Ildizning bajaradigan vazifalari va ildiz metomorfozi Ildiz - Ildiz o’simlikning asosiy vegetativ organi bo’lib uni tuproqqa mahkam o’rnashtirib turadi. Bundan tashqari ildiz o’simlikni oziq moddalar bilan ta’minlab, o’zida qo’shimcha oziq moddalar to’plash xususiyatiga ega.
Ildizning o’sish nuqtasidagi meristema hujayralardan hosil bo’lgan to’qimalarning hammasi ildizning birlamchi anatomik tuzil9ishini tashkil qiladi. Masalan, meristema hujayralarining tashqi qoplami birlamchi qoplovchi to’qima epidermani, birlamchi po’stloqni, markaziy silindirni hosil qiladi.
Bir qancha o’simliklarning ildizlari o’z faoliyatlari davrida metomorfozga uchrab oziq moddalar to’playdigan joy bo’lib xizmat qiladi. Shu munosabat bilan ular yo’g’on va etli bo’ladi. Ularning bir necha xili mavjud. Ildiz o’simlik turiga va o’sish sharoitiga qarab har xil rivojlanadi
Ildiz tiplari
- Ipsimon ildiz
- Urchiqsimon ildiz
- Ildiz meva
- O’q ildiz
Popuk ildiz
Ildiz mevalar - Asosiy ildiz o’z shaklini o’zgartirib, yo’g’onlashadi va o’zida qo’shimcha oziq moddalarni to’playdi. Bunga sabzi, sholg’om, turp, rediska, petrushkalar kiradi
Ildiz tuganak - Ildiz tuganak asosiy ildizlardan tashqari yon va qo’shimcha ildizlar ham metomorfozga uchrashi mumkin va oziq moddalari saqlanadigan yo’g’on joy ildiz tuganaklari yoki ildiz g’uddalari deyiladi. Ular qishni o’tkazish uchun emas, vegetativ ko’payish uchun xizmat qiladi. Bularga kartoshkagul, yeryong’oq kabi o’simliklarning ildiz tuganaklari misol bo’la oladi.
So’rg’ich ildizlar - Tekinxo’r o’simliklardan xlorofill donachalari bo’lmaganligi sababli ular boshqa o’simliklarning oziq moddalari xisobiga yashaydilar. Bunday o’simliklarda asosiy ildizlar o’rnida so’rg’ich ildizlar bo’ladi. Bu xildagi ildizlar zarpechak va shumg’iyda uchraydi.
Havo ildizlari - Bu xildagi ildizlar tropik o’simliklarda uchrab, uning poyasidan ildizlar chiqib havoda ochilib turadi va undagi suv bug’larini o’zlashtiradi. Masalan, monstera o’simligi ildizi.
Nafas oluvchi ildizlar va tayanch ildizlar - Botqoqliklarda o’sadigan ayrim o’simliklar, masalan, botqoq sarvida ildizga qo’shimcha kislorod kerak bo’lganda ular nafas oluvchi ildizlarni hosil qiladi.
- Tayanch ildizlarni poyadan chiqqan qo’shimcha ildizlar hosil qilib, ular poyani tik tutib turish uchun xizmat qiladi. Bunday ildizlarni makkajo’xori, oqjo’xorida kuzatish mumkin.
Ildizlar bajaradigan vazifasiga qarab har xil to’qimalardan tashkil topgan bo’lib, ular ildiz uchidan boshlab ma’lum tartibda joylashgan bo’ladi. Ildizning uchi, odatda ildiz qini bilan qoplangan bo’ladi va parenximatik hujayralardan iborat bo’ladi. Hujayralarning po’sti yupqa, tashqi tomoni shilimshiqdir. Bu esa tuproq zarrachalari orasida o’sayotgan ildizning harakatlanishini osonlashtiradi. Foydalanilgan adabiyotlar - Botanika va o’simliklar fiziologiyasi. Berdiyeva D.
- Botanikani o’rganish. Turg’unov E. F.
- w.w.w.ziyonet.uz.
- w.w.w.botanika.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |