1. http://www.ziyonet.uz
2. http://www.pedagog.uz
3. http://www.biologiya.dc.uz
"DEFEKTOLOGIYA ASOSLARI"
FAN DASTURI
Fan dasturi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini Axborot-metodik ta’minlash
xizmati huzuridagi “O‘quv-metodik birlashmalari”ning 2017 yil ” 31”yiundagi 3-sonli yig‘ilish
bayonnomasi hamda Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha
Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2017 yil “18” avgustdagi 4-sonli majlis bayoni bilan
ma’qullangan.
KIRISH
Tuzuvchilar:
Raxmonova Valida
Sabirovna
– TDPU pedagogika fanlari nomzodi,
professor
Saydaliyeva Saida
Najim qizi
– Toshkent
pedagogika
kolleji
o’qituvchisi
Taqrizchilar:
Nurkeldiyeva
Dilbar
Ahmadovna
– TDPU pedagogika fanlari nomzodi,
dotsent
Ismoilova
Dilnoza
Toxirovna
– 250-maxsus “ko’p ixtisosli” maxsus
maktabgacha
ta’lim
muassasasi
mudirasi
O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash
Milliy Dasturi” ta'lim-tarbiya, shu jumladan maxsus ta'lim-tarbiya oldiga bir qator vazifalarni
qo'ydi. Milliy istiqlol g'oyalari va tamoyillariga asoslangan holda jamiyatimizning mustaqillik
yillarida orttirilgan taraqqiyot tajribasi tahlil qilinganida, ijtimoiy hayotning muhim tarkibiy
qismi sifatida barcha sohalarda ta'lim-tarbiya va uning mazmuni tubdan o'zgardi.
O'zgarishlarning genezisi ta'lim sohasida davlat siyosatining huquqiy va metodologik asoslarini
yaratib berishdan boshlanadi.
Bulardan eng muhimlari –ta'limning yangi tizimiga qo'yilgan hozirgi davr talablaridan
kelib chiqqan holda mahsus pedagogika fanini yanada taraqqiy ettirish, rivojlanishida nuqsoni
bo'lgan bolalarni jamiyatning faol a'zolariga aylantirish hamda maxsus ta'lim sohasida yetuk
mutahassislar tayyorlashdan iborat.
Mazkur
dastur
Pedagogika
kollejining
“Maktabgacha
ta`lim”
yo`nalishidagi
“Ixtisoslashtirilgan bolalar maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi” ixtisosligi bo'yicha
bilim oluvchi o`quvchilar uchun tuzildi.
Fan dasturi 40 soatga mo'ljallangan bo'lib, bunda “Defektologiya asoslari” fanining eng
asosiy bo`limlari qamrab olingan.
Ushbu dasturda bolalarda ruhiy va jismoniy rivojlanishida kuzatiladigan kamchiliklarning
turlari, kelib chiqish sabablari, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalarning xususiyatlari, ularni
rivojlantirish, korreksiyalash usullari va vositalari yoritib berildi.
Fanning maqsadi va vazifalari
Fanning maqsadi: O‘quvchilarga maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarida
tarbiyalanayotgan rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning kamchiliklarini aniqlash, o‘rganish,
bartaraf etish qonuniyatlarini bilib olish. Ravon va to‘g‘ri nutqni yuzaga chiqarishga oid ishlarini
rejalashtirish va o‘tkazish usullari haqida tushuncha berish. Shuningdek, maxsus yordamga
muhtoj bolalarni umumta’lim maktabda muvaffaqiyatli o‘qishlari uchun zamin yaratish va
jamiyatning faol a’zolariga aylantirish.
Fanning vazifalari: O’quvchilarni kasbiy malakalarni egallash va kasbiy faoliyatga
qo’llashda defektologik bilimdonlikning zaruriy asoslarini tarkib toptirishdan iboratdir. Fanning
nazariy, amaliy mavzularini o’qitishda interfaol uslublarni keng qo’llash, virtual vositalardan
(multimediya, prezentatsiya) foydalanish orqali bilimlarni tez, oson o’zlashtirib, uzoq vaqt
xotiralarida saqlashlariga yordam berish. Maxsus maktabgacha ta`lim muassasasi ishining
mazmunio`rgatishdan iborat.
Fan bo’yicha o’quvchilarning bilimi, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar
- defektologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalarini;
- jismoniy va ruhiy rivojlanishida kamchiligi bo’lgan bolalar xaqida;
- maktabgacha yoshdagi ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar xaqida;
- maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar xaqida;
- maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar xaqida;
- maktabgacha yoshdagi nutqida kamchiligi bo’lgan bolalar xaqida;
- harakat – tayanch a’zolarida nuqsoni bo’lgan bolalar xaqida;
- autizm sindromiga chalingan bolalar xakida;
- psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalar xaqida umumiy tushunchalarga ega bo’lishi kerak;
- rivojlanishida murakkab nuqsonlari bo’lgan bolalar xaqida bilishi;
- maktabgacha ta’limga ko’yiladigan «Davlat talablari», «Bolajon» tayanch dasturi asosida
rivojlanishida turli nuqsonlari bo’lgan bolalar bilan ta’limiy – tarbiyaviy va korrekstion
yuo’naltirilgan ishlarni olib borish;
- individual hususiyatlaridan kelib chiqqan holda bolalar bilan korrekstion ishlarni olib borish;
- maktabgacha yoshdagi intelektida nuqsoni bo’lgan bolalarni o’qitish va tarbiyalash jarayonini
korrekstion yo’naltirish;
- maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar ta’lim – tarbiyasini korrek-stion
yunaltirish;
- maktabgacha yoshdagi nutqida kamchiligi bo’lgan bolalarni ta’lim – tarbiya jarayonining
mazmunini korrekstion yo’naltirish;
- maktabgacha yoshdagi ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar ta’lim – tarbiyasini korrekstion
yo’naltirish;
- rivojlanishida mujassam nuqsonlari bo’lgan bolalarni tarbiyalash tizimini korrekstion
yo’naltirish kabi ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak.
“Defektologiya asoslari ” fan mavzulari rejasi
№
Fanning bo’limlari va mavzular
nomi
Umumiy yuklama, soat
H
am
m
as
i
Darslar turi boyicha soatlar
taqsimoti
(Auditoriya yuklamalari)
M
u
st
aq
il
i
sh
Jam
i
N
az
ar
iy
(m
a’
ru
za)
A
m
al
iy
L
ab
or
at
or
iya
is
h
i
S
em
in
ar
K
u
rs
is
h
i(
loyi
h
as
i)
1
Defektologiya fani, uning predmeti,
maqsadi, vazifalari, tamoillari
6
4
2
2
2
2
Maktabgacha
ta'lim
yoshidagi
ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar
6
4
2
2
2
3
Maktabgacha
ta'lim
yoshidagi
eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar
6
4
2
2
2
4
Maktabgacha ta'lim yoshidagi aqli
zaif bolalar
6
4
2
2
2
5
Maktabgacha
ta'lim
yoshidagi
ruxiy
rivojlanishi
sustlashgan
bolalar
6
4
2
2
2
6
Maktabgacha ta'lim yoshidagi nutq
nuqsoniga ega bo’lgan bolalar
6
4
2
2
2
7
Nutq nuqsonlarini oldini olish va
bartaraf etish yo’llari
6
4
2
2
2
8
Maktabgacha
ta'lim
yoshidagi
tayanch-harakat a’zolari apparatida
nuqsoni bo’lgan bolalar
5
4
2
2
1
9
Maktabgacha
ta’lim
yoshidagi
autizm sindromli bolalar
5
4
4
1
10
Maktabgacha
ta'lim
yoshidagi
murakkab nuqsonli bolalar
5
4
4
1
J A M I :
57
40
24
16
17
Fanning mazmuni
Kursning metodologik mazmunini O‘zbekiston Respublikasning ta’lim sohasidagi siyosati
kadrlar tayyorlash milliy modeli; XXI asr maxsus pedagogika obrazi; O‘zbekiston Respublikasi
ta’lim tizimi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari va Respublika hukumatining
me’yoriy hujjatlari; Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari, maxsus ta’limning hozirgi
davrda ustuvor yo‘nalishlari, umumiy va maxsus pedagogika – logopediya fanlarining yutuqlari
tashkil etadi.
ASOSIY QISM
1.Defektologiya fani, uning predmeti, maqsadi, vazifalari, tamoillari
Maxsus yordamga muhtoj bolalarga differensial va integratsiyalashgan ta’limni tashkil
etish. Defektologiya fanining maqsadi va vazifalari. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni
bo’lgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion, kompensatsiya, adaptatsiya (moslashish),
reabilitatsiya ishlari. Defektologiya fanining yo’nalishlari.
Yordamga muhtoj bolalar toifalari. Jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan
bolalarning o’ziga xos xususiyatlari, rivojlanishida uchraydigan kamchiliklar.
2.Maktabgacha ta'lim yoshidagi ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar
Ko’r va zaif ko’ruvchi bolalar. Tug’ma va orttirilgan ko’rish nuqsonlari va ularning kelib
chiqish sabablari. Ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalarning ta’lim tarbiyasining o’ziga xosligi.
3. Maktabgacha ta'lim yoshidagi eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar
Kar, zaif eshituvchi va kech kar bo’lgan bolalar. Ushbu nuqsonlarning kelib chiqish
sabablari, turlari. Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning ta’lim tarbiyasining o’ziga xosligi.
Eshitishida nuqsoni bo’lan bolalar ota-onalari va tarbiyachi hamkorligi.
4. Maktabgacha ta'lim yoshidagi aqli zaif bolalar
Aqli zaiflikning kelib chiqish sabablari, Aqli zaiflik darajalari. Aqli zaif bolalar ta’lim
tarbiyasining o’ziga xosligi.
Daun sindromli bolalar va ular bilan olib boriladigan korreksion-tarbiyaviy ishlarning
mazmuni.
5. Maktabgacha ta'lim yoshidagi psixik rivojlanishi sustlashgan bolalar
Psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalar va ularning o’ziga xos xususiyatlari. Psixik
rivojlanishi orqada qolish sabablari, turlari. Psixik rivojlanishi sustlashgan bolalar bilan olib
boriladiga korreksion-tarbiyaviy ishlar.
6. Maktabgacha ta'lim yoshidagi nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalar
Nutq nuqsonlarining kelib chiqish sabablari, alomatlari. Nutq nuqsonlarining tasnifi.
Nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari.
7. Nutq nuqsonlarini oldini olish va bartaraf etish yo’llari
Maktabgacha ta'lim yoshidagi nutqida nuqoni bo’lgan bolalar nutq nuqsonlarini bartaraf
etish yo’llari, Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo’llari, Nutqning
fonetik jihatdan o'sishi, bolalar nutqi grammatik tuzilishining o'sishi, eshituv analizatori haqida
ma'lumot, Artikulyasion bo'limda uchraydigan nuqsonlar (Lab, tanglay, burub bo'shlig'i, jag' va
tishdagi nuqsonlar, Talaffuzidagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo’llari, Maktabgacha
yoshidagi bolalar nutqida kuzatiladigan murakkab nutq nuqsonlari
8.Maktabgacha ta'lim yoshidagi tayanch-harakat a’zolari apparatida nuqsoni bo’lgan
bolalar
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda uchraydigan tayanch-harakat a’zolari nuqsoni va
uning kelib chiqish sabablari. Maktabgacha ta'lim yoshidagi tayanch-harakat a’zolarida nuqsoni
bo’lgan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarining maqsadi va vazifalari.
Serebral falaji bo’lgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlarning mazmun-
mohiyati.
9.Maktabgacha yoshdagi autizm sindromiga chalingan bolalar
Autizm sindromiga chalingan bolalar. “Autizm sindromi”ga ta’rif. Autizmning sabablari,
turlari. Maxsus ta’lim va tarbiyani tashkil etish yo’llari.
10.Maktabgacha ta'lim yoshidagi murakkab nuqsonli bolalar
Murakkab nuqsonlikka ta’rif. Murakkab nuqsonlarning birga kelish turlari. Birlamchi va
ikkilamchi nuqsonlar. Kelib chiqish sabablari, alomatlari. Ijtimoiy ta’minot bo’limiga qarashli
maktabgacha ta’lim muassasasi va unda olib boriladigan korreksion-tarbiyaviy ishlarning
mazmuni
Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar
Amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilar o’quv jarayonida olgan nazariy bilimlarini
mustahkamlaydilar, alohida yordamga muhtoj bolalar uchun tashkil etilgan muassasalar, ulardagi
ta’lim-tarbiya jarayonining o’ziga xos tomonlari bilan tanishadilar. Eshitishida, ko’rishida,
harakat-tayanch a’zolarida, nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar, psixik rivojlanishi sust, aqli zaif
bolalarning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadilar.
Amaliy mashg’ulot nazariy bilimlarni amalda qo’llashga o’rgatadi. Amaliy mashg’ulotda
maxsus muassasalarda ta’lim-tarbiya ishlarining tashkil etilishi amalda kuzatiladi, nazariy
bilimlar mustahkamlanadi, o’quvchilar mustaqil ravishda adabiyotlar ustida ishlab, o’z
o’rganganlarini auditoriyada o’qituvchining rahbarligida muhokama etishga o’rganadilar,
alohida yordamga muhtoj bolalarning ta’lim-tarbiyasiga oid hujjatlar, adabiyotlar bilan
tanishadilar.
Amaliy mashg’ulotlarning tavsiya etiladigan mavzulari:
Nuqsonli bolalar uchun tashkil etilgan muassasalarda ta’lim jarayonining o’ziga xosligi.
Ko’r va zaif ko’ruvchi bolalar bilan tanishtirish. Kar, zaif eshituvchi bolalar bilan tanishtirish.
Maxsus muassasadagi ta’lim-tarbiya jarayoni mazmuni.
Autizm sindromiga ega bo’lgan bolalarning ta’lim tarbiya jarayonining o’ziga xos
xususiyatlari
Og’ir nutqiy nuqsonli bolalar uchun tashkil etilgan maktabgacha ta’lim muassasalarida olib
boriladigan ishlar. Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar uchun tashkil etilgan
maktabgacha ta’lim olib boriladigan ishlar, ularning o’ziga xosligi.
Aqli zaif bolalar uchun tashkil etilgan muassasalar. Yordamchi MTM va undagi ta’lim-
tarbiya jarayoni. Daun sindromli bolalar va ular bilan olib boriladigan korreksion-tarbiyaviy
ishlarning mazmuni.
O’zbekistonda maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun tashkil etilgan muassasalar va
ularga bolalarni qabul qilish qoidalari. Psixologik-pedagogik va tibbiy-logopedik komissiya va
uning faoliyati. O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis
markazi va uning faoliyati.
Mustaqil ishlarga ko‘rsatmalar
O‘qituvchi mustaqil ish soatlarini uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rar ekan, o‘quvchilarning
mustaqil o‘rganishlari uchun o‘quv materiallarini tanlaydi, o‘quv faoliyati, maqsadi, vazifasi,
natijasi va uning baholash mezonini belgilaydi. O‘qituvchilar o‘quvchilar tomonidan bajarilgan
mustaqil ishlarni o‘z vaqtida yig‘ib, baholab, ularning eng yaxshi natijalarini metod xonaga
topshiradilar. O‘quvchilarning joriy nazorat, oraliq nazorat va yakuniy nazorat ishlarini baholash
jarayonida ularni ushbu fandan nazariy va amaliy bajargan mustaqil ishlarining natijalarini
hisobga olgan holda baholanadilar.
O‘quvchilarning mustaqil ishlarini baholash tartibi: har bir fan o‘qituvchisi o‘z fani
bo‘yicha o‘quvchilarga fanning chuqur o‘zlashtirishni ta’minlashlari uchun nazariy va amaliy
jihatdan mustaqil ishlar berish va natijalarini baholash bo‘yicha alohida qayd jurnali yuritadi,
hamda har 45 kunda guruh o‘quvchilarining mustaqil ish natijalari fan kafedralarida muhokama
qilinib, natijalar umumlashtiriladi. Har 45 kunda mustaqil ish natijalari o‘rganilib, metod xonada
“monitoringi” chiqarib qo‘yiladi. O‘quvchilarda o‘z bilimini tekshirish malakasini rivojlantirish
maqsadida uyda kitob bilan ishlash orqali darsda olingan bilimlarini mustahkamlash, qo‘shimcha
adabiyot, ro‘znoma, jurnallardan yangiliklarni o‘rganish, o‘quvchilarning o‘quv materiali
mazmunini tushunish uchun ularni reja asosida o‘qish, korreksion-rivojlantiriuvchi didaktik
o‘yinlar, konspekt yozish kabi amaliy ishlarga o‘rgatiladi. O‘quvchilarni mashg‘ulotga jalb qilish
uchun mustaqil soatni noan’anaviy usullarda va har xil o‘yinlardan foydalangan holda tashkil
etiladi. Mustaqil soatlarda o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorlikda ishlaydi.
5. Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
Mustaqil ishning asosiy maqsadi o’qituvchining rahbarligi va nazorati ostida o’quvchilarda
muayyan o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni
shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
O’quvchilar uchun mustaqil ishning vazifalari quyidagilardan iborat.
yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o’zlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lish;
kerakli ma’lumotlarni izlab topishning qulay usullari va vositalarini aniqlash;
axborot manbalaridan samarali foydalanish;
an’anaviy o’quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash;
Internet tarmog’idan maqsadli foydalanish;
berilgan topshiriqning ratsional yechimini belgilash;
ma’lumotlar bazasini tahlil etish;
topshiriqlarni bajarish ishiga tizimli va ijodiy yondashish;
Mustaqil ta’lim o’quvchilarning, nazariy bilimlarini yanada boyitish, darsdan tashqari
holatda mustaqil bilim ko’nikmalarini egallashlari uchun manba bo’lib xizmat qiladi.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:
1. Defektologiya fanining maqsad va vazifalari.
2. Aqli zaif bolalar tavsifi.
3. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar.
4. Ko’rishida nuqsoni bor bolalar.
5. Eshitishida nuqsoni bo’llgan bolalar.
6. Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar.
7. Nutqidagi nuqsonlarni oldini olish.
8. Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar.
9. Murakkab nuqsonli bolalar.
10. Rivojlanishida nuqsoni bor bolalar tashxisi.
11. Tibbiy-pedagogik psixologik komissiya faoliyati.
12. O’zbekistonda rivojlanishida nuqsoni bor bolalar uchun tashkil etilgan muassasalar va
ularning faoliyati.
Fan dasturining informasion-uslubiy ta`minoti
O`qitishda axborot texnologiyalari va texnik vositalardan foydalanish samaradorligini
oshiruvchi: kompyuter va uning lokal tarmoqlari, multimediali vositalar:Delltipidagi proektor,
DVD-diskovod, Web-kamera, video-ko’z (glazok) kabi didaktik vositalardan kehg foydalanish
zarur. O`quvchilarning “Defektologiya asoslari” fanini puxta o’zlashtirishini ta`minlash
maqsadida o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan, yangi informatsion va pedagogik
texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv
va uslubiy qo’llanmalar, ma`ruza matnlari, matbuot materiallari, tarqatma materiallar, elektron
materiallardan foydalaniladi.
O’quv faning o’zlashtirish darajasini nazorat qilish va baholash
”Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining bilim saviyasi, ko’nikma va
malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi to’g’risida Nizom” ga muvofiq amalga oshiriladi.
Asos: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Oliy va
o’rta maxsus ta’lim vazirligi va O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2008 yil 30
apreldagi 01-148q/q-son, 118-son, 16q/q-son qarori.
Joriy nazorat– Og’zaki so’rov, yozma ishlar, testlar, mashg’ulot jarayonidagi mustaqil
faoliat, uy vazifalari yani o’qituvchi o’z amaliyotida qo’llaydigan barcha so’rov turlarini o’z
ichiga oladi;
Oraliq nazorat- semester tamom bo’lganda va o’quv dasturining tegishli bo’limi
tugallangandan keyin amalga oshiriladi. Uning asosida o’quvchi reytingi aniqlanadi.
Bilimlar, malaka va ko’nikmalarni baholash uchun O.N imtihonlar, testlar, sinovlar
o’tkaziladi;
Yakuniy nazorat–o’qish tugallangandan keyin davlat attestastiyasi, imtihonlar, testlar, malakai
shlari, diplom loyihalarini himoya qilish shaklida amalga oshiriladi. Test, yozma savollar xajmi
fanga ajratilgan soatdan kelib chiqib belgilanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1. O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni T.1997
2. O`zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” T.1997
3. Ayupova M.Y. "Logopediya", Toshkent 2007. O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati,
4. Mo’minova L.R. "Logopediya" Toshkent., 2006 y.
5. Po’latova P. Maxsus pedagogika (Oligofrenopedagogika) Toshkent 2007."G’afur G’ulom"
nashriyoti,
6. Raxmanova V.S. Maxsus pedagogika. Toshkent 2004 y. G’ofur G’ulom nashriyoti
7. Raxmanova V.S. "Defektologiya asoslari" Toshkent 2012 yil, "Voris-Nashriyoti"
8. Дефектологический словарь. M.: Владос, 2001y.
9. Рахманова В.С. Коррекцион педагогика ва логопедия. Т., Молия Иктисод 2007.
Internet manbaalari:
1.www.ziyonet.uz
2.www.edu.uz
3. www.tdpu.uz
4.www.logoped.uz
O'quvchilar uchun qo'shimcha internet manbaalari
5.www.defektolog.ru
6. www.logolife.ru
7.www.defektus.ru
8.www.MAAM.R
|
Do'stlaringiz bilan baham: |