaqin turadi: “ Rus 

tilining o‟z so‟zlari deyilganda rus tili rus xalqining ( velikoruss deb atalgan) 

mustaqil  tili  (XIV  asrdan),  keyinchalik  rus  millatining  tili  (  rus  milliy  tili 

XVII-XVIII  asrlar  davomida  shakllandi)  bo‟lgan  „aytlarda  bu  tilda  „aydo 

bo‟lgan barcha 

 



so‟zlar tushuniladi”



 

 

Demak,  tilning  o‟z  so‟zlari  (  o‟ziniki  bo‟lgan  so‟zlar)  har  bir  tilning 



mustaqil  taraqqiyoti  davrida  yuzaga  kelgan  so‟zlardir.  Mana  shu  mahnoda 

o‟zbekcha  so‟zlar  o‟zbek  tilining  mustaqil  til  –  o‟zbek  elati  tili  bo‟lib 

shakllangan davrdan to shu bugunga qadar bu tilda yasalgan so‟zlardir. 

 

O‟zbekcha  so‟zlarni  belgilovchi  asosiy  mezon  bu  ushbu  so‟zlarning 



o‟zbek  tilining  o‟zida  „aydo  bo‟lganidir.  O‟zbekcha  so‟zlar  o‟zbek  tilining 

o‟ziniki  ekanligi  jihatdan  umumturkiy  leksikada  farqlanadi.  Umumturkiy 

so‟zlar  turkiy  tillar  doirasidagi  umumfunktsional  leksemalardir,  o‟zbekcha 

so‟zlar o‟zbek tili doirasidagi fakulg‟tativ xarakterdagi so‟zlardir. 

 

O‟zbekcha  so‟zlar  bu  tilning  o‟ziniki  ekanligi  jihatdan  o‟zlashma 



so‟zlardan  ham  farqlanadi.  O‟zbekcha  so‟zlar  o‟zga  tillardan  olingan  emas, 

o‟z resurs materiali va mahsulidir. 

 

O‟zbekcha  so‟zlar  bilan  umumturkiy  so‟zlar  va  o‟zlashma  so‟zlar 



orasida farqlar 

 mavjud bo‟lish bilan birga so‟zlarning bu guruhlari o‟zaro 

aloqador hamdir. Bunga sabab o‟zbekcha so‟zlar uchun material, negiz bo‟lib 

tub turkiy so‟zlar va o‟zlashma so‟zlar xizmat qiladi. 

 

O‟zbek  tilining  lug‟aviy  materiali  sifatida  o‟zbekcha so‟zlar,  umuman 



olganda,  mohiyat  ehtibori  bilan  tub  turkiy  so‟zlar  va  umumturkiy  so‟zlarga 

qarama-qarshi turmaydi. Mahlumki, tub turkiy so‟zlar va umumturkiy so‟zlar 

turkiy  tillarning  mulki  –  turkiy  leksikadir.  O‟zbek  tili  turkiy  tillar  oilasiga 

mansub bo‟lgani, yahni turkiy til bo‟lgani uchun uning original leksemalari – 

o‟zbekcha so‟zlar ham turkiy til mahsuli hisoblanadi. Bu jihatdan o‟zbekcha 

so‟zlar turkiy til so‟zidir. 

 

O‟zbeklarning  ajdodlari  eroniy  tilda  so‟zlovchi  aholi  bilan  qadimdan 



birga  yashab  kelgan,  ular  bilan  qo‟shilgan,  aralashgan.  Turkiy  va  eroniy  ( 

so‟g‟d)  qabilalar  qadimdan  territorial  yaqin,  o‟xshash  hayot  kechirgan, 

iqtisodiy-madaniy  aloqada  bo‟lgan,  chet  el  bosqinchilariga  qarshi  birgalikda 

kurashgan. 

 

Turkiy  xalqlar  va  tillarga  singib  ketgan  so‟g‟dlar  va  so‟g‟d  tili 



tamoman izsiz yo‟qolgani yo‟q, albatta. O‟rta Osiyo tillarida bir  qator katta, 

kalta, ko‟‟ singari so‟zlar, ko‟‟gina to‟onimik nomlar saqlanib qolgan. Aslida 

tojikcha element ekani, tojik tilidan olingani struktura jihatdan o‟xshamovchi, 


lekin o‟zbek tilida qadimdan mavjud ( ammo turkiy bo‟lmagan ) bahzi so‟zlar 

aslida o‟sha so‟g‟d tili qoldiqlari bo‟lishi kerak. 

 

O‟zbek  tili  o‟tmishda  aloqada  bo‟lgan  eroniy  tillardan  biri  qadimiy 



xorazm tilidir. Qadimiy xorazm tili va qadimgi Xorazm  yozuvi O‟rta Osiyo 

xalqlari  tarixida  mahlum  rolg‟  o‟ynagan.  Ammo  qadimiy  xorazmiylar  va 

eroniy  til  xarakterida  bo‟lgan  qadimiy  xorazm  tili,  uning  turkiy  tillarga 

tahsirini  undan  o‟zbek  tili  leksikasiga  kirib  qolgan  elementlar  fanda  deyarli 

o‟rganilgan  emas.  Ammo  o‟zbek  tili  leksikasida,  ayniqsa,  xalq  shevalari 

lug‟at tarkibida bu tilning ayrim elementlari saqlangan. 

 

XIII-XIV  asrlarda  Xorazm  vohasi  aholisi  ikki  tilda  –  turkiy  til  va 



qadimiy  xorazm  tilida  so‟zlashgan.  XII-XIII  asrda  O‟rta  Osiyoda  turkiy 

qabilalar  ko‟‟ayishi  va  ustunlik  qilishi  turkiy  tillarning  ham  ustunlikka 

erishishiga olib keladi. Natijada qadimiy xorazm tili ( xuddi so‟g‟d tili) XIV 

asrlarda  o‟zbek  tiliga  singib  ketadi.  O‟zbek  tilida  bu  mag‟lub  tilning  bahzi 

so‟zlari saqlanib qoldi: xo‟‟ ( xo‟b), bog‟, „ochcha ( „ichchomi – “ dadam”), 

osmon  (  osm),  juft  (  er  mahnosida),  ariq    (  ar  -  suv)  va  boshqalar.  O‟zbek 

tilining  Qarnoq  shevasida  akasini  va  dadasini  “  „ochcham”  deb  atash  hozir 

ham bor. 

 

SHunday  qilib,  o‟zbek  tiliga  qadimiy  davrlarda  tahsir  qilgan  eroniy 



tillar  so‟g‟d  va  qadimiy  xorazm  tilidir.  Arablar  kelmasdan  oldin  so‟g‟dlik 

dehqonlar hukmron sinf bo‟lgan. Turkiy tillarning   VII-IX asr tarixi arab tili 

tahsiriga  o‟tdi.  Keyinchalik  eroniy  tillar  yana  o‟z  mavqeini  tikladi.  Natijada 

IX-X asrlarda fors-tojik adabiy tili va mmahalliy tojik tili o‟zbek tiliga kuchli 

tahsir o‟tkazdi. Bu tahsir XI-XII asrlarda, ayniqsa, kuchaydi. Bu davrga kelib 

fors  adabiy  tili  o‟sha  vaqtda  davlat,  adabiyot  va  din  tili  bo‟lgan  arab  tilini 

siqib qo‟yadi va istehmoldan surib chiqaradi. Somoniylar dinastiyasi davrida  

( IX-X asrlar) arab tili o‟rniga “ forsiyi dari” yoki forsiy til, yahni dariy deb 

atalgan  mahalliy  til  adabiy  til  sifatida  keng  yoyiladi.    IX-X  asrlarda 

Movarounnahr  va  Xurosonda  yashovchi  eroniy  tilda  ga‟lashuvchi  aholi 



dariylar yoki tojiklar deb yuritilgan. “ Forsiyi dari ” yahni fors adabiy tiliga 

Xurosonda yashovchi tojiklarning so‟zlashuv tili asos bo‟lgan. 

 

Forsiy adabiy til arab tilini dastlab shexriyat sohasidan siqib chiqaradi. 



Bu jarayon XI asrda batamom fors tilining g‟alabasi bilan tugallanadi. Forsiy 

til  fan,  adabiyot  va  madaniyat  tiliga,  rasmiy  davlat  tiliga  aylanadi.  Bu  tilda 

mashhur  adiblar  Abu  Abdullo  Rudakiyning  noyob  shehrlari,  Abulqosim 

Firdavsiyning  “  SHohnoma”  dostoni,  Umar  Hayyomning  bebaho  ruboiylari, 

Sahdiy SHeroziyning “ Guliston”, “ Bo‟ston” kabi asarlari, Nizomiy Ganjaviy 

va Amir Xisrav Dehlaviyning g‟azal va dostonlari, SHamsiddin Muhammad 

Hofiz va Abdurahmon Jomiyning o‟lmas asarlari yozildi. 

 

XV asrlardan boshlab dariy tilida hozirgi fors va tojik   tillariga ajralish 



jarayoni  boshlanadi.  Natijada  fors  va  tojik  xalqlari  tillarida  bahzi  tafovutlar 

yuzaga keladi. 

 

Xullas, somoniylar davrida forsiy tilda yozish kuchayadi. Agarda diniy-



mistik adabiyot arab tilida yozilgan bo‟lsa, fors-tojik tilida dunyoviy adabiyot 

namunalari  yaratildi. Fors-tojik tilining  rasmiy  davlat tili,  dunyoviy  adabiyot 

tili  ekani  bu  tilning  obro‟sini  juda  oshirdi.  Natijada  bu  til  mahalliy  turkiy 

tillarga, jumladan o‟zbek tiliga kuchti tahsir o‟tkazdi. 

 

Tojik tilining o‟zbek tiliga tahsirini to‟rt as‟ektda olib qarash mumkin: 



1)  o‟zbek  tiliga  qadimiy  eron  tillari  (  so‟g‟d,  qadimiy  xorazm  tili  va  b.) 

tahsiri; 2) o‟zbek tiliga yangi fors adabiy tili tahsiri ( IX-XV asrlar), 3) o‟zbek 

tiliga  tojik  adabiy  tili  tahsiri  (XV  asrdan  keyingi  davrlar),  4)  o‟zbek  tiliga 

mahalliy tojik shevalari tahsiri ( turli davrlarda). 

 

Fors-tojik  va  eski  o‟zbek  adabiy  tillarining  to‟qnashishi,  shuningdek 



mahalliy  o‟zbek  va  tojik  tillarining  o‟zaro  hamkorligi  turli  tarixiy  davrlarda 

o‟zbek-tojik  ikki  tilliligi  hodisasini  tug‟dirgan  muhim  faktordir.  Tojik  tili 

fors-tojik  adabiy  tili  va  tojik  xalqi  tili  eta‟larida  ham  o‟zbek  xalqi  hayotida 

rasmiy davlat tili sifatida alohida o‟rin tutgan. O‟zbek xonliklarining ko‟‟ida  

XVI-XVIII  asrlar  davomida  rasmiy  yozishmalar,  yozuv-chizuv  ishlari, 


asosan,  fors-tojik  tilida  olib  borilgan.  Tojik  tili,  turmushda,  adabiyotda  va 

tahlimda ham muhim o‟rin tutgan. 

 

Xullas,  tojik  tili  rasmiy  adabiy  til  sifatida  ham  birga,  aralashib  yoki 



qo‟shni yashovchi xalq tili sifatida ham o‟zbek tili bilan to‟qnashdi. Natijada 

o‟zbek-tojik ikki tilliligi adabiy til doirasida ham, mahalliy shevalar doirasida 

ham  mavjud  edi.  O‟zbeklar  rasmiy  va  adabiy  doirada, shuningdek  norasmiy 

muomalada  ham  o‟zbek  tili  bilan  birga  tojik  tilidan  ham  bemalol  foydalana 

olgan.  Ayniqsa,  bu  hol  Samarqand  va  Buxoro  vohasi,  Farg‟ona  va 

Qashqadaryo  vodiylari,  shuningdek  boshqa  bir  qator  hudud  aholisi  uchun 

xarakterli bo‟lgan. Bu jarayon ushbu hudud aholisi tilida hozir ham kuzatiladi. 

 

O‟zbek va tojik tillarining o‟zaro tahsiri ikki tomonlama bo‟ldi. Tojik 



tiili o‟zbek tiliga tahsir etgani kabi o‟z navbatida o‟zbek tili ham tojik tiliga 

o‟z tahsirini o‟tkazgan. 

 

O‟zbek  va  tojik  tillarining  o‟zaro  aloqasi  va  tahsiri  turli  tarixiy 



davrlarda  turlicha  sharoitlarda  yuzaga  kelgan.  Bu  jarayon  O‟zbekistonning 

turli rayonlarida ham turli darajada bo‟lgan. Tojik tilining o‟zbek tiliga tahsiri, 

ayniqsa  o‟tmishda  kuchli  bo‟lgan  va  uzoq  davr  davom  etgan.  O‟zbek 

xalqining  buyuk  shoiri,  o‟zbek  adabiy  tilining  asoschisi  Alisher  Navoiy  o‟z 

ona tili – turkiy ( o‟zbek) tilini nihoyatda chuqur bilgani, uning obro‟si uchun 

kurashgan  holda  fors-tojik  tilini  ham  yaxshi  egallagan  edi.  Alisher 

Navoiyning turkiy va forsiy tilda „arallel ravishda yozgan asarlari o‟zbek-tojik 

ikki tilliligi – zullisonaynlikning ajoyib namunasidir. Alisher Navoiy davrida 

fors-tojik tili ancha keng tarqalgan va uni turkiy aholi ham yaxshi bilar edi. 

 

O‟zbek  va  tojik  tillari  o‟zaro  bevosita  to‟qnash  kelgan,  aralashgan 



tillardir.  SHuning  uchun  tojikcha  so‟zlar  o‟zbek  tiliga  bevosita  tojik  tilining 

o‟zidan olindi. 

 

Xullas, V. V. Bartolg‟d tili bilan aytganda: “ ... agar arab tili musulmon 



dunyosi  uchun  Yevro‟adagi  latin  tilidek  ahamiyatga  ega  bo‟lsa,  fors  tilini 

frantsuz tilining tahsiri bilan tenglashtirish mumkin”. 



 

Hozirgi o‟zbek tili leksikasida anchagina tojikcha so‟zlar bo‟lib, o‟zbek 

tili  leksikasida  turkiy  so‟zlardan  keyin  miqdor  jihatdan  ikkinchi  o‟rinda 

turadi. 


 

Fors-tojik so‟zlarining o‟zbek tiliga kirishi uchun turli tarixiy davrlarda 

har  xil  omillar  sababchi  bo‟lgan.  Ammo  ular  orasida  bahzi  xarakterli  va 

muhim sabablar ham bor. Bular tubandagilar: 

1.O‟zbek  va  tojiklarning  ajdodlari  qadimiy  davrlardan  bir  hududda, 

birgalikda hayot kechirib kelishgan. Ular o‟zaro iqtisodiy, xo‟jalik sohalarida 

yaqindan  aloqada  bo‟lgan.  Bu  o‟zbek  va  tojik  tillarining  o‟zaro 

to‟qnashuviga, biridan ikkinchisiga so‟z o‟tishiga sababchi bo‟lgan. 

2.  O‟tmishda  bahzi  hududlarda  turkiy  va  eroniy  tillar  to‟qnashgani    va 

o‟zaro  chatishganida  turkiy  til  g‟olib  kelgan.  Mag‟lub  tilning  (  masalan, 

so‟g‟d  tili,  qadimiy  xorazm  tili  va  b.)  elementlari  g‟olib  turkiy  til  tarkibida 

qisman saqlanib qolgan. 

3.  Fors-tojik  adabiy  tili,  keyinchalik  tojik  tili  O‟rta  Osiyoda  ko‟‟  davr 

rasmiy davlat tili sifatida qo‟llanib kelgan. Davlat, tijorat ishlari, mahmuriy, 

rasmiy  yozishmalar,  mahkama  hujjatlari,  tarixiy  memuarlar  tojik  tilida 

yozilgan.  Bu  hol  o‟zbeklarni  tojik  tilini  bilishga,  uni  tushunishga  undagan. 

Natijada tojikcha rasmiy uslub so‟zlari o‟zbek tiliga kirib borgan. 

4.  O‟rta  Osiyo,  jumladan  O‟zbekistonning  anchagina  qismi  aholisi  turli 

tarixiy  ehtiyoj  va sabablarga ko‟ra ikki  tillidir. Aholining ikki  tilda  – o‟zbek 

va tojik tillarida so‟zlashi bu tillarning o‟zaro almashishiga sababchi bo‟lgan. 

5.  O‟tmishda,  ayniqsa  X-XI  asrlardan  keyin  badiiy,  tarixiy  va  yuridik 

asarlar ikki tilda – o‟zbek va tojik tillarida yozilgan. Ko‟‟gina yozuvchilar o‟z 

asarlarini  ikki  tilda  yozishni  odat  qilgan.  Natijada  o‟zbek  aholisi  tojikcha 

asarlarni  ham  o‟qigan.  Bu  ular  tiliga  tojik  so‟zlarining  kirib  borishiga  yo‟l 

ochgan.  Tojik  adabiy  tili  yozma  adabiyot  orqali  o‟zbek  adabiy  tiliga, 

o‟qimishli kishilar tiliga kuchli tahsir qilgan. 

 

O‟zbek adabiy tili leksikasida aslida arabcha bo‟lgan anchagina so‟zlar 



uchraydi. Arabcha so‟zlarning o‟zbek tilida mavjud bo‟lishi o‟tmishda O‟rta 

Osiyo hududining arablar tomonidan istilo qilinishi va buning tarixiy-ijtimoiy 

oqibatlari bilan bog‟liqdir. 

 

Arablarning O‟rta Osiyoga hujumining dastlabki davri VII asr o‟rtalari 



(  aniqrog‟i,  674  yil)  ga  to‟g‟ri  keladi.  VIII  asrda  arablar  O‟rta  Osiyoni 

batamom  istilo  qiladi.  Buning  oqibatida  O‟rta  Osiyo,  jumladan  O‟zbekiston 

hududida  yashovchi mahalliy  xalqlar arab  bosqinchilari istibdodi  va  zulmiga 

duchor bo‟ladi. Arab bosqinchilari mahalliy xalqni ijtimoiy-siyosiy, madaniy-

mahnaviy,  diniy-ruhiy,  iqtisodiy-moddiy  jihatdan  qaram,  bo‟ysinuvchi 

mustamlakaga  aylantirishga  intildi.  Bosqinchilar  barcha  mahalliy  xalqlar, 

jumladan turkiy xalqlarning ham traditsion adabiyoti, madaniyatini yo‟qotish, 

dini  va  tilini  tahqiqlashga  intildi.  Mahalliy  yozuvlar  o‟rniga  arab  yozuvi 

ishlatiladigan  bo‟ldi.  Arab  tili  esa  rasmiy  til  sifatida  majburan  singdirildi. 

Natijada  arab  tili  mahalliy  mustamlakalarda  keng  yoyildi.  Barcha  mahalliy 

tillar ( qadimiy so‟g‟d, qadimiy uyg‟ur, fors-tojik, qadimiy xorazm tili va b.) 

singari turkiy tillarga ham bu davrda arab tili bilan aloqada bo‟lishga  to‟g‟ri 

keldi. Arab tilining keng tarqalishi, bu tilda yozishga, o‟qishga,  mmuomala 

qilishga  va  diniy  aqidalarni  bajarishga  to‟g‟ri  kelgani  mahalliy  xalqlarning 

mahlum  darajada  arab  tilini  egallashiga  olib  keldi.  Bu  hol  o‟z  navbatida 

o‟zbek- arab ikki tilligi hodisasini tug‟dirdi. Arab madaniyati va turkiy xalqlar 

madaniyati,  arab  dini  va  mahalliy  dinlar,  arab  tili  va  mahalliy  tillar 

kurashining  dastlabki  davrida  rasmiy  jihatdan  arablar  tomoni  g‟olib  chiqdi. 

Bunday  faktorlar  madaniy  va  mahnaviy,  ijtimoiy-siyosiy  aloqaning  muhim 

quroli  bo‟lgan  arab  tilining  arablar  bosib  olgan  o‟lkalarda  keng  tarqalishiga 

olib keldi. 

 

Arab tilining keng tarqalishi, o‟zbekcha (turkiy) – arabcha va arabcha-



tojikcha  ikki  tillilik,  „irovardida,  turkiy  tillarga  ko‟‟gina  arabcha  so‟zlarning 

kirishi  va  o‟zlashishiga  olib  keldi.  Arabcha  o‟zlashmalarning  o‟zbek  tiligi 

kirishi uchun sababchi bo‟lgan muhim omillar sifatida tubandagilarni keltirish 

mumkin: 


1) 

Arab  tili  davlat  tili,  rasmiy  adabiy  til  edi.  Davlatning  barcha 

rasmiy, yuridik hujjatlari arab tilida olib borilar, rasmiylashtirilar edi. 

2) 


Arab tili rasmiy ravishda badiiy adabiyot tili edi.  

3) 


Arab tili o‟sha davrda O‟rta Osiyo va SHarq xalqlari uchun fan 

va madaniyat tili bo‟ldi. Xorazmiy, Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino 

kabi mahalliy xalq olimlari o‟z ilmiy va badiiy asarlarini arab tilida yozdi. 

4) 


Arab  tili  o‟sha  davr  tahlimi  tili  edi.  Maktab  va  madrasalarda 

tahlim ishlari arab tilida olib borildi. 

5) 

Arab tili hukmron xalq tili, rasmiy majburiy til edi. 



6) 

Arab  tili  din  va  shariat  tili  edi.  Bu  hol  mahalliy  xalqlar  orasida 

uzoq vaqt yashadi. 

7) 


Turkiy  tillarga  arabcha  so‟zlarning  kirishiga  sababchi  bo‟lgan 

omillardan  biri  arabcha  va  turkiycha  so‟zlashuvchilarning  bevosita 

to‟qnashuvi  deb  baholanishi  mumkin.  Harbiy  lagerg‟    va  qarorgohlar  arab 

tilini mahalliy xalq orasida tarqatuvchi manbalardan biri edi. 

8) 

Arab  tilining  turkiy  tillarga  tahsiri  mahlum  darajada  bu  tilning 



lingvistik fazilatlari bilan bog‟liq bo‟ldi. 

9) 


Arab tilining turkiy tillarga, jumladan o‟zbek tiliga kuchli tahsiri 

mahlum  darajada  bu  tilning  tarixda  O‟rta  Osiyoda  o‟sha  davrda  yashagan 

ko‟‟chilik xalqlar uchun umumtillik funktsiyasini bajargani bilan bog‟liqdir. 

 

Yuqorida  keltirilgan  ijtimoiy-tarixiy  sabablarga  ko‟ra  o‟zbek  tiliga 



mahlum  miqdorda  arabcha  so‟zlar  kirgan.  O‟zbek  tilidagi  arabcha 

o‟zlashmalar 

qatlamini 

tematik, 

nominatsion 

va 


leksik-semantik 

xususiyatlariga ko‟ra tubandagi guruhlarga ajratish mumkin. 

 

Ilm-fanga  oid  so‟zlar:  maqola,  faylasuf,  ilm,  tahlimot,  amaliyot, 



naazariya, asos, kashf, ixtisos, alloma, asar, bayon, masala, imlo, kasr, izofa, 

ilova,  lug’at,  muzokara,  munajjim,  musibat,  mavzu,  mazmun,  nahv,  nuqta, 

olim,  rivoyat,  tafakkur,  tadqiq,  taqriz,  tahlil,  tajriba,  uslub,  fan,  fozil,  izoy, 

xandasa, jadval va b. 

 

Adabiyot va sanhat tushunchalariga oid so‟zlar:  



A)  adabiyotga  oid:  aruz,  adabiyot,  bayt,  qissa,  g’azal,  g’azaliyot,  masnaviy, 

ruboiy, shoir, adib, badiiy, hikoya, hikoyat, masal, maqol, nazm, nasr,qofiya, 

vazn, ilhom, laqab, matn, mahorat, majmua, misra, mubolag’a, radif, satira, 

tazkira, tanqid, taxallus, qasida, qissa; 

B)  sanhatga  oid:  rasm,  rassom,  raqqos,  raqqosa,  sanhat,sahna,  mashshoq, 

surat,  tasvir,  madaniy,  maqom,  mehmor,  munaqqosh,  munojat,  musavvir, 

mug’anniy, nafosat, naqsh, naqqosh, ramz, sayqal, haykal va b. 

 

Kitob  va  nashriyot  ishlari  bilan  bog‟liq  so‟zlar:  nashriyot,  nashr, 



muharrir, muallif, matbaa, matbuot, tahrir, bob, jild, nusxa, muxbir, axborot, 

xabar, bayoz, tarjima, varaq, kulliyot, muallif, muarrix, risola, sahifa, tabaqa, 

xattot va b. 

 

Vaqt  tushunchasi  bilan  bog‟liq  so‟zlar:  fursat,  vaqt,  zamon,  zamona, 



doim, abad, abadiy,abadiyat, abadul abad,  azal, azaliy, ayyom, baqo, davr, 

davron, daqiqa, ibtido, ibtidoiy, ilk, lahza, mavrid, mavsum, muddat, mudom, 

muqaddam, muhlat, nahor, sana, sahar, qadam va b. 

 

Xususiyat, belgi, xossa va holat anglatuvchi so‟zlar: 



1)  Ijobiy belgi, xususiyat anglatuvchi so‟zlar:  azamat, abzal, ajoyib, odil, 

adl,  alomat,  asil,  afifa,  ahlo,  mashkur,  mumtoz,  nazokat,  nafis,  nodir, 

mmuzayyan,  munis,  madaniy,  loyiq,  muvofiq,  istihola,  kamol,  layoqat,  latif, 

loyin,  marg’ub,  matonat,  mahzur,  mahlum,  mahmur,  mahsum,  maqbul, 

maqsud,  mohir,  muloyim,  munosib,  mustahkam,  mushfiq,  muqaddas, 

odamiyat, oqil, salobat, sahiy, sof, toqat, shahlo, qodir, halol va b. 

2)  Salbiy xususiyat anglatuvchi so‟zlar:  ablah, ayyor(a), zolim, takabbur, 



ahmoq,  ayb,  battol,  baxil,  botil,  vahshiy,  zaif,  zahar,  zil,  zinnat,  iblis,  isnod, 

ishkal, kazzob, kasofat, maddoh, makkor, malhun, mag’rur, mudhish, mumsik, 

munofiq, nuqson, osiy, razil, tannoz, unsur, fosiq, xasis, g’addor, g’alat, g’ali, 

g’ubor, qabih,  qitmir, harom, josus, johil, va b. 

3)  Ijobiy  „sixik  holat  anglatuvchi  so‟zlar:  zavq,inoyat,  iftixor,  mamnun, 



manzur,  masrur,  maftun,  oriyat,  rohat,  sobir,sukunat,  tabassum,  tantana, 

shavq, qahqaha, havas, hayo, halovat, huzur, hur, jilva va b. 

4)  Salbiy  „sixik  holat  anglatuvchi  so‟zlar:  alam,  alhazar,  araz,  vasvas, 

vahim,  vahshat,  vajohat,  dahshat,  iztirob,  kayf,  kibr,  kulfat,  majnun, 

mashaqqat,  mahyus,  mahzun,  mojaro,  mulzam,  mushkulot,  tashvish,  uqubat, 

xavotir, xafa, xijil, xijolat, g’am, g’ussa,qahr, hazar, hazin, hasrat, hajr, jahl 

va b. 

 

O‟zbek  tiligatog‟zaki  til  orqali  kirgan  arabcha  o‟zlashmalar  boshqa 



manbalar  orqali  kirgan  so‟zlarga  nisbatan  kamchilikni  tashkil  qiladi.  Buni 

o‟zbek leksikasida arabcha so‟zlar miqdorining kamligi ham tasdiqlaydi. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 

 

1.  O‟zbek tili leksikologiyasi. T – 1981. 

2.  Sanaqulov  U.  O‟zbek  adabiy  tili  taraqqiyotining  o‟rta  asrlardan  so‟ngi 

davrlari. 

3.  „inxasov Y.D. Hozirgi zamon o‟zbek tili leksikasi. T., 1960. 

4.  Begmatov E. Hozirgi o‟zbek adabiy tilining leksik qatlamlari. 

5.  Muhammadjonova  G.  O‟zbek  tili  leksikasi  taraqqiyotining  bahzi 

masalalari. T., 1982. 

6.  Abdullaev F. Til qanday rivojlanadi? T., 1972. 

7.  Usmonov  S.  O‟zbek  tilining  lug‟at  tarkibida  tojikcha-forscha  va 

arabcha so‟zlar. T., 1962. 


8.  Hamdamov J.  XIX asrning yarmida rus tilidan o‟zbek tiliga so‟z qabul 

qilishning asosiy sabablari. T., 1964. 

9.  „o‟latov  M.  Rus  tilining  o‟zbek  tili  taraqqiyotiga  tahsiri  haqida.  T., 

1956. 


10.  Hozirgi zamon o‟zbek tili. T., 1957. 

11.  Mirzaev M., Usmonov S., Rasulov I., O‟zbek tili. T., 1978. 

12.  Abdullaev F. O‟zbek tili leksikasining bahzi bir masalalariga doir. T., 

1949. 


13.  Aliqulov T. O‟zbek tilida „olisemantik otlar. 

14.  Abdullaev F. Hamza asarlarining tili. 

15.  O‟zbek klassik adabiyoti asarlari uchun qisqacha lug‟at. T., 1953. 

16.  Usmonov  O.,  Doniyorov  R.,  Ruscha-internatsional  so‟zlar  izohli 

lug‟ati. T., 1965. 

17.  SHoabdurahmonov SH. O‟zbek tili va o‟zbek xalq shevalari. T., 1962. 

18.  Qishloq xo‟jaligi terminologiyasi. T., 1931. 

19.  Abdunazarov  O.,  Yigirmanchi  yillardagi  o‟zbek  adabiy  tili  leksika  va 

frazeologiyasi taraqqiyotining bahzi masalalari.T.,1968. 

20.  Tursunov  U.,  Muxtorov  J.,  Rahmatullaev  SH.  Hozirgi  o‟zbek  adabiy 

tili. T., 1968. 

21.  „o‟latov M. Rus tilining o‟zbek tili lug‟at sostavining boyishidagi roli. 

T., 1958. 

22.  Ibrohimov S.Farg‟ona shevalarining kasb-hunar leksikasi. T., 1956. 

23.  Nurmonov  A.,  Teshaboev  A.,  So‟fixo‟jaev  N.  O‟zbek  tiliga  g‟arbiy 

Ovru‟o  tillaridan  olingan  ilmiy-texnik  terminlarga  doir  mulohazalar  // 

Tahlim muammolari. 1999. № 3. 

24.  To‟raxo‟jaeva A. O‟zbek ijtimoiy-siyosiy leksikasi. T., 2012. 

25.  Rahmatullaev  SH.  Hozirgi  zamon  o‟zbek  tilidagi  o‟zlashtirma 

frazeologik birliklar haqida. T., 1957. 



 

 

Download 300,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish