O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi markazi



Download 434 Kb.
bet10/14
Sana10.06.2022
Hajmi434 Kb.
#652305
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Chet tili o\'quv dasturi-27.05 2013-S

VII . O‘qitish mazmuni


CEFR boyicha B1 darajasi uchun til ko‘nikmalariga qo‘yilgan talab (ingliz tili misolida).


Tinglab tushunish
Ishga yoki har kunlik hayotiga taalluqli mavzudagi so‘zlar bilan o‘z ma’nosida ishlatilgan nutqni tushuna oladi, undagi umumiy ma’no va ba’zi detallarga e’tibor qaratadi. Ammo bunda nutq ravon va tanish shevada bo‘lishi shart. Tez-tez tilga olinadigan ish, o‘qish, dam olish kabi tanish mavzulardagi adabiy tildagi ravon nutqni tushunadi. Shu jumladan teklevidenie va radio eshittirishlar, ko‘rgan kinolarini tushunadi. Akademik litsey va kollej o‘quvchilarining ushbu ko‘nikamalarini darsda va dardsdan tashqarida rivojlantirib borishlari uchun har darsda “til muhiti”ni yaratish uslublarini yaratishga ijodiy yondoshish zarur. Turli manbalardan, jumaladan o‘z sohasi va qiziqishlariga qarab manbalarni izlash madaniyatini o‘quvchilarga singdirib borilsa maqsadga muvofiq.


Gapirish
O‘z sohasiga aloqador tanish mavzularda o‘ziga ishonch bilan muloqotga kirisha oladi. Fikr almashishi, ma’lumotni tekshirishi yoki tasdiqlashi mumkin. Odatdan tashqari mavzularda so‘zlasha oladi, muammo nimada ekanini ko‘rsatib beradi. Ancha mavhum mavzularda, masalan, madaniyat, kino, kitoblar haqida gapira oladi. Sayohat qilishga o‘xshash holatlarda so‘z boyligining ko‘p qismini ishlata oladi. Tanish mavzularda tayyorgarliksiz so‘zlashadi, o‘z fikrini bildira oladi (oila, qiziqishlari, hissiyotlari, ish, sayohat, hozirda bo‘layotgan voqealar). O‘quvchilarning gaprish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun darsning har bir daqiqasini o‘quvchilarni gapirtirishga o‘ndash til muhitini yaratish, qiziqarli vaziyatlarni vujudga keltirib, o‘quvchilar qaysi tilde gaprayotganini sedan chiqaradigan darajada o‘yinlar tashkil qilish kerak. Buning ushbu qo‘llanmda ko‘rsatilgan manbalardan foydalanish tavsiya qilinadi.


O‘qish
O‘zi qiziqqan mavzularda o‘rtacha matnni bemalol qoniqarli darajada tushuna oladi. O‘z kasbi, yoshi, qiziqishini qamrab oladigan matnlar bilan ishlay oladi va tushunadi. Matnlar bilan ishlashda “scanning” – “skanerdan o‘tqazish” yoki “shemming” – shemalar va tabliscalarni qarab tushunish, mantiqiy fiklash darajalarini berib boorish kerak bo‘ladi. Chunki, asta-sekin o‘smir yoshidan balog’at yoshiga o‘tayotgan yoshlar uchun bu ko‘nikmalar juda muhim ko‘nikma hisoblanadi. Buning uchun o‘qish ko‘nikmasini rivojlantiradigan ko‘nikmalar manbasiga murojaat qilish, ko‘proq uyga vazifa berish, vazifalarni odiydan murakkabga o‘tish mexanizmini ishlatish tavsiya etiladi.


Yozuv
O‘zi uchun qiziqarli bo‘lgan mavzuda o‘rtacha matn 25- 500 ta so‘zgacha tuza oladi, bunda qisqa gaplar qatori birinchi kursda. Ikkinchi kursdan boshlab kurs va diplom ishlarini amalga oshirayotganda va har bir darsning portfoliosini bajarganda yozuv ko‘nikmalari berilib boriladi. O‘quvchilar o‘z fikrlarini har kunlik kundalik sifatida oz-ozdan yozib borslar, bior darsdan ikkinchi darsga ularning ko‘nikmalari rivojlanib borayotganini har doim o‘zlari ham his qilib borishlariga e’tibor berilishi kerak. Yozuvda plagiatlik haqida tushuncha berib boorish, imkon qadar uni tekshirib, o‘quvchilarda bir-birining yozuviga nisbatan hurmatni o‘stirib borilishi tavsiya etiladi.

Akademik litsey va kasb -hunar kolllejlarining I-bosqich o‘quvchilari ESPni o‘rganish jarayonida , mutaxassislikkka kirish bosqichini o‘taydilar, asosan, ingliz tili o‘qituvchisi o‘quvchilarni ko‘proq mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga e`tibor qaratadi. Bunda asosiy urg`u darsdan darsga mutahassilikka oid so‘zlar ko‘lamini oshirishga qaratiladi. Birinchi bosqichda o‘rganilayotgan so‘zlar miqdori 800-1000 ta so‘zni tashkil etadi .


II- bosqichda ingliz tilini o‘rganish jarayoniga o‘quv amaliyot ustasi kirib keladi . Jarayon ingliz tili o‘qtuvchisi , o‘quvchilar va amaliyot ustasi hamkorligida kechadi. Bunda 80 % vazifa bevosita ingliz tili o‘qituvchisi va 20% esa amaliyot o‘qituvchisi hissasiga to‘g`ri keladi. Ingliz tili o‘qituvchisi o‘quvchilarning avtoreferatlar , kurs ishlarini tashkil etishga mas’ul bo‘lsa, o‘quv amaliyot ustasi mavzularni to‘g`ri tanlay olish va yorita olish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bunda o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan so‘zlar 1000-1200 so‘zlar majmuini tashkil etadi.
III-bosqichda esa to‘liq vazifalar yuzasidan ustunlik amaliyot o‘qituvchisi zimmasiga 80% yuklatiladi hamda ingliz tili o‘qituvchisiga 20% yuklatiladi. Chunki bu jarayonda talabalalar o‘zlari tanlagan ixtisosliklar yuzasidan bitiruv malakaviy ishlarini yozish va himoya qilish vazifasini bajarishga kirishadilar. Bunda asosiy e`tibor kasbiy bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatini rivojlantirishga qaratiladi.



Download 434 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish