O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/55
Sana17.08.2021
Hajmi3,2 Mb.
#149996
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55
Bog'liq
turizm sayyohlik

Xiva – Urganch qadimgi va hozirgi Xorazm vohasining 
eng qadimiy madaniy markazi sifatida uning shuhrati olamga 
keng tarqalgan. Tarixiy manbaalar, qazilmalarining guvohlik 
berishicha Xorazm vohasi 3 ming yillik tarixga ega. Buni 
“Avesto” kitobidagi (3 ming yil avval yaratilgan) diniy qarashlar, 
urf-odatlar, qabilalarning bo‘linishlari, salomatlik, shifokorlik
davlatni idora etish, ma’naviy­ma’rifiy tadbirlar va hokazo 
misolida tasavvur etish mumkin.
Xorazm yurtimizga To‘maris, Jaloliddin Manguberdi kabi 
qahramonlarni, ulug‘ adiblar H.Sheroziy, Mahmud Pahlavon, 
iste’dodli san’atkorlar Komiljon Otaniyozov, O. Otajonov, 
Kommuna Ismoilova va boshqalarni tuhfa etgan.
Xiva va Urganch shaharlaridagi qal’alar, masjidlar, maqba-
ralar, savdo markazlari va boshqa yuzlab tarixiy yodgorliklar 
ming yillik tarixga egadir. Arxeologlar, tadqiqotchilar (Pirmat 
Shermuhamedov va boshqa) va tarixchilarning ta’kidlashicha 
Xorazm va Qoraqalpog‘iston vohasi qadimgi davrlarda yam-
yashil bog‘lar, zilol suvlarga boy bo‘lgan. Shu sababdan bu 
joylarda katta qal’alar, qo‘rg‘onlar ko‘p qurilgan. Lekin ulardan 
birontasi ham saqlanib qolmagan. Chunki Eron, Turk, Mo‘g‘ul 
va shu kabi davlatlarning bosqinchilik urushlari barcha joylarni 
vayronaga aylantirgan. Shuningdek, turli tabiiy ofatlar, ayniqsa, 
sahro va cho‘llardan esgan kuchli bo‘ron, shamol, to‘fonlar 
qum, tuproq tuz chiqindilarini uchirib kelib, butun vohani 
ko‘mib tashlagan. So‘nggi 20–30 yil davomida olib borilgan 
arxeologik izlanishlar natijasida 4–5 m va undan ham balandroq 
qum uyumlari (barxan) tagida yotgan eng qadimgi shahar hamda 
qo‘rg‘onlarning devorlari, turli buyumlar, jang qurollarini 
topishga muvaffaq bo‘lindi.
Xiva, Nukus va Urganch shaharlarning ko‘rki so‘nggi 10–
15 yil davomida ancha o‘zgardi. Yangidan qurilgan kasb-hunar 
kollejlari, umumta’lim maktablarining o‘quv binolari, madaniy 
va savdo markazlari, sport inshootlari shaharlarning zamonaviy 


36
tus olishiga hissa qo‘shmoqda. Jaloliddin Manguberdi xotirasi, 
Ma’mun Akademiyasining tashkil etilishi, “Avesto” kitobi-
ning yozilishiga 3 ming yil to‘lishi, “Umid nihollari” sport 
musobaqalarining o‘tkazilishi, Pahlavon Mahmud xotirasiga 
bag‘ishlangan xalqaro kurash turnirlari va boshqa ko‘plab 
ommaviy-madaniy tadbirlarning tashkil qilinishi Xorazm va 
Qoraqalpog‘iston vohasining shuhratiga shuhrat qo‘shdi. Bu 
tadbirlar asnosida o‘sha yurtlarga ham sayr-sayohat uyushtirishni 
davr taqazo etadi.
O‘zbekistonning sayr-sayohatlarga boy bo‘lgan maskanlari 
deyarli barcha viloyatlarda mavjud. Bulardan Farg‘ona, 
Andijon, Namangan shaharlari va shu kabi kichik shaharlarda 
(Qo‘qon, Marg‘ilon, Asaka, Chust, Pop va hokazo) ham tarixiy 
yodgorliklar juda ko‘p.
Farg‘ona vodiysida Al Farg‘oniy, Boborahim Mashrab, 
Muhammad Bobur, kabi ulug‘ allomalar, davlat arboblari
san’atkorlarning hayoti bilan bog‘liq ziyoratgoh joylar juda 
ko‘p. Ularni faqat mahalliy xalqgina emas, balki Respublikaning 
boshqa hududlaridagi o‘quvchi-yoshlar, talabalar, mehnatkashlar 
ham sayr qilib, tomosha qilsalar arziydi.
Ohangaron, Olmaliq, Bekobod (Toshkent viloyati), Sirdaryo, 
Guliston, Yangiyer (Sirdaryo viloyati), Zomin, Bo‘ston, Paxtakor
Jizzax, Forish, Baxmal (Jizzax viloyati), Jomboy, Chelak, 
Qo‘shrobod, (Samarqand viloyati), Xatirchi Navoiy, Uchquduq, 
Zarafshon (Navoiy viloyati), Qiziltepa, Qorako‘l, Kogon 
(Buxoro viloyati), Kitob, Shahrisabz, Qarshi (Qashqadaryo 
viloyati), Denov, Termiz, Jarqo‘rg‘on (Surxandaryo viloyati) 
va bu kabi juda ko‘p kichik shaharlar, qo‘rg‘onlar ham ba’zi 
bir tarixiy yodgorliklar, zamonaviy xotirlash maskanlari hamda 
obidalarga ega. Bunday maskanlarga ham aholining sayr-
sayohatlarini tashkil qilish, ularni ommaviy axborot vositalari, 
teleradiolarda keng targ‘ibot qilish lozim. Buning negizida 
yoshlar va mehnatkash ommani ma’naviy jihatdan tarbiyalash, 


37
ona Vatanga sadoqat his-tuyg‘ularini mustahkamlash, o‘tmish 
tariximizni o‘rganish bilan avlod-ajdodlarimizga tasannolar 
bildirish kabi ezgu-niyatlar mavjud bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda yurtimizning har bir burchagi, bir 
qarich yeri aziz va mo‘tabardir. Ularni ko‘rish, o‘rganish va 
e’zozlash sayr-sayohatlarning muhim qismidir.

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish