O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti biotexnologiya kafedrasi


 Mitoxondriyalarning funksiyalari



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/44
Sana31.12.2021
Hajmi0,81 Mb.
#272140
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44
Bog'liq
jigar hujayralarining toksik zararlanishida ular mitoxondriyalari membranasining fiziologik holati (1)

1.1.2. Mitoxondriyalarning funksiyalari 

 

Hujayrada  sodir  bo‗ladigan  turli  jarayonlarning  energiya  almashinuvi  bilan 



o‗zaro  aloqadorligini  aniqlash  zamonaviy  biologiyaning  dolzarb  vazifalaridan 


 

10 


biridir.  Ma‘lumki,  mitoxondriyalarning  normal  fiziologik  holatdan  chiqishi  o‗z 

navbatida  hujayralarda  ham  patologik  holatlarning  yuzaga  kelishi  yoki  uning 

nobud bo‗lishi olib keladi. Demakki, ular hujayra patologiyalarini yuzaga kelishida 

asosiy rolni bajaradi. 

Mitoxondriyalar  ikki  qavat  membranaga  ega  murakkab  strukturali  hujayra 

organoididir,  ularning  uzunligi  o‗rtacha  2-7  mk,  diametri  0,5  mk  ga  teng  va 

membranalararo  bo‗shliqda  turli  xil  kofermentlar  joylashgan.  Mitoxondriyaning 

ichki  membranasi  ionlarga  nisbatan  tanlab  o‗tkazuvchanlik  xususiyatiga  ega. 

Mitoxondriyaning  murakkab  fermentativ  struktura  tizimida  aminokislotalar, 

lipidlar almashinuvi, fosfolipidlar, mochevina biosintezi, ionlarning tashilishi kabi 

jarayonlar  amalga  oshadi.  Mitoxondriyada  energiya  bog‗lash  jarayoni  umumiy 

tarzda  1961  yilda  ingliz  biokimyogar  olimi  Piter  Mitchellning    xemiosmotik 

nazariyasida  asoslab  berilgan.  Ushbu  nazariyaga  ko‗ra  mitoxondriya  ichki 

membranasida  elektronlar  tashilishi  ATF  sintezi  jarayoni  intermediat,  ya‘ni 

membranada  vujudga  keluvchi  protonlar  gradiyenti  bilan  bog‗langan.  Bunda 

membranada  proton  tashuvchi  maxsus  nasos  tizimi  mavjud.  Bu  nasos  protonlarni 

konsentrasiya  gradiyentiga  qarshi  aktiv  tashilishini  amalga  oshirib,  hosil  bo‗lgan 

energiya  ATF  makroergik  bog‗larida  to‗planadi.  Bu  jarayon  nafas  zanjiri  deb 

atalgan  murakkab  donor  akseptor  uzatuvchilar,  sitoxrom  tizimi  faoliyati  bilan 

ta‘minlanadi. Mitoxondriyalarning asosiy vazifasi hujayralarda energiya sarfi bilan 

boradigan  jarayonlarni  energiya  bilan  ta‘minlovchi  ATF  molekulalarini  sintez 

qilishdan  iborat.  YA‘ni  hujayraning  ―elektr  generatorlari‖  yoki  ularni  yana  ―kuch 

stansiyalari‖  deb  ham  nomlanadi.  Fosforlanish  reaksiyalariko‗plab  hujayra 

jarayonlarini,  masalan,  ATF  ga  bog‗liq  K

+

  (K


ATP

)  kanallari,  sarkoplazmatik 

retikulumdan  (SR)  kalsiyni  chiqaruvchi  kanallari  va  potensialga  bog‗liq  kalsiy 

kanallari  singari  ion  kanallarining  faolliklarini  boshqaradilar.  Bundan  tashqari 

mitoxondriya  glyukozaning  gomeostazini  saqlashda  ishtirok  etadi,  oshqozon  osti 

temir 


-hujayralarining  insulin  sekresiyasiga  yordam  beradi.  gipotalamik 

glyukozaga-sezgir neyronlarning qo‗zg‗alishi imkonini yuzaga keltirishda ishtirok 



 

11 


etadi. Ular kislorod va boshqa muhim mitoxondrial substratlarining sensori sifatida 

nafas olishni boshqarishi mumkin (Эршова, 2003).  

Mitoxondrial  energiya  almashinuvi  ATF-sintetik  yo‗lidan  farqli  ravishda 

turli metabolizm yo‗llari, jumladan, homilaning qalin yog‗ qatlamida katexolamin-

regulyator oqsil umumlashtirgichlarning ekspressiyasi va issiq qonli hayvonlarning 

uyquga  ketishida  issiqlik  generasiyasi  nafas  olish  zanjirining  ozod  radikalli 

birikmalari  hosil  bo‗lishini  boshqarilishi  uchun  energiya  manbai  hisoblanadi. 

Bundan  tashqari  mitoxondriya  energetik  metabolizmga  bog‗liq  bo‗lmagan  va 

gemoglabin,  steroidlar  va  oshqozon  kislotalari  hosil  bo‗lishini  katalizlaydigan 

fermentlar hosil bo‗ladigan muhim biokimyoviy jarayonlarning joyi hisoblanadi.  

Mitoxondriyalarning  kalsiy  to‗plash  xususiyati  mitoxondriya  fermentlari 

aktivligini  kalsiyga  bog‗liq  holda  boshqarilishi  orqali  energetik  talabni  biriktirish 

bilan  ATF  mahsulotlari  oshishini  ta‘minlaydi.  Mitoxondriyalarda  Ca

2+

  ning 



to‗planishi  turli  hujayralardagi  Ca

2+ 


-kanallari  signallarining  hududiy  va  vaqt 

dinamikasiga sezilarli ta‘sir ko‗rsatishi mumkin.  

So‗nggi  yillardagi  tadqiqotlar  hujayraning  apoptotik  va  nekrotik  halokatida 

mitoxondriyalarning  asosiy  rol  o‗ynashini  ko‗rsatdi.  Ma‘lumki,  hujayra  nobud 

bo‗lishi  arafasida  membranalari  potensiali  kamayishi  natijasida  apoptozni 

indusirlaydigan  faktor  hamda  sitoxrom  C  kabi  ―o‗lim  oqsillarini‖  saqlaydilar  va 

ular mitoxondriya yorilgan paytda sitoplazmaga ajralib chiqadi (Гагельганс, 2001, 

Камбурова, 2001). 

Bunga  muvofiq  mitoxondriyaning  hujayra  fiziologiyasidagi  markaziy  o‗rni 

turli  kasalliklarda  mitoxondriyaning  funksional  buzilishining  kritik  ahamiyatini 

belgilaydi. O‗tkir mitoxondrial disfunksiyalarda, masalan, ishemiya va anoksiyada 

energiya yetishmovchiligi hamda hujayraning nekrotik halokatiga sabab bo‗ladi. 

Energetik  metobolizmda  mitoxondriyaning  anomoliyasi  organizm  qarishida 

shuningdek,  ma‘lum  neyrogenerativ  kasalliklar  jumladan,  parkinson  kasalligida, 

amiotrof  loteral  skleroz  va  boshqa  kasalliklarda  ahamiyatlidir,  hamda  diabetda 

sabab 


bo‗lishlari 

mumkin. 


Ko‗pgina 

ensifalomiopatiyalar, 

parfiriyalar 



 

12 


mitoxondriyadagi  qator  fermentativ  yo‗llardagi  genetik  nuqsonlardir.  Demak, 

mitoxondriyadagi ATF sintezi hujayra sintetik statusini, osmotik boshqarilish, rN-

nazorati,  sitozol,  Сa

2+

-gomeostaz  va  hujayra  signalizasiyasini  kritik  boshqarish 



mumkin (Досон, 1991). 

Mitoxondriyadagi intermediant  ATF  ni oksidlanishi  orqali generasiyalanish 

sistemasini  oksidlanish-fosforlanish  deb  ataladi.  Oksidlanishli  fosforlanishda 

ishtirok  etadigan  asosiy  elementlar  sxematik  tarzda  ko‗rsatilgan  (1-sxema),  ular 

mitoxondriya  fiziologiyasi  to‗g‗risida  tasavvur  hosil  bo‗lishiga  yordam  beradi 

hamda hujayradagi mitoxondriyaning funksiyalarini tadqiq etishga yordam beradi.  

 


Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish