O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti biotexnologiya kafedrasi


-rasm. Mitoxondriyaning strukturaviy tuzilishi



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/44
Sana31.12.2021
Hajmi0,81 Mb.
#272140
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
Bog'liq
jigar hujayralarining toksik zararlanishida ular mitoxondriyalari membranasining fiziologik holati (1)

 

1-rasm. Mitoxondriyaning strukturaviy tuzilishi 

 

Ma‘lumki, 



mitoxondriya 

ikki 


membranali 

organoid 

hisoblanadi. 

Organellaning  o‗rab  turgan  tashqi  silliq  membrana  chiziqlar  va  burmalarga  ega 

emas,  ichki  membranada  esa,  ko‗p  sonli  burmalar  uchraydi,  ularni  kristalar  deb 

ham  yuritiladi.  Jigar  mitoxondriyalarida  kristalar  soni  kam  bo‗lib,  tartibli 

joylashmagan,  buyrak  va  yurak  mitoxondriyalarda  esa  ular  soni  juda  ko‗p  bo‗lib, 

ular  bir-biriga  juda  jips  joylashgan  bo‗ladi.  Ayrim  mitoxondriyalardagi  kristalar 

oddiy  barmoqsimon  o‗simta  shaklida,  lekin  ko‗pchilik  organizmlarda  ular 

murakkab to‗r shaklida bo‗ladi. Buning sababi shuki, oksidlanishli-fosforlanish va 

elektron  tashish  sistemasi  (nafas  zanjiri)  funksiyalashuvida  ishtirok  etuvchi 



 

fermentlarning  ichki  membarana  yuza  maydonida  joylashuvi  tufayli  bo‗lsa  kerak 



deb  taxmin  qilinadi.  Keyingi  olib  borilgan  ishlarda  ta‘kidlanishicha, 

mitoxondriyalar  kristalarining  murakkab  bo‗lishi,  unda  amalga  oshadigan  nafas 

olish jarayoni hamda oksidlanuvchi-fosforlanishning jadalligi bilan xarakterlanadi 

(Абдуллаев, 1989). 

Mitoxondriyaning  ichki  bo‗shlig‗i  –  matriks  deb  yuritilib,  u  yarim  suyuq, 

taxminan  50%  oqsildan  iborat  va  ingichka  strukturaga  ega  bo‗lgan  modda  bilan 

to‗lgan.  Matriksning  struktura  tuzilishi  ham  nafas  olish  aktivligining  o‗zgarishiga 

qarab ba‘zi o‗zgarishlarga uchraydi. Kristalar soni ko‗p bo‗lgan mitoxondriyalarda 

matriks  kam  rivojlangan  bo‗ladi  va  aksincha,  matriksda  yuqori  elektron  zichlikni 

xarakterlovchi  katta  granulalar  joylashgan  bo‗ladi.  Bu  granulalarning  ahamiyati 

to‗lig‗incha  o‗rganilgan  emas.  Ba‘zi  mitoxondriyalarda  ribosomalar  aniqlangan, 

lekin  elektron  mikrofotografiyalarda  ular  ko‗rinmaydi.  Kengaytirilgan  elektron 

mikroskopiya  metodlarida  aniqlanishicha,  mitoxondriyalarning  tashqi  va  ichki 

membranasi ultrastrukturasiga ko‗ra bir-biridan farq qiladi.  

Yuqoridagi  fikrimizda  ta‘kidlab  o‗tganimizdek,  mitoxondriya  tashqi 

tomondan  ikki  qavat  yupqa  parda  (qobiq),  ya‘ni  membrana  bilan  o‗ralgandir. 

Tashqi membrana mitoxondriyani sitoplazmadan ajratib tursa, ichki membrana esa 

xondrioplazmani  ya‘ni  matriksni  o‗rab  turadi.  Ikkala  membrana  orasida  bo‗shliq 

bo‗lib, u suyuqlik bilan to‗la, uning qalinligi taxminan 100 A ga teng. 

Ichki 


membranadan 

mitoxondriya 

markaziga 

tomon 


hayvonlarda 

plastinkasimon,  o‗simliklarda  qing‗ir-qiyshiq,  egri-bugri  naychalar  shaklidagi 

kristalar  joylashgan.  Kristalar  mitoxondriyaning  ichki  sathini  kengaytiradi. 

Kristlarning ichidagi fazo ham perimitoxondrial faza matriksi bilan to‗la bo‗ladi. 

Ichki  membrananing  mitoxondriya  matriksiga  qaragan  sathida  shakli 

qo‗ziqoringa o‗xshash elementlar (zarrachalar) tig‗iz joylashgan. Bularga aksisoma 

(ATF-soma)  deb  atalib,  diametri  70-90  A  keladigan  boshchaga,  40  A  keladigan 

uzunlikdagi oyoqchaga ega.  




 

Mitoxondriyalar ichki membranasida nafas olish zanjiri mavjud bo‗lib, unda 



murakkab  va  ketma-ket  boradigan  murakkab  bioenergetik  jarayonlarni  amalga 

oshishini  ta‘minlovchi  fermentlar  joylashgan.  Nafas  zanjirida ATF  sintezi  amalga 

oshiriladi.  Bu  jarayonda  nafas  zarjiri  bo‗ylab  Н

2

  ning  elektronlari  (aniqrog‗i 



protonlari)  donordan  akseptorga  (reaktiv  kislorodga)  tashiladi.  Bu  vaqtda 

substratlarning  oksidlanishi  hamda  elektron  tashilishi  jarayonida  hosil  bo‗lgan 

kinetik  energiya  ATF  ning  kimyoviy  bog‗larida  kimyoviy  energiya  ko‗rinishida 

bog‗lanadi.  Zanjir  oxirida  turgan  reaktiv  O

2

  va  Н


2

  elektronlarini  neytrallaydi 

hamda suv hosil bo‗ladi.  

Hozirgi  kunga  davr  tashqi  va  ichki  membrananing  tuzilishi  va  ularning 

xususiyatlari to‗g‗risida to‗liq bir fikrga kelinganicha, yo‗q. Bu borada turli-tuman 

fikrlar  va  qarashlar  mavjud.  A.I.Gagelgans  ma‘lumotlarida  keltirilishicha, 

mitoxondriyaning tashqi membranasida o‗ziga xos fermentlar tizimi mavjudki, ular 

ham  mitoxondriya  membranasidan  moddalarning  transport  qilinishida  muhim 

ahamiyatga ega (Гагельганс, 2001).  

Jumladan, tashqi membrana ichki membranaga qaraganda biroz yirikroq ion 

va  molekulalarni  ham  o‗tkazuvchan  bo‗lsa,  undan  farq  qilgan  holda  ichki 

membrana bunday yirik molekulalar va ionlarga nisbatan o‗tkazuvchan emas. Ichki 

membrana  1200  pS  gacha  kattalikdagi  ionlarni  o‗tgazish  xususiyatiga  ega  bo‗lib, 

undan yiriklari to‗g‗ridan-to‗g‗ri o‗ta olmaydi, ular maxsus transport tizimiga ega.  

Xulosa  o‗rnida  ta‘kidlash  mumkinki,  mitoxondriyalar  hujayralar  hayot 

faoliyatidagi eng muhim organoid bo‗lib, ancha murakkab tuzilgan. Ular o‗zining 

DNK  strukturasiga  ega.  Shu  boisdan  ham  ularga  yarim  avtonom  organoidlar  deb 

qaraladi. 

 


Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish