Oʼzbekiston respublikasi oliy va oʼrta maxsus talim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti mustaqil ish talim yonalishi: Matematika va informatika Guruh mi/S5101 Talabaning F



Download 16,8 Kb.
Sana09.04.2022
Hajmi16,8 Kb.
#539913
Bog'liq
Toshkent Islom madaniyati markazi.


OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʼRTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI

MUSTAQIL ISH
Talim yonalishi: Matematika va informatika
Guruh_MI/S5101
Talabaning F.I.Sh: Choriyeva Go’zal
Fan nomi : Oʻzbekistonning eng yangi tarixi

Mavzu: 2007-yil Toshkent Islom madaniyati poytaxti deb eʼlon qilinishining mazmuni va mohiyati
Reja:

  1. Islom konferensiyasi tashkiloti.

  2. Toshkent islom madaniyati poytaxti deb eʼlon qilinishi.

  3. Toshkent islom universiteti tashkil topishi.


Islom konferensiyasi tashkiloti (IKT) — hukumatlararo xalqaro tashkilot. Islom mamlakatlari davlat va hukumat boshliqlarining 1-konferensiyasida (1969 y., Rabot sh., Marokash) asos solingan. Islom davlatlari tashqi ishlar vazirlarining 3-konferensiyasida (1973 y., Jidda sh., Saudiya Arabistoni) taʼsis etilib, ustavi qabul qilingan. Hozir IKT diniy mushtaraklik asosida jami 55 davlatni, jumladan, mustaqillikka erishgan Markaziy Osiyo davlatlarini, shuningdek, Falastin ozodlik tashkiloti (FOT)ni birlashtiradi. IKT ustaviga binoan uning maqsadi aʼzo davlatlar oʻrtasida islom birdamligini ragʻbatlantirish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ilmiy va b. Sohalarda hamkorlikni mustahkamlash, irqiy kamsitishni, barcha shakldagi mustamlakachilikni tugatishga harakat qilish, tinchlik va xavfsizlikni saklat uchun tadbirlar belgilash, Falastin arab xalqining oʻz huquqlarini tiklash va uning yerlarini ozod qilish uchun kurashini qoʻllab-quvvatlash kabilardan iborat. IKTning rahbar organlari davlat va hukumat boshliqlari Konferensiyasi (1981 y.dan har 3 y.da bir marta chaqiriladi) va tash-qi ishlar vazirlarining Konferensiyasi (har yili yoki zarurat tugʻilganda chaqiriladi) va bosh kotib rahbarligidagi kotibiyatdir. IKT qarorgohiJidda sh.da joylashgan. IKT huzurida Islom taraqqiyot banki, Fan va texnika sohasida hamkorlik boʻyicha doimiy qoʻmita faoliyat koʻrsatadi. 1975 y.dan IKTga Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) huzurida kuzatuvchi maqomi belgilangan. Oʻzbekiston Respublikasi (1996 y.dan) IKTga toʻliq aʼzo boʻlib kirgan.
«TOSHKENT – ISLOM MADANIYATI POYTAXTI» – mamlakatimizda islom madaniyati hamda ma’naviy qadriyatlarni tiklash va saqlab qolish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning xalqaro ko‘lamdagi e’tiroflaridan biri. 2007 yil yanvarda Islom konferensiyasi tashkiloti tarkibidagi muassasalardan biri – Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) Toshkentni islom madaniyatining poytaxti, deb e’lon qildi. Toshkent bilan bir qatorda Fes (Marokash), Tripoli (Liviya), Dakar (Senegal) shaharlari ham «Islom madaniyatining poytaxti», deb e’lon qilindi. Prezident Islom Karimov bu e’tirofni «o‘zbek xalqining islom madaniyati rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasiga berilgan munosib baho», deb ta’rifladi. Shu munosabat bilan shaharda bunyodkorlik ishlari yanada avj oldirildi. Jumladan, qisqa muddatlarda Hazrati Imom majmuasi tubdan qayta ta’mirlandi, yangi minora, masjid, xiyobonlar bunyod etilib, unda ko‘plab shaharliklar o‘z beminnat mehnatlari bilan hissa qo‘shdilar. Ko‘kaldosh madrasasi (16-asr), Shayx Zayniddinbobo (13–19-asrlar), Zangiota (14–20-asr), Xo‘ja Alambardor (19-asr), Shayx Xovandi Tohur (15-asr), Yunusxon (15-asr) maqbaralari, Abulqosim madrasasi (19-asr) va boshqalar ta’mirlandi. 2007 yil 14–15 avgustda Toshkent, Samarqand shaharlarida «O‘zbekistonnning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi» mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.Fan, madaniyat va ta’lim bo`yicha xalqaro islom tashkiloti 2007 yilda Toshkentni Islom poytaxti sifatida e`lon qilgan. Bu voqea O`zbekiston matbuotida keng yoritildi. Toshkentda islom mavzusiga oid bir necha xalqaro konferensiyalar o`tkazildi.

Mutaxassislar fikriga ko`ra, islom tarixi, madaniyati va taraqqiyoti haqida gapirilganda Imom al Buxoriy, Naqshbandiy, Ahmad Yassaviy va shu kabi ko`plab allomalar yaratgan qomusiy ishlarni e’tirof etmasdan bo`lmaydi Tarixan Turkiston tuprog`i islom dunyosining shakllanishi va taraqqiyotida o`ta muhim o’rin tutgan.Biroq mustaqillikdan keyin, deydi kuzatuvchilar, aholi e`tiborini qozongan islom peshvolari jamiyatdan chetlatilib, ba’zan izsiz yo`qolib ketmoqda.Hukumat nazarida O`zbekistonda diniy ekstremizm tahdidi kuchli. Yuzlab fuqarolar ekstremistik faoliyati uchun qamoqqa tashlangan.Toshkentdagi masjidda nomozxonlardan biri diniy ekstremizm tahdidi yo’qligini O`zbekiston aholisi yaxshi tushunib qolgan deb hisoblaydi. Qaysi yo`l to`g’riligi farqiga borib bo`lgan, hozir asosiy tahdid missionerlar, deydi u.Huquq himoyachisI Azam Turg`unovning so’zlariga qaraganda, diniy ekstremizm bo`yicha ayblanib, jazo muddatini o`tab chiqqan kishilar ustidan qayta jinoiy ish qo`zg`atish harakatlari kuzatilmoqda.“O`zbekistonda “Hizbut tahrir” faoliyati deyarli yo’qolib ketgan. Hozir eski, 4-5 yil avvalgi ishlar bo`yicha odamlarni yana qamash boshlangan. Mana yaqinda besh ayolni 4-5 yil avvalgi ish uchun qamashdi. Oldin varaqa tarqatgani haqidagi vajlar ko`rsatilayotgan bo`lsa, hozir hech qanday isbot-dalil keltirilmaydi. Hech bir dalillarsiz qamoqqa olinaveradi”, - deydi A’zam Turg`unov.Huquq himoyachilaridan biri Surat Ikromov diniy ekstremizm bo`yicha sudlar yopiq o’tishi bois bu jarayonlarga xolis baho berib bo`lmaydi deydi.Ayrim ekspertlar diniy ekstremizm aynan hukumatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatdagi layoqatsizligi, shuningdek, so`z va fikr erkinligi cheklangan jamiyat vujudga kelganidan ham oziqlanadi.
Islom universiteti, Toshkent islom universiteti — islom dini boʻyicha malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti va yirik ilmiy markaz. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida, 1999-yil 7-aprelda tashkil etilgan. Universitetda islom tarixi va falsafasi; shariat (fiqh), iqtisod va tabiiy fanlar fakultetlari; dinshunoslik, islomshunoslik; demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti; sharq tillari; gʻarb tillari; informatika va tabiiy fanlar; jismoniy tarbiya kafedralari hamda jahon dinlarini qiyosiy oʻrganish boʻyicha YUNESKO kafedrasi bor. Oʻquv bosqichlari: bakalavrlik — 4 yil, magistratura — 2 yil Universitet dinshunoslik, islomshunoslik, islom huquqi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, informatika va axborot texnologiyasi buyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Un-tda 2002—2003 oʻquv yilida 470 dan ortiq talaba oʻqidi, 100 dan ortiq professor-oʻqituvchilar, shu jumladan, 15 fan doktori, 41 fan nomzodi va dotsent ishladi. Aspirantura va doktorantura bor. 2000 yildan universitet qoshida akademik litsey ochilgan. Un-t ilmiy kutubxona (42 ming asar, asosan, darslik va ilmiy kitoblar), manbalar xazinasi, nashriyotiga ega. Manbalar xazinasi mamlakatimiz va xorijda mavjud boʻlgan qoʻlyozma va nodir kitoblar bilan boyitib boriladi. Un-t tarkibida Islomshunoslik ilmiy tadqiqotlar markazi bor. Bu markazda Qurʼon, tafsirlarni oʻrganish, islom tarixi va falsafasi, shariat (fiqh), maʼnaviyat, madaniyat va sanʼat, manbashunoslik va qoʻlyozmalarni oʻrganish boʻlimlari mavjud. Toshkent islom universitetida “Sharqshunoslik fanlari” sohasi boʻyicha doktorlik dissertatsiyalari himoyasiga ixtisoslashgan kengash tuzilgan. Un-t Sharq va Gʻarb tillarini mukammal oʻqitish maqsadida zamonaviy texnik vositalar bilan taʼminlangan. Lingofon kabineti va arab tili markazi faoliyat koʻrsatadi. Toshkent islom universitetini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilgan (1999). Toshkent islom universiteti AQSH, Angliya, Fransiya, Gollandiya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Misr Arab Respublikasi, BAA va boshqa davlat universitetlari hamda ilmiy tadqiqotlar markazlari bilan aloqalar oʻrnatgan.
Download 16,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish