O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi Sobir Rahimov Tibbiyot Kolleji «Kimyo–Biologiya»



Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/31
Sana16.10.2019
Hajmi1,92 Mb.
#23662
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
Bog'liq
word2pdf-android-5191560499777878


Natriy benzoat C
6
H
5
–COONa shilliq pardalarga kuchli ta`sir ko`rsatmaydi. 
Tibbiyotda  natriy  benzoat  balg`am  ko`chiruvchi,  bod  (revmatizm)  kasalligini 
davolovchi,  kuchsiz  siydik  haydovchi  vosita  sifatida  ishlatiladi.  Bundan  tashqari, 
natriy  benzoat  tibbiyotda  ishlatiladigan  ba`zi–bir  qo`shtuzlar  (kofein  bilan  qo`sh 
tuz) olishda qo`llaniladi. 
Mavzuga oid tayanch iboralar. 
Aromatik 
karbon 
kislotalar–aromatik 
uglevodorodlarning 
benzol 
halqasidagi  bitta  yoki  ikkita  vodorod  atomi  o`rnini  karboksil  guruhi  almashinishi 
natijasida hosil bo`ladigan karbon kislotalar. 
Bir  asosli  aromatik  karbon  kislotalar–aromatik  uglevodorodlar  benzol 
halqasidagi bitta vodorod atomi o`rnini karboksil guruhiga almashinishi natijasida 
hosil bo`ladigan karbon kislotalar. 
Benzoy kislota–121,5 
0
C da suyuqlanadigan, oson sublimatlanadigan, hidsiz 
kristall modda.  
Natriy  benzoat–tibbiyotda  balg`am  ko`chiruvchi,  bod  (revmatizm) 
kasalligini  davolovchi,  kuchsiz  siydik  haydovchi  vosita  sifatida  ishlatiladigan  bir 
asosli karbon kislota hosilasi.  
Takrorlash uchun savol va masalalar. 
1. Aromatik karbon kislotalar deb qanday turdagi karbon kislotalarga aytiladi, ular 
karboksil guruhlar soniga qarab qanday turlarga ajratiladi? 
2.  Bir  asosli  aromatik  karbon  kislotalar  deb  qanday  turdagi  karbon  kislotalarga 
aytiladi, ular qanday izomeriya ko`rinishida mavjud bo`ladi? 
3. Aromatik karbon kislotalar ratsional nomenklatura bo`yicha qanday nomlanadi? 
4. Aromatik karbon kislotalar xalqaro nomenklatura bo`yicha qanday nomlanadi? 
5. Bir asosli aromatik karbon kislotalar qanday usullar bilan olinadi? 

 
177 
6.  Bir  asosli  aromatik  karbon  kislotalar  qanday  fizik–kimyoviy  xossalarni 
namoyon qiladi? 
7.  Benzoy,  metilbenzoy,  etilbenzoy  kislotalarga  natriy  ishqori,  etil  spirti  va  xlor 
ta`sir ettirilganda qanday mahsulotlar hosil bo`ladi, reaksiya tenglamalarini yozing. 
8. Benzoy, metilbenzoy, etilbenzoy kislotalarga nitrat kislota va sulfat kislota ta`sir 
ettirilganda qanday mahsulotlar hosil bo`ladi, reaksiya tenglamalarini yozing. 
9.  Benzoy  kislota  qanday  usul  bilan  olinadi,  xalq  xo`jaligi  va  tibbiyotda  qanday 
maqsadlarda ishlatiladi? 
10.  Natriy  benzoat  qanday  usul  bilan  olinadi,  tibbiyotda  qanday  maqsadlarda 
ishlatiladi? 
Mavzuga oid adabiyotlar. 
1.  G.  P.  Xomchenko.  «Kimyo»,  Oliy  o`quv  yurtlariga  kiruvchilar  uchun. 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.  
2.  A.  G.  Muftaxov,  H.  T.  Omonov,  R.  O.  Mirzayev.  «Umumiy  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
3.  M.  M.  Abdulxayeva,  O`.  M.  Mardonov.  «Kimyo»,  Toshkent, 
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002. 
4.  A.  A.  Abdusamatov,  R.  Mirzayev,  R.  Ziyayev.  «Organik  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
5.  I.  M.  Primuhamedov.  «Organik  ximiya»,  Toshkent,  «Meditsina» 
nashriyoti, 1987. 
6.  S.  I.  Iskandarov,  A.  A.  Abdusamatov,  R.  A.  Shoymardonov.  «Organik 
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979. 
7.  O.  S.  Sodiqov,  O.  Y.  Yo`ldoshev,  K.  S.  Sultonov.  «Organik  ximiya», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971. 
 
36–Mavzu: Ikki asosli aromatik karbon kislotalar. 
Reja: 
1. Ikki asosli aromatik karbon kislotalar tushunchasi, ularning izomeriyasi va 
nomenklaturasini; 

 
178 
2.  Ikki  asosli  aromatik  karbon  kislotalarning  tabiatda  uchrashi  va  olinish 
usullarini; 
3.  Ikki  asosli  aromatik  karbon  kislotalarning  fizik–kimyoviy  xossalari  va 
ishlatilishini. 
Yangi darsning bayoni. 
Aromatik  uglevodorodlar  benzol  halqasidagi  ikkita  vodorod  atomi  o`rnini 
karboksil guruhiga almashinishi natijasida hosil bo`ladigan organik birikmalar ikki 
asosli  aromatik  karbon  kislotalar  deb  ataladi.  Ularning  umumiy  formulasi 
HOOC–R–COOH formula bilan ifodalanadi.  
 
Nomenklaturasi  va  izomeriyasi.  Ikki  asosli  aromatik  karbon  kislotalarni 
ratsional nomenklatura bo`yicha nomlashda almashingan guruhning holati va nomi 
atalib, so`ngra ftal kislota so`zi qo`shib nomlanadi, masalan:  
COOH
COOH
COOH
COOH
COOH
COOH
 
                1,2–ftal kislota                 1,3–ftal kislota               1,4–ftal kislota 
Ikki  asosli  aromatik  karbon  kislotalarni  xalqaro  nomenklatura  bo`yicha 
nomlashda almashingan guruhning holati va nomi atalib, so`ngra ftal kislota so`zi 
qo`shib nomlanadi, masalan: 
COOH
COOH
COOH
COOH
COOH
COOH
 
                 o–ftal kislota                     m–ftal kislota                 p–ftal kislota 
 
Tabiatda  uchrashi  va  olinish  usullari.  Ikki  asosli  aromatik  karbon 
kislotalar  (ftal  kislotalar)  tabiatda  o`simliklar  smolalari  tarkibida  erkin  holda  va 
murakkab efirlar ko`rinishida uchraydi.  
 
Sanoatda  ikki  asosli  aromatik  karbon  kislotalar  quyidagi  usullar  bilan 
olinadi. 
1. Naftalinni oksidlash usuli: 

 
179 
H
2
O
+ 9 (O)
COOH
COOH
+
CO
2
+
 
 
2. Ksilol izomerlarini oksidlash usuli: 
H
2
O
+
CH
3
CH
3
3O
2
+
COOH
COOH
2
 
 
Fizik–kimyoviy  xossalari.  Ikki  asosli  aromatik  karbon  kislotalar  kristall 
moddalardir.  Ular  o`z  suyuqlanish  haroratlaridan  yuqori  haroratda  qizdirilganda, 
faqat  ortoftal  kislotadan  bir  molekula  suv  ajralib  chiqadi  va  ftal  angidrid  hosil 
bo`ladi. 
COOH
COOH
O
CO
CO
+
H
2
O
 
 
Ftal  angidrid  sanoatda  gliftal  smolasi,  fenolftalein,  fluoressein,  eozin  va 
boshqa  moddalar  olishda  asosiy  xomshyo  bo`lib  xizmat  qiladi.  Masalan, 
fenolftalein ftal angidridga fenol ta`sir ettirish yo`li bilan olinadi: 
H
2
O
O H
O H
C O
C
O
2
O H
+
O
C O
C O
 
 
Fenolftalein  eritma  muhitini  aniqlashda  indikator  sifatida  va  tibbiyotda 
purgen nomi bilan surgi dori moddasi sifatida ishlatiladi. 
o–ftal  kislotaning  dimetilefiri  qishloq  xo`jaligida  repellent  (cnivinlar  va 
boshqa hasharotlarni haydovchi) modda sifatida ishlatiladi. 
Lavsan.  Tereftal  kislota  etilenglikol  bilan  polikondensatlanish  reaksiyasiga 
kirishganda polietilentereftalat smola hosil bo`ladi. Uchbu smoladan tayyorlangan 
poliefir  tola  olinadi,  bu  tola  Rossiya  va  O`zbekistonda  lavsan,  AQSh  da  lakron, 
Buyuk Britaniyada terilen deb ataladi. 
nHOOC–C
6
H
4
–COOH + nHO–CH
2
–CH
2
–OH → 
→ –CO–[–O–CH
2
–CH
2
–O–CO–C
6
H
4
–CO–]
n
–O– 
 
Tabiiy tola bilan lavsan aralashmasidan g`ijimlanmaydigan material olinadi 
va to`qimachilik sanoatida keng qo`llaniladi. 

 
180 
Mavzuga oid tayanch iboralar. 
Ikki  asosli  aromatik  karbon  kislotalar–aromatik  uglevodorodlar  benzol 
halqasidagi ikkita vodorod atomi o`rnini karboksil guruhiga almashinishi natijasida 
hosil bo`ladigan karbon kislotalar. 
Ftal  angidrid–sanoatda  gliftal  smolasi,  fenolftalein,  fluoressein,  eozin  va 
boshqa  moddalar  olishda  asosiy  xomshyo  bo`lib  xizmat  qiladigan  ikki  asosli 
aromatik karbon kislota.  
Fenolftalein–ftal  angidrid  hosilasi  bo`lib,  eritma  muhitini  aniqlashda 
indikator  sifatida  va  tibbiyotda  purgen  nomi  bilan  surgi  dori  moddasi  sifatida 
ishlatiladi. 
o–ftal  kislotaning  dimetilefiri–qishloq  xo`jaligida  repellent  (cnivinlar  va 
boshqa hasharotlarni haydovchi) modda sifatida ishlatiladigan efir. 
Lavsan–tereftal  kislota  etilenglikol  bilan  polikondensatlanish  reaksiyasiga 
kirishganda hosil bo`ladigan sintetik mato. 
Takrorlash uchun savol va masalalar. 
1.  Ikki  asosli  aromatik  karbon  kislotalar  deb  qanday  turdagi  karbon  kislotalarga 
aytiladi, ular qanday izomeriya ko`rinishida mavjud bo`ladi? 
2.  Ikki  asosli  aromatik  karbon  kislotalar  ratsional  nomenklatura  bo`yicha  qanday 
nomlanadi? 
3.  Ikki  asosli  aromatik  karbon  kislotalar  xalqaro  nomenklatura  bo`yicha  qanday 
nomlanadi? 
4. Ikki asosli aromatik karbon kislotalar qanday usullar bilan olinadi? 
5.  Ikki  asosli  aromatik  karbon  kislotalar  qanday  fizik–kimyoviy  xossalarni 
namoyon qiladi? 
6.  Ftal  kislota  qizdirilganda  qanday  mahsulot  hosil  bo`ladi,  reaksiya  tenglamasini 
yozing. 
7.  Ftal  kislotaga  fenol  ta`sir  ettirilganda  qanday  mahsulot  hosil  bo`ladi,  reaksiya 
tenglamasini yozing. 
8.  Ftal  kislota  qanday  usul  bilan  olinadi,  xalq  xo`jaligida  qanday  maqsadlarda 
ishlatiladi? 

 
181 
9.  Lavsan  qanday  usul  bilan  olinadi,  xalq  xo`jaligida  qanday  maqsadlarda 
ishlatiladi? 
Mavzuga oid adabiyotlar. 
1.  G.  P.  Xomchenko.  «Kimyo»,  Oliy  o`quv  yurtlariga  kiruvchilar  uchun. 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.  
2.  A.  G.  Muftaxov,  H.  T.  Omonov,  R.  O.  Mirzayev.  «Umumiy  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
3.  M.  M.  Abdulxayeva,  O`.  M.  Mardonov.  «Kimyo»,  Toshkent, 
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002. 
4.  A.  A.  Abdusamatov,  R.  Mirzayev,  R.  Ziyayev.  «Organik  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
5.  I.  M.  Primuhamedov.  «Organik  ximiya»,  Toshkent,  «Meditsina» 
nashriyoti, 1987. 
6.  S.  I.  Iskandarov,  A.  A.  Abdusamatov,  R.  A.  Shoymardonov.  «Organik 
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979. 
7.  O.  S.  Sodiqov,  O.  Y.  Yo`ldoshev,  K.  S.  Sultonov.  «Organik  ximiya», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971. 
 
37–Mavzu: Murakkab efirlar. 
 
Reja: 
1. Murakkab efirlar tushunchasi va ularning nomenklaturasini; 
2. Murakkab efirlarning tabiatda uchrashi va olinish usullarini
3. Murakkab efirlarning fizik–kimyoviy xossalari va ishlatilishini; 
4. Murakkab efirlarning vakillarini. 
Yangi darsning bayoni. 
Murakkab efirlar  deb karbon kislotalarning karboksil  guruhidagi vodorod 
atomi  uglevodorod  radikaliga  almashinishi  natijasida  hosil  bo`ladigan  organik 
birikmalarga  aytiladi.  Murakkab  efirlarning  umumiy  formulasi  R–CO–OR
I
 
formula bilan ifodalanadi.  

 
182 
Murakkab  efirlar  karboksildagi  vodorod  atomi  radikalga  almashingan 
karbon  kislotalar  hosilasi  deb  qaraladi,  lekin  chumoli  kislotaning  murakkab 
efirlarida radikal o`rnida vodorod atomi bo`ladi: 
R–CO–OH → R–CO–O–R 
 
Shu  bilan  birga,  murakkab  efirlar  gidroksildagi  vodorod  atomi  kislota 
qoldig`iga almashingan spirtlar hosilasi deb qaraladi: 
R–OH → R–O–CO–R 
 
Va  nihoyat,  murakkab  efirlar  karbon  kislota  va  spirt  angidridlari  deb 
qaraladi: 
R–CO–OH + HO–R → R–CO–O–R + H
2

 
Murakkab efirlar ham organik (a), ham anorganik (b) kislotalarning spirtlar 
bilan o`zaro ta`siri natijasida hosil bo`lishi mumkin: 
a) CH
3
–CO–OH + HO–C
2
H
5
 → CH
3
–CO–O–C
2
H
5
 + H
2

b) C
2
H
5
–OH + HO–SO
2
–OH → C
2
H
5
–O–SO
2
–OH + H
2

 
Nomenklaturasi.  Murakkab  efirlar  tarixiy  va  ratsional  nom  bilan 
nomlanganda,  ko`pincha,  qoldiqlari  ularning  tarkibiga  kiradigan  kislota  va 
spirtlarning nomiga efir so`zi yoki –at qo`shimcha qo`shib hosil qilinadi. Masalan: 
H–CO–O–CH
3
                              CH
3
–CO–O–C
2
H
5
                
             chumoli kislotaning metil efiri           sirka kislotaning etil efiri 
                          metil formiat                                      etil atsetat 
CH
3
–CH
2
–CO–O–C
3
H
7
 
 propion kislotaning propil efiri yoki propil propionat 
 
Murakkab  efirlar  xalqaro  nomenklatura  bo`yicha  nomlanganda,  ularning 
nomi spirt radikali nomi bilan –oat qo`shimchasi qo`shilgan kislota nomidan hosil 
qilinadi. Masalan: 
H–CO–O–CH
3
               CH
3
–CO–O–C
2
H
5
               CH
3
–CH
2
–CO–O–C
3
H
7
 
      metil metanoat                     etil etanoat                           propil propanoat 
 
Tabiatda uchrashi va olinish usullari. Tabiatda murakkab efirlar juda keng 
tarqalgan bo`lib, ular o`simlik va hayvonlar hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. 

 
183 
Murakkab efirlar tabiatda o`simlik gul va mevalarida, o`simlik moylari va hayvon 
yog`lari tarkibida uchraydi. Ular gul va mevalarning hushbo`y hidlarini belgilaydi.  
 
Murakkab efirlar sanoatda quyidagi usullar bilan hosil qilinadi: 
1. Karbon kislotalar spirtlar bilan o`zaro ta`sir ettirilganda murakkab efirlar 
hosil bo`ladi: 
R
C
O
O H
+
H O
R
R
C
O
O
R
+
H
2
O
H
2
S O
4
 
Kislota  bilan  spirtdan  murakkab  efir  hosil  bo`lish  reaksiyasi  eterifikatsiya 
(lotincha  «aeter»–efir)  reaksiysi  deyiladi.  Kislota  bilan  spirt  eterifikatsiya 
reaksiyasiga  kirishganda  kislotadan  gidroksil  guruh,  spirtdan  esa  vodorod  atomi 
ajralib chiqadi. 
2.  Organik  kislotaning  kumushli  tuziga  uglevodorodlarning  galogenli 
hosilalari ta`sir ettirilganda murakkab efirlar hosil bo`ladi: 
R–CO–OAg + Cl–R → R–CO–O–R + AgCl↓ 
 
3.  Organik  kislota  galogenangidridlariga  alkogolyatlar  ta`sir  ettirilganda 
murakkab efirlar hosil bo`ladi: 
R–CO–Cl + NaO–R → R–CO–O–R + NaCl 
Fizikaviy  xossalari.  Quyi  va  o`rta  molekulali  murakkab  efirlar  suvdan 
yengil,  uchuvchan,  hushbo`y  hidli  suyuqliklardir.  Yuqori  molekulali  murakkab 
efirlar  esa  qattiq  moddalardir.  Ayrim  murakkab  efirlar  suvda  qisman  eriydi,  spirt 
va efirlarda yaxshi eriydi.  
Murakkab  efirlar  molekulalarining  tuzilishi  o`ziga  xos  (gidroksil  guruhlar 
yo`q)  bo`lganligi  sababli  vodorod  bog`lanishlar  bo`lmaydi  va  spirtlar  hamda 
kislotalarga  xos  bo`lgan  atsotsilangan  molekulalar  ham  bo`lmaydi.  Shu  sababli 
murakkab efirlar ularga mos keladigan kislotalarga qaraganda ancha past haroratda 
qaynaydi. 
Ko`pchilik  murakkab  efirlardan  hushbo`y  meva  hidi  keladi.  Masalan, 
chumoli amil efirdan olcha, sirka amil efirdan banan, moy etil efirdan o`rik, moy 
butil efirdan ananas, izovalerian etil efirdan olma hidi keladi.  

 
184 
Kimyoviy  xossalari.  Murakkab  efirlar  quyidagi  kimyoviy  xossalarni 
namoyon qiladi. 
1.  Murakkab  efirlarning  o`ziga  xos  eng  muhim  xossalaridan  biri  ularning 
gidrolizlanishi  hisoblanadi.  Murakkab  efirlar  suv  bilan  reaksiyaga  kirishib  yana 
qaytadan kislota bilan spirtga aylanadi. Masalan: 
R
C
O
O H
+
R
O H
R
C
O
O
R
+
H O H
 
Murakkab  efirlarning  suv  bilan  reaksiyaga  kirishib  spirt  va  kislota  hosil 
qilish  reaksiyasi  sovunlanish  yoki  gidrolizlanish  deyiladi.  U  eterifikatsiya 
reaksiyasiga  teskari  reaksiya  hisoblanadi.  Eterifikatsiya  reaksiyasi  qaytar 
jarayondir. 
C H
3
C
O
O H
+
H O
C
2
H
5
C H
3
C
O
O
C
2
H
5
+
H
2
O
  
Murakkab  efirlarning  gidrolizlanishi  mineral  kislotalar  yoki  ishqorlar 
ishtirokida tezlashadi. Murakkab efirlar ishqorlar ishtirokida gidrolizlanda reaksiya 
tezligi ortishi bilan birga ularning o`zi ham reaksiyaga kirishadi hamda tuz va spirt 
hosil bo`ladi: 
N a O H
+
O
R
O
R
C
R
O H
+
O N a
O
R
C
 
 
Murakkab  efirlar  mineral  kislotalar  ishtirokida  ham  gidrolizlanadi.  Lekin 
bunday  gidroliz  qaytar  jarayondir.  Murakkab  efirlarning  kislotali  gidrolizini  efir 
hosil bo`lish reaksiyasiga teskari reaksiya deb atash mumkin: 
+
O
R
O
R
C
H
+
[R
C
O H
O R ]
+
+
H
2
O
[R
C
O R ]
+
O H
H
2
O
 
O
R
C
[R
C
O R ]
+
O H
H
2
O
O H
+
R
O H
+
H
+
 

 
185 
2.  Murakkab  efirlarga  ammiak  ta`sir  ettirilganda  kislota  amidlari  hosil 
bo`ladi, bu jarayon murakkab efirlarning ammonolizi deb ataladi: 
R
C
O
N H
2
+
R
O H
R
C
O
O
R
+
N H
3
 
3. Murakkab efirlarga spirtlar ta`sir ettirilganda yangi murakkab efir va spirt 
hosil bo`ladi, bu jarayon qayta efirlanish deb ataladi: 
O
O
C
3
H
7
+
C
2
H
5
O H
C H
3
C
O
O
C
2
H
5
+
H O
C
3
H
7
C
C H
3
 
4. Murakkab efirlarga magniy organik birikmalar ta`sir ettirilganda keton va 
uchlamchi spirtlar hosil bo`ladi: 
C H
3
C
O
O
C
2
H
5
+
C
3
H
7
M g J
C H
3
C
C
3
H
7
O
+
C
2
H
5
O
M g J
 
C H
3
C
O
O
C
2
H
5
+
C H
3
M g J
C H
3
C
O M g J
C H
3
C H
3
+
H O H
a )
  
C H
3
C
O M g J
C H
3
C H
3
+
H O H
C H
3
C
O H
C H
3
C H
3
+
H O
M g J
b )
 
5. Murakkab efirlar vodorod bilan qaytarilib, ikki xil spirt hosil qiladi: 
+
O
R
O
R
C
R
O H
+
R
C H
2
O H
2 H
2
 
 
Sulfat  kislota  efirlari  ichida  molekulasi  tarkibida  metil  va  etil  spirti 
qoldig`ini saqlagan metil– va etil–sulfatlar katta ahamiyatga ega. Sulfat kislota ikki 
asosli kislota bo`lganligi uchun ikki turdagi: nordon va o`rta efirlar hosil qiladi.  
Metil  va  etil spirtlarning sulfat kislota  bilan o`zaro ta`siri  natijasida nordon 
efirlar (metilsulfat va etilsulfat) hosil bo`ladi: 
CH
3
–OH + HO–SO
2
–OH → CH
3
–O–SO
2
–OH + H
2

C
2
H
5
–OH + HO–SO
2
–OH → C
2
H
5
–O–SO
2
–OH + H
2


 
186 
 
Metil  va  etil  spirtlarga  o`zida  sulfat  angidrid  saqlovchi–tutovchi  sulfat 
kislota (oleum) ta`sir ettirilganda o`rta efirlar hosil bo`ladi: 
SO
3
 + 2C
2
H
5
OH → (C
2
H
5
)
2
SO
4
 + H
2

 
Metilsulfat va etilsulfatlar rangsiz, quyuq moysimon suyuqliklar bo`lib, ular 
oddiy  va  murakkab  efirlar  olishda,  shuningdek,  metil  va  etil  guruhlarni  boshqa 
birikmalarga kiritishda alkillovchi reagent sifatida ishlatiladi. 
 
Nitrat  kislota  efirlari  bir  atomli,  ikki  atomli  va  uch  atomli  spirtlarga 
konsentrlangan nitrat kislota ta`sir ettirish yo`li bilan olinadi.  
CH
3
–OH + HO–NO
2
 → CH
3
–O–NO
2
 + H
2
O  
C
2
H
5
–OH + HO–NO
2
 → C
2
H
5
–O–NO
2
 + H
2

Nitrat  kislota  efirlarining  hammasida  portlash  xususiyati  mavjud  bo`lib,  bu 
xususiyat bir atomli spirtlar efiriga qaraganda ikki va uch atomli spirtlar efirlarida 
ko`proq  ifodalangan.  Shu  sababli  glikol  dinitrat  va  glitserin  trinitrat  katta  amaliy 
ahamiyatga  ega  bo`lib,  ular  portlovchi  moddalar  va  tutunsiz  porox  tayyorlashda 
ishlatiladi. 
 
Nitrit kislota efirlari ichida izoamil spirt efiri katta ahamiyatga ega. Bu efir 
izoamil spirtni qizdirib, azot (III) oksid ta`sir ettirish natijasida olinadi: 
2C
5
H
11
–OH + N
2
O
3
 → 2C
5
H
11
–O–N=O + H
2

 
Amilnitrit  sarg`ish  rangli,  o`tkir  hushbo`y  hidli,  95 
0
C  da  qaynaydigan 
suyuqlik bo`lib, tibbiyotda qon tomirlarini kengaytiruvchi vosita sifatida, masalan, 
yurak siqilishi kasalligini davolashda qo`llaniladi. 
 
Organik 
kislotalarning 
murakkab 
efirlari 
sifatida 
etilatsetat, 
izoamilatsetat,  vinilatsetat,  mum,  atsetosirka  efir,  metakril  kislota  metil  efiri  kabi 
efirlar misol bo`ladi.  
Etilatsetat CH
3
–CO–O–C
2
H
5
 hushbo`y hidli, 78 
0
C da qaynaydigan, suvda 
yomon eriydigan suyuqlik bo`lib, sanoatda sirka aldegiddan Tishchenko reaksiyasi 
bo`yicha  olinadi.  Etilatsetat  asosan  erituvchi  sifatida,  atsetosirka  efir  hamda  bir 
qator dori moddalar (masalan, antipirin) olishda ishlatiladi. 
Izoamilatsetat  CH
3
–CO–O–C
5
H
11
  nok  hidli  suyuqlik  bo`lib,  139 
0
C  da 
qaynaydi, lak tayyorlashda erituvchi sifatida ishlatiladi. 

 
187 
Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish