O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi O’rta maxsus



Download 23,4 Kb.
bet1/3
Sana26.02.2022
Hajmi23,4 Kb.
#469214
  1   2   3
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi


O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta
Maxsus Ta’lim Vazirligi O’rta maxsus
Kasb-hunar ta’lim markazi Andijon viloyati
Hokimligi O’rta maxsus kasb-hunar ta’lim
boshqarmasi
Oltinko’l Iqtisodiyot Texnikumi

I-Kurs “Moliya” mutahasisligi 3- guruh talabasi


Sheraliyev Bahtiyorjonning “Moliya” fanidan

Mustaqil Ishi


Mavzu:________________________________


Tekshirdi: G. Umarova
MAVZU: MOLIYA TIZIMI
REJA:
KIRISH
1. Moliya tizimining sohalari va bo’g’inlari.
2. Moliya tizimi va uning tarkibi
3. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi moliya tizimining mustaqil sohasi

Kirish
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi, mamlakatlarning о‘zaro integratsiyalashuvi va xalqaro ixtisoslashuvning kuchayishi har bir milliy iqtisodiyot oldiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulot tannarxini pasaytirish va jahon bozorida munosib о‘rin egallash vazifasini qо‘ymoqda. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «Bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida shiddat bilan sodir bо‘layotgan jarayonlar va, birinchi navbatda, qarama-qarshiliklarning kuchayib borayotgani, jahon bozorlaridagi vaziyatning tez о‘zgarayotgani, hali-beri davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uning oqibatlari, dunyoning kо‘plab davlatlarida investitsiya faolligining susayishi va о‘sish sur’atlarining pasayishi mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham о‘zining salbiy ta’sirini о‘tkazmasdan qolmaydi, albatta». Shu boisdan, mamlakatimizda moliya sektorini barqarorlashtirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan amalga oshirish dolzarb masalalardan hisoblanadi.


Mamlakatimiz iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda о‘sishi barcha mavjud imkoniyatlarning safarbar qilinayotganligi hamda о‘zini oqlagan islohotlar strategiyasining izchil davom ettirilayotganligi hisobiga ta’minlanmoqda. Xususan:
– xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun zarur sharoit va qulay muhit yaratish borasida aniq chora-tadbirlarning amalga oshirilishi;
– sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, yuqori texnologiyali va zamonaviy ishlab chiqarish obektlarini ishga tushirish, ushbu sohada keng qamrovli investitsion dasturlarning izchillik bilan amalga oshirilishi;
– iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmini tubdan oshirish, bunda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kо‘lamining yanada kengaytirilishi;
– banklarning kapitallashuvi, likvidligi va resurs bazasini yanada mustahkamlash hamda ularning investitsion faolligini yanada oshirishga qaratilgan izchil va aniq maqsadli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi;
– ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi bandligi va real daromadlarining oshishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi iqtisodiyotning yuqori sur’atlarda о‘sishiga zamin yaratmoqda.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlkat moliyasi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yо‘nalishlarini chuqur tadqiq etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish, jumladan, ilmiy-amaliy anjumanlar о‘tkazish dolzarb ahamiyat kasb etadi.Mamlakatda barqaror iqtisodiy о‘sish sur’atlariga erishish va uning uzluksizligini ta’minlashda moliya sektorining rivojlanishi muhim о‘rin tutadi.




  1. Download 23,4 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish