O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti t. R. Yuldashev, J. T. Nurmatov



Download 11,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/371
Sana03.01.2022
Hajmi11,93 Mb.
#314249
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   371
Bog'liq
fayl 1832 20210916

3.11 – rasm. Vallarni tо„g„rilash 

a) parallellikka tо‗g‗rilash; 1,2 – tо‗g‗rilanayotgan vallar; 3,4 – xomutlar; 5-6 – nazorat millari; 7-

tor. b) о‗qdoshlikka tо‗g‗rilash; 1,2 –tо‗g‗rilanayotgan vallar, 3,4- xomutlar, 5- о‗qli tirqishning 

mikrometrik vinti, 6-radial tirqishning mikrometrik vinti. 

 

Agar  vallar  oralig‗idagi  masofa katta bо‗lsa, pо‗lat  tor  7 dan  foydalaniladi, 



uni val о‗qlari tekisligiga perpendikulyar bо‗lgan tekislikka vallardan taxminan bir 

xil  masofada  tortiladi  (3.11–rasm).  1  va  2  tо‗g‗rilanayotgan  vallarga  simdan 

yasalgan  5  va  6  strelkalar  mahkamlangan  3  va  4  xomutlar  kiydiriladi.  7  torni 

shunday  о‗rnatiladiki,  bunda  vallardan  biri  aylangan  chog‗ida  (kо‗pincha,  о‗q 

holatini  о‗zgartirish  qiyin  bо‗lganligi)  a1  va  a2  masofa  bir-biriga  teng  bо‗lsin. 

a1=a2  bо‗lganda,  v1  va  v2  kattaliklari  tengligiga  erishilgan  vaqtda  vallar  parallel 

bо‗ladi.  v1  va  v2  ni  tenglashtirish  uchun  ikkinchi  val  о‗qini  kerakli  yо‗nalishda 

siljitiladi.  Bunday  tekshiruv  val  uzunligi  bо‗ylab  hech  bо‗lmaganda  ikkita  joyda 

tekshirilish zarur (yaxshisi val uchlarida). 

Strelkalardan  foydalanib  vallarning  о‗zaro  perpendikulyarligini  ham 

tekshirish  mumkin,  faqat  buni  maxsus  burchak  о‗lchagichlar  yordamida  qilish 

osonroq  kechadi.  Vallarning  gorizontalligi  va  vertikalligini  prizmatik  tayanch 

yuzali satx – о‗lchagichda aniqlanadi. Vertikallikni, shuningdek shovun rejada ham 

tekshirilsa bо‗ladi. 

Montaj va ta‘mirlash texnikasida kо‗pincha birgalikda (qо‗shma) ishlayotgan 

vallar  о‗qdoshligini  tekshirishga  tо‗g‗ri  keladi.  Vallar  о‗qdoshligi,  bir-biriga 

parallel bо‗lib qolayotgan val о‗qlarining radial siljishi natijasida buzilishi mumkin, 



 

96 


yoki  vallar  bir-biri  bilan  kesishayotgan  turli  tekisliklarda  joylashib  qolishiga  olib 

keladigan о‗qlar qiyalanishi natijasida buzilishi mumkin. 

Vallarning  о‗qdoshligini  tо‗g‗irlash,  ya‘ni  markazlashuvini  tо‗g‗irlash  о‗ta 

mas‘uliyatli  operasiyadir.  Yomon  markazlash-podshipniklar,  zichlash  qismlari 

(salniklar),  muftalarning  biriktiruvchi  detallarni  va  vallarning  о‗zini  ham  ishdan 

chiqarishga sabab bо‗ladi. 

Markazlashuv  vallarini  bir  vaqtning  о‗zida  radial  siljishiga  va  burish 

joylarida  о‗qlarning  sinishiga  tekshiriladi.  Markazlashuv  usuli  vallarning 

о‗lchamlariga  va  konstruksiyalariga,  shuningdek,  ularning  uchlariga  о‗tkazilgan 

detallariga  bog‗liq.  Agar  vallarning  tutashtiruluvchi  uchlariga,  tashqi  silindrik 

yuzalari  kiygazish  teshiklariga  konsentrik  ravishda  ishlov  berilgan  detallar 

(masalan,  yarim  mufta,  shkiflar)  kiydirilgan  bо‗lsa,  markazlashuvining  kerakli 

aniqligiga  chizg‗ich  yordamida  erishiladi.  Vallardan  birining  uchidagi  detall 

yuzasiga  qattiq  chizg‗ich  qо‗yilib  u  bilan  boshqa  valda  joylashgan  detall  yuzasi 

orasidagi  masofa  о‗lchanadi  va  cheti  bо‗ylab  chizg‗ich  tekisligida  ushbu 

detallarning  yon  yuzalari  orasidagi  masofa  о‗lchanadi.  Agar  vallar  siljimayotgan 

bо‗lsa  va  о‗qdosh  bо‗lsa,  u  holda  ularning  birgalikdagi  aylanishi  vaqtida  bu 

masofalar istalgan holatda о‗zgarmas bо‗lishi kerak. 

3.11b-rasmda  uchlarida  aniq  ishlov  berilgan  detallari  bor  bо‗lmagan 

vallarning  markazlashuvi  uchun  oddiy  moslama  kо‗rsatilgan.  Moslama 

markazlovchi  skobalardan  tuzilgan  bо‗lib,  ular  vallarning  uchlarida  xomutlar 

yordamida 

mahkamlangan. 

Xomutlar 

konstruksiyalari 

vallarning 

keng 

diapazondagi  diametrlari  uchun  faqat  bittagina  skobani  qо‗llash  imkonini  beradi. 



Skobalar  mikrometrik  bintlar  bilan  jihozlangan  bо‗lib,  ular  yordamida  vallarning 

birgalikdagi aylanish vaqtida ularning radial va о‗qli siljishi kattaliklari aniqlanadi. 

Buning  uchun  bir  necha  holatlarda  mikrometrik  vintlar  va  tutashtiriluvchi 

skobalardagi  tegishli  tayanchlar  orasidagi  tirqishlar  о‗lchanadi.  О‗lchamlar  hech 

bо‗lmaganda  valning  tо‗rtta  holatida  amalga  oshiriladi  (har  90  gradusdan  keyin). 

Podshipniklarning  holati  yoki  butkul  mashina  holati  tagliklar  yordamida 




 

97 


aylanayotgan  vallarning  barcha  holatlarida  tirqishlar  kattaligi  о‗zgarmas  bо‗lib 

qolgunga qadar rostlanadi.  

Ba‘zi bir mashinalarni markazlashuvi uchun yuqori aniqlikni ta‘minlaydigan 

maxsus indikatorlardan foydalaniladi. 

Nasoslar,  kompressorlar,  dvigatellarni  yig‗ishda  yig‗ish  vaqtida  vallar 

tutashishi  kerak  bо‗lgan  teshiklar  (silindirlar,  kameralar,  podshipniklar)ning 

о‗qdoshligiga  rioya  qilinishi  juda  muhimdir.  О‗qdoshlikni  tekshirishning  oddiy 

usullaridan biri tekshirilayotgan teshiklar bо‗ylab tor tortish usulidir. Teshiklarnin 

tо‗g‗irlash  tordan  teshik  devorigacha  bо‗lgan  masofani  о‗lchash  (shtixmass 

yordamida)  bо‗yicha  amalga  oshiriladi.  О‗lchamlar  har  bir  teshik  uchun  torga 

perpendikulyar  bо‗lgan  ikki  о‗zaro  perpendikulyar  yо‗nalishdan  kam  bо‗lmasligi 

kerak.  


Bir-biridan  uzoq  masofada  joylashgan  teshiklarni  markazlashtirish  nur 

yorug‗ligi yordamida amalga oshiriladi. Barcha teshiklar diametri 1 mm dan kam 

bо‗lmagan,  ushbu  teshikka  qat‘iy  konsentrik  joylashgan  teshiklarga  ega  bо‗lgan 

ekran  bilan  berkitiladi.  Agar  chetki  teshiklardan  birining  ekrani  ortidan  kuchli 

yorug‗lik manbai bersak, barcha teshiklar о‗qlari bir – biriga tо‗g‗ri kelgandagina, 

nur tartib bо‗yicha eng oxirgi teshikdan о‗tadi. 

 


Download 11,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish