O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti t. R. Yuldashev, J. T. Nurmatov


Uskuna va qurilmalarni ekspluatasiyaga topshirish



Download 11,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/371
Sana03.01.2022
Hajmi11,93 Mb.
#314249
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   371
Bog'liq
fayl 1832 20210916

 

 Uskuna va qurilmalarni ekspluatasiyaga topshirish 

Kimyo  va  neftni  qayta  ishlash  zavodlarining  zichlovchi  qurilmalari 

jihozlariga  yuqori  talablar  qо‗yiladi.  Bunga  sabab,  ularning  portlashga  va 

yong‗inga xavfli ishlab chiqarish, zaharli muhit, shuningdek, yuqori temperatura va 




 

101 


bosimlarda ishlashidir. Bularning hammasi yaxshilab montaj qilish va о‗z vaqtida 

sifatli qilib zichlagich qismlarini ta‘mirlash zarurligidan darak beradi. 

Zichlagichlarning  vazifasi  –  agar  uskunalar  vakuum  sharoitida  ishlayotgan 

bо‗lsa,  uskuna  ichiga  havo  kirgizmaslik,  bosim  ostida  ishlayotgan  uskunalardan 

muhit  sizib  chiqmasligini  ta‘minlashdir.  Uskunalardan  tо‗g‗ri  chiziqli  kiruvchi-

qaytaruvchi  harakatni  hosil  qiladigan  shtoklar  (masalan,  porshenli  nasoslarda, 

kompressorlarda,  surilma  qopqoqlarda)  va  о‗z  о‗qi  atrofida  aylanadigan  vallar 

(masalan,  markazdan  qochma  nasoslarda,  aralashtirgichlarda,  reaktorlarda) 

uskunalardan chiqib turgan bо‗lsa, bu uchastkalarni zichlashga tо‗g‗ri keladi. 

Zichlanish  talab  etiladigan  uchastkalardagi  shtoklar  va  vallar  shliflangan  yoki 

yaltiratilgan, shuningdek zichlanish amalga oshirilayotgan qо‗zg‗almas detallar va 

vtulkalarga nisbatan qat‘iy markazlashtirilgan bо‗lishi shart. 

Salniklar  oddiy  zichlagich  moslamalariga  yumshoq  tiqinli  salniklar  kiradi. 

Elastik  tiqinli  salnikli  vtulkada  hamma  zich  tо‗lguncha  siqish  orqali  zichlashga 

erishiladi.  Zichlashning  sifati  kuchi  orqali  aniqlanadi,  ammo  tiqinga  solishtirma 

bosim oshirilganda val va tiqin orasida ishqalanish kuchi ortadi. Buning natijasida 

tiqin  qizib  ketadi  va  tez  ishdan  chiqadi  (mо‗rt  bо‗lib  qoladi),  bu  esa  val  yoki 

shtokning ishdan chiqishini tezlashtiradi.  

Salnikni tortish uchun zarur bо‗lgan kuchni quyidagi formuladan topamiz: 

 



4

2



2

d

D

p

k

P





 

 



 

 

 



(3.1) 

 

bu  yerda  k=1,2-1,6  ga  teng  bо‗lgan  koeffisiyent;  p-salnikdan  oldin 



zichlanuvchi  hajmdagi  bosim;  D-tiqinning  tashqi  diametri;  d-  val  yoki  shtok 

diametri. 

Agar  val  bilan  tiqin  oralig‗idagi  tomchilayotgan  suyuqlik  ishqalanuvchi 

yuzalarni  1  minutda  60  tomchi  tezlik  bilan  moylasa,  salnik  ishi  qoniqarli 

hisoblanadi.  Bundan  tashqari  ishqalanish  kattaligi  tiqin  sifatiga,  salnik  uzunligiga 

val  yoki  shtok  о‗qi  urushi  mavjudligiga  va  chiziqli  (aylanma)  harakat  tezligiga 

bog‗liq.  



 

102 


Tiqin  materiali  sifatida  kanon  aylana  yoki  kvadrat  kesim  asbob  prorizilenli 

mato (kesim diametri yoki kvadrat tomonlari 4 dan 50mm gacha). Qoidaga kо‗ra, 

tiqinlarni ularning chidamliligini oshiradigan va zichlagichlardagi ishqalanishlarini 

kamaytiradigan  maxsus  tarkiblar  bilan  shimdiriladi  (talk,  grafitdan  moylab  va 

texnik yog‗ bilan moylab va h.).  

Muhit  xususiyatlariga  qarab,  40

o

S  gacha  temperaturada  va  yuqori  bosimda, 



rezinadan,  charmdan  yoki  polivinilxloriddan,  U-simon,  shevronli,  yoqasimon 

manjetli  zichlagichlar  qо‗llaniladi.  Montaj  shakllari  turli  bо‗lgan  monjetli 

zichlagichlar,  salnikli  tiqinlarga  qaraganda  sezilarli  darajada  kam  taranglik  kuchi 

talab etadi va valga ishqalanish ularda birmuncha kamroq. 

Ishchi  muhitning  yuqori  temperaturalarida  va  shtoklarning  kichik  harakat 

tezligida  metall  va  yarimmetall  yumshoq  antifriksion  qotishmalardan  (masalan, 

60%  qо‗rg‗oshin,  37%  mis  va  3%  nikel  tarkibli  qotishma)  grafit  shimdirilgan 

asbestli  о‗zakdan  yasalgan  bо‗shlikka  ega  bо‗lgan  halqali  zichlagichlardan 

foydalaniladi. Bu zichlagichlar yuqori bosimlarda ham yaxshi ishlaydi. 

Salnik  uzunligi  (tiqin  halqalari  soni)  bosimga,  val  va  vtulka  orasidagi 

tirqishga  bog‗liq.  Kо‗pincha,  tiqin  uchastkasi  uzunligi  salnikli  vtulka  diametriga 

teng deb olinadi, odatda halqalar soni 10 dan oshmaydi. Salnikni tortib bog‗lashda 

har bir tiqin halqasiga tushayotgan bosimning bir xil bо‗lishiga erishishi shart. Aks 

holda, о‗ta yuklatilgan kuchli bosim tushayotgan halqalar tez qizib ketadi va ishdan 

chiqadi,  bu  esa  zichlanishni  jarayon  davomida  keyingi  tortib  bog‗lash  yо‗li  bilan 

zichlanishni qayta tiklashda qiyinchilik tug‗diradi. 

Kimyo va neftni qayta ishlash zavodlari uskunalarining salnikli zichlagichlari 

issiq,  korrozion  va  zaharlovchi  muhitda  ishlaydi,  shuning  uchun  zichlovchi 

suyuqlikni uzatish uchun oraliq halqalar (fonarlar) о‗rnatiladi (3.12-rasm). 

Zichlovchi  suyuqlik  oraliq  halqa  tashqi  yuzasidagi  ariqchaga  hech  qanday 

tо‗siqlarsiz  о‗tishi  kerak.  Shuning  uchun,  halqani  salnikli  karobka  о‗qi  bо‗ylab, 

salnik  karobkasi  korpusidagi  moy  kelib  tushuvchi  kanallar  ochiq  bо‗lishi  kerak. 

О‗rnatishdan avval halqaning barcha radial kanallari tozalanadi va yuviladi. 



 

103 


Salnikni  tо‗g‗ri  montaj  qilish  va  zichlovchi  suyuqlikni  uzatish  shartlariga 

rioya  qilish  ekspluatasiya  vaqtida  zichlagich  qismlarini  normal  ishlashini 

ta‘minlaydi.  Zichlovchi  suyuqlik  toza  va  mexanik  va  korrozion  aktiv 

qо‗shimchalardan  holi  bо‗lishi  kerak.  О‗z  hohishicha  zichlovchi  suyuqlikni 

о‗zgartirib  bо‗lmaydi.  Zichlanuvchi  muhit  xususiyatlariga  qarab  bunday  suyuqlik 

sifatida suv, moy, konsistent moylash, kastor moyi va h. qо‗llaniladi. 

Zichlovchi  suyuqlik  temperaturasi  ruhsat  etilgan  chegaralardan  oshmasligi 

kerak;  uning  bosimi  salnikdan  oldingi  zichlanuvchi  muhit  bosimidan  0,05-0,15 

MPa ga ortiq bо‗lishi kerak. 

Salnik  qismlarni  montaj  qilishda  sovutish  bо‗shlig‗ini  diqqat bilan  kuzatish 

lozim,  ta‘mirlash  vaqtida  esa,  ularni  qurumlardan  va  chо‗kindilardan  tozalash 

uchun  yuvamiz.  Bu  narsalar  devor  orqali  issiqlik  о‗tishini  yomonlashtiradi. 

Ekspluatasiya  vaqtida  sovutuvchi  suyuqlik  (suv)  kelib  tushushishini  muntazam 

ravishda kuzatib turish zarur. 

Salniklar  tiqinlari.  Salniklarni,  uskunalarning  detallari  butkul  tekshirib 

bо‗lingandan  sо‗ng  zichlanadi;  val  buralishga  yoki  shtok  siljishi  yengillashuviga 

e‘tibor qaratish kerak. Tiqin kalavasidan bir bо‗lak kesib olib, uni halqaga о‗raladi 

va  val  yoki  shtok  bо‗ylab  yaxshilab  yurgiziladi.  Halqalarni  qiyshiq  qulf  bilan 

birlashtiriladi  va  hamma  halqalarga  bosim  tarqalishini  bir  tekis  ta‘minlash  uchun 

oxirigacha bosim, salnikka kirgiziladi. Buning uchun ajratgichli montajli bosuvchi 

vtulkalar  tо‗plami  qо‗llaniladi.  Tiqin  halqalarini  ishqalanishini  kamaytirish  uchun 

avvaldan moyga botiriladi. Xalqalar bilan yonma-yon joylashgan qulflar bir-biriga 

nisbatan  180

o

C  ga  siljishi  kerak:  bu  qulf  orqali  suyuqlik  chiqishini  kamaytiradi. 



Oxirgi  halqa  о‗rnatilgandan  keyin  va  presslangandan  keyin  bosuvchi  vtulka 

(grundbuksani) bir tekis tortiladi. Ponalanishni oldini olish maqsadida bir vaqtning 

о‗zida valni burash lozim. 

Salnikni  tortish  vaqtida  grundbuksaning  val  yoki  shtokka  nisbatan 

qiyshayishini  oldini  olish  kerak.  Tortish  oxirida  grundbuksa  bо‗shatiladi  va  yana 

oxirigacha  buraladi.  (endi  kо‗lda  buraladi).  Tortib  qotirilgan  vaqtida  grundbuksa 

salnikli  korobka  ichiga  uning  uzunligidan  0,1  dan  kam  bо‗lmagan  chuqurlikda 



 

104 


kirishi  kerak.  Tortish  darajasi  qismni  ishchi  yuklama  ostida  qо‗yilganda  qat‘iy 

rostlanadi.  Ekspluatasiya  jarayonida  salnikni  vaqti-vaqti  bilan  tortib  turiladi.  Juda 

katta  miqdorda  tortish  salnikli  tiqinning  elastikligi  yо‗qligi  va  uning  haddan  

tashqari ishdan chiqqanligidan darak beradi. Bunday tiqinlar butkul almashtirilishi 

kerak.  

Zichlovchi suyuqliklar bilan ishlaydigan salniklarga tortib bog‗lashda oraliq 

halqa  holatini  diqqat  bilan  kuzatish  lozim;  u  moy  oqib  keladigan  teshiklarni 

berkitib qо‗ymasligi kerak. 

Salnik ishini tо‗g‗rilash davomiyligi tiqin materiali sifatiga yig‗ishi va tortib 

bog‗lash tо‗g‗riligiga tiqin uchastkasidagi val yuzasi holati, val urishi bо‗lmasligiga 

va umumiy vibrasiya bо‗lmasligiga bog‗liq. Odatda tiqin bilan birlashib turgan val 

uchastkasiga,  yuzasi  shliflangan  himoya  gilzasi  kiydiriladi.  Ta‘mirlash  vaqtida 

valning hammasini emas, faqat shu gilzaning о‗zinigina almashtiriladi.  

Toresli  zichlagichlar.  Yuqori  temperaturalarda,  gaz  yoki  boshqa  portlashga 

xavfli  va  zaharli  muhitlarda  ishlaydigan  о‗ta  yuklatilgan  nasoslar  vallarini, 

shuningdek  reaktiv  va  aralashtirgichlarning  vallarini  zichlash  –  ish  vaqtida 

mustahkam chidamli bо‗lishi bilan xarakterlanishi kerak. Bunday hollarda va oxirgi 

vaqtda  umuman  tarkibida  mexanik  qо‗shimchalari  bо‗lmagan  suyuqliklarni 

haydovchi  barcha  neft  nasoslari  uchun  yakka  va  qо‗sh  toresli  zichlagichlar 

qо‗llanilmokda. 

Toresli  zichlagichlarda  val  bilan  birga  aylanadigan  ishqalanayotgan  toresli 

detallar  yuzalari  bilan  (vtulkalar)  zichlagich  korpusi  qо‗zg‗almas  detali  orasida 

germetiklikka erishiladi. Bu detallar bir-biriga doimo siqilgan bо‗ladi, bu har qaysi 

zichlagichning tegishli konstruksiyasida ta‘minlanadi. 

3.13-rasmda  yakka  va  qо‗sh  toresli  zichlagich  konstruksiyalari  kо‗rsatilgan. 

Ularning farqi, yakka toresli zichlagichda bir juft zichlanuvchi yuza, qо‗sh toreslida 

esa-  ikki  juft.  Keltirilgan  sxemalarda  (ishqalanuvchi  juft)  aksial  yо‗nalishda 

qо‗zg‗almas 

halqalari 

zichlagich 

qism 

korpusida 



о‗rnatilgan. 

Ba‘zi 


konstruksiyalarda ular zichlanayotgan valga о‗rnatilgan va u bilan birga aylanadi.; 


 

105 


bu  holatda  aksial  yо‗nalishda  halqa  qо‗zg‗aluvchan  hisoblanadi,  bu  halqa 

zichlagich korpusiga о‗rnatilgandir. 

 

 


Download 11,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish