10
Buxoro pul tizimi — 1924 yilgacha Buxoro hududida mavjud bo‘lgan pul
muomalasi. Buxoro hududida uzok, asrlar davomida tovar-pul munosabatlarining
rivojlanishi natijasida bimetallizmning murakkab shakli vujudga keddi. Miloddan avvalgi
3-asr oxiridan 2-asrgacha Buxoro hududida yunonbaqtriya tangalari muomalada bo‘lgan.
Bu pullarning nomi ham yunoncha edi. Jumladan, tilla pullar — stater; kumush tangalar
— tetradraxma, draxma, yarim draxma; mis tangalar — xalq deb atalgan. O‘sha davrdagi
oltin va kumush qiymati nisbatiga binoan (1:10) bir oltin stater 20 kumush draxma yoxud
5 tetradraxmaga teng edi. Miloddan avvalgi 1-asrda, milodning dastlabki to‘rt asrida
sug‘dlar davri Buxorosida Yevtidem I tetradraxmalariga o‘xshash tangalar, keyinchalik
esa sosoniylar shohi Bahrom V (Varaxran V) (421—439) draxmalariga taqlid qilib
tangalar chiqarildi. Bu tangalar buxorxudot dirhami deb nomlangan. 8-asr boshida
mamlakatga arablar bilan birga ularning tangalari ham kirib keldi. Oltin tangalar — dinor,
kumush tangalar — dirham, mis tangalar — fulus deb atalgan. Oltin tangalar tashki savdo
uchun zarb qilingan, ular og‘irligiga qarab pul sifatida emas, balki tovar sifatida
muomalada bo‘ldi. Xalifalik savdosi kumush tangalar — dirhamlar pul muomalasining
asosini tashkil etgan. Oltin tangalarning kumush tangalarga nisbati ma’lum vaqt turlicha
bo‘lgan. Agar 8-asrda 1 oltin tangaga 10 kumush tanga almashtirilgan bo‘lsa, kumush
inqirozi paytida bu nisbat 1:7, inqirozdan so‘ng 1:11 bo‘lgan. 15—16-asrlarda katta mis
tangalar "dinor" deb, kumush pullar "tanga" deb atala boshlandi. Hukumat kumush va
mis tangalar orasidagi nisbatni o‘rnatdi, bu nisbat bozor o‘zgarishlari katta bo‘lmagan
yoxud vaqtvaqti bilan bo‘lgan paytda uzgarishsiz qoldi. Uzoq vaqt mobaynida asosiy
birlik o‘zgarmadi: 1 kumush tanga 1 misqol, ya’ni 4,8 g , 1 kumush dirham 20 mis dinor,
1 mis dinor 6 fulusga teng edi. Buxoro amirligida 1785—86 yillarda o‘tkazilgan pul
islohoti eski an’analarni saqlab qoldi: nominal oldingi 3 nomda zarb etila boshlandi. Oltin
tangalar — "ashrafiy" yoki "tilla", kumush tangalar — "tanga", mis di. Yangi pullar 1, 5,
10, 25, 100, 1000, 2500, 5000, 20000 so‘m qiymatida chiqariddi. 1922 yil oxirida bu
pullar ham qadrsizlandi va hukumat 100:1 nisbatda yana pul almashtirishni lozim topdi.
1923 yil mart oyida Toshkentda O‘rta Osiyo Sovet Respublikalarining birinchi iqtisodiy
konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Aynan shu konferensiyada mahalliy pullarni chiqarishni
to‘xtatish va RSFSR davlat pul belgilariga o‘tishga qaror qilindi. 1923 yil may oyidan
Buxoro pullari RSFSR emas, endi SSSR pullariga 1:3,5 nisbatda almashtirildi.
← Buxoro
xonligi
Buxoro Sovet Xalq Respublikasi →