Dars matni (konspekti). Dars rejasi va dars matnini tayyorlash о‘qituvchining darsga tayyorlanganligining oxirgi bosqichi hisoblanadi. Dars matni dars rejasida kо‘rsatilgan izchillikda yozilishi lozim bо‘lib, unda о‘quvchilarga yetkazilishi zarur bо‘lgan asosiy tushunchalar, sxema va chizmalar hamda esda saqlab qolishi nisbatan qiyin bо‘lgan ma’lumotlar aks ettiriladi. Bunda о‘quv dasturida kо‘rsatilgan meyordan chetga chiqib ketmaslik talab etiladi.
Dars matni darslik va metodik adabiyotlar, hamda о‘qituvchining ish tajribalari asosida yozilib, dars rejasi bilan bir vaqtda KHK direktorining о‘quv ishlari bо‘yicha о‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi va dars rejasi va matni bilan о‘qituvchi darsga kiradi.
«. Tarix shaxs va jamiyat o’qitish metodikasi » fanida talabalar Davlat ta’lim standarti (DTS), о‘quv rejasi va dasturi, о‘qituvchining dars о‘tishi uchun zarur bо‘ladigan barcha hujjatlar mazmuni bilan tanishadilar va ularni ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |